Abduvoitjon Gafurov 🇺🇿
СтатистикаRespublika tez tibbiy yordam markazi direktori Директор Республиканского центра скорой медицинской помощи Republican Ambulance Center, CEO Veb-sayt: uz103.uz Facebook: fb.com/abduvoitjon.gafurov Instagram: www. instagram.com/abduvoitjongafurov/
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 56
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 484
- 1/48двое суток
- 554
- 1/72трое суток
- 598
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🔴🟦🟦🟦🟦🟦 ❗️Rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlar diqqatiga: ✅ Sog‘liqni saqlash vazirligi rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning tibbiyot muassasasiga borib-kelishi bilan bog‘liq yo‘l xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplashning yangi mexanizmini joriy etish taklifi bilan chiqmoqda. ➡️ Unga ko‘ra, bemorlar gemodializ muolajasiga o‘zlari uchun qulay transport (taksi, shaxsiy avtomobil yoki boshqa transport) vositasida borib-kelishi hamda sarflangan yo‘l xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish imkoniyati yaratiladi. 🚕 Ushbu mexanizm bemorlarga vaqt va mablag‘ini tejash, transport vositasini mustaqil tanlash imkonini beradi. 📌 Bu tashabbusni amalga oshirishdan oldin bemorlarning fikr va mulohazalarini o‘rganish biz uchun muhim. Shu maqsadda so‘rovnoma tashkil etildi. 📅 U joriy yilning 15 avgustiga qadar davom etadi. 👉 Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, o‘z fikr va takliflaringizni bildirishingizni so‘raymiz: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf_9yKyzKdL0nT9VAOxaO6zLJY4-lCL-aFQMWlqKiPFXGRSOA/viewform 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
#Mustaqillikka_35_yil “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Ana shu ezgu shior ostida nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘nggi o‘n yilda respublikamizning turli hududlarida ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olimalarning ilmiy yo‘li, izlanishlari va yutuqlariga bag‘ishlangan intervyular turkumini e’lon qilishda davom etamiz. Loyihamizning navbatdagi qahramoni — Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professori Iroda Iminaxunova. Iroda Iminaxunova tibbiy ta’limda xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, mustaqil ta’lim jarayonlarini rivojlantirish hamda xalqaro tibbiy ta’lim standartlarini milliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish yo‘nalishlarida samarali ilmiy faoliyat olib bormoqda. Olima 2021-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2024-yilda esa pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2022-yilda dotsent, 2025-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 2019-yilda xorijiy ilmiy stajirovka tanlovi g‘olibi bo‘lgan. 2020-yilda “O‘zbekiston ayollarining eng yaxshi innovatsion loyihalari” III Respublika tanlovining “Eng samarali innovatsion loyiha” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2025-yilda yana “Yosh olimlarning xorijiy ilmiy stajirovkalari” tanlovi hamda Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yil ayoli” milliy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida g‘olib deb topilgan. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Биз бир мақсад йўлида хизмат қиламиз: Инсон ҳаёти, хавфсизлик ва ишонч учун! Тез тиббий ёрдам ходимлари — Қонун ҳимоясида — — — — 🌐Website ‖ ✅Facebook ‖ 🌐Instagram ‖ ✅Telegram ‖ 📹YouTube
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! Facebook|Instagram|X
🔴 🟦🟦🟦 🏢 Endilikda Xalq qabulxonasi, Vaziyatlar markazi hamda 103 xizmati "Call-markazi" yagona tizim sifatida faoliyat yuritadi. 📌 Bunda aholi murojaatlarini qabul qilish, Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtirish jarayonlari ilg‘or axborot texnologiyalari asosida tashkil etiladi. ➕Nurafshon shahrida barpo etilgan zamonaviy majmua 16 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Xususan, bu yerda Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filiali ham faoliyat olib bormoqda. U o‘quv-simulyatsiya markazi, “Call-markaz” va muvofiqlashtirish markazlarini o‘z ichiga olgan. 🖥🖥🖥 “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda so‘z yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🟢 ⭕️⭕️⭕️ ❗️SSV: Jaziramaga qaramay, "103" xizmatida chaqiriqlar dinamikasi barqaror ☀️ Ushbu hafta boshidan yurtimiz bo‘ylab jazirama hukm surmoqda. ❓Xo‘sh, bunday ob-havo sharoitida “103” xizmati qanday ishlamoqda? Anomal issiq kunlarda "Tez yordam"ga qancha chaqiriq kelib tushdi? 🖥 Ushbu savollarga Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov javob berdi. 💬 — Issiq havoga yurak-qon tomir, nafas yo‘llari, qandli diabet kabi surunkali kasalliklari bor fuqarolar, shuningdek keksalar, homiladorlar va bolalar nisbatan sezgir hisoblanadi. Shu bois, ular sog‘lig‘ini tibbiy nazoratga olish, zarurat bo‘lganda shoshilinch yordam ko‘rsatish juda muhim. Ayniqsa, jaziramada surunkali xastaliklar xuruj qilishini e’tiborga olsak, tez tibbiy yordam xizmati xodimlari zimmasidagi mas’uliyat yanada ortadi. 🚑 Raqamlarga to‘xtalsak, anomal issiq kuzatilgan so‘nggi 4 kunda respublika bo‘yicha "103" xizmatiga jami 166 ming 726 ta chaqiriq kelib tushdi. Barcha murojaatlar belgilangan tartibda qabul qilinib, bemorlarga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 📉 E'tiborlisi, jaziramaga qaramay, ayni shu kunlarda chaqiriqlar dinamikasi barqaror saqlandi. Mas'ul tashkilotlar tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarga anomal issiq havo sharoitida ehtiyot choralariga amal qilish yuzasidan berilgan zarur tavsiyalar tufayli murojaatlar sonida undan avvalgi 4 kun (9-12 iyul)ga nisbatan jiddiy o'sish kuzatilmadi. ‼️ Mutaxassislar aholiga kunning eng issiq soatlarida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik, yetarli miqdorda suv ichish, yog‘li, qovurilgan va juda sho‘r ovqatlarni cheklab, yengil hazm bo‘ladigan taomlar hamda sabzavotli salatlar iste’mol qilishni tavsiya