@brorxon_@satulloev (rasmiy kanal)
СтатистикаBiz uchun yaralgan narsalar bilan ovvora bo‘lib, o‘zimiz nima uchun yaratilganimizni unutib qo‘ydik.
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 201
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 23
- 1/48двое суток
- 26
- 1/72трое суток
- 28
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Insonning ichi qanchalik bo‘sh bo‘lsa, u tashqarisini shunchalik bezatishga harakat qiladi. Ichki dunyosi boy inson tashqi dunyodagi "yaltiroq" narsalarga ehtiyoj sezmaydi, chunki uning ichki ehtiyojlari ilm, san’at va tafakkur bilan to‘yingan bo‘ladi. 🧠 @zehniyat_uz
Odamlarning sen haqingda aytadigan yaxshi gaplari talaygina, ammo tirikligingda emas.
🗣 #Fikr Umr bilan ulg‘ayish — majburiy jarayon. Aql bilan ulg‘ayish esa —ixtiyoriy jarayondir.
Kitob o‘qish telefoningiz batareyasining ishlash muddatini uzaytiradi... 🧠 @zehniyat_uz
#mulohaza Dono inson texnologiyadan murakkab muammolarni hal qilish, vaqtni tejash, bilimlarni sintez qilish va dunyoqarashini kengaytirish uchun samarali qurol sifatida foydalanadi. Nodon inson esa texnologiyani bilim olish uchun emas, balki vaqtni o'ldirish va miyani chalg'itish uchun ishlatadi. Dasturiy algoritmlar esa unga faqat o'zi yoqtirgan yuzaki narsalarni ko'rsatib, uni tor dunyoqarash doirasiga qamab qo'yadi. 🧠 @zehniyat_uz
“Birov sizga bir marta xiyonat qilsa, albatta, bu uning aybi, ammo qaytib yana xoinlik qilsa, bu endi o'zingning aybing”. ©️Franklin Ruzvelt 🧠 @zehniyat_uz
Hayotda ba’zan pul yetmaydi, ba’zan vaqt, ba’zan esa sabr. Hamma narsani birdaniga to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Shunchaki ertalab turasan, ishingga borasan, kunni o‘tkazasan. Keyin bir kuni qarasang, o‘zing uchun yashashni unutibsan.
#Kitobdan "Aqlli dushmanga qaraganda befahm do‘stning ziyoni katta bo‘ladi. Aql ittifoqqa olib keladi. Befahmlik esa ihtilofga, u esa bo‘linishga, bo‘linish esa nochorlikka sabab bo‘ladi. Qani endi maktablarda farosat va hikmat ilmlari, voqea-hodisalarga munosabat bildirishda aqlni charxlash testlari ham o‘tilsa..." 🧠 @zehniyat_uz
🗣️ #FIKR Nafs har doim o'zini haq deb bilgani uchun, inson ba'zida o'z xatolarini ko'ra olmaydi. 💬 @Abdukarim_Mirzayev_kanali
Ba’zan eng katta charchoq ishlashdan emas… Har kuni kulib yurib ham ichida yig’laydigan odamlar bor. Ular “yaxshiman” deydi, chunki dardini tushunadigan odam topilmagan. Ba’zi yaralar ko’rinmaydi. Ammo aynan o’sha yaralar insonni tunlari uxlatmaydi. Shuni unutmang… Hech kimning tashqaridan qanday ko’rinishiga qarab hukm qilmang. Chunki eng baland kulgan insonning yuragi eng sokin yig’layotgan bo’lishi ham mumkin. Mehr ko’rsating. Siz uchun oddiy bo’lgan bir so’z, kimningdir yashashga bo’lgan umidini qaytarishi mumkin. — 𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Prinsip shunday narsaki, u sizga hayotda xohlaganingizni olishga yordam beradigan hatti-harakatingiz uchun asos sifatida xizmat qiladigan fundamental haqiqatdir. Sifatli prinsiplaringiz boʻlishi - bu xuddi muvaffaqiyat retseplarining ajoyib toʻplamiga ega boʻlishdek gap. 📚"Prinsiplar” Rey Dalio | @badiiyiqtibos
Yaxshi tarbiyalangan odam toʻsatdan boshqasini xafa qilmaydi. U faqat ataylab xafa qiladi. ©Anna Ahmatova @Elektron_Kutubxona
Oila — saodat maskani
Bir kuni hamma narsa joyiga tushadi, deyishadi. Aslida esa hech narsa o’z-o’zidan joyiga tushmaydi. Odamning o’zi sinadi, o’zgaradi, ko’nikadi… Keyin esa og’riq bergan narsalar avvalgidek og’ritmay qo’yadi. Biz buni “hammasi yaxshi bo’ldi” deb o’ylaymiz. @hayotpg 🍃 satrlarda hayot nafasi
#Tafakkur Olomon roziligi uchun harakat qiladiganlar, gohida saroy roziligi uchun harakat qiladiganlardan xatarliroq bo‘ladi. Chunki ular qalbaki xalqparvarlik ortiga yashiringan bo‘ladi va ularni fosh qilish qiyin kechadi. ©️Shayx Yusuf Qarzoviy 🧠 @zehniyat_uz
Mutolaa — tafakkur bogʻboni Kitob oʻqish — shunchaki vaqt oʻtkazish emas, balki inson ichki dunyosini va ongin boyitish jarayonidir. Bitta kitob insonga ilk bilim va fikr "guli"ni bersa, mutolaa davom etgani va javondagi kitoblar oʻqib tugatilgani sayin insonning ruhiyati va tafakkuri rang-barang va goʻzal gulzorga aylanadi. 🧠 @zehniyat_uz
Sizga e’tibor beradigan kishi bor ekan, alamlaringiz o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketaveradi. E’tibor bu sotilmaydigan va sotib olib bo‘lmaydigan doridir. 📚 @kitob_nuri
Jahl otiga mingan ayol bilan so‘z talashish, bo‘ron ko‘tarilgan paytda gazeta o‘qishga o‘xshaydi. ©️Anis Mansur 📚 @kitob_nuri
Dinsiz ilm cho‘loq, ilmsiz din ko‘r. ©Albert Eynshteyn @Elektron_Kutubxona
Saodat izlab joyni o‘zgartiravermang. Avvalo saodatli bo‘lishga harakat qiling... Tuyg‘ular siz qayerda bo‘lsangiz o‘sha yerda bo‘ladi! 📚 @kitob_nuri