tgindex
Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
24
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
95
+2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
21
24 постов
Вовлечённость
22,1%
к подписчикам
Постов в день
3,4
всего 24
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
13
1/48двое суток
14
1/72трое суток
16

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® Er ayblanmoqda kecha Bristol Borough' da politsiya avval Wood Street' dagi uyda «jiddiy oilaviy mojaro» (serious domestic incident) bo‘lganini aytdi. Keyin uydan ayolning jasadi topildi Bugun tafsilotlar ochildi Politsiya Doun Mayers (Dawn Myers, 54)ning o‘limida uning eri Maykl Mayers (Michael Myers, 59)ni ayblamoqda. Unga qotillik (criminal homicide), bo‘g‘ish (strangulation), og‘ir tan jarohati yetkazish (aggravated assault) va boshqa ayblovlar qo‘yilgan Sud hujjatlariga ko‘ra, Doun ikkinchi qavatdagi yotoqxonada topilgan. Uning bo‘yniga bir nechta erkaklar galstugi o‘ralgan bo‘lgan Yana bir g‘alati tafsilot: Maykl Mayersni bir kun oldin kasalxonadan chiqarishgan. U yerda o‘z joniga qasd qilish xavfi sabab kuzatuvda bo‘lgan. Hibsga olinganda qo‘lida hali ham kasalxona brasleti bo‘lgan Mayers Bucks County Jail' da garov huquqisiz qoldirildi #Americastan #CrimeStan #PennStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® 90°F issiqda Bucks County' da ota 3 yoshli bolasini mashinada qoldirib, Planet Fitness'ga mashq qilish uchun kirib ketgan Mikal Uoker (Mikal Walker, 31) bolani mashinada taxminan 3 soat yolg‘iz qoldirgan. O‘sha kuni tashqarida harorat 90°F atrofida, ya’ni taxminan 32°C bo‘lgan Bolani mashinada yolg‘iz ko‘rgan odam politsiya chaqirgan Endi ota bolaning hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish hamda bolani mashinada qarovsiz qoldirishda ayblanmoqda Uoker $250 000 garov pulini to‘lab qamoqdan chiqqan. Dastlabki sud majlisi 19 avgustga belgilangan #Americastan #CrimeStan #PennStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® Diyora topildi Yaxshi xabar. Filadelfiya politsiyasi Diyora Xujakediyeva (Diyora Khujakedieva, 16) uyiga qaytganini ma’lum qildi Avvalroq politsiya uni topish uchun jamoatchilikdan yordam so‘ragan edi Diyora Avon Street'ning 300-blokidan yo‘qolgan deb xabar berilgan. Uni oxirgi marta 2026 yil 29 iyul kuni taxminan soat 5:00 da uydan chiqib ketayotganda ko‘rishgan edi. 12 avgust kuni Philadelphia Police Department, PPD uni qidirish haqida rasmiy xabar tarqatgan Endi politsiyaning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Diyora uyiga qaytgan #Americastan #PhillyStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® Nega?! Bucks Countyda Mixail Mogilevich (Mikhael Mogilevich, 25) halok bo‘ldi. U SEPTA poyezdi tomiga chiqib, kuchlanish ostidagi elektr simiga tegib ketgan va tok urishi oqibatida halok bo‘lgan Fojia seshanba kuni soat 18:05 atrofida Doylstaundagi (Doylestown) temir yo‘l stansiyasida sodir bo‘lgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Mogilevich SEPTA Regional Rail poyezdiga kirmoqchi bo‘lgan, ammo eshiklar yopiq bo‘lgan. Shundan keyin u poyezd tomiga chiqib, elektr simiga tegib ketgan Tok zarbasidan uning yuragi to‘xtagan. Uni poyezd yonida, passajirlar platformasining qarama-qarshi tomonida topishgan Tez yordam xodimlari yigitni Penn Medicine Doylestown Hospital kasalxonasiga olib borishgan. U yerda uning vafot etgani qayd etilgan Mixail Mogilevich Morrisville' da yashagan va 2019 yilda Pennsbury High School' ni bitirgan #Americastan #PennStan @Americastan2®

  • без подписи

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® Politsiyadan ICEga Pensilvaniyada oddiy traffic stop ICE bilan tugashi mumkin Mount Holly Springs - Cumberland County'dagi kichik shaharcha. Mahalliy politsiya U.S. Immigration and Customs Enforcement (ICE) bilan 287(g) dasturi bo‘yicha ishlayapti. Bu dastur mahalliy politsiyaga ayrim immigration vazifalarini bajarish huquqini beradi Mart oyidan beri politsiya 32 nafar muhojirni ICEga topshirgan. Ular orasida trak haydovchilari ham bor Sxema oddiy: politsiya mashinani to‘xtatadi, hujjatlarni tekshiradi, immigration status bo‘yicha savol paydo bo‘lsa - ICE ishga qo‘shiladi 2026 yil 13 avgust holatiga ko‘ra, ICE AQSHning 39 ta shtati va 2 ta hududida 287(g) dasturi bo‘yicha 2 305 ta kelishuv tuzgan Pensilvaniyada 88 ta politsiya va huquqni muhofaza qiluvchi idora ICE bilan hamkorlik qilyapti #Americastan #MigrantStan #CDLStan #PennStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® ICE DMV'ga keldi Pensilvaniyada ICE endi CDL masalasida ham jiddiy harakat qilyapti Kittanning shahridagi PennDOT Driver License Center oldida ICE 13 kishini ushlagani haqida eshitgansiz. Department of Homeland Security (DHS) ma’lumotiga ko‘ra, ular orasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston fuqarolari ham bo‘lgan Bu voqea aprel oyida bo‘lgan, lekin hozir CDL bo‘yicha bosim yana kuchayyapti PennDOT hozircha non-domiciled CDL va CLP berishni to‘xtatgan. Bu faqat yangi litsenziya emas - renewal, replacement, transfer va update'larga ham tegishli Ya’ni «CDL bor, faqat yangilab olaman» degan odamga ham yo‘l yo‘q Pensilvaniyada CDL qoidalarini yana qattiqlashtirish bo‘yicha alohida qonunlar ham harakatda. Ular orasida ingliz tilida test, immigration status'ni SAVE tizimi orqali tekshirish va non-domiciled CDL'larga qattiqroq talablar bor Qisqasi, CDL endi faqat trak haydash masalasi emas. Immigration status ham bu jarayonning ichiga tobora ko‘proq kiryapti #Americastan #CDLStan #MigrantStan #PennStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® 🇺🇸 Viza hali kirish emas Qo‘lingizda AQSH vizasi bormi? Bu hali Amerikaga kirish kafolatlangan degani emas AQSH Davlat departamenti (U.S. Department of State) tushuntiradi: viza AQSH chegarasiga kelish va kirish uchun ruxsat so‘rash imkonini beradi. Oxirgi qarorni CBP ofitseri qabul qiladi Aeroportda nimani so‘rashlari mumkin 1. Nega keldingiz? Turizm, mehmonga yoki biznesmi? Maqsad vizangizga mos kelishi kerak. B1/B2 bilan ishlash mumkin emas 2. Qancha qolasiz? 10 yillik viza AQSHda 10 yil yashash huquqini bermaydi. Har bir safarda qolish muddatini CBP belgilaydi. Uni I-94 orqali tekshirish kerak 3. Qayerda yashaysiz? Mehmonxona yoki siz qoladigan odamning manzili va telefonini biling 4. Safarni kim to‘laydi? O‘zingizmi yoki AQSHdagi qarindosh/tanishingizmi? Safar xarajatlarini qanday qoplashingizni tushuntira olishingiz kerak 5. Qachon qaytasiz? Qaytish rejasi va obratniy biletni qo‘l ostida saqlagan yaxshi 6. Oldin AQSHda muddatdan ortiq qolganmisiz? I-94dagi muddatdan ortiq qolish — overstay — keyingi kirishga ta’sir qilishi mumkin 7. Telefonni tekshirishlari mumkinmi? Ha. CBP chegarada telefon, noutbuk va boshqa elektron qurilmalarni tekshirish vakolatiga ega. Lekin bu hamma yo‘lovchi bilan qilinadi degani emas 2024 moliya yilida 420 milliondan ortiq yo‘lovchidan 47 047 kishining elektron qurilmalari tekshirilgan — 0,01%dan ham kam Yana bir terminni eslab qoling: Secondary inspection — qo‘shimcha tekshiruv Bu avtomatik ravishda «sizni AQSHga kiritishmaydi» degani emas. Hujjat, immigratsion tarix yoki boshqa ma’lumotni qo‘shimcha tekshirish kerak bo‘lsa, u yerga yuborishlari mumkin ⚠️ Eng muhimi — ofitserga yolg‘on gapirmang Mehmonxona o‘zgardimi — ayting. Tanishingiznikida qolasizmi — ayting. Safar rejasi o‘zgardimi — tushuntiring Aeroportga kelishdan oldin telefonda yoki qog‘ozda qo‘l ostida bo‘lsin: 🔹 AQSHdagi manzil 🔹 qaytish bileti 🔹 mehmonxona bron yoki qabul qiluvchi odam ma’lumotlari 🔹 safar maqsadi 🔹 xarajatlarni qanday qoplashingiz haqida ma’lumot Qisqasi: Viza sizni Amerika eshigigacha olib keladi Eshikni ochish-ochmaslikni CBP hal qiladi #Americastan #MigrantStan #TipsStan #LawStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® Ofat fermer xola Bucks County dagi ferma egasi Ebigeyl Tattl O'Kiff (Abigail Tuttle O‘Keeffe, 55) hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganini tan oldi 2024 yilda uning Narrow Way Farm fermasidan 100 dan ortiq cho‘chqa, echki va qo‘y qutqarilgan. Ko‘plari kasal va juda ozib ketgan. Ayrim hayvonlarni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan Tergov boshlanishidan oldin O'Kiff Belizga qochib ketgan. 2025 yilda u yerda ushlab, AQSHga qaytarishdi Ammo turma qamoq bo‘lmaydi. U maxsus dasturga qabul qilindi, davolanishi kerak va endi hayvon saqlashi taqiqlangan #Americastan #PennStan #CrimeStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® 🇺🇸 Trade-in tuzog‘i Amerikada mashinasini trade-in qilib, yangisini olayotganlar ko‘p. Lekin shu yerda odamlar ko‘p tushadigan bitta tuzoq bor Masalan, mashinangiz hozir $20 000 turadi. Lekin bankka hali $27 000 qarzingiz bor. Demak, $7 000 minusdasiz Diler mashinangizni oladi. Siz yangisini olib ketasiz. Hammasi zo‘rga o‘xshaydi. Lekin o‘sha $7 000 qarz qayerga ketdi?. Hech qayerga. Uni yangi mashina kreditingizga qo‘shib qo‘yishadi. Ya’ni mashina yangi, lekin eski qarz ham siz bilan birga Hozir bundaylar juda ko‘p. Yangi mashina olib, eskisini trade-in qilganlarning qariyb 30%i bankka mashinasi narxidan ko‘proq qarzdor. Bunday «eski qarz»ning o‘rtacha miqdori 2026 yilda $6 884ga yetgan - bu rekord Ayrim mashinalarda o‘rtacha minus yanada qiziq 👇 ❗️ Shuning uchun trade-in qilishdan oldin ikkita raqamni bilib oling: mashinangiz hozir qancha turadi va bankka qancha qarzingiz qolgan. Agar bankka qarzingiz mashina narxidan ko‘p bo‘lsa - yangisini olishga shoshilmang Diler eski qarzingizni kechirmaydi. Uni yangi kreditingizga tiqib qo‘yadi 🚘 Median minus on trade-in: 🔹 Chevrolet Silverado 1500 - $8 516 🔹 Ford F-150 - $8 417 🔹 Ram 1500 - $8 347 🔹 Toyota Tacoma - $7 793 🔹 Toyota Camry - $7 030 #Americastan #MeStan #AutoStan #TipsStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® 🇺🇸 Pul ketdi, odam keldi Gapni aylantirmaymiz. AQSH Markaziy Amerikadan odamlar noqonuniy kelmasligi uchun $4 milliardgacha pul ajratishni va’da qildi Bu ish Kamala Xarris (Kamala Harris) boshchiligidagi Root Causes Strategy orqali qilindi. Maqsad oddiy: Gvatemala, Gonduras va Salvadorda ish, ta’lim, oziq-ovqat va yashash sharoitini yaxshilash. Odam o‘z yurtida yaxshi yashasa, AQSHga ketmaydi, degan hisob bo‘lgan Lekin endi raqamlarga qarang 2019 yil → 2024 yil: 🔹 Gonduras - 506 ming → 1,349 million 🔹 Gvatemala - 698 ming → 1,525 million 🔹 Salvador - 733 ming → 920 ming Umuman Markaziy Amerikadan AQSHda hujjatsiz yashayotganlar soni 2,05 milliondan 4,3 millionga chiqqan. Ikki barobardan ham ