tgindex
🍁Alvon hislar🍁

🍁Alvon hislar🍁

Статистика
@alvon_hislarузбекский

Eng sara ijod namunalarimiz✏ Iqtiboslar 📚 Ustozlar ijodidan tuhfalar📝 Yurak-la kuylangan qo'shiqlar 🎶 Kechirgan kechmishimiz 📖

Последний пост
30 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
381
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 222
26 постов
Вовлечённость
320,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
196
1/48двое суток
224
1/72трое суток
242

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 💜 Meni sog‘indingmi? Kuydingmi?.. Rahmat!.. Ko‘z yoshing meniki, ko‘z yoshing faqat... https://t.me/+E8tw-g0nWc9mMTYy

  • ☆☆☆ Ay, manim sochlari shokilaginam. Ko‘klam ko‘nglim so‘lg‘in bo‘lib borodir. Muncha yaqin keldi bizlarga hijron, Muncha uzoq keldi hijron orasi? Ay, manim kiprigi ajdaho erkam, So‘lg‘in ko‘nglim tushkun bo‘lib borodir. Muncha oson keldi bizlarga firoq, Muncha qiyin keldi motamsarolik. Ay, manim ko‘zlari osmoniy gulim, Tushkun ko‘nglim sani izlab borodir. Muncha kichik keldi bizlarga imkon, Muncha ulkan keldi bizga xavotir. Ay, manim vujudi behbudiyginam, Sani izlab ketgan ko‘nglimga qulluq. Sanga ma'qul kelmish poshsholik biram, Muncha rohat bizga poyingda qullik. ✍Anvar BOTIR @alvon_hislar

  • 🤍 Sevaman deyilmasdi bizning paytlari, Odob chegarasin oʻtmasdik buzib. Hadya aylar edik "Oʻtgan kunlar" ni Kerakli soʻzlarning ostiga chizib. E. Vohidov. https://t.me/+E8tw-g0nWc9mMTYy

  • Jonim otashda tun-kun Jonim otashda tun-kun, Yurakkinam toʻlmaydi. Bu qizni sevish mumkin, Lek uylanib boʻlmaydi. Oyga boqmas, ayting, kim? Unga xushtor koʻp bola. “Sen ham suydingmi?” “Suydim”… “Koʻppalami?” “Koʻppala!” Qayda?! Yolgʻon hammasi! Biz keldik, qani, poʻsht-poʻsht! U qiz qizlarning asli, Faqatgina… koʻngli boʻsh. Yuragi bormikin deb, Qoʻyniga qoʻl solganman. Bitta shapaloqni yeb, Bitta oʻpich olganman. Aylanib ketgan olam, Chirpiragan Koʻkdala. “Yashkoʻraman judayam”… “Koʻppalami?” “Koʻppala!” Chiroyli-da… Dil… Ana, Oy toʻlib kelayotir. Yuragimda jimgina Oʻrmalaydi xavotir. Oy nur toʻkarkan sim-sim, Bir sharpani koʻrganman. Oyqizni… qoʻlim sinsin… Bir shapaloq urganman. Yuzin ushlab boqdi jim, Koʻzidan quydi jala. “Qizgʻandingmi?” “Qizgʻandim!”, “Koʻppalami?” “Koʻppala”… Onam aytar: “Poyiga Gul toʻkaman deysanmi? Hoy bola, chiroyiga Non botirib yeysanmi? Tegirmon tepasida Falonchining qizi bor. Tagli-tugli, pazanda, Gap-soʻzida tuzi bor”… Jonim oʻrtanar tun-kun, Ona, koʻnglim toʻlmaydi. Unga uylanish mumkin, Lekin sevib boʻlmaydi. Iqbol Mirzo https://t.me/alvon_hislar

  • 💭Bu ikki kitob nazmda eng koʻp oʻqiydigan kitoblarimdan. She'rni sogʻinsam, takror-takror oʻqiyman. ° Har koʻngilda bitta Xudo bor, Har qadamda bitta ibodat. ° Azizam, kel, menga eslatgin meni, azizam, kel, meni yodimga tushir. ° Bir sen isbotlashing mumkindir hamon bu dunyoda men borligimni. ° Ko‘p g‘alat savdolar baso ulg‘aygan: Goh qiyshiq kulbada raso ulg‘aygan; Ulug‘bek ko‘shkida – Abdullatifxon, Fir’avn qasrida Muso ulg‘aygan... Men na shoh, na gado, na valiy zotman, Nafsim egarlagan yayloqi otman. Shuncha gunoh bilan hanuz qaddim tik, Shuncha nuqsim bilan hanuz hayotman. ° Azizim, umrimiz qorga oʻxshaydi, Erimay turganda borga oʻxshaydi. ♦️ Mansur Jumayev Sizga qaysi misralar koʻproq yoqdi? https://t.me/+E8tw-g0nWc9mMTYy

  • ⭐️Turk tili imtihonlariga 1-2 oy qolganda Sertifikat olishingiz kerakligi esingizga tushib, keyin shoshib oʻrgangandan 3-3,5 oy oldin boshlab, yaxshi natijaga erishishingiz mumkin. Sizda yoz boʻyi turk tilini sevib, qattiq talab va intizom bilan oʻrganish…

  • ⭐️Turk tili imtihonlariga 1-2 oy qolganda Sertifikat olishingiz kerakligi esingizga tushib, keyin shoshib oʻrgangandan 3-3,5 oy oldin boshlab, yaxshi natijaga erishishingiz mumkin. Sizda yoz boʻyi turk tilini sevib, qattiq talab va intizom bilan oʻrganish imkoniyati bor. Guruhimga qoʻshilsangiz, turk tilini oxirigacha oʻrganmasdan tashlab qoʻyolmaysiz. 💡 Darslar haftada 3 kun soat 21:00 da boʻladi. Qatʼiy nazorat, har oyda daraja imtihonlari va yaxshi oʻqigan oʻquvchilar ragʻbatlantirib boriladi. Kurs narxi 300 ming. 🔖 Darsimiz may oyidan boshlanadi.Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun @Karimova_hoca ga murojaat qiling. Eslataman, joylar soni chegaralangan. https://t.me/+E8tw-g0nWc9mMTYy

  • *** Sen meni otamday boshimni sila, Sen meni otamday tamasiz sevgin. Rost boʻlsin yashamoq uchun kelganim, Yaralarim yolgʻon boʻlsin, azizim! Sen menga oy haqda va'da bermagin, Yaxshisi, yuzimga kulgichni qada. Gar yigʻlasam, boshim yelkangda boʻlsin — Ayolligim qadar... Men uchun bir goʻzal makon boʻl hamda Boshpana boʻlmasin qalbingdan boʻlak. Azizim, eng buyuk baxtni taqdim et, Laylilar qadami yetmagan yoʻldek. Men shunday osmoning, qaysar qiynogʻing, Chorlasam kelgin-u xaydasam, ketma. Sen meni otamday quvontirgin va Yoshimga dunyoni arzitma... Gulzoda https://t.me/+E8tw-g0nWc9mMTYy

  • 5 февр.1 014125

    🪶 Men sizga maktublar bitmadim, Na xabar yetkazdim holimdan. Arosat dunyoda darbadar Yoʻlini yoʻqotgan odamman. Men sizga maktublar bitmadim, Tokchada sargʻaydi qogʻozlar. Faqatki, namlandi qarogʻim Ichimda dod solgan ovozdan. Men sizga xatimni yubormam, Siyohi qurimas dil— makon. Xudodan oʻzgalar bilmaydi, Xudodan boshqaga noayon. Men sizga maktublar bitmadim, Buzdimmi odatiy ishq rasmin? Agarda soʻzlarga koʻchirsam, Tuygʻular oʻlarmish, azizim! Men yana xatodan ulgʻaydim, ( Hamonki butlanmas iymonim.) Oqqushlar uchirdim ogʻzi boʻsh ...va yana maktublar bitmadim. Gulzoda Karimova https://t.me/+E8tw-g0nWc9mMTYy

  • ✉️ Magistratura va bakalavriat uchun chet tili sertifikati kerak bo‘ladiganlar hamda turk tiliga qiziquvchilar, yaqinroq keling. Sizlar uchun yaxshi yangilik bilan keldim. May oyida turk tilidan sertifikat topshiradiganlar uchun ilk qabulimni ochyapman. Turk tilini olov tartibda o‘rganishni istaganlar tez joyingizni band qilib oling ❤. Chunki o‘quvchilar soni cheklangan. O‘zim imtihon topshirganimdan to bugungacha ilk guruhim uchun puxta tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydim ✔️. Sizda esa aynan shu kursda o‘qish imkoniyati bor. 🎀 Haftada 3 kun + yakshanba kunlari erkin konuşma yoki kino kechasi qilinadi. 🎀Joylar soni 10 ta. 1 ta individual. 🎀Har dars slayd va kerakli metodikalar bilan olib boriladi. 🎀Vazifalar o‘z vaqtida tekshiriladi. 🎀 Har bir o‘quvchi alohida e’tibor va nazorat bilan o‘qitiladi. 🎀Onajonlar va oilali o‘quvchilar uchun o‘zim qo‘llagan intizom asosida o‘qish rejalarini baham ko‘raman. 🎀3 oy ichida o‘zingiz istagan darajaga olib chiqaman (albatta, sizning harakatingiz bilan). 💸 280 ming so‘m. Bu narx faqat birinchi guruhim uchun. Individual dars alohida kelishiladi. 📩 Murojaat uchun: @Turktili_03 https://t.me/+E8tw-g0nWc9mMTYy

  • #sevimli ☆☆☆ Bu charxi gardunning kosasi ikki, Umr ko‘zasining kuloli ikki, Odamzod qavmining mirzosi ikki, Ne ajab yaraldik jonimiz biru Ikkimiz ikki Uchmoqning hikmati – qanotlar ikki, Chaqmoqning hikmati – harbu zarb ikki, Yor bo‘lsa, u kulsa – lazzati ikki, Ishondik, yo‘l yurdik, mo‘l yurdik – Ikkimiz ikki. Yig‘ladik, yig‘imiz ohangi ikki, Gul uzdik, gulimiz rangi ham ikki, Sen yozding, men yozdim, imlomiz ikki, Taqdir rishta berdi, yigirdik charxda – Ikkimiz ikki. Ikkimiz ikki. Aziz Said @alvon_hislar

  • 14 сент. 2025 г.1 81014из ijod_tayyorlov

    Esse yozish boʻyicha bepul chellenjga qoʻshiling!! 🥳🥳🥳

  • Uygʻonib ketaman bemahal, Koʻzlaring tushadi yodimga, Soʻzlaring tushadi yodimga, Va nafrat kezadi darbadar. Qotilim... Johilim... Koʻzlaring — Allalar, allalar koʻzimni. Oʻzingga buyursin oʻzlaring, Sen menga qaytib ber oʻzimni! Boʻgʻilib bugʻlanar derazam, Uflayman, uh tortib uxlayman. Uxlab ham bir seni oʻylayman, Ming oʻlib tirildim... Oʻlmayman! Jon berib bormoqda kulgichim, Voh, seni oʻylasam kul ichim, Ista kir, ista yoʻq, ista qoch, Ismingni bastalar — kuy ichim. Men seni eslamas yodingman, Uzoqqa haydagan yoningman, Eng oniy lahzaga sovrilib Sochilgan yuz boʻlak yo mingman... Koʻzlaring, baribir koʻzlaring... Dengizim, sohilga oqqanim, Koʻzimas, koʻngliga boqqanim, Jim qarab jim qadab koʻnglimga- Muhabbat mixlarin qoqqanim. Qalbimga ishqingdan oʻt qalab Jonimni kuydiri-i-i-b yoqqanim. Qaddim togʻ. Qalbim toq. Dil vulqon. Oʻzimdan Oʻzingga ketyapman. Nafratim egasi ey, Inson Soʻzingdan Soʻzimga ketyapman Oh, nega koʻzlaring oʻylasam... Durdona Bobomurodova @ashkim_sen

  • Siz birgina Milliy sertifikat orqali nimalarga erishishingizni bilasizmi? ✅ Maktabda ishlasangiz 50% ustama va hamkasblar ishonchi ✅ DTM imtihonlarida 100% gacha ball ✅ Oʻquv markazlarida ishlash imkoniyati ✅ Online dars berish imkoniyati Birgina sertifikat orqali orzularingizga, moliyaviy erkinlikka erishmoqchi boʻlsangiz, sizga yordam beramiz. Bizda ham ommaviy, ham individual darslar yoʻlga qoʻyilgan. Bilimingizga qarab guruhlardan birida oʻqiysiz. Darslar haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi profilga murojaat qiling. @bintu_jahongirjon

  • Sening yashnab turgan ko’ylaklaring bor, Yodimga soladi xushbo’y kezlarni. Hayotning torgina yo’laklari bor, To’qnash keltiradi goho bizlarni. Sen meni ko’rmaysan, payqamaysan hech, O’tasan jimgina boshingni egib. Sen meni sezmaysan, payqamaysan hech, Qo’llarim qo’lingga ketsa ham tegib... Tunlar jim kezaman tinch daraxtzorni, Bir qasos sezaman tinch shamollarda. Uzun sochlaringning hasrati bordir, Jimjit yig’layotgan majnuntollarda. Axir, yonayotgan yuraklaringni, Qismatim yuziga qarab otsang-chi! Boshingni xam qilgan gunohlarimni, O’zimning bo’ynimga ossang-chi! Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?! Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib. Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan, Yashaysan jimgina boshingni egib. Men esa tirikman hayot bag’rida, Tirik o’kinchlardan yongan qalbim bor. Lekin men bilaman, sening qalbingda, O’zimning... qarovsiz qolgan... qabrim bor! Mirzo Kenjabek Gunafsha ✨

  • Oʻqituvchilarga qiyin, oʻqituvchilarga davlat beshavqat deysilar-uu, shu gaplarga qarshi bir ustozimni aytib beray. 💡29 yoshida “Shuhrat” medalini olib, ustiga bu yil “Vazir ustamasi” niyam olib, maktabda eeng ilgʻor ustoz boʻlib, talab etilgan sertifikatlarning hammasini eng yuqorisiga erishib “Triker” minib yurgan ona tili adabiyot oʻqituvchisiga nima deysiz? 😁 Boʻlishi mumkinmaas, demang. Boʻlishi mumkin! 💡Haliyam ustozlarga qiyin, oyligi past deysizmi? Bu ustozimga qarasam, mehnat qilsa, hamma narsaga erishish mumkinligini his qilaman. Ona tili va adabiyotdan A+ (eng yuqorisi) bor. Onlayn dars bersayam guruhlari toʻlib ketsa kerak deb oʻylardim. Ustoz shu oʻylarimni realga aylantirib “uje” dars berishni boshlavoriptilar. 💡Hozir bolalarni ijod maktabi imtihonlariga tayyorlayapti ekan + ona tili va adabiyot sertifikatga tayyorlov onlayn kursigayam strart beribdilar. Bilib qolib yozyapman. Reklama emas. Sizlarga zoʻrlarini ilinaman. Ehtiyojiz boʻlsa, albatta, oʻqivoling! Mani ustozim sizniyam ustoziz boʻlsin❤️ 🪄Shu kanalda hammasi batafsil yozilgan! https://t.me/Ijod_tayyorlov Ustozimning ism-familyasini yozmadim. Biladiganlar kommentga yozsinchiii)

  • 28 июн. 2025 г.1 725157из salimov_blogi

    Sizni hammadan koʻp qadrlaydigan, e'zozlaydigan, hurmat qiladigan, asraydigan, sevadigan kishini doʻst qilib oling-da, sizga umuman befarq biror toʻnkani sevib qoling. Hamma shunday qiladi.

  • 26 июн. 2025 г.1 89021из ijod_tayyorlov

    📌📌📌📌📌 -Eshitdingizmi? -Nimani? -Dushanba kuni imtihon ekan 📖Imtihon qanday shaklda bo'ladi? ✅Necha ball uchun harakat qilishimiz kerak? 📝 Nimalar haqida yozmoq lozim? ✅Qanday tartibda matn yaratish yuqori ballni kafolatlaydi? Sizdayam shunday savollar bormi? Unda yaqinroq keling. Ushbu taklif aynan siz uchun. 27-iyun soat 9:00 da Erkin Vohidov ijod maktabida yozma (ijodiy ish) sinov uchun konsultatsiya bo'lib o'tadi. Dars narxi 45 ming so'm. Darsda nimalar o'rgatiladi? ✅ rasm asosida qanday shaklda ijodiy ish yozish kerakligi (3 ta rasm asosida talabgorlar yozgan ijodiy ishlar individual tekshiriladi va kamchiliklar ustida ishlanadi-50 ball uchun) ✅bonus sifatida og'zaki imtihon materiallaridan savol-javob o'tkaziladi (40 ball uchun) ✅portfolio shakllantirish o'rgatiladi (10 ball uchun) Sizda maksimal 100 ball olish imkoniyati bor. 2 ta tur bo'yicha. Kimlar qatnashishni istagandi? @ijod_admin ga yozing.

  • #sevimliii❣ Binafsha senmisan, binafsha senmi, Ko'chada aqchaga sotilgan. Binafsha menmanmi? binafsha menmi, Sevgingga, qayg'ungga tutilgan? Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay, Bir erkin kulmasdan uzilding? Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay, Yerlarga egilding, cho'zilding? Binafsha, Ayt menga, Kimlardir ularkim, Ignani bag'ringga sanchalar? Binafsha, Bir so'yla, U qanday qo'llarkim, Uzalar, hidlaylar, yancharlar? Binafsha, shunchalik chiroyli yuzing bor, Nimaga uzoqroq kulmaysan? Binafsha, shunchalik tortg'uvchi tusing bor, Ko'nglimga isriqlik to'kmaysan? Binafsha, yig'lama, binafsha, kel beri, Qayg'ingni qayg'umga qo'shgil. Binafsha, sen uchun ko'kragim erk yeri, Bu yerdan ko'klarga uchgil. Binafsha, go'zalim, qayg'ulim, kelmaysan, Qayg'ung zo'r, qayg'umni bilmaysan, Menga bir kulmaysan. 1922-yil Gunafsha ✨

  • Tug’ilgan kun Lovestory Oilaviy yoki yolg’iz fotosessiya Gender party 🎀 Xullas, hamma turdagi fotosessiyalarimni 1-iyulgacha o’z narxining teng yarmiga tushirdim😀 + studioda oq siklaramadan foydalanib suratga tushish imkoniyatini ham shu narx ichiga qo’shaman (tug’ilgan kunlar uchun sharlar ham ichida). Bu degani sizlarda 13 kun vaqt booor. Hammaga individual va kreativ yondashishimni ishlarimni ko’rganlar biladi 🫠 Bo’lmasa #fotosessiya shu heshteg bilan tomosha qilib chiqishiylar mumkiin. Fotosessiya 40 daqiqa davom etadi, narxi - 350 ming so’m (Va buni boshqa hech qachon takrorlamayman 🥲) Murojaat uchun: @ezoza_umurzoqova Xizmatimdan foydalanganlaruu, shu yerdamisiz? Kommentda suratiylarni maqtab ketiylar❤️

🍁Alvon hislar🍁 — tgindex