"Alijon MFY" Yoshlari
СтатистикаAlijon mahallasi yoshlari uchun maxsus sahifa🫵 Aloqa uchun:👉 @anazarov_ds Tel👉: +998500067769
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
KATTAQO'RG'ONLIK IQTIDORLI YOSHLAR DIQQATIGA‼️‼️ Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo'rg'on tumani bo'limi nomidan "Kattaqo'rg'on yoshlari" jamoasi Quvnoqlar va Zukkolar Respublika ko'rik tanlovi saralash bosqichida ishtirok etishi munosabati bilan jamoa o'ziga Kattaqo'rg'onlik iqtidorli yoshlarni qidirmoqda. Sizda aktyorlik, ssenaristlik va jamoaviy ishlash qobiliyati bormi? Unda bizning safimizga qo'shiling! Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo'rg'on tuman bo'limi QVZ ko'rik tanlovida ilk qadamini tashlamoqda... Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo'rg'on tuman hokimligi bo'limi jamoasi Yoshlarning iqtidorlarini kashf etishda davom etadi. Murojaat uchun: @press_nazarov
Xona ichini ko‘zga ko‘rinmas, ammo bo‘g‘uvchi bir sukunat qoplagan edi. Uchqun deraza tokchasiga suyangancha, tashqarida odatiy yumushlari bilan yugurib yurgan odamlarga tikilib turardi. Miyasining bir chetida paydo bo‘lgan o‘sha tanish, og‘riqli simillash yana boshlandi — Tog‘ay uyg‘ondi. Uchqunning ruhiyatiga simbioz kabi yopishib olgan, faqat soxta va burchakli adolatni tan oladigan o‘sha ruhiy obraz yana gap boshlashini kutmay, Uchqunning o‘zi tilga kirdi. — Eshitish qobiliyati bo‘lmagan insonlarni tug‘ma kar-soqov deyishlarini eshitganman, — dedi Uchqun darchaga urilayotgan yomg‘ir tomchilaridan ko‘z uzmay. — Lekin qulog‘i soppa-sog‘ bo‘la turib eshitmaydiganlarni nima deyish mumkin? Tog‘ayning ovozi Uchqunning quloqlarida emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri miya po‘stlog‘ida aks-sado berdi. Quruq, keskin va hech qanday shafqatsiz: — Ahmoq. Uchqun sarosimada o‘rganib qolgan mantiqiy zanjirlarni qidira boshladi. E’tiroz bildirish uchun o‘girildi, lekin xonada undan boshqa hech kim yo‘q edi. U faqat o‘z ichidagi sharpaga murojaat qilayotganini bilsa-da, tortishishdan to‘xtay olmadi: — Nima? Axir bu boshqa-boshqa ma’nodagi so‘zlarku. Biri tabiat bergan nuqson, ikkinchisi esa... — To‘g‘ri, — deb uning gapini bo‘ldi Tog‘ay. Ovozining ohangida yillar davomida to‘plangan achchiq tajriba va istehzo bor edi. — Ammo kar bo‘lib tug‘ilish boshqa, eshitishni xohlamaslik boshqa. Qulog‘i tom bitgan odam ojiz, lekin atayin eshitishni istamayotgan odam esa haqiqiy ahmoq! Davlat xizmatchilari psixologiyasida shunday bir oddiy, ammo dahshatli haqiqat bor: "Fuqaroning muammolarini shunchaki jim turib tinglash ham, uning oltmish foiz muammosini hal qiladi." Tog‘ay bir muddat jim qoldi. Uchqun uning bu sukunati ortida qandaydir og‘ir yuk borligini his qildi. — Ya’ni, — davom etdi Tog‘ay, — shunchaki eshitish orqali qarshingda turgan insonning ichidagi agressiyani, nafratni biroz kamaytirish mumkin. Ular esa buni bilishadi, Uchqun. Bilishadi-yu, baribir quloqlarini berkitib olishadi. Tinglash — mas’uliyatni bo‘yniga olish demakdir. Mas’uliyatdan qochgan, o‘z xalqining dardi qarshisida ataylab kar bo‘lib olgan har qanday amaldor... ahmoqdir. Chunki u o‘zi o‘tirgan shoxga bolta urayotganini tushunmaydi. Uchqun xo‘rsindi. Tog‘ayning soxta adolat haqidagi bu qarashlari uni yana bir bor chigal o‘ylar girdobiga tortib ketgan edi. "Oqlar birinchi boshlaydi: So'ngi mot" o'zim yozayotgan romandan parcha #mutolaada o'qing✏️📹📚 👉@alijonyoshlari
Ertaga 13-avgust soat 09:00da o'tkaziladi ushbu qabul‼️
Tungi xona sukunatida ikki ovoz toʻqnashardi. Biri — Uchqunning parchalanayotgan shuuriga tegishli, ikkinchisi esa uning miyasida oʻsimta kabi ildiz otib, tobora tomir otayotgan Togʻayning sovuq nafasi edi. — Hammasini bila turib kuzatish hissi qanaqa ekan? — deb soʻradi Togʻay. Uning ovozida zaharxanda masxara va pinhona magʻrurlik bor edi. Uchqun nigohini bir nuqtaga tikib, ogʻir tin oldi: — Juda zerikarli... Ammo aktyorlariga qoyil qolasan. Seni bilmaydi deb shunaqa rollar oʻynashadi, asli qoʻyaverasan. Togʻay uning yelkasiga ogʻirligini tashlagandek, miyasining eng chuqur burchagida pichirladi: — Rostan. Lekin ularga hammasini bilishingni aytganingda, hozir ular rolga qanday intonatsiya bilan kirishishini koʻrgan boʻlarding. Niqoblar qanday toʻkilishini... — Yoʻq, — deb pichirladi Uchqun, koʻzlarini mahkam yumib. — Men ularning improvizatsiyasiga hali tayyor emasman... Uchqun oʻzini atrofidagilardan baland tutishga urinardi, ammo ich-ichidan bilardi: u tomoshabin emas, shunchaki oʻzi toʻqigan illyuziyalar va Togʻayning soxta adolati asiriga aylangan yolgʻiz bir soya edi. "Oqlar birinchi boshlaydi: So'ngi mot" o'zim yozayotgan romandan parcha... #mutolaada o'qing👍 👉@alijonyoshlari
Xonadagi sukunatni faqat deraza oynasiga urilayotgan yomgʻir tomchilarining mayin ovozi boʻlardi. Adiz oynavand devor qoshida turgancha, pastda charx urayotgan tungi shahar chiroqlariga tikilardi. Hamma narsasi bor: muvaffaqiyat, mavqe, cheksiz imkoniyatlar... Lekin aynan shu lahzada ich-ichidan bir boʻshliq uning yuragini kemirardi. Xona burchagidagi charm kresloda oʻtirgan Uchqun piyoladagi qahvasidan bir hoʻplab, doʻstiga sinchkov tikildi. — Bilasanmi, Adiz... — dedi Uchqun sekin, vazmin ovozda. — Ba'zan oʻylab qolaman. Agar oʻshanda hammasini tashlab, u bilan ketganingda... balki hozir bunday boy-badavlat boʻlolmasmiding? Adiz chuqur tin oldi. Nigohini olis-olislarda yoʻqolib borayotgan shahar chiroqlaridan uzmay, past ovozda, lekin har bir soʻziga qalbining eng nozik torlarini joylab javob berdi: — Ammo aniq baxtli boʻlgan boʻlardim... Xonaga qaytadan ogʻir sukunat choʻkdi. Bu sukunatda boy berilgan imkoniyatlar, oʻtmishda qolib ketgan samimiy tabassumlar va hech qanday boylikka sotib olib boʻlmaydigan haqiqiy mehrning aksi bor edi. "Oqlar birinchi boshlaydi: So'ngi mot" o'zim yozayotgan romandan parcha #mutolaada o'qing📚 👉@alijonyoshlari
без подписи
Kattaqo'rg'on Yoshlar ishlari agentligiga ovoz berib yuboringlar hurmatli mahalladoshlar
📊 🗳 SO‘ROVNOMA ENG YAXSHI BO‘LIM BOSHLIG‘INI ANIQLAYMIZ! Qadrli yurtdoshlar, aziz yoshlar! Sizningcha, Samarqand viloyati shahar va tuman Yoshlar ishlari bo‘limlari orasida qaysi bo‘lim boshlig‘i eng samarali, tashabbuskor va fidokorona faoliyat olib bormoqda? Mazkur so‘rovnoma shahar va tumanlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda. 🏆 So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan bo‘lim boshlig‘i Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan munosib e’tirof etilib,taqdirlanadi. ✅ Ovoz berish orqali o‘z fikringizni bildiring va eng munosib nomzodni qo‘llab-quvvatlang! 📊 Sizning ovozingiz — adolatli baho va yanada samarali faoliyat uchun muhim! Eslatib o‘tamiz: So‘rovnoma 11-avgust soat 16:00 ga qadar davom etadi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
📢 Davlat fuqarolik xizmatida ishlash istagidagilar diqqatiga! 🇺🇿 Davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati mavjud. ✅ Barcha ochiq vakansiyalar bilan tanishish va onlayn tarzda ariza topshirish uchun Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portaliga tashrif buyuring. 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali https://share.google/xCC9nxUvhEQJvPmis
Samarqand viloyatida startuplar reestri shakllantirilmoqda! Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan, Innovatsion rivojlanish agentligi Samarqand viloyati bo‘linmasi, Samarqand StartUplar ofisi, Samarqand IT Park hamda School 21 bilan hamkorlikda viloyatdagi barcha startap loyihalarini yagona reestrga kiritish ishlari boshlandi. Ushbu reestrga: Startap g‘oyalar MVP bosqichidagi loyihalar Amaldagi startaplar Innovatsion ishlanmalar IT va AI loyihalar Ijtimoiy va ekologik loyihalar kiritiladi. Reestrga kiritilgan loyihalar: Investor va grantlarga yo‘naltiriladi Akseleratsiya va inkubatsiya dasturlariga tavsiya etiladi Ko‘rgazma va tanlovlarga chiqariladi, Viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi 📌 Startap egalari bot orqali ro‘yxatdan o‘tib, loyihalarini reestrga kiritishlari so‘raladi. @samauthbot 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998993362521 Alijonlik Start Upchilar qanisilar? Tayyor StartUplar bormi? 👉@alijonyoshlari
без подписи
Farzandlaringiz kelajagini o'ylang, ajrim bu muammoning oxirgi yechimi emas... 👉@alijonyoshlari
Javlon Jovliyev - Meni sevib qolishingdan oldin (hikoya) #mutolaada o'qing📚 👉@alijonyoshlari
🎉 AZIZ KATTAQO‘RG‘ONLIKLAR! 🎉 3-avgust kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Kattaming mahallasida unutilmas katta gala konsert bo‘lib o‘tadi! 🌟 Konsert dasturida xalqimizning sevimli san’atkorlari kuylaydi. 1. Anvar G'aniyev 2. Otabek Mutalxojayev 3. Jasur Umirov 4. Jasur Mavlonov 5. Sunnatilla Do'stov ✨ Barchangizni kuy-qo‘shiqlar, xush kayfiyat va bayramona muhitga chorlaymiz! 🗓 Sana: 3-avgust 🕖 Boshlanish vaqti: 19:00 📍 Manzil: Kattaqo‘rg‘on tumani, Kattaming mahallasi, Ixtisoslashgan maktabning futbol maydoni 🎶 Aziz yurtdoshlar, oilangiz va yaqinlaringiz bilan tashrif buyuring! Sizni unutilmas konsert oqshomi kutmoqda! https://t.me/f_omonov_6002
PREMYERAGA TAYYORMISIZ YOSHLAR O'rgimchak odam: Yangi kun Premyera 2026 👉@alijonyoshlari
Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi. @u_generalissimus
🎓 Kelajagingiz sari xalqaro ta’lim bilan dadil qadam! Zamonaviy kasb egallash, xalqaro tajriba orttirish va nufuzli diplom sohibiga aylanishni istaysizmi? Xitoy va O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan ta’lim dasturlari orqali: ✅ Bitiruvchilar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlariga yo‘llanma va bandlik ko‘magi. ✅ Xalqaro standartlar asosida ta’lim; ✅ Xitoy va o‘zbek tillarida o‘qish imkoniyati; ✅ Xorijiy universitetlarda tahsilni davom ettirish; ✅ Sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi, mexatronika, elektron tijorat, turizm hamda neft-gaz yo‘nalishlarida zamonaviy mutaxassisliklar; 📌 11-sinf va undan yuqori ma’lumotga ega bitiruvchilar hujjat topshirishlari mumkin. 🗓 Hujjatlar 2026-yil 1-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Kelajagingizni bugundan yarating — xalqaro ta’lim bilan yangi imkoniyatlar sari! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
🟦🟦🟦🟦🟦 Samarqand viloyati yoshlari diqqatiga! Endilikda 30 yoshgacha bo’lgan barcha viloyat yoshlarini qiynab kelayotgan har qanday muammolari, taklif va tashabbuslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitiladi va qonuniy bartaraf etiladi. 🕊Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tomonidan yoshlar murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus 🕊Telegram raqam ishga tushirilgan. Viloyatdagi har bir yosh: 💬O‘z murojaatlarini quyidagi raqamga ochilgan telegram kanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishlari mumkin: 📞 +998 50 159 37 93 ✈️ Telegram havola➡️@YIASVB Yuborilgan murojaatlar boshqarma boshlig’i tomonidan shaxsan ko‘rib chiqilib, tegishli viloyat, tuman va shahar tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etiladi. 🇺🇿 Yoshlar manfaati – bosh maqsadimiz! #Murojaat #YoshlarBilanMuloqot Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
без подписи
без подписи