Abduhayot Abduqodirov | Shaxsiy blog
Статистика• Shoir | Media | SMM • FarPI 2015 • Zomin 2010 • Ish : EVIM matbuot xizmati • Birinchi kitob 2013 "Senga yetgunga qadar"
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 122
- 1/48двое суток
- 139
- 1/72трое суток
- 150
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
😁Nimadadir sal adashdi-da sun'iy intelekt, sun'iyligiga bordi.
⚡️Qoldim. Qolmaslikning iloji yo'q.
видео или голосовое, без подписи
2ta farqni toping?
💬Bolaligim bolamga qaytdimi? Men kabi bolalarcha o‘ydami? Yo xayoli bugungi kun vaynerlaridami? Yoki ertangi kunga kerak bo‘lajak telefonini quvvatlashdadir. ✏️Abduhayot Abduqodirov ✈️Telegram
#olis_yaqin_ovozlar Aka Kimga bayram, kimga dod bo‘ldi, Kimdir kuydi, kimdir shod bo‘ldi. Toylar o‘sib chopqir ot bo‘ldi, Umr yeldek chopdimi, aka? Sezmay qoldim yillar o‘tganin, Eng pokiza dillar o‘tganin, “Chumoli-yu fillar” o‘tganin, Ko‘zni tuproq yopdimi, aka? Yurak degan bilmas to‘zimni, Xazon bosib ketdi izimni. Topolmayman hanuz o‘zimni, G‘amlar meni topdimi, aka? Aldab ketdi ko‘zlari ohu, Ichganlari qasammas, og‘u. O‘n sakkizga to‘lganim yo‘g‘-u, O‘n sakkizim qoptimi, aka? Iqbol YUSUF “Yoshlik” / 2025 / 8
OTA Yerga urib ketmoningizni, Bolam uchun urug‘ qadaysiz. To‘shak qilib choponingizni, Xudoyimdan ne’mat so‘raysiz. Suvni birov ochib ketmasin, Dahanada turibman, ota! Shudgor shimib olsa teringiz, Giyohchalar ungani ungan. Hech bir ishga bakor kelmadim, Yuragingiz bariga ko‘ngan. Suvni birov ochib ketmasin, Dahanada turibman, ota! Mushkul ishga qo‘lim siltadim, Tillo dedim temir taqamni. Erta-yu kech duo qilasiz, Aziz bilib bola-chaqamni. Suvni birov ochib ketmasin, Dahanada turibman, ota! Siz asragan atirgul bilan Vafosizlar ko‘nglini oldim. Oymomoning yuzini silab, Bulutlardan baloga qoldim. Suvni birov ochib ketmasin, Dahanada turibman, ota! Nasihatlar quloqqa kirmas, Har so‘zga shay bahonalarim. Siz ko‘rmagan mehrimni tuyar, Tongga qadar begonalarim. Suvni birov ochib ketmasin, Dahanada turibman, ota! Qovjiratdim bolamni goho, Tikan bo‘ldi hamma derlarim. Yoqolmadim o‘chog‘ingizga, Nafi tegmas yolg‘on she’rlarim. Suvni birov ochib ketmasin, Dahanada turibman, ota! Yer charxpalak, aylanar derlar, Endi-endi qiynayman ko‘nglim. O, Xudojon, qo‘rqaman bir kun, Aytganlarim aytsa-chi o‘g‘lim… “– Suvni birov ochib ketmasin, Dahanada turibman, ota!” ✏️Abduhayot Abduqodirov ✈️Telegram
MENGA NIMA Menga nima, daydi shamollar, Yuzlaringga yuzin bosgani. Menga nima, yomon xayollar, Yo‘llaringni atay to‘sgani. Menga nima, maktab davringda, Kimdan ko‘p bor sovg‘a olgansan. Menga nima, sinfdoshingni, Yuragidan urib qolgansan. Menga nima, oymomo bilan, Dog‘laringni sanaganlaring. Menga nima, qizg'aldoqlardan, Bolaligim so'raganlaring. Menga nima, majnuntollardan, Kokilingni uzunroqligi. Menga nima, olisliging va Yuragimga qiyinroqligi. Menga nima, she’rlarim o‘qib, Ko‘z yoshingni kelib qolishi. Menga nima, orzularingni, Atirgullar bilib qolishi. Menga nima, telba ko‘nglimni, Hijron ko'kka otib o‘ynasa. Menga nima, qaqshagan qalbim, Goh o‘zini o‘zi qiynasa. Ammo azob beradi bari, Oh ismimni unutishlaring. Menga azob tongda eringni, Erkalatib uyg'otishlaring. ✏️Abduhayot Abduqodirov ✈️Telegram
Yozish kerak
