ADHAMIY
СтатистикаFikrlar✅ Qiziqarli va kulguli postlar✅ Biroz cringe kontent✅ Yana turli xil mavzular✅
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 43
- 1/48двое суток
- 49
- 1/72трое суток
- 53
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Sevimli va latofatli Anne Hathaway bu yil filmlarda aktivlik borasida Zendayadan qolishmayapti❗️🗞 2026-yil 14-avgust holatiga koʻra bu yilgi filmlardan u naqd 4 tasida rol ijro etibdi. Bular: The Odyssey The End of Oak Street Mother Mary The Devil wears Prada 2 Eng qizigʻi shundaki, aktrisa hozir homilador🤰 va yil yakunigacha yana boshqa filmlarda uni koʻrib qolsak kerak. Hozircha shaxsan oʻzim uning bu yilgi birorta filmini koʻrganim yoʻq, ammo "The Odyssey" raqamli varianti chiqsa aniq koʻraman va "The Devil wears Prada 2" ni ham koʻrish yoki koʻrmaslikni oʻylayapman.
Juma muborak😊
Instagramdan yaxshi reels chiqyapti Asosan Z avlod, hijob, farzand tarbiyasi, qiz bola, uylanish, majburiy nikoh, NMAGAP podkasti va hokazo. Toʻgʻrisi menda qanaqadir "AI"da yasalgan banan bilan qulupnay munosabatlari chiqmagani xursand qildi(aqlli bolaligim shu yerdan maʼlum). Yuqoridagi tashlagan videodan ham yaxshiroq va chuqurroq reels koʻp chiqdi, biroq bilasiz buncha videoni ham koʻrib, ham sizlar bilan ulashsam yaxshigina vaqt ketadi. Bunchalik positiv effektga ega reels ketma-ket va toʻxtovsiz chiqishi meni xayron qoldirdi. Shunga qaramay, instagram hamon absurd joy. Reels koʻrib emas, aniq faktlar bilan fikrlash kerak. Faktni tekshirmaslik salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Afsuski, bizda faktni tekshirish degan tushuncha rivojlanish uyoqda tursin, mavjudligi ham nomaʼlum koʻpchilikda. Instagramda shunaqa foydali va manfaatli reels tayyorlayotganlarga kattakon rahmat, toʻgʻrisi hech bunaqa mazza qilib instagramda oʻtirmagandim, ancha yengil tortdim. Lekin kommentariyalarga kirsam hamon aqli past, fact-checking qilmaydigan va nosogʻlom fikrlovchilar toʻlib yotibdi. Nima ham derdim, hammaga omad😊
💯 qoʻshilaman
Yoshligidanoq bilinarkan😂
Kun memi Agar shu post 10ta 🔥 yigʻsa @Ruslanbeckoff ning "zapal"ini tashlayman⚠️
видео или голосовое, без подписи
Atmosfera kayf🌚
Instagram haqiqatdan chirib yotibdi Kimsan Miyazakidek eng yaxshi rejissyorlardan birini bunaqangi kreativlik bilan soʻkishni hamma ham eplay olmasa kerak, nafaqat Miyazaki, balki butun bir Islom dinidan boshqa dinlardagi insonlarni. Birinchidan, bro qoʻlidagi telefonni ham kofirlar yaratganidan xabari yoʻq. Ikkinchidan, dinimizda boshqa din vakillarini hurmat qilishga hamda ilm olishga chaqirilgan. Shuningdek bu inson deb nom olgan odam dindan gapirib soʻkinishi oʻzini qanchalik darajada tentak ekanini koʻrsatmoqda. Bunaqa absurd kommentlarni oʻqib, miyamda majlis boshlanyapti. Menimcha instagram bilan yana xayrlashadiganga oʻxshayman. Albatta hamma ayb instagramda emas, lekin bu ham vaqtimizni, ham fikrlashimizni boshqacha qilib yuborishi, ayniqsa notoʻgʻri tomonga yetaklashi mumkin.