etadi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📰📰📰📰📰📰📰 🇺🇿🇷🇺Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvada tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning ilgʻor tajribasi bilan tanishdi Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Moskva shahridagi A.S.Puchkov nomidagi tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi hamda N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurib, tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, chaqiruvlarni boshqarish tizimi, raqamli yechimlar va tibbiyot xodimlari ishini tashkil etish bilan yaqindan tanishdi. A.S.Puchkov nomidagi tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasiga tashrif chogʻida Oʻzbekiston delegatsiyasiga dunyodagi eng yirik tez tibbiy yordam xizmatlaridan birining faoliyati tashkil etildi. Yagona dispetcherlik markazi faoliyati, chaqiruvlarni qabul qilish va qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari, chaqiruv brigadalarni boshqarishning raqamli vositalari, tez tibbiy yordam mashinalari ishini monitoring qilish tizimi, shuningdek, shifoxonagacha boʻlgan bosqichda tibbiy yordam koʻrsatish sifatini nazorat qilish mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston tomoni vakillari axborot texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy dasturiy yechimlardan foydalanish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatining boshqa favquloddagi xizmatlar bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish amaliyoti bilan ham tanishdi. Tashrif dasturining salmoqli qismi shoshilinch ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashgan Rossiya Federatsiyasining yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri boʻlgan N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishga bagʻishlandi. Institutda delegatsiya aʼzolariga ogʻir jarohatlar, oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari, insult va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan holatlar bilan ogʻrigan bemorlarga yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha zamonaviy yondashuvlar taqdim etildi. Tashrif ishtirokchilari qabul boʻlimi, diagnostika boʻlinmalari, jarrohlik bloklari va reanimatsiya boʻlimlari faoliyati, shuningdek, tibbiy yordam koʻrsatishning shifoxonagacha va shifoxona bosqichlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik tizimi bilan tanishdi. Institut negizida faoliyat yuritayotgan Sanitariya aviatsiyasi va halokatlar tibbiyoti markazi faoliyati bilan tanishish alohida qiziqish uygʻotdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillariga bemorlarni sanitariya-aviatsiya evakuatsiyasini tashkil etish tizimi, favqulodda vaziyatlar va jabrlanganlarning ommaviy kelishi paytida harakatlarni muvofiqlashtirish tartibi, hududlararo hamkorlik mexanizmlari, shuningdek, halokatlar tibbiyoti xizmati kuch va vositalarini boshqarishning zamonaviy texnologiyalari taqdim etildi. Uchrashuvlar davomida tomonlar tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, dispetcherlik samaradorligini oshirish, sanitariya aviatsiyasini rivojlantirish, tibbiy yordam sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish va tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalalari boʻyicha tajriba almashdilar. Tashrif yakunlari boʻyicha professional hamkorlikni davom ettirish, tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish sohasida tajriba almashish va ilgʻor tajribalarni oʻrganish boʻyicha kelishuvga erishildi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasi tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada rivojlantirish, zamonaviy tashkiliy va texnologik yechimlarni joriy etish, shuningdek, aholiga tibbiy yordam koʻrsatish sifati va ommabopligini oshirishga xizmat qiladi. #tez_tibbiy_yordam #hamkorlik #tashrif #Moskva Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
🟦🟦🟦 Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari! Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman! Jamiyatimizda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, xalqni xolis va tezkor axborot bilan ta'minlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda Sizlarning fidokorona mehnatingiz alohida e'tirofga loyiqdir. Ayniqsa, sog'liqni saqlash tizimida, jumladan, tez tibbiy yordam xizmatining faoliyatini, tizimda olib borilayotgan islohotlarni, shifokor va feldsherlarning mashaqqatli mehnatini keng yoritishda ko'rsatayotgan yaqindan hamkorligingiz uchun o'z minnatdorligimizni bildiramiz. Sizlarga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz ijodiy ilhom, kasbiy muvaffaqiyat va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Qalamingiz o'tkir, so'zingiz xolis, ezgu maqsadlarga xizmat qiluvchi va xalq ishonchini mustahkamlovchi kuch bo'lib qolaversin! Bayramingiz muborak bo'lsin! Hurmat bilan, Abduvoitjon Gafurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori #tez_tibbiy_yordam #OAV #matbuot #tabrik Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yuqori natijalar tilab qoladi! Respublikalıq tez medicinalıq járdem orayı Qaraqalpaqstan filialı Ózbekstan milliy saylandı komandasına joqarı nátiyjeler tilep qaladı!
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba. Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq. — Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы. Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему. Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних. Я взяла этот вопрос под личный контроль. В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
видео или голосовое, без подписи
📣 OLG'A O'ZBEKISTON! ⚽️ 🏥 Barcha soha vakillari qatorida Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali va Filial direktori Axtamov Tursunpo’lat Umarovich O’zbekiston milliy terma jamoasini qo’llab quvvatlaydi. 💚 Tarixda ilk bor mundialda ishtirok etayotgan terma jaoamiz vakillariga omad va zafarlar tilab qolamiz! 🇺🇿 Olg’a O’zbekiston! 🏆
видео или голосовое, без подписи