Abdullah Notes
СтатистикаAppropriating, curating, and sharing ideas Anything that's not cited, forwarded, or given credits to is my subjective opinion and/or a note to myself.
- Последний пост
- 24 июн.
- Последнее чтение
- 10:00
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📚 Ilm yo'li nega mashaqqatli? Muso alayhisalomdan bir kuni: — Sizdan ilmliroq inson bormi? — deb so'rashdi. U zot: — Yo'q, — deb javob berdilar. Shunda Alloh taolo Muso alayhisalomga tanbeh berdi. Chunki yer yuzida Alloh ularga bermagan ilm berilgan yana bir banda bor edi — Xizr alayhisalom. Muso alayhisalom ilmga bo'lgan muhabbatlari sababli darhol: — Uni qayerdan topaman? — deb so'radilar. Alloh taolo ularga aniq manzil, aniq vaqt yoki tayyor yo'l xaritasini bermadi. Balki: — Savatingga baliq ol. Ikki dengiz tutashgan joyga borasan. Baliq yo'qolgan joyda Mening bandamni topasan, — dedi. Muso alayhisalom hamrohlari Yusha' ibn Nun bilan yo'lga chiqdilar. Kunlar o'tdi. Safar davom etdi. Nihoyat ular bir qoya yonida to'xtab dam oldilar. Aynan o'sha yerda baliq mo''jizaviy tarzda dengizga tushib ketdi. Ammo Yusha' bu voqeani Muso alayhisalomga aytishni unutdi. Ular esa yo'lda davom etishdi. Qiziq tomoni shundaki, Muso alayhisalom uzoq vaqt davomida hech qanday charchoq sezmadilar. Faqat uchrashuv nuqtasidan o'tib ketganlaridan keyingina: "Taomimizni keltir. Bu safarimizda ancha mashaqqat chekibmiz", dedilar. Shunda Yusha': — Qoya yonida to'xtaganimizda baliqning yo'qolib qolganini aytishni unutibman, — dedi. Muso alayhisalom esa darhol: — Ana shu biz izlayotgan narsa edi! — dedilar. So'ng ular ortga qaytib, Xizr alayhisalomni topdilar. Ulamolar bu yerda nozik bir hikmatni zikr qiladilar: Muso alayhisalom manzilga yetib kelguncha charchoqni his qilmadilar. Charchoq faqat manzildan o'tib ketganlaridan keyin boshlandi. Go'yo Alloh taolo ilm talabidagi insonni maqsad sari ketayotganida qo'llab-quvvatlaydi. Inson maqsadidan uzoqlashganda esa mashaqqatni his qila boshlaydi. Yana bir hikmat: Baliqning yo'qolishi o'sha paytda oddiy va ahamiyatsiz voqea bo'lib tuyuldi. Ammo keyinchalik ma'lum bo'ldiki, aynan shu voqea Muso alayhisalomni buyuk ilmga olib boradigan belgining o'zi ekan. Hayotimizda ham shunday bo'ladi. Ba'zan Allohning ishoralari yonimizdan o'tadi. Biz esa ularning qadrini faqat keyinroq tushunamiz. Muso alayhisalom nihoyat Xizr alayhisalomni topib: — Sizga ergashsam maylimi? Menga o'rgatilgan ilmdan ta'lim bersangiz, — dedilar. Tasavvur qiling. Bu gapni oddiy inson emas, ulug' payg'ambar aytyapti. Bu yerda ilmning eng buyuk odoblaridan biri yashiringan: Qancha bilsangiz ham, sizdan bilimi ko'proq inson topiladi. Ilm kibr bilan emas, kamtarlik bilan olinadi. Xizr alayhisalom esa: — Sen men bilan sabr qila olmaysan, — dedilar. Keyin kema teshib qo'yildi. Bir bola o'ldirildi. Bir devor tekiniga tiklab berildi. Muso alayhisalom har safar buning sababini so'radilar. Oxirida esa Xizr alayhisalom har bir ishning ortida Muso alayhisalom bilmagan hikmat borligini tushuntirib berdilar. Bu voqea bizga shuni o'rgatadiki, ilm faqat ma'lumot yig'ish emas. Ilm — sabr. Ilm — kamtarlik. Ilm — bilmagan narsangni tan olish. Ilm — darhol tushunmagan narsang oldida shoshilmaslik. Bugungi kunda esa ilm olish tarixdagi eng oson davrlardan biriga kelib qoldi. Kitoblar qo'limizda. Darslar internetda. Ustozlar atrofimizda. Lekin imkoniyatlar ko'paygani sari ilmning qadri kamayib boryapti. Ko'pchilik ilmni emas, qulaylikni qidirmoqda. Murakkab kitobdan qochadi. Tanbehdan xafa bo'ladi. Biror mavzu qiyinlashsa, darhol boshqa narsaga o'tadi. Holbuki, Muso alayhisalomning qissasi bizga ilmning asl narxini ko'rsatadi. Ilm uchun yo'l yuriladi. Ilm uchun charchaladi. Ilm uchun sabr qilinadi. Ilm uchun kibr tark qilinadi. Ilm uchun komfort zonadan chiqiladi. Chunki oson erishilgan narsaning qadri tez yo'qoladi. Mashaqqat bilan olingan ilm esa insonning dunyoqarashini, hayotini va taqdirini o'zgartiradi. Alloh bizni ilmni sevuvchi, ilm uchun mehnat qiluvchi va ilmga amal qiluvchi bandalaridan qilsin. Amin.
Guys, believe me, the biggest summer arc is coming... @abdullohnotes
ielts-wiz.com is giving me back the sense of creating something. It just is the best feeling out there. A project you ruthlessly build, backtest, and present to an audience. It's actually life-changing. It doesn't matter what the project is, whether it's big or small. No matter what, it's something YOU BUILD. There are only a few things more satisfying and fulfilling than that. So, whenever you're lost, I'd suggest you not overplan or overthink anything. Just build your way into clarity and progress. Sleepless nights, however draining or stressful they could be, start to feel enjoyable. Trust me. @abdullohnotes
10-sinfni tugatib-tugatmay bitta C1 ni ovolish mazza bo'lsa kerak-a :) @AKStudentSuccess
10-sinfni tugatmay, bitta C1 ketadiyuuu
Oʻquvchilarimdan Discord serverimda speaking olaman. Qoʻshilgan xohlovchilardan ham oxirida vaqtim yetsa speaking olib, feedback beraman. 🏃 JOIN UP! @abdullahsenglish
Dugonasini ko’ylagini arendaga olib kegan qiz, o’g’il bolani 18 yoshida moshinasi bo’lishi kk desa: @plossla
Cannabis, Bitcoin, and AI Words I never thought would come next to each other 💀 @abdullohnotes
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
@abdullohnotes
видео или голосовое, без подписи
No comment
No comment
Bugun yoki ertaga bepul IELTS dars oʻtib bermoqchiman. Qaysi section’dan qilaylik? ❤️Listening 🔥Reading ⚡️ Writing 🐳 Speaking Reaksiyalarni bosib tashlanglarchi 😁 @abdullahsenglish
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
If there ever were a competition of excuses, my students would win every time. Which one is your favorite? @abdullahsenglish
видео или голосовое, без подписи
Oʻzi ooozginagina vazifa beraman, shundayam siqilish time qilishadi bu studentlar :) @abdullahsenglish