tgindex
Aktual_uz TV

Tezkor video, xabar, muammolar yuzasidan 👉 @murojaatga yozing Reklama va PR uchun 👉 @Pr_reklama_uchun

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
70
Всего постов
198
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
15 633
−163 за 5 дн.
Сутки
−35
−0,22%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
218
40 постов
Вовлечённость
1,4%
к подписчикам
Постов в день
10,0
всего 198
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
по 7 постам
1/24сутки в ленте
294
1/48двое суток
336
1/72трое суток
362

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • O‘zbek boks afsonasi Rufat Risqiyev 76 yoshda vafot etdi Rufat Risqiyev 1974 yilda O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempioni bo‘lgan. 1976-yilgi Monreal Olimpiadasida esa finalgacha yetib borib, kumush medal olgan. Hal qiluvchi jangda amerikalik Maykl Spinksga imkoniyatni boy bergan. Risqiyev sportchilik faoliyatidan so‘ng murabbiy va hakam sifatida ishlagan. U so‘nggi yillarda og‘ir kasallik bilan kurashgan. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • RASMAN: oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. 📄 Natijalarni qanday ko‘rish mumkin? 1️⃣ my.uzbmb.uz — pasport seriyasi va raqami hamda abituriyentning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz — abituriyent ID raqami orqali. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi — oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalariga taqdim etiladi. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • 🎉 Tug'ilgan kun bilan kutilmagan noodatiy tabriklar 🎉 😍 Yaqinlaringizni tug'ilgan kuni bilan noodatiy tarzda tabriklang va ularga quvonch ulashing 😍 Tabriklarimizni quyidagi kanaldan ko'rishingiz mumkin 👇👇👇 👉 https://t.me/tabriklar_uztv Xoziroq tabrik yuboring 👇👇👇 👉 https://t.me/tabrikyozing

  • 🌤 Xayrli tong! Bugungi kuningiz xayrli, qalbingiz xotirjam, ishlaringiz esa omadli bo‘lsin. Yaxshi kayfiyat bilan kunni boshlang! 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • без подписи

  • 🌙 Xayrli tun, azizlar! Bugungi kunning barcha tashvishlarini ortda qoldiring. Tuningiz osuda, uyqungiz shirin bo‘lsin. ✨ 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • 🇨🇳 🚅 Xitoydan yangi rekord Xubey provinsiyasidagi tajribada 1,1 tonnalik eksperimental poyezd 5,3 soniyada 800 km/soat tezlikka chiqdi. U 200 metrdan kam masofada xavfsiz to‘xtatilgan. Sinov Donjou laboratoriyasining 1 kilometr uzunlikdagi maxsus trekida o‘tkazilgan. Texnologiya hozircha tajriba bosqichida bo‘lib, kelajakda yuqori tezlikdagi transport, aerokosmik sanoat va raketasozlikda qo‘llanishi mumkin. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • AQSh osmonida “paypaslagichli” bulut paydo bo‘ldi 🌩 AQShda shahar osmonida g‘ayrioddiy ko‘rinishdagi bulut paydo bo‘ldi. U go‘yo osmondan ulkan “paypaslagichlar” pastga tushgandek ko‘ringan. Aslida esa bu kuchli momaqaldiroq oldidan shakllanadigan bulut bo‘lib, jala, kuchli shamol va do‘l bilan birga kuzatilishi mumkin. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • без подписи

  • Bo‘yi baland erkaklar bilan turmush qurgan ayollar nikohidan ko‘proq mamnun bo‘lishi mumkin 7850 nafar ayol ishtirokidagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i o‘zidan ancha baland bo‘lgan ayollar munosabatlaridan ko‘proq mamnun ekanini bildirgan. Olimlar buni bo‘y va insonning psixologik hamda evolyutsion qarashlari bilan bog‘lashgan. Biroq tadqiqot bo‘y nikohning muvaffaqiyatini belgilaydi degani emas. Munosabatlarda o‘zaro hurmat, ishonch va tushunish kabi omillar ham muhim. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • Quyosh tutilishini himoyasiz kuzatganlarda ko‘z muammolari kuzatildi Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyada Quyosh tutilishini maxsus himoya ko‘zoynaklarisiz kuzatgan ayrim fuqarolar ko‘z og‘rig‘i va ko‘rishdagi o‘zgarishlar sabab shifokorlarga murojaat qilgan. 🇫🇷 Fransiyada oftalmologlarga murojaatlar 20 foizga oshgan. 🇪🇸 Ispaniyada esa 500 dan ortiq kishi tibbiy yordam so‘ragan. 🇬🇧 Buyuk Britaniyada ko‘z og‘rig‘i va ko‘z jarohati bilan bog‘liq internet qidiruvlari ham keskin ko‘paygan. Mutaxassislar Quyoshga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarashda maxsus himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish zarurligini eslatmoqda. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Jalaquduqda fuqarolar qabuli o‘tkazildi Jalaquduq tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda aholining murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • #Iqtibos O‘zingga yoqqan ishni qilish - bu erkinlik. Qilayotgan ishingizni sevish - bu baxt. ©️ Frenk Tayger 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • "Qamchi prezident bo‘lishini xohlagandim" — Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qamchibek Tashiyev bilan bog‘liq rejalari haqida gapirdi. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • O‘zbekiston jamoasi xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medal qo‘lga kiritdi Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi tarixida ilk bor barcha 4 nafar ishtirokchi sovrindor bo‘ldi. 🥈 Jahonali Haydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal; 🥉 Timur Qodirbergenov — Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉 Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • Qaysi hayvonga qachon pasport olish kerak? 🐄🐎🐕 Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda saqlanadigan va ko‘paytiriladigan hayvonlar belgilangan muddatlarda identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak: 🐄 Qoramol, qo‘y, echki va tuyalar — tug‘ilganidan 14 kun o‘tgach 🐎 Otlar — 4 oydan keyin 🐖 Cho‘chqalar — 1 oydan keyin 🐕 It va mushuklar — 3 oydan keyin Shuningdek, chetdan olib kiriladigan hayvonlar 21 kun ichida identifikatsiya qilinishi lozim. Hayvon so‘yilsa, nobud bo‘lsa yoki chetga olib chiqilsa, 7 kun ichida hisobdan chiqariladi. 👉 https://t.me/aktual_uztv

  • 2026-yildan pedagoglar uchun malaka toifasini olish tartibi o‘zgaradi Hukumatning 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga ko‘ra, 2026-yildan: 🎓 Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlab, birinchi marta ta’lim tashkilotiga ishga kirgan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi beriladi. 🎓 Magistraturani tamomlab, barcha fanlar va attestatsiyadan «5» baho (90–100 ball) olgan hamda birinchi marta ta’lim tashkilotiga ishga kirgan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. 👉 https://t.me/aktual_uztv