AGROKIMYOVIY TAHLIL MARKAZI
СтатистикаQishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Respublika Agrokimyoviy tahlil markazining rasmiy kanali. +99871 260 42 20 https://agrokimlab.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 107
- 1/48двое суток
- 122
- 1/72трое суток
- 132
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌱 Agrokimyoviy tahlil — yuqori hosil sari muhim qadam. Hududlarda agrokimyoviy tahlillarning amaliy ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Romitan tumanidagi “Shuhrat ulug‘ fermer xo‘jaligi” dalasida ko‘rgazmali-amaliy seminar tashkil etildi. 🌾 Seminar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda tuproqning agrokimyoviy holatini o‘rganish, tuproq namunalarini to‘g‘ri olish va tahlilga tayyorlash, shuningdek, tahlil natijalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔬 Amaliy jarayonlarda ishtirokchilarga tuproq namunalarini dalaning tegishli maydonlaridan belgilangan tartibda olish, namunalarning tahlil uchun yaroqliligini ta’minlash hamda olingan natijalar asosida mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi. 🤝 Tadbir davomida fermer xo‘jaligi vakillari va soha mutaxassislari bilan fikr almashilib, tuproq unumdorligini saqlash, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha amaliy masalalar muhokama qilindi. 📚 Bunday ko‘rgazmali-amaliy seminarlar fermerlarning agrokimyoviy tahlillarga bo‘lgan amaliy tushunchalarini yanada kengaytirish, ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarni yo‘lga qo‘yish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌿 Sifatli tahlil — to‘g‘ri agrotexnik qaror — unumdor tuproq — mo‘l hosil! 🌐agrokimlab.uz/ ✅ telegram 🌐 Facebook 🔥YouTube 📱Instagram
🌱 AGROKIMYOVIY TAHLIL — YUQORI HOSIL VA O‘G‘ITLARDAN SAMARALI FOYDALANISH GAROVI. Qiziriq tumanida Surxondaryo viloyati Agrokimyoviy tahlil markazi xodimlari tomonidan “Agrokimyoviy tahlil — yuqori hosil va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish asosi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Unda Qiziriq tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O. Poyonov, “GTG Agro” klasteri rahbari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari ishtirok etdi. 🔬 Seminar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l, sifatli va yuqori hosil olishda tuproqning agrokimyoviy tahlilining ahamiyati, tuproq tarkibidagi oziqa elementlarini aniqlash hamda tahlil natijalariga asoslangan holda mineral o‘g‘itlardan ilmiy va samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌾 Shuningdek, yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, o‘g‘itlardan me’yorida foydalanish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar va tushuntirishlar berildi. 🤝 Seminar davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va soha mutaxassislari bilan o‘zaro fikr almashilib, mavjud muammolar hamda ularning amaliy yechimlari muhokama qilindi. 📌 Tadbir yakunida ishtirokchilar tuproq tahlilining ahamiyati, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish va tuproq tarkibidagi oziqa moddalarining ekinlar hosildorligiga ta’siri bo‘yicha muhim amaliy bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar. 🌱 Sifatli tahlil — to‘g‘ri qaror — samarali o‘g‘itlash — yuqori hosil! 🌐agrokimlab.uz/ ✅ telegram 🌐 Facebook 🔥YouTube 📱Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🏆 «Agrokimyo va tuproq tahlili markazi» — xalqaro standartlar sari yangi qadam! «Agrokimyo va tuproq tahlili markazi»da ISO 9001:2015, ISO 14001:2015 va ISO 45001:2018 xalqaro standartlari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sertifikatlar Markazning: 🔹 sifat menejmenti; 🔹 ekologik menejment; 🔹 mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish yo‘nalishlarida xalqaro talablarga mos integrallashgan menejment tizimlarini joriy etganini tasdiqlaydi. ⭐️ Ushbu yutuq Markazning amaldagi ISO/IEC 17025 xalqaro standarti asosidagi laboratoriya faoliyati bilan bir qatorda, boshqaruv jarayonlari, ekologik mas’uliyat va xodimlar xavfsizligini ta’minlash borasida ham yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi. 🌱 Mazkur xalqaro standartlarning joriy etilishi tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tahlil qilish, mineral va mikrobiologik o‘g‘itlar sifatini nazorat qilish hamda turli xavfli omillar bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlarini yanada sifatli, ishonchli va xavfsiz tashkil etishga xizmat qiladi. 🏅 Bu sertifikatlar — shunchaki hujjat emas. Bu sifat, ishonchlilik, ekologik mas’uliyat va mehnat xavfsizligiga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir. «Agrokimyo va tuproq tahlili markazi» jamoasi ushbu muhim yutuq bilan yangi marralar sari dadil qadam tashlamoqda! 🌐agrokimlab.uz/ ✅ telegram 🌐 Facebook 🔥YouTube 📱Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🌱SOHA RIVOJIDA YANA BIR MUHIM QADAM! 🧾 MILLIY LABORATORIYA TIZIMIDA TARIXIY KATTA QADAM: «AGROKIMYO VA TUPROQ TAHLILI MARKAZI» INTEGRALLASHGAN MENEJMENT TIZIMLARI BO‘YICHA SERTIFIKATLARNI QO‘LGA KIRITDI Toshkent viloyati Qibray tumani — Laboratoriya sinovlarining aniqligi va xolisligini ta’minlab kelayotgan, ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan «Agrokimyo va tuproq tahlili markazi» o‘z faoliyatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarib, sifat, ekologiya va mehnat muhofazasi sohalarida integrallashgan menejment tizimlarining xalqaro sertifikatlarini ilk bor qo‘lga kiritdi. AQShning dunyoga mashhur UAF (United Accreditation Foundation) va IAF (International Accreditation Forum) tomonidan tan olingan ARS Assessment xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan Markazga quyidagi uchta asosiy xalqaro standart bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari topshirildi: ISO 9001:2015 — Sifat menejmenti tizimi; ISO 14001:2015 — Ekologik menejment tizimi; ISO 45001:2018 — Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimi. TIZIMLI INTEGRATSIYA VA XALQARO E’TIROF !!! ISO/IEC 17025 standarti laboratoriyaning texnik kompetentligini va sinov natijalarining ishonchliligini kafolatlasa, yangi joriy etilgan ISO 9001, ISO 14001 va ISO 45001 integrallashgan tizimlari Markazning ichki boshqaruv jarayonlarini takomillashtirib, atrof-muhit muhofazasi va xodimlar mehnat xavfsizligini yuqori xalqaro me’yorlar darajasiga olib chiqdi. Ushbu muvaffaqiyat Markazda tuproqning agrokimyoviy tahlili, mineral va mikrobiologik o‘g‘itlar sifatini nazorat qilish, mahsulotlarni pestitsidlar, nitratlar, og‘ir metall tuzlari hamda radiologik-toksikologik parametrlar bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlarini yuqori sifat va xavfsizlik standartlari asosida olib borish yo‘lga qo‘yilganini tasdiqlaydi. XALQARO SERTIFIKATLARNING AHAMIYATI VA IJOBIY JIHATLARI Yetakchilik va namuna: Markaz o‘zining texnik bazasiga qo‘shimcha ravishda ISO 9001, ISO 14001 va ISO 45001 tizimlarini integratsiya qilgan holda, sohada xalqaro talablarga javob beradigan namunaviy davlat muassasasiga aylandi. Natijalarning xalqaro tan olinishi (IAF): Olingan sertifikatlar IAF (Xalqaro akkreditatsiya forumi) tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan tan olinadi. Bu esa Markaz tomonidan beriladigan laboratoriya xulosalari va tahlil natijalarining xalqaro miqyosdagi mavqei va ishonchliligini yanada oshiradi. Ekologik va ijtimoiy mas’uliyat: ISO 14001 va ISO 45001 standartlarining joriy etilishi laboratoriya faoliyatida ishlatiladigan kimyoviy moddalar va atrof-muhitga chiqariladigan chiqindilarning ta’sirini minimallashtirish, shuningdek, mutaxassislar uchun maksimal darajada xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish imkonini beradi. Eksport salohiyatini oshirish: Mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun Markazning xalqaro miqyosda tan olingan kompleks tahlil xizmatlaridan foydalanish imkoniyati kengayadi. MARKAZ RAHBARIYATINING FIKRI Markaz rahbariyati ta’kidlaganidek: «ISO/IEC 17025 akkreditatsiyasi bilan bir qatorda ISO 9001, ISO 14001 va ISO 45001 sertifikatlarini qo‘lga kiritganimiz — bu shunchaki hujjat emas, balki aholimiz va hamkorlarimizga yuqori aniqlikdagi, xavfsiz va ekologik toza xizmat ko‘rsatish borasidagi katta mas’uliyatimizning amaliy tasdig‘idir. Bu yutuq mamlakatimiz agrar sohasi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qo‘shilgan munosib hissadir.» agrokimlab.uz/ telegram/ Facebook/ YouTube/ Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🌱Tuproqdan hosildorlik sari: Bilim va amaliyot uyg‘unligi 🌱Andijon viloyat Agrokimyoviy tahlil markazi hodimlari ishtirokida Andijon viloyati Buloqboshi tumanida Viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi bo'yicha o'rinbosari,Viloyat qishloq xo'jalik boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, tuman hokimi va o'rinbosarlari ishtirokida tumandagi fermer xo'jalik rahbarlariga tuproq tahlili, mineral o'g'it tahlili, radiologik va toksikologik tahlil yo'nalishlari bo'yicha ko'rgazmali hamda amaliy seminar o'tkazildi. 🌿Seminar qatnashchilariga "Agrokimyoviy tahlil–faqat tuproq unumdorligini aniqlash vositasi emas balki u oziq-ovqat xavfsizligining daladan boshlanadigan birinchi nazorat nuqtasidir. Sifatli va xavfsiz oziq-ovqat, avvalo sog'lom tuproqdan boshlanadi"mazmunidagi tushuncha va tavsiyalar berildi. 📚Seminar yakunida fermer xo'jalik rahbarlari tuproq tahlili, mineral o'g'it va tuproq tarkibidagi moddalar haqida muhim bilimlarga ega bo'lishdi. agrokimlab.uz/ telegram/ Facebook/ YouTube/ Instagram
без подписи