- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 243
- 1/48двое суток
- 278
- 1/72трое суток
- 300
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kitob muqovasi dizayni bo‘yicha xorijiy bozorni chuqurroq o‘rganishga harakat qilyapman: agentliklar qanday yechimlar taklif qilmoqda, xizmatlarini qanday paketlamoqda va mijozlarga qanday qiymat berish ustida ishlayabdi? While everyone is competing with one another, my main focus is on studying the experience of international book cover designers and agencies - and entering the market as their competitor. Uslub va tendensiyalarni kuzatish yaxshi. Ammo xizmatni to‘g‘ri shakllantirish, taqdim etish va sotishni o‘rganish ham juda muhim hozirgi vaqtda. Nashriyotlar kuchli muqova dizaynlari uchun raqobatlashadigan davr kelyapti. Menimcha, kelajakda kuchli dizayner bir vaqtning o‘zida bir nechta nashriyot bilan emas, balki bitta nashriyot bilan eksklyuziv hamkorlik asosida ishlashi mumkin. (kerak)
без подписи
без подписи
Men bir Hechman )
Portfolio emas, ishga nisbatan yondashuvimizni ko'rsatadigan saytimiz ustida ishlayapman. @adiz_saidov
From the USA to Uzbekistan ) Jamoamiz WAF festivaliga ishlar topshirgan edi. 4 loyiha, 4 shortlist projects, va WAFX Cultural Identity winner. 4 loyiha ham presentatsiyasi Noyabr oyida AQShning Fort Lauderdale shahrida bo'lib o'tadigan WAF 2026 sahnasida jamoamiz tomonidan taqdimot qilib beriladi. O'zbekiston nomidan bu festivalda birinchi ishtirok. Bundan oldin ishtirok bo'lmagan)
Bir vaqtning o'zida 9 xil rakursdan olingan rasmlarni generatsiya qilishni endi test qilib ko'rdim. Kitob ichki sahifalari uchun o‘quvchining tasavvurini kuchaytiradigan illustratsiyalar yaratishda eng katta muammo - birinchi betdagi rasm bilan 200-betdagi rasm o‘rtasidagi vizual uyg‘unlikni saqlab qolish edi. Bir vaqtning o‘zida turli rakurslardan, mavzuga mos va o‘zaro uyg‘un shotlarni tezroq generatsiya qilish mumkin. Bu juda muhim, birinchi betdagi character, dizayn, ranglar, arxitektura hammasi kitob yakunigacha bir xil uslubda bo'lishi. Bu o'quvchi ko'zida kitobni his qilishni yanada osonlashtiradi.
O'zbekistonda birinchilardan deyish niyatim yo'q, lekin oddiy scriptlar bilan ishimni o'zim osonlashtiryabman ) siz 400 betli kitobni nechi kunda sahifalayabsiz?
murakkablashtirmang.
Endi sohaga kirib kelayotganlar uchun bitta muhim maslahatim bor: imkoningiz bo'lsa, albatta shogird tushing. Siz bozorga sun'iy intellekt kuchaygan paytda kirib keldingiz. Bugun AI ko'plab vazifalarni bajarib bera oladi. Lekin u qanday darajaga yetganini, qaysi xatolardan o'tib rivojlanganini hali o'z tajribangiz bilan ko'rmagansiz. Agar hamma narsani yolg'iz o'rganishga harakat qilsangiz, ko'plab xatolarni o'zingiz takrorlaysiz. Shu vaqt ichida esa AI yana bir necha qadam oldinga o'tib ketadi. Yaxshi ustoz esa sizni ortiqcha aylanishlardan olib o'tadi, yillar davomida to'plagan tajribasini ulashadi va maqsadga boradigan yo'lingizni ancha qisqartiradi.
Book bloggerlarga ishonish mumkinmi? So'nggi paytlarda qiziq bir nomutanosiblikni ko'ryabman. Bookbloggerlarga nisbatan yaxshi fikrlar o'rniga yomon fikrlar ko'payib boryabdi nega deganda ko'pchiligining reviewlari xolis emas. Haqiqatda ba'zi kitobxonlar* kitobni oxirigacha o'qimasdan turib review yozadi. Yana ayrimlari esa kitob unchalik yoqmagan bo'lsa ham, ko'proq ko'rilish yoki nashriyotlar bilan hamkorliklarni yo'qotmaslik uchun uni maqtaydi. Albatta bu gaplarim hamma bookbloggerlar uchun emas, hali ham o'zini pozitsiyasida sodiq turganlar bor. Ular hech qanday profiliga ambassador deb yozib qo'ymagan, kitoblarni o'z hisobidan sotib olib o'qiydi, taklif bilan chiqsangiz kitobni o'qib chiqish uchun muddat so'raydi. Menimcha, yaxshi review - bu faqat maqtov emas. Unda kitobning kuchli va kuchsiz tomonlari ham xolis aytilishi kerak. Chunki reviewning vazifasi reklama qilish emas, balki kitobxonning tanlov qilishiga yordam berishdir. Bu holatlarga menda hech qanday qarshilik yo'q, bu jarayondan o'tib olgani bizga muddat kerak. Qancha ko'p bookblogger ko'paysa shuncha filter bo'lish tezlashadi. Bozorni o'zi saralab qo'yadi kim kitobxon, kim haypajor) Oldinlari xorijiy kontentlarni ko'rganimda kitoblardan estetika uchun foydalanishar edi, ya'ni bu ham bir kitobxon degan status olish uchun. Biz shu etapdamiz. Har qanday kitob yashab qolishga haqli, darajasidan qat'iy nazar. Yaxshisini ajratib olishi uchun yomonidan o'tish kerak) Siz nima deysiz)
Shunchaki bu suratlar shu yerda qolsin… 🇺🇿
Odatiy ishingizdan tashqari qo'shimcha skill'laringizni ham rivojlantirib boring. Juda ko'p kuzataman grafik dizaynerlardan juda kam takliflar chiqadi, lekin departmentning eng kreativ qismi shu bo'lishi kerak. Kimdir sizga mana shunday ishni qil deyishi shart emas, birinchi o'rinda o'zingizni ishingizni zo'r qilib boshqa qismlarga bemalol g'oyalarda yordam bersangiz bo'ladi. Loyihalaringizga vaqtincha loyiha sifatida qarashni bas qiling. To'g'ri, siz u yerda ko'p ishlamasligingiz mumkin lekin siz kim uchun ishlayotganingizni aniq bilsangiz shunda ma'noni topasiz. peace.
Claude.Ai bilan ishlar ancha tezlashdi. O'zimizga kerakli, ishimizni tezlashtiradigan istalgan dasturni tayyorlab olyabmiz. Ayni kunlarda kompaniyamiz saytini yaxshilash, unga qo'shimcha xizmatlar qo'shish va Ai assistent ulab mijozni eng oxirgi bosqichgacha olib kelib bizga aniq ma'lumotlar bilan kelishini ta'minlash ustida ishlayabman. Qo'shimcha agent sifatida, har kuni bizga mos keladigan mijozlarni izlab topish, va ularga biznesiga to'g'ri yo'nalish topib tahlil qilib, bizning taklifni moslashtirib yuboradigan agentni tugatdim. Hozir test jarayonidamiz. Va hozirgi kunda ham ijtimoiy tarmoqlardagi istalgan izohga qo'lda javob yozayotgan bo'lsangiz buni shunchaki agentga topshirib, u bergan javoblarga approve berib tursangiz bo'ldi. Shunchaki kompaniyangiz haqida .md yuklab qo'ysangiz bo'ldi hattoki bu shart ham emas, o'zi sizdan, xodimlaringizdan ko'ra yaxshiroq analyze qilib beradi. birgalikda qiziq davrlarni guvohi bo'lyabmiz )
без подписи
🔪
Charlie Munger ta'limoti David Clark "Men bilmagan narsalari haqida ishonch bilan gapiradigan odamlardan qutulishga harakat qilaman." Muammo – ishonch masalasida. Agar odam o‘z bilmaganini tan olishga jur’at qilmasa, unga qanday ishonish mumkin? Bunday odamlardan uzoqlashib, intellektual halollikka ega kishilarni topish yaxshiroq. Charlie bilish va bilmaslik orasidagi farqni tushunish muhimligini ta’kidlaydi. Bu farqni anglamagan odamning fikri befoyda.
«ҳумо қуши» қилишмаганигаям шукур лекин.
без подписи
без подписи