Academic Affairs Office|PDPU
Статистика- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 910
- 1/48двое суток
- 1 042
- 1/72трое суток
- 1 124
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 Hurmatli bitiruvchi talabalar! Yuqoridagi e'londa ko'rsatilgan diplom topshirish marosimining sanasi ma'lum sabablarga ko'ra o'zgartirildi. Shuningdek, tadbir o'tkaziladigan joy aniq bo'ldi. Tadbir bo'yicha yangilangan ma'lumotlar: 🗓Sana:…
📢 Hurmatli talabalar! 📌 LMS tizimida oxirgi marta ochilgan retake to'lovini amalga oshirgan va topshirig'ini yuklagan talabalar quyidagi havolada ko'rsatilgan vaqtlar asosida tegishli ustozlar bilan uchrashib, retake baholarini olishlari so'raladi. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1ta1_Y1XmUvwNXsiTKrLGfK0q8MyPnwLfDhg7fZDpBlc/edit?usp=sharing ❗️ Eslatma: 🔹 LMS tizimida oral imtihonlari yaratilmaydi. 🔹 Ushbu imkoniyatdan faqat 09.08.2026–16.08.2026 sanalari davomida foydalanishingiz mumkin. 🔹 Belgilangan muddat tugagandan so'ng retake baholarini olish imkoniyati bo'lmaydi. ⏰ Iltimos, belgilangan vaqt oralig'ida ustozingiz bilan uchrashishni unutmang.
без подписи
📣Prezident va nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlar diqqatiga! ➡️Stipendiya tanlovining navbatdagi bosqichi uchun hujjatlarni tayyorlash vaqti keldi! 😀Bilasizmi? Nomdor davlat stipendiyalari (Prezident, Islom Karimov, Navoiy, Beruniy va h.k.) g'oliblari bakalavriatni tugatgach, o'z mutaxassisligi bo'yicha magistraturaga davlat granti asosida IMTIHONSIZ kirish imtiyoziga ega bo'ladilar! Ushbu imtiyoz bitta ta'lim bosqichida faqat bir marta beriladi. Shunday katta imkoniyatni qo'ldan boy bermang! ➡️Nizomga asosan, OTM kengashi taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqadi hamda yashirin ovoz berish yo'li bilan munosib nomzodlarni saralab oladi. ➡️Barcha nomzodlardan quyidagi hujjatlarni to'liq holda 9-avgustga qadar taqdim etishlari so'raladi: 🟢Transkript nusxasi; 🟢Dekanat va kafedraning tavsiyanomasi; 🟢Ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi; 🟢Ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari; 🟢Tillar kafedrasi hamda tarix kafedrasining suhbat natijalari haqidagi maʼlumotnomalari. 📌 Eslatma: Transkript olish uchun @PDP_STUDENT_SUPPORT_BOT orqali so'rov yuborishingiz mumkin. Murojaat uchun: @Farxod_Qidirov
📢❤️🔥❤️🔥❤️🔥 💙💙💙 ➡️2026-2027-oʻquv yili uchun to'lov shartnomalarini berish boshlandi! 💼To'lov shartnomalarini rasmiylashtirish va olish quyidagi tartib hamda shartlar asosida amalga oshiriladi: ➡️Shartnoma 2025-2026-oʻquv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan va GPA koʻrsatkichi 2.8 hamda undan yuqori boʻlgan talabalarga beriladi. ➡️Shartnoma olish jadvali va tartibi: Toshkent shahri va yaqin atrofda yashaydigan talabalar: OTMga shaxsan kelgan holda shartnomalarini olib ketishlari mumkin. (121-xona) ➡️Boshqa viloyatlarda yashaydigan talabalar: 10-avgustdan keyin shartnomani onlayn tarzda olishingiz mumkin. ⚠️ Eslatma: 1. 2025-2026-oʻquv yili natijalariga koʻra GPA koʻrsatkichi 2.8 dan past boʻlgan talabalarga shartnoma berilmaydi. 2. Avvalgi oʻquv yilidan toʻlov-kontrakt boʻyicha qarzdorligi bor talabalar qarzlarini toʻliq uzmaguncha yangi o'quv yili shartnomasi berilmaydi va kursdan kursga o'tkazilmaydi!
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar! 📌 RETAKE imtihonlari bo'yicha qo'shimcha eslatma 1️⃣ Davomat talabi: RETAKE imtihonlarida faqat fan bo'yicha davomati 75% va undan yuqori bo'lgan talabalar ishtirok eta oladi. ❗️ Agar sizning davomatingiz 75% dan past bo'lsa, sizga ushbu fan bo'yicha RETAKE imtihoni ochilmaydi. Bunday holatda siz tegishli fanni REMODULE tartibida o'zlashtirishingiz zarur. 2️⃣ Qayta topshirish talabi: Agar avvalgi RETAKE imtihonida natijangiz "reject" yoki "unclassified" deb baholangan bo'lsa, siz ushbu fan bo'yicha RETAKE imtihonini qaytadan topshirishingiz kerak bo'ladi.
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar! 🔗 Quyidagi havola orqali 2025–2026-o‘quv yilining 1-semestri uchun retake imtihonlarining Assignment Brieflari bilan tanishishingiz mumkin. https://drive.google.com/drive/folders/1zJvUWy8TKc_PvGDbSSwkr2TEW-PTfPK6 🔗 Quyidagi havola orqali 2025–2026-o‘quv yilining 2-semestri uchun retake imtihonlarining Assignment Brieflari bilan tanishishingiz mumkin. https://drive.google.com/drive/folders/12c1vabz5vRkc8PTxS7fBHQv9yf9s2LQR?usp=sharing Topshiriqlarni diqqat bilan o‘rganib chiqing va belgilangan talablarga amal qiling. ✅ Imtihonlarda sizlarga omad tilaymiz! 🍀✨
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar! 1-semestr va 2-semestr yakunlariga ko‘ra fanlardan qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida RETAKE imtihonlari tashkil etildi. Barcha qarzdor talabalar belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirib, retake imtihonlarida ishtirok etishlari shart. 💳 To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma quyidagi havola orqali taqdim etilgan: https://t.me/academicaffairspdp/1171 ❗️Eslatma: Retake imtihonlari uchun to‘lovlar faqat Uzum Bank ilovasi orqali amalga oshiriladi. Boshqa to‘lov usullari qabul qilinmaydi. Barchangizdan ko'rsatmalarga qat’iy amal qilishingiz so‘raladi.
🎉 PDP University uchun tarixiy kun! To‘rt yil oldin biz bir orzu bilan yo‘lga chiqdik — kuchli liderlar va mutaxassislarni tayyorlaydigan universitet qurish orzusi bilan. O‘sha paytda bu yo‘l uzoq va qiyin ko‘rinardi. Ammo yo‘limizda duch kelgan har bir qiyinchilik bizni yanada kuchaytirdi. Va mana, bugun, birinchi bitiruvchilarimizning davlat tomonidan tasdiqlangan diplomlarini oldik! 🎓 Bu biz uchun katta va unutilmas tarixiy kun!
🎓Hurmatli PDP University bitiruvchilari! Sizlarga uzoq kutilgan, quvonchli xabarni yetkazishdan g'oyatda mamnunmiz! Universitetimiz tarixidagi eng hayajonli va yorqin damlar yetib keldi. Siz – ta'lim dargohimizning chinakam iftixori, parvozga shaylanayotgan…
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙 Hurmatli talabalar! 2025/2026-o'quv yilida fanlardan qarzdorligi bor talabalar uchun 2026-yil 27-iyul (dushanba) sanasidan boshlab o'qish boshlanishini ma'lum qilamiz. O'zingizning bosqichingizga (Level) qarab, qolib ketgan fanlaringiz bo'yicha jadvalga asosan oflayn darslarda qatnashingiz so'raladi. ‼️Muhim: ➡️Ustozlar tomonidan doimiy davomat yuritiladi. ➡️Darslarga kelmagan talabalarga imtihon topshirish uchun ruxsat berilmaydi. To'lov tartibi: Remodul to'lovlarini amalga oshirish uchun Yoshlar siyosati departamentiga uchrashishingiz lozim. Shartnoma rasmiylashtirilgandan so'ng to'lovni amalga oshirishingiz mumkin. Barchangizga omad! 🔗 Dars jadvali bilan tanishish uchun havola: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1wZrAoPtZt_wzNZ3qhQxej9vV35jF8SSrC9HfNv8zQVQ/edit?gid=231080222#gid=231080222
🎓Hurmatli PDP University bitiruvchilari! Sizlarga uzoq kutilgan, quvonchli xabarni yetkazishdan g'oyatda mamnunmiz! Universitetimiz tarixidagi eng hayajonli va yorqin damlar yetib keldi. Siz – ta'lim dargohimizning chinakam iftixori, parvozga shaylanayotgan ilk qaldirg'ochlarimizsiz! PDP University tarixiga o'z nomini birinchilardan bo'lib yozdirayotgan bitiruvchilarimiz sifatida sizlarning har bir zafaringiz biz uchun yuksak ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, barchangizni hayotingizdagi eng muhim qadamlardan biri – tantanali diplom topshirish marosimiga lutfan taklif etamiz! 🗓 Sana: 31-iyul ⏰ 📍Vaqti va joyi:(Qo'shimcha ravishda e'lon qilinadi) Talabalik davrining so'nggi, eng zavqli va unutilmas lahzalarida barchangizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Keling, ushbu tarixiy kunni birgalikda, ko'tarinki ruhda nishonlaymiz! O'z o'rnini topishga tayyor qaldirg'ochlarimiz, sizlarni tantanali marosimda kutib qolamiz!
Assalomu alaykum, hurmatli 1-kursni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar! Sizlarga 2-kursdan boshlab o‘zingiz qiziqqan yo‘nalishni tanlash imkoniyati yaratilganini e’lon qilamiz. Yo‘nalish tanlash jarayoni va ariza yuborish newlms.pdp.university platformasi orqali amalga oshiriladi. 🎓Siz quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlashingiz mumkin: -Software Development and Programming (Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va dasturlash) — Java, Python yoki C# -Artificial Intelligence (AI) Solutions and Applications (Sun’iy idrok yechimlari va dasturlari) -Business Analytics and Change Management (Biznes-analitika va oʻzgarishlarni boshqarish) Data Analytics (Ma’lumotlar tahlili) Guruh tilini tanlash bo‘yicha qoidalar: O‘zbek guruhida o‘qiyotgan talabalar: Faqat o‘zbek guruhlarini tanlash imkoniga ega. Agar sizda ingliz tili bo‘yicha B2 darajadagi sertifikat mavjud bo‘lsa, uni tizimga yuklagan holda ingliz guruhini tanlashingiz mumkin. Ingliz guruhida o‘qiyotgan talabalar: Faqat ingliz guruhlarida o'qishni davom ettirishlari shart. Yo‘nalish tanlash talablari va muddatlari: ✔️Kimlar tanlay oladi? Yillik GPA ko‘rsatkichi 2.8 va undan yuqori bo‘lgan talabalargina yo'nalish tanlash huquqiga ega. Oxirgi muddat: Yo'nalishlarni 31-iyulga qadar tanlashingiz kerak. ⚠️Ogohlantirish: Agar belgilangan muddatgacha tanlov amalga oshirilmasa, tizim sizni avtomatik tarzda (random asosida) bo‘sh qolgan istalgan yo‘nalishga biriktirib qo'yadi! 🔔Muhim eslatma: Yo‘nalishni tezroq tanlash orqali siz guruhdagi joyingizni avvaldan band qilgan bo'lasiz. Yangi o'quv yili uchun guruhlar aynan sizning tanlovingiz asosida shakllantiriladi, shuning uchun bu jarayonga mas'uliyat bilan yondashishingizni so‘raymiz.
🌐 Diqqat, PDP University talabalari! Xalqaro darajadagi IT va biznes ekspertlari bilan ochiq muloqot! Karyera markazi va xalqaro aloqalar bo'limi sizni global IT bozori, masofaviy ish va yirik korporatsiyalarda karyera qurish sirlariga bag'ishlangan maxsus uchrashuvga taklif etadi. Bu galgi mehmonlarimiz – xalqaro darajadagi tajribaga ega, IT sohasining chinakam yetakchilari: 🎙 Vasiliy Voropaev - seriyali tadbirkor va masofaviy ish bozorining liderlaridan biri. MDH hududidagi ilk yirik frilans birjasi - Free-lance.ru (FL.ru) hamda xalqaro IT-autstaffing platformasi - Rubrain.com asoschisi. 🎙 Shavkat Karimov - IT Lider, xalqaro spiker, investor va AQShning maxsus iqtidori uchun beriladigan EB-1A vizasi sohibi. IT Community of Uzbekistan rahbari va jahonga mashhur Microsoft kompaniyasining sobiq top-menejeri. O'z karyerasini xalqaro darajada qurishni maqsad qilgan har bir talaba uchun ushbu uchrashuv ulkan motivatsiya va real yo'nalish bo'lib xizmat qiladi. 🗓 Sana: 22-iyul ⏰ Vaqt: 15:00 📍 Manzil: Event Zone, PDP University O'z kelajagingiz uchun muhim bo'lgan insaytlarni birinchilardan bo'lib olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. Barchangizni kutib qolamiz!
📣 Diqqat, hurmatli talabalar! Uchrashuvni eslatib o'tamiz! Assalomu alaykum! Ertaga, 21-iyul kuni soat 11:00 da PDP Ecosystem asoschisi Odilbek Qahramonovich Mirzayev bilan kutilgan ochiq uchrashuv bo'lib o'tishini yodingizga solamiz. Ushbu ochiq muloqot…
📣 Diqqat, hurmatli talabalar! Uchrashuvni eslatib o'tamiz! Assalomu alaykum! Ertaga, 21-iyul kuni soat 11:00 da PDP Ecosystem asoschisi Odilbek Qahramonovich Mirzayev bilan kutilgan ochiq uchrashuv bo'lib o'tishini yodingizga solamiz. Ushbu ochiq muloqot…
💙💙💙 Hurmatli talabalar! 1️⃣Sizlarni PDP Ecosystem asoschisi Odilbek Qaxramonovich Mirzayev bilan ochiq uchrashuvga taklif qilamiz. 🗓 Sana: 21-iyul ⏰Vaqt: 11:00 📌Joy: PDP University, Event Zone 1️⃣ Uchrashuv davomida siz: Universitet hayoti bilan bog’liq…
без подписи
🎉 E’LON! – PDP Universitetida 2026-27 o‘quv yili uchun Davlat stipendiyalariga nomzodlar saralanmoqda! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari tanlovi boshlandi! 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi: Nomzod: Bakalavriat bosqichining oxirgi kurs talabalari. Talab: Butun o‘qish davri mobaynida faqat a’lo baholarga (5 baho) o‘qigan bo‘lishi shart, birorta ham "4" baho qabul qilinmaydi. 2. Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi: Nomzod: Bakalavriat bosqichining oxirgi ikki kurs (3 va 4-kurs) talabalari. Talab: O‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lishi (transkript orqali tasdiqlanadi). Barcha nomzodlar uchun umumiy talablar: ✔️ Ilmiy (ijodiy) ishlarda faol ishtirok etgan bo‘lish (kamida 2 ta ilmiy maqola yoki ijodiy ish); ✔️O‘zbekiston tarixini yaxshi bilish; ✔️Davlat tilini mukammal bilish hamda kamida bitta xorijiy tilni (MDH tillaridan tashqari) o‘zlashtirganlik. 🗓 Muddatlar va topshirish tartibi: Tanlovning universitet bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar hujjatlari 2026-yilning 1-avgustidan 10-avgustiga qadar "my.edu.uz" elektron tizimi orqali yuklanishi shart. 📈 Universitet bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadilar. ❓Savollaringiz bo‘lsa: Murojaat uchun: @Farxod_Qidirov. ✨ PDP University — bilim va yutuqlar manzili!
без подписи