BITTA KO‘RSAM YETADI Kerak emas dunyosi, Bari qo‘ldan ketadi. Qani, dilim zebosi? Bitta ko‘rsam yetadi. Uxlolmayman tong, sahar, Borib bo‘lmas sen qadar. Qaylardasan-a, dilbar? Bitta ko‘rsam yetadi. Kiprikdagi o‘smalar, Ko‘zlaringni to‘ssalar. Shartmas, qaynoq bo‘salar, Bitta ko‘rsam yetadi. Tonggacha onam mushtoq, Ko‘z yummas menga ilhaq. Yashayapman-u, biroq Bitta ko‘rsam yetadi. Chimirilgan qoshingni, Sog‘indim qaroshingni. Ko‘zing – quyoshingni, Bitta ko‘rsam yetadi. Esingdami majnuntol? Qo‘lingdan tutib behol. Yuzlaring – sohibjamol, Bitta ko‘rsam yetadi. Ko‘p gap aytsang ham mayli, Cho‘pchak aytsang ham mayli. Yolg‘iz qaytsam ham mayli, Bitta ko‘rsam yetadi. Qaqshanib, qaqramasdan, Tumandek tarqamasdan. Ko‘zim ochiq ketmasdan, Bitta ko‘rsam yetadi. Keyin mayli jon ketsin, Jon ichra shu on ketsin. Menday parishon ketsin, Bitta ko‘rsam yetadi. Gullatib kel olamni, Qiynamasdan odamni. Tug‘ilmagan bolamni, Bitta ko‘rsam yetadi. ✏️Abduhayot Abduqodirov ✈️Telegram
#yangi 💬Borman-da 🎶Nurullo Habibullayev ✍️She‘r muallifini bilasizlar ✍️Abduhayot Abduqodirov Telegram
#yangi 💬Nima qilsam sevib qolasan 🎶Dilmurod Ziyo ✍She‘r muallifini bilasizlar ✍️Abduhayot Abduqodirov Telegram
😂😂😂Axir, kimdir aytishi kerak)))
#mp3 🎙Axir, kimdir aytishi kerak ✍️Abduhayot Abduqodirov Telegram
* * * Yashab bo‘lmas xazonda, dardda, Kapalaklar qaytishi kerak. “Sevaman” deb birinchi marta, Axir, kimdir aytishi kerak. Osmon bilan tillashib bo‘ldim, Sog‘inch bilan dillashib bo‘ldim. O‘zim bilan bellashib bo‘ldim, Axir, kimdir aytishi kerak. Eskirdi-ku ko‘rishganimiz, Yomg‘irlarda qunishganimiz. Bu bahorga sevishganimiz, Axir, kimdir aytishi kerak. Umr qisqa, uch kunligini, Bo‘salaring afsunligini, Sensiz qalbim mahzunligini, Axir, kimdir aytishi kerak. Har lahzada ketish xavfim bor, Bu dunyoga nima nafim bor? Qulog‘ingga bitta gapim bor, Axir, kimdir aytishi kerak. Erib borar ko‘ksim ilinji, Buziladi yuragim tinchi. “Sevaman” deb ilk bor, birinchi, Axir, kimdir aytishi kerak. ✍️Abduhayot Abduqodirov Telegram
#mp3 🎶Kuyunish ✍️Abduhayot Abduqodirov Telegram
*** Bo‘yalgani bilan soch Oqarib qolaverar. Sen kabi suluvlarni Eshaklar olaverar. Senga bormoqni istab, Yana ko‘rmoqni istab. Nozik barmoqni istab, Qo'lim qaltirayverar. Ot qilgan har ko‘sovni, Odam qildim masovni. Boshimdagi qirovni, Farroshlar kurayverar. Vaysaqilik qilma-ey, Chiroylisan na qilay. O‘zimdaman harqalay, Ammo ishq qiynayverar. Qaqrab boradi labim, Torayadi asabim. Senga o‘rgangan qalbim, Aldanib yuraverar. Mayli baxtli bo‘l deyman, Baxtda kuyib o‘l deyman. To hayotman, yuragim Yosharib boraverar. Taqdir shu-da, qiz quvgan, Talqon yeb qolaverar. Sen kabi suluvlarni Eshaklar olaverar. ✍️Abduhayot Abduqodirov Telegram
Qadimdan oshiqlar yor uchun togʻ oshgan, Men esa haddimdan... Humoyun Fattoh
❗️Ushbu rasm Erkin Vohidovning qaysi she'riga asoslangan? 🚀https://t.me/abduhayot_abduqodirov javoblar uchun!!! 🟦Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati 🌐Bizning sahifalarimiz👇 🚀Telegram 🔵Facebook ▶️YouTube 📷Instagram
❗️Ushbu rasm Erkin Vohidovning qaysi she'riga asoslangan? 🚀https://t.me/abduhayot_abduqodirov javoblar uchun!!! 🟦Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati 🌐Bizning sahifalarimiz👇 🚀Telegram 🔵Facebook ▶️YouTube 📷Instagram