Kun memi Agar shu post 10ta 🔥 yigʻsa @Ruslanbeckoff ning "zapal"ini tashlayman⚠️
Diqqat "Interstellar" boʻyicha spoiler bor❗️ Interstellar filmining yakuniy sahnasini koʻrganlar juda yaxshi eslasa kerak. Film soʻnggida ota qizi bilan vanihoyat uchrashishga muvaffaq boʻladi. Ammo bu yerda koʻpchilik, xattoki men ham bir muhim insonni unutganmiz. Bu paytda Cooperning oʻgʻli qayerga yoʻqolgan edi? Toʻgʻrisi juda qiziq savol boʻldi, javobini haligacha bilmayman, lekin kommentariyada ancha sarkazmcha javoblar. Yaʼni, uning oʻgʻli balet va operani yoqtirmas edi degan komment. "Nima buni filmga qanday aloqasi bor?"- degan savol koʻpimizda tugʻilishi mumkin. Bu esa 2026-yilgi Oskar mukofoti bilan bogʻliq vaziyat edi. Deyarli Timothée Chalamet Oskar yutishi aniq boʻlib turgan edi. Biroq Oskar marosimidan oldin u bir suhbatda balet va operani tanqid qilgan edi. Shundan soʻng Oskar berilish kunida mukofot "Sinners" filmidagi aktyor Michael B. Jordanga nasib etgan va oʻshanda sahnada balet va operachilar ham "Sinners"dagi kiyimlarda chiqqan😂
Karta ❌ UNO❌ Mafia✅
Channel photo updated
Bu esa Part 3
“Baxt pulda emas - moliyaviy erkinlikda!” Bu mavzuda biz siz bilan quyidagilarni gaplashamiz: •| Nega qizlar sizni emas moliyaviy erkin shaxsni tanlaydi? •| Nega “boylar” - “razil”, “kambagʻallar” - “xokisor” nomli stereotip hayotingiz mazmuniga aylanib…
Nima deb soʻksalaring ham qoʻshilaman
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Qanaqa odam bular-a? Qiz oʻqiyman yoki bir-birimizga toʻgʻri kelmaymiz desa nega shunaqa fikrlarga boramiz. Xuddiki qiz oddiy buyum va istagan inson uni olib ketishga haqqi bor. Shu kabi oʻzini bechora qilib koʻrsatadigan akalar va ukalar haliyam eski zamonlarda yashayapti. Boy yoki kambagʻallikka kelsak, boy odamni tanlash ehtimoli albatta koʻproq boʻladi, chunki yaxshi yashash ehtimoli yuqoriroq. Kambagʻal bilan ham yaxshi yashashi mumkin, ammo ertaga jiddiyroq muammolarga duch kelishi ancha yuqoriroq darajada. Oddiy logika-ku, miyani biroz ishlatsa hammasi zoʻr boʻlib ketadi, agar miya boʻlsa. Kommentariyada shunaqa yigʻloqilar koʻp ekan. Bu postimni ular koʻrsa, chaqaloqqa oʻxshab yoʻq undaymas deb yigʻlashsa kerak. Ular uchun hali ham qizlarda tanlov erkinligi yoʻq, kambagʻallar boylardan aziyat chekadi va "Jonginam yure ogʻridi" barcha davrlarning eng yaxshi qoʻshigʻi. Mayli, nimayam derdik, hammasi yaxshi boʻlib ketsin.
Финларда биринчи синф Финландияга кўчиб ўтгач ўғлимни биринчи синфга олиб бордим. Рус анъаналарига мувофиқ уни тайёрладим, ҳар ҳолда биринчи синф. Мактаб олдида 14 август куни соат 9:00 да йиғилиш керак. Дастлабки шок ҳолатим, ўқувчилар ҳуддики уйда нима кийишса, ўша кийимда келишган. Костюм шим, галстук тақиб, гулчамбар кўтариб олган ўғлим ҳамманинг кўз ўнгида таклиф қилинган санъаткорга ўхшаб қолди. Ўқитувчини гул билан биздан бошқа ҳеч ким табрикламади. Шарлар, куй-қўшиқлар умуман йўқ. Мактаб директори чиқиб ким қайси синфга боришини айтди ва шу билан бизнинг биринчи сентябрь ниҳоясига етди. Барча чет элликлар: ҳиндлар, яҳудийлар, руслар, украинлар ва бошқалар бир синфда ўқишади. Дарсни фин ўқитувчи ва уч нафар таржимон олиб боради. Иккинчи шок: ота-оналардан мактабга тайёргарлик учун ҳеч нарса талаб этилмайди. Мактаб попкасидан тортиб ручкасигача мактаб таъминлайди. “Сизнинг фарзандингиз жуда ажойиб, биз у билан тил топишиб кетишимизга ишончим комил” ҳамма ўқитувчининг тилида шу гап. Ўқитувчиларнинг ягона сўрови фарзандингиз билан етарлича вақт ўтказаяпсизми? Агар жавоб йўқ бўлса, сизни мактаб психологи билан учрашувга таклиф қилишади. Учинчи шок: ҳамма ўзи нима ейишини мактаб сайти орқали бир кун олдин хабар беради, мусулмонлар чўчқа гўшти емаслиги мумкин, баъзи болаларга ёғли овқат мумкин эмас. Барчасини сиз ўзингиз олдиндан буюртма берасиз. Форма деган нарса умуман йўқ, ким қандай хоҳласа, шундай кийим кияди. Партада ўтириш умуман мажбурий эмас, бола хоҳласа, гиламда ўтириб ҳам дарс ўтиши мумкин. Асосийси болага қулай бўлса, бўлди. Онасини эмсин, буларнинг ҳаммаси қанча туради, бунга пулим етадими, деган савол миямдан чиқмай қолди? Тўртинчи шок: ҳаммаси текин, 0 доллар, 0 цент. Эшитяпсанми, Карл, ғирт текин! "Нега бундай?" деган савол билан ўғлимнинг ўқитувчисига мурожаат қилдим. Унинг жавоби бешинчи шок бўлди. — Ахир сиз солиқларни тўлаяпсиз-ку, бизда мактаблар мана шу солиқлар ҳисобига сизнинг фарзандларингизни ўқитади. Мен ўзимнинг чириб кетган коммунистик советча ғояларим билан юрган эканман-да... ©️ Наталья Киреева 👉 @azizbekhmem