- Последний пост
- 6 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- sl
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 673
- 1/48двое суток
- 771
- 1/72трое суток
- 831
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Hayotimizda bizni chalg'itadigan va adashtiradigan bir omil bor. Odamlar qaror qabul qilayotganda odatda kelajakni emas, o'tmishni o'ylab turib qaror chiqaradi. Ya'ni, o'tmishni himoya qilib qaror chiqaradi. Kecha sarflagan vaqti, puli yoki mehnatiga qarab kelajakka qaror chiqaradi. Shu sababli o'zi yoqtirmagan ishda qoladi. Baxtsiz bo'lsa ham yashayveradi. Foyda bermayotgan loyihasiga yana pul kiritaveradi. Oxirigacha o'qishni istamagan kitobini ham "shunchasini o'qibman-ku" deb tugatib qo'yishi mumkin. Bizni ongimizga to'xtash go'yoki avvalgi mehnatni bekor qiladigandek tuyulaveradi. Lekin haqiqat shundagi o'tmishdagi "xarajatlar" allaqachon qilingan va uni ortga qaytarib bo'lmaydi. Vaholanki, ba'zan eng to'g'ri qaror — aynan ortga qaytish, yo'nalishni o'zgartirish yoki butunlay to'xtash bo'ladi. Shunaqa holatda inson qaror chiqarish oldidan o'ziga quyidagi savolni berib, shunga xolis javob bersa, yaxshiroq qaror chiqaradi: "Agar bugun 0 dan boshlayotgan bo'lganimda, aynan shu qarorni qilarmidim?" Agar javob "yo'q" bo'lsa, unda sizni mantiq emas, o'tmishga bog'liq holatlar boshqarayotgan bo'ladi.
Menejmentda hindsight bias degan tushuncha bor. Menejer tomonidan odatda natija yomon bo'lganida "men buni oldindan bilgandim" yoki "buni oldindan bilsa bo'lar edi" degan gaplar ishlatiladi. Hamda shu menejer buni mantiqan ham isbotlab beradi. Enni Dyukning Thinking in bets nomli kitobi bor. Shu kitobda qaror chiqarish haqida juda ko'p misollar va holatlar haqida gap ketadi. Inson qaror chiqarayotgan paytda 100% ma'lumot bilan qaror chiqarmaydi. Qaror chiqarish bu shaxmat doskasi ustida o'ylashdan ko'ra poker o'ynayotgandagi holatga ko'proq o'xshaydi deb tushuntiradi. Ya'ni, shaxmat doskasida sizda 100% li ma'lumot bo'ladi, lekin pokerda siz raqibning qo'lida nima borligini taxmin qilib qaror chiqarasiz deydi. Hayotda ham, kompaniya boshqaruvida ham shunaqa. Siz 100% ma'lumotni kutsangiz kech qolasiz. Sarlavhadagi tushunchaga qaytadigan bo'lsak: Natija ma’lum bo‘lgach, odamlar: “Buni oldindan bilish mumkin edi”, deb tahlil qilishni boshlaydi. Aslida esa qaror qabul qilinayotgan paytda vaziyat ancha noaniq bo‘lgan bo'ladi. Chunki siz hamma narsani 100% bilgandan keyin qaror chiqarsangiz unda katta ehtimol keraksiz qaror chiqargan bo'lasiz. Oldindan qaralganda ehtiyotkor va oqilona ko‘ringan harakatlar, natija ma’lum bo‘lgach, beparvolik yoki mas’uliyatsizlikdek ko‘rinishi mumkin. Balkim shuning uchun ham Islom dinida bo'lib o'tgan ishlarni "agar" bilan tahlil qilish mumkin emasdir... Thinking in bets kitobini o'qib ko'ringlar. Undan tashqari D. Kanmenning Thinking, Fast and Slow kitobi ham shu kabi mavzular haqida yozilgan.
Assalomu alaykum barchaga! Yaqindan boshlab nashriyotda faoliyat boshlayapman, o'zimni shaxsan qiziqtirgan soha bo'lgani uchun shu qismda davom etishni sinab ko'rmoqchiman. Shaxsiy rivojlanishi ichida bo'lgan biznes turi ) Nashriyotimiz juda katta emas, lekin sekin o'stirib bormoqchimiz. Nashriyotning marketing jamoasiga amaliyot e'lon qilyapmiz. Tajribalilarni ham ko'rib chiqamiz. Undan tashqari o'zimning bog'cham ham bor, marketing jamoadan kimdir qiziqsa bog'chaga yo'naltirishim ham mumkin. Tanishib chiqishingiz uchun nashriyot va bog'chaning instagram sahifasiga havola qoldiraman: Turon Montessori Inson nashriyoti Quyidagi forma orqali ariza qoldirsangiz bo'ladi: https://forms.gle/X8jRRgUeVkNaG4i98 Ushbu postni amaliyot yoki ish izlab yurganlarga tavsiya qilishingizni so'rayman. Rahmat
Ba’zi joylardan inson charchagani uchun ketmaydi. Ba’zi joylardan inson norozi bo’lgani uchun ham ketmaydi. Ba'zan inson ichidagi "yo'l" davom etishni talab qilgani uchun ketadi. Men deyarli 8 yil umr bergan joyim bilan xayrlashyapman. Bu yerga birinchi marta kelganimda rahbar emas edim. Rejalarim ham bugungidek katta emas edi. Bu yerda men dars berdim. Mas'uliyatdan qochmadim. Deyarli har bir lavozimda ishladim. Xodimlar bilan ishladim. Jamoa qurdim. Rahbarlarni tarbiyaladim. Va bir kun kelib kompaniyaning CEOsi bo’ldim, vaholanki bunga hech qachon intilmagan bo'lsam ham. Orqaga qarab tushunganim: lavozimlar o’zgargan bo'lishi mumkin, lekin asl mazmun o’zgarmagan: Hammasining markazida ta'limga hissa qo'shish bo'lgan edi. Shu yillar davomida minglab odamlar bilan yo’llarimiz kesishdi. Kimdir talaba edi, kimdir hamkasb, kimdir ustoz, kimdir shogird. Aslida esa bir-birimizning hayotimizdan o’tib ketayotgan yo’lovchilar ekanmiz. Bugun ketayotganimning sababi yomon xotiralar emas. Aksincha. Bu yer menga juda ko’p narsa berdi. Shunchalikki, butun minnatdorchilikni so'zlar bilan to'liq ifodalab bo'lmaydi. Lekin inson hayotida shunday nuqtalar bo’lar ekan: bir paytlar o’sishga majbur qilgan devorlar keyinchalik chegaraga aylanadi. Bir paytlar javob bo’lgan javoblar keyinchalik savolga aylanadi. Va insonning ichida bir ovoz paydo bo’ladi: “Endi yana o’quvchi bo’lish vaqti keldi.” Siz bu ovozni uzoq vaqt e’tiborsiz qoldirishingiz mumkin. Lekin undan qochib qutila olmaysiz. Ketishimda afsus ham bor. Chunki bu yerda qoldirayotgan narsalarimning qadri men uchun baland. Bu yerda mehnatim, xatolarim, g’alabalarim, muvaffaqiyatsizliklarim, yoshligimning katta qismi qoldi. Lekin afsusdan ham kuchliroq tuyg’u bor: Rahmat. Imkoniyatlar uchun. Ishonch uchun. Saboqlar uchun. Va eng muhimi, meni bugungi insonga aylanishimga sababchi bo'lgan har bir inson uchun. Men bu eshikdan boshqa inson bo’lib kirgan edim. Bugun esa boshqa inson bo’lib chiqyapman. Shuning o’zi bu yo’lning behuda o’tmaganiga dalildir. Yangi sahifa boshlanmoqda. Qayerga olib borishini bilmayman. Lekin bir narsani bilaman: Ba’zan inson eng to’g’ri qarorni uning oqibatlarini bilmagan holda qabul qiladi. Chunki ba’zi yo’llarni faqat yurib o’tgandan keyingina tushunish mumkin. Rahmat @najottalim
Insonlar qanday qilib baxtsiz bo‘lib qoladi? Odamni faqatgina boshqalarning gap so‘zlari emas, balki o‘zining ichida kechayotgan fikrlari ham adashtirishi mumkin. Chunki inson ongiga kelgan har bir fikr haqiqat bo‘lavermaydi. Fikrlar hayotiy tajribalardan shakllanadi: kuzatuvlari, qo‘rquvi, qiziqishi, yaxshi yoki yomon ko‘rish kabi tajribalariga ko‘ra inson fikrlaydi va shunga ko‘ra xulosa qiladi. Hamda shu tajribalar ta’sirida paydo bo‘lib qolgan talqinni haqiqat deb qabul qilishni boshlaydi. Masalan siz bir insonga xabar yozdingiz u esa javob bermadi. Voqeaning asli: u sizga javob bermadi (xolos). Lekin siz darhol xulosalar qilasiz: “U meni mensimayapti.” “U mendan xafa.” “Ataylab javob bermayapti.” “Men uning uchun ahamiyatsizman.” Agar shu o‘rinda siz bu fikrlarni tekshirib tahlil qilmasangiz, jahlingiz chiqadi, munosabatingiz soviydi va/yoki oqibatda qo‘pol xabar yozasiz. Lekin keyin ma’lum bo‘lishicha, uning telefoni o‘chgan yoki ishi ko‘p bo‘lgan bo‘lib chiqadi. Demak, sizni aslida uning javob bermagani emas, balki miyangizga kelgan fikrlarni tekshirib, tahlil qilib ko‘rmaganingiz xafa qiladi. Inson o‘z fikrlarini qanday tekshiradi? Birinchidan, miyasiga kelgan har bir fikrga haqiqat sifatida qaramasdan, o‘ziga quyidagicha savollarga xolis javob berib ko‘rishi kerak: — Shu o‘yim o‘zi haqiqatmi? — Bu mening xayolimga qayerdan keldi? va hkz. Inson asl voqea bilan unga o‘zi yuklagan ma’noni ajrata olmasa, o‘z shaxsiyatiga nisbatan noto‘g‘ri talqin yasab salbiy xulosa qilib qo‘yadi. — “Taklif qabul qilinmadi” — bu asl voqea. — “Demak, meni hech kim qadrlamaydi”, bu — talqin va salbiy xulosa. Inson qandaydir vaziyatda o‘zining fikrlarini tekshirmasa oqibatda shu fikrlar asta-sekin hasadga aylanadi. Keyin hasad qilgan insonining har bir xatosi uni quvontiradi, har bir yutug‘i esa bezovta qiladi. Fikrlarini tahlil qiluvchi odam esa asl holatni baholay oladi. Fikrlarni tahlil qilish insonning asl qadriyatlarini ham ochib beradi. Kuchli misol)): Bir odam ijtimoiy tarmoqdagi postiga kam reaksiya kelgani uchun tushkunlikka tushadi. U: — Odamlarga fikrim kerak emas. — Men qiziq emasman. — Boshqalar mendan kuchliroq, deb o‘ylaydi. Kam ko‘rilgan post aslida bir natija edi. Ammo inson boshqalar e’tiborini o‘z qadrining o‘lchoviga aylantirgan bo‘lsa, u uchun har bir layk tasdiq, har bir sukut esa rad etilishdek tuyulaveradi. Shunda u nima to‘g‘ri ekanini emas, nima ko‘proq reaksiya keltirishini o‘ylay boshlaydi. Odam o‘z fikrlarini kuzatmasa, vaqt o‘tishi bilan tashqi voqealar uning ichki holatini to‘liq boshqarib qo‘yadi: — kimdir maqtasa, o‘zini kuchli his qiladi; — kimdir tanqid qilsa... Maqolani to'liq formatda saytdan o'qisangiz bo'ladi: https://alizairov.uz/insonlar-qanday-qilib-baxtsiz-bolib-qoladi
Odamlarni tushunish oson emas Odamni faqat gaplariga qarab toʻliq tushunib boʻlmaydi. Chunki inson bir narsani aytishi mumkin, lekin istayotgan narsasi boshqa boʻlishi mumkin. Masalan, odam doim doʻstlik haqida gapiradi. Ammo obroʻsiga zarar yetishi mumkin boʻlganda doʻstini yolgʻiz qoldiradi. Demak, u doʻstlikni qadrlaydi, lekin odamlarning fikridan koʻproq emas. Inson nimani yaxshi koʻrishi gaplaridan emas, balki nimalardan voz kechishiga qarab bilinadi. Bir odamning asosiy orzusi boylik boʻlsa, u atrofidagi narsalarni pul mezoni bilan oʻlchay boshlaydi: — odamning qiymatini daromadi bilan; — kasbning qiymatini maoshi bilan; — munosabatning qiymatini foydasi bilan; — vaqtning qiymatini tezkor natija bilan. Bunaqa odam saxovatli emas, yoki xasis deb xulosa berib boʻlmaydi. Lekin boylikni eng oliy yaxshilik deb bilsa, pul va vijdon toʻqnashganida uning haqiqiy qiyofasi koʻrinadi. Boshqa odamning asosiy orzusi mashhurlik boʻlsa, u hayotini odamlarning e’tiboriga moslab yashaydi. U haqiqatni emas, olqish keltiradigan gapni aytadi. Odamlarga foyda beradigan ishni emas, balki ularga koʻrinadigan ishni tanlaydi. Odamni faqat shaxsiy tanlovlaridan emas, nimani targʻib qilishidan ham tushunish mumkin. Bir davrda mazmunli she’riyat, ma’noli qoʻshiqlar ommalashadi. Boshqa davrda esa tez yodda qoladigan, shunchaki hissiyot atrofida aylanuvchi qoʻshiqlar trend boʻladi. Bu faqat uslubning oʻzgarishi emas. Bu odamlarning san’atdan chuqur ma’no izlayaptimi yoki tezkor hissiyot izlayaptimi — shuni ham koʻrsatadi. Masalan, kitoblarda ham shunday. Sodda va yengil oʻqiladigan asarlarning ommalashishi oʻz-oʻzidan yomon emas. Lekin jamiyatda aynan shunday kitoblar doimiy ravishda eng koʻp oʻqilsa, eng koʻp tavsiya qilinsa va murakkabroq asarlar chetda qolsa, bu ommaviy didning qaysi darajada ekanini koʻrsatadi. Chunki trend tasodifan paydo boʻlmaydi. Odamlar nimani oson qabul qilsa, nimadan tez ta’sirlansa va nimani tushunishga tayyor boʻlsa, koʻpincha oʻsha narsa ommalashadi. Jamiyat nimani mashhur qilsa, aslida nimani qadrlayotganini ham koʻrsatadi. Qaysi qoʻshiqlar tinglanadi, qanday kitoblar tavsiya qilinadi, kimlar qahramonga aylanadi — bularning barchasi davrning ichki dididan darak beradi. Shu oʻrinda ommaviylikni sifat bilan tenglashtirib boʻlmaydi. Ba’zan bir narsa yaxshi boʻlgani uchun emas, shunchaki hamma uni tanlayotgani uchun ham yanada mashhur boʻladi. Shuning uchun saviya faqat nimani yoqtirishda emas. Murakkabroq narsalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlishda ham koʻrinadi. • Kimdir tushunmagan narsasini masxara qiladi. • Kimdir uni keraksiz deb e’lon qiladi. • Yana kimdir esa: “Hozircha anglamadim, lekin tushunishga harakat qilaman”, deydi. Odam nimaga intilishidan tashqari, nimadan qochishi ham uning ichki dunyosini ochib beradi. • Kimdir xato qilishdan qochadi. Shuning uchun yangi ishni boshlamaydi. • Kimdir tanqiddan qochadi. Shuning uchun oʻz fikrini aytmaydi. • Kimdir kambagʻallikdan qochadi. Shuning uchun har qanday daromadni oqlaydi. • Kimdir yolgʻizlikdan qochadi. Shuning uchun oʻziga zararli munosabatni ham tark etmaydi. • Kimdir obroʻsining tushishidan qochadi. Shuning uchun xatosini tan olmaydi. Odatda odamning qoʻrquvi u qaysi narsani mutlaq yomon deb hisoblashini koʻrsatadi. Odamning gʻazabi ham uning qadriyatini koʻrsatadi. Bir xodim rahbarning fikriga qarshi chiqsa, rahbarning jahli chiqadi. Balki u tartibni emas, soʻzsiz itoatni qadrlayotgan boʻlishi mumkin. Odamni tushunmoqchi boʻlsangiz, uning gaplariga emas, hayotda nimani eng oliy yaxshilik deb bilishiga qarash kerak. • U nimaga intiladi? • Nimani yoʻqotishdan qoʻrqadi? • Nima uchun vijdonidan, vaqtidan yoki munosabatlaridan voz kechadi? • Nimani goʻzal deb biladi? • Nimani mashhur boʻlishga munosib deb hisoblaydi? Odamlarning asl mohiyatini tushunish uchun ularning ongiga nazar solish kerak: ular nimani orzu qilayotgani, nimadan qochayotgani va nimalarni qadrlayotganini kuzatish kerak.
Haqiqiy yomonlik nima? O‘zgarib turadigan narsalar insonni o‘z-o‘zidan yaxshi yoki yomon qilib qo‘ymaydi. Pul inflyatsiya yoki noto‘g‘ri qaror sabab kamayishi mumkin. Mansab rahbariyat almashgani uchun ketishi mumkin. G‘alaba kuchliroq raqib sabab qo‘ldan chiqishi mumkin. Mashhurlik esa yangi trend kelishi bilan so‘nadi. Demak, bularning hech biri doimiy emas. Doimiy bo‘lmagan narsani esa insonning haqiqiy qiymati deb bo‘lmaydi. Kambag‘allikning o‘zi yomonlik emas. U bir odamni sabrli, kamtar va mehnatkash qilishi mumkin. Boshqa odamni esa hasadgo‘y, norozi va alamzada qilishi mumkin. Boylik ham o‘z-o‘zidan yaxshilik emas. Bir odam boyligini boshqalarga yordam berishga sarflaydi. Boshqasi esa boyligi sabab kibrlanib, odamlarni mensimay qo‘yadi. Demak, insonni boylik yoki kambag‘allik emas, ularga bo‘lgan munosabati yaxshi yoki yomon qiladi. Kasallik odamni qiynaydi, ammo uni majburan yomon odamga aylantirmaydi. Kasal inson sabrli va muloyim bo‘lib qolishi ham, jahldor va noshukur bo‘lib qolishi ham mumkin. Tanqid odamni xafa qiladi, lekin uni majburan hasadgo‘y yoki qasoskor qilmaydi. Biri tanqiddan saboq oladi, boshqasi esa tanqid qilgan odamdan nafratlana boshlaydi. Mag‘lubiyat ham insonning yomonligini anglatmaydi. Bir odam yutqazgach, xatosini tan olib, yanada yaxshi tayyorlanadi. Boshqasi esa aybni atrofdagilarga yuklaydi va bahona qiladi. Shuning uchun bizni voqealarning o‘zi emas, ularga bergan javobimiz shakllantiradi. Adolat — tashqi holat emas, insonning tanlovidir. Shu sabab adolat bilan ish tutgan odam yaxshilik qilgan bo'ladi. Yolg‘onchilik ham tashqi holat emas, insonning tanlovidir. Shu sabab yolg‘onni tanlagan odam yomonlik qilgan bo'ladi. Pul, mansab, sog‘liq, obro‘, g‘alaba va mashhurlik o‘zgaruvchan. Ular bugun bor, ertaga yo‘q bo‘lishi mumkin. Ammo halollik, adolat, sabr va jasorat insonning o‘z tanloviga bog‘liq. Shu sabab o‘zgarishlar hisobiga mavjud bo‘lgan narsalar chinakam ma’noda yaxshi ham, yomon ham bo‘la olmaydi. Haqiqiy yaxshilik — insonning fazilatli tanlovidir. Haqiqiy yomonlik esa tashqi yo‘qotish emas, balki o‘sha yo‘qotish sabab insonning yolg‘on, zulm, hasad, kibr yoki xiyonatni tanlashidir.
Premium Fikrlarni youtubeda boshladik! Har qanday qo'llab-quvvatlashdan xursand bo'laman ) https://youtu.be/Q_HzkH4mbPE
Sun'iy intellekt rivojlanyapti. Har bir inson prompt muhandislikni yuqori darajada o'rganishi kerak deb bilamiz. Bu xuddi kompyuterlar chiqqanida kompyuter savodxonligiga ehtiyoj bo'lganidek gap deb bilaman, sun'iy intellekt chiqdi, sun'iy intellekt savodxonligi…
Sun'iy intellekt rivojlanyapti. Har bir inson prompt muhandislikni yuqori darajada o'rganishi kerak deb bilamiz. Bu xuddi kompyuterlar chiqqanida kompyuter savodxonligiga ehtiyoj bo'lganidek gap deb bilaman, sun'iy intellekt chiqdi, sun'iy intellekt savodxonligi muhim. Sun'iy intellektdan to'g'ri foydalanishni o'rganishni barchaga targ'ib qilamiz. Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda aynan shu yo'nalish targ'iboti maqsadida Toshkent, Farg'ona, Samarqand va Xorazm hududlaridagi filiallarimizga grant ajratyapmiz. Bu yo'nalish albatta kasb emas, lekin qaysidir sohaga kirish va karyerani boshlash uchun juda yaxshi start bo'ladi deb ishonamiz. https://t.me/najottalim/8004
“Shakarmisan, eriysan?” Atrofimizda odatda 2 xil insonlarni ko’ramiz: 1. O‘zidan boshqa hamma aybdor 2. Muammoni o‘zidan ko‘radi Birinchi toifa insonlar ob-havo yomonlashsa, rejalarini to‘xtatadi. Yomg‘ir yog‘sa, o‘qiyotgan kursiga bormaydi, kimdir xafa qilib qo‘ysa ishdan bo‘shab ketadi. U uchun hamma narsaga hukumat aybdor, “surish kerak” deydi. Ikkinchi toifa insonlarni esa to‘siqlar maqsadlari va harakatlaridan to‘smaydi. Uni kimdir tanqid qilsa: “Balki rostan ham menda ayb bordir?” deydi va o‘zini isloh qilishga kirishadi. Ustoz: Birinchi: Talabalar dars qilmaydi, dars o‘tmayman Ikkinchi: Darsni boshqacha metodlar bilan o‘tib ko‘raman Xodim: Birinchi: U menga qo‘pol gapirdi. Men ham unga qo‘pol gapiraman va bundan keyin gaplashmayman Ikkinchi: Balki u charchagan yoki stressda bo‘lsa kerak. Xotirjamlik bilan javob beraman va muammoni hal qilaman Ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilishdi: Birinchi: “Meni tanqid qilishdi. Demak, men yetarli darajada yaxshi emasman” Postlarni o‘chiradi, o‘zini aybdor his qiladi, yuragi siqiladi. Ikkinchi: “Har doim ham hamma yoqtiravermaydi. Meni niyatim to‘g‘ri, davom etaman” Fikrni o‘rganadi, lekin o‘z yo‘lidan chekinmaydi. Kichikligimda ingliz tili kursiga borar edim, odatda dars qoldirmas edim. Bir kuni darsga borsam, qolgan talabalarning hech biri kelmabdi. O‘sha kuni yomg‘ir yog‘gan edi va boshqalar shu sababli kelishmagan edi. Shunda ustozim o‘quvchilarga telefon qilib: “Shakarmisan, yomg‘irda erib qoladigan?” deb urishib bergan edilar.
Oʻzgarish ichkarida Kimdir har qanday muammoni imkoniyat deb qabul qiladi, kimdir uchun esa kichkina toʻsiq ham falokat! Oʻqituvchi: "Yoshlar umuman oʻrganishni istamaydi", deb oʻylaydi. Bu esa unda oʻquvchilarga nisbatan salbiy fikrlarni keltirib chiqaradi, natijada esa ishidan zavqlanmaydi va dars zerikarli boʻladi. Talaba: "Menda til oʻrganishda qobiliyat yoʻq", deb oʻylaydi. Bu esa unda "Til oʻrganish tugʻma isteʼdod" degan xulosani keltirib chiqaradi, natijada esa jiddiy yondashmaydi va oʻrgana olmaydi. Rahbar: "Men lider boʻla olmayman", deb oʻylaydi. Bu esa unda "Liderlik tugʻma fazilat" degan xulosani keltirib chiqaradi, natijada esa oʻziga nisbatan ishonchsizlik qila boshlaydi va taslim boʻladi. Oʻzgarish har doim ichkaridan boshlanadi. Odamlarni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, oʻzingizni oʻzgartiring. Oʻzingizni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, qarashlaringizni oʻzgartiring.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
On Creativity, by HBR'S 10 must reads Bergan bahoyim: 7/10 7.12.24 — 10.12.24 201 bet Kitob Kreativlik haqida Harvard Business Review'da chop etilgan Top11 ta maqolani o'z ichiga olgan. Kitobda har qanday inson kreativ fikrlay olishi mumkinligi haqida urg'u beriladi. Muammolarda qanday qilib nostandard yechimlar berish mumkinligi haqida misollar bilan tushuntirilgan. Ko'pchilik insonlar o'zini kreativ emas deb o'ylashadi, lekin aslida unday emas. Balki, aslida ularda noaniqlikdan qo'rquv, odamlar muhokama qilishidan qo'rquv, birinchi bo'lib boshlashdan qo'rquv va nazoratni yo'qotib qo'yishdan qo'rquv bor, shuning uchun ham ko'pchilik o'zini kreativ emas deb hisoblaydi, shular to'g'rilansa har qanday inson kreativ bo'lishi mumkin degan messej beriladi kitobning bir qismida. Kitob menga juda nazariydek tuyuldi. Keys kamroq kelgan. Olgan ba'zi insaytlarim: — Kreativlik bu — tug'ma talant emas, balki uni mashq qilsa va rivojlantirsa bo'ladi. — Atrofga boladek nazar soling, atrofingizda nimalar sodir bo'layotganini tushunishga harakat qiling. Mohiyatni anglashga harakat qiling. — O'ziga ishonch bu — faqatgina g'oyalaringiz yaxshi ekanligiga ishonish emas, balki sog'lom kritika qila olish hamdir. — Siz qanaqa jamoada yoki qayerda ishlashizdan qat'iy nazar — tashqaridan beriladigan fikrlar ichkaridagiga taqqoslaganda ko'proq bo'ladi. — Mardlik bu shunchaki kichik qadamlardan tashkil topgan yo'ldir. — "Innovatsiya qilish yoki o'lish — bu biznesning yakuni deb qaralsa nega bugun bizneslar ikkinchi yo'lni tanlayapti?" — Xodimning dunyoqarashi qanchalik keng bo'lsa, unda izlanish uchun va muammolarni yechish uchun shunchalik ko'p imkoniyat bo'ladi. — Xodimlarga qaysi tog'ga chiqishni ko'rsating, ular esa o'zlari qanday qilib chiqish kerakligini hal qilishsin. — Tashkilotlar ko‘pincha kreativlikni buzib, uni sun’iy ravishda tezlashtirishga harakat qilishadi. Bu esa ishonchsizlikka olib keladi va bajarib bo‘lmaydigan muddatlarni belgilash orqali insonlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan charchatadi. — Xodimlarga ularning ishlarining ahamiyatini his qildiring. — Pul o'z-o'zidan insonni ishiga muhabbatli qilib qo'ymasligini tushunish kerak. Inson qalbining tubidan ishini zerikarli deb bilsa, unda uni hech qanday miqdordagi pul mukofoti uni ishiga muhabbatli qilib qo'ya olmaydi. — Menejerlarning eng ko'p tarqalgan xatolaridan biri bu — jamoasiga bir xil fikrli insonlarni yig'ishidir. Oqibatda esa ish jarayonida turli fikrlar kam bo'ladi. — Pixar misolida, xodim biror muammoni hal qilmoqchi bo'lsa unda, u har qanday bo'limga kirib uni hal qila olish imkoniyatiga ega edi, hattoki u yerdagi odamlar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlamasa ham. — O'zingizdan aqlliroq odamlarni ishga olish bu — normalno. Shunaqa qilish kerak. — Multfilm ishlab chiqarilishida, boshqaruvda Producer va Rejissor bo'lishi shart. Hamda, jamoa to'liq produkt g'oyasi ustida ishlashi kerak. G'oyani detaligacha kirishish kerak. Kunlik qilingan ishlarni kun oxirida to'liq jamoa bilanbrif qilish foydali. — ""Oltin" qoidalar haqida unuting, unaqasi yo'q" — Tanqid oxir oqibat baribir sizning yaxshi qaror chiqarishingizga xizmat qiladi. — Har qanday muammoni hal qilish ikki bir-biriga bog'liq harakatdan iborat: maqsadni belgilash va ushbu maqsadga erishish uchun resurslarni hozirlash. — Qiziquvchan insonlar ishda samaradorligi yuqori bo'ladi. — "Xodimlarning o'qib/rivojlanib ketib qolishi, o'qimasdan bizda qolganidan afzaldir". — Savol berishdan cho'chimang, ahmoqona savol bo'lsa ham beravering. Edvin Lend (Edwin Land) kichkina qizi "Nega rasm chiqishini buncha kutishimiz kerak?" deb savol berganidan keyin Polaroid fotoapparatni ixtiro qilgan. — "Biz hozir qilib turgan ishimizni qilishdan to'xtasak nima bo'ladi?" — Ba'zida o'zingizning qanchalik ahamiyatli ekanligingizni bildirish uchun savol berishning o'zi kifoya bo'ladi. Kitobda ko'plab juda yaxshi xulosalar kelgan. Juda ilmiy va instruksion kitob bo'lganligi uchun menga oldingi va bundan keyingi o'qigan kitoblarimga taqqoslaganda unchalik yoqmadi. Lekin ancha ma'lumot oldim. Sizga qaysi insaytlar yoqdi?) @alizairov
Mening odatiy prinsiplarimga qarshi-yu, lekin toʻgʻri fidbek ekan.