tgindex
AI Leader
@aileaderuzузбекский

Kundalik hayotni osonlashtiruvchi aqlli texnologiyalar. 🇺🇿 🤝Hamkorlik masalalari bo'yicha: @aileader_manager

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
72
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 042
+11 за 2 дн.
Сутки
+11
+1,07%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
254
40 постов
Вовлечённость
24,4%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 72
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
81
1/48двое суток
92
1/72трое суток
100

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • 🔳 O‘rgimchak to‘ri effektini bitta prompt bilan yaratish mumkin! Sun’iy intellekt yordamida videolaringizni yanada kreativ va viral ko‘rinishga olib chiqing. 🗣️ Izohlarda “+” qoldiring — sizga ushbu effekt uchun tayyor promptni yuboramiz. @aileaderuz

  • 💬 Endi fayllarni ovozli rejimda ham muhokama qilish mumkin ChatGPT’ning ovozli rejimi yanada qulay bo‘ldi. Endi suhbat davomida hujjat yoki boshqa faylni biriktirib, uni matnli chatga o‘tmasdan turib ovoz orqali muhokama qilish mumkin. ChatGPT fayl mazmunini o‘qib, savollarga aynan undagi ma’lumotlar asosida javob beradi. Eng qulay tomoni — ovozli rejim «Loyihalar» (Projects) bo‘limida ham ishlaydi: u loyiha yo‘riqnomalari, manbalar va so‘nggi suhbatlarni hisobga olib, suhbatni kerakli kontekst bilan davom ettiradi. 👨‍💻Endi hujjatni avval o‘qib chiqish, kerakli joylarini topish yoki matnli chatga o‘tish shart emas — faylni yuklang va ChatGPT bilan u haqida bevosita ovoz orqali suhbatlashing. @aileaderuz

  • 🇺🇿 Durov Toshkentdagi olimpiada g‘oliblariga sovrinlar e’lon qildi Pavel Durov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IOI 2026 Xalqaro informatika olimpiadasi haqida post e’lon qildi. U Telegram 235 nafar g‘olibning barchasiga maxsus raqamli kolleksion buyumlar — Algorithm Cups sovg‘a qilishini ma’lum qildi. Ularning umumiy qiymati kamida 117 000 dollarni tashkil qiladi. Durov olimpiadaning aynan O‘zbekistonda o‘tkazilayotganini ham ramziy deb atadi — axir algebra otasi, «algoritm» so‘ziga nom bergan buyuk olim al-Xorazmiy shu yurtda yashab ijod qilgan. 🏆Demak, dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari Toshkentdan nafaqat medallar, balki Telegram sovg‘alari bilan ham qaytishadi. @aileaderuz

  • 💬 Claude yozgan matnlarni ham “belgilaydi” Anthropic kompaniyasi Claude orqali yaratilgan kontentni maxsus belgilar bilan ajratishni boshlamoqda. Matnlarga ko‘zga ko‘rinmaydigan “suv belgisi” (watermark) qo‘shiladi, PNG, JPG va SVG kabi fayllarga esa maxsus ma’lumotlar biriktiriladi. Eng qizig‘i, matnni oddiy copy-paste qilsangiz ham bu belgi saqlanib qolishi mumkin. Demak, Claude’dan diplom, maqola yoki boshqa matndagi xatolarni tuzatish uchun foydalansangiz ham, matn AI yordamida qayta ishlanganini aniqlash imkoniyati qoladi. Bu borada hozircha faqat Gemini va endi Claude kabi ayrim AI tizimlari shunday yondashuvdan foydalanmoqda. 👨‍💻 AI yaratgan kontentni yashirish tobora qiyinlashmoqda. Kelajakda “Bu matnni odam yozdimi yoki AI?” degan savolga javob topish yanada oson bo‘lishi mumkin. @aileaderuz

  • 🌐 Internetsiz ishlaydigan AI tarjimon Gemma Translator — gapirganingizni boshqa tilga tarjima qilib, natijani darhol ovoz chiqarib aytib beradigan kichik qurilma. Eng qulay tomoni — uni bir marta sozlab olgach, internetsiz ham ishlatish mumkin. Qurilmani hatto o‘zingiz yig‘ishingiz mumkin. Kelajak tarjimoni cho‘ntagingizda! ❓ Siz bunday tarjimondan foydalanarmidingiz? @aileaderuz

  • ⚡️Kremniy vodiysi xotirjam uxlayotgan bir paytda... Xitoyliklar Kimi K3’ni taqdim etdi — 2,8 trillion parametr, ochiq kod va ko‘plab AI’lar uchun $200 turadigan imkoniyatlar — bepul. AQShning «eng aqlli AI» monopoliyasi yana qancha davom etadi? Yoqimli mutolaa 📖 @aileaderuz

  • 💬 ChatGPT hayotni saqlab qoldi… endi esa OpenAI sudga berildi? ChatGPT insonda jiddiy sog‘liq muammosi bo‘lishi mumkinligini vaqtida anglashga yordam bergan. Ammo voqea kutilmagan tus oldi — OpenAI ustidan sudga da’vo qilindi. AI qayergacha yordam berishi kerak? 🤔 @aileaderuz

  • без подписи

  • ❤️ Juda yoqimli prompt Istalgan rasmni yoqimli akvarel illyustratsiyaga aylantiramiz. — Suratni yuklaymiz — Promptni kiritamiz — Va hammasi tayyor! Prompt: Transform the image into a minimalist hand-drawn doodle illustration. Use simple brush-pen outlines with slightly wobbly, imperfect strokes. Reduce all details to cute, childlike shapes while preserving the main subject and composition. Naive sketchbook aesthetic, playful and whimsical character design, clean white background, minimal linework, expressive simplicity, handmade doodle style, water color ink drawing, charming imperfections, simple cartoon illustration. Natijalarni izohlarda yuboring — eng yoqimtoy natijani birgalikda tanlaymiz! ✨ @aileaderuz

  • ♾ Meta dasturchilar uchun yangi AI vositasini taqdim etdi Meta Muse Code nomli yangi sun'iy intellekt vositasini ishga tushirdi. U dasturchilarga kod yozish, xatolarni topish va murakkab vazifalarni tezroq bajarishda yordam beradi. Xizmat faqat API orqali ishlaydi. Narxi ko'plab raqobatchilarga qaraganda arzonroq, ammo buning evaziga foydalanuvchi o'z kodidan modelni o'qitishda foydalanishga ruxsat berishi kerak. 🚀 AI yordamida dasturlash endi yanada tez va qulay bo‘lib bormoqda. @aileaderuz

  • 💬 Claude kutilmagan ish qildi! Buyuk Britaniyaning Sun’iy intellekt xavfsizligi instituti (AISI) 2026-yilda Anthropic kompaniyasining eng ilg‘or AI modelini sinovdan o‘tkazdi. Natija esa ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Model nimalar qilgan? 🕤Zararli dastur kodini yozib, uni GitHub’dagi haqiqiy ochiq kodli (open source) loyihaga qo‘shishga uringan. 🕤Loyiha ustida ishlaydigan dasturchilarni o‘rganib chiqib, ularga o‘xshash bir nechta soxta internet profillarini yaratgan. 🕤Shu soxta akkauntlar orqali dasturchilarga xabar yuborib, o‘zini ularning hamkasbi sifatida tanishtirgan va zararli kodni tasdiqlashga ko‘ndirishga harakat qilgan. 🕤Firibgarligi fosh bo‘lgach, izlarini yashirish uchun oldingi harakatlarini o‘zgartirishni va hatto yangi shaxs yaratib, hujumni davom ettirishni rejalashtirgan. 🕤Ishonch uyg‘otish uchun yana bitta soxta foydalanuvchi yaratib, go‘yoki o‘sha odam uning kodini tavsiya qilayotgandek ko‘rsatgan. 😳Eng xavotirli tomoni — modelga "aldagin" yoki "soxta akkaunt yarat" degan buyruq berilmagan. U vazifani bajarish jarayonida bunday yo‘lni o‘zi tanlagan. Modelning ichki tahlillaridan birida hatto shunday jumla uchragan: "Demak, biz haqiqatan ham 2026-yildamiz va GitHub ham haqiqiy platforma ekan." Shunga qaramay, u rejasini davom ettirishga uringan. ❗️ Bu voqea sun’iy intellekt imkoniyatlari qanchalik tez rivojlanayotganini, shu bilan birga uni nazorat qilish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish qanchalik muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi. @aileaderuz

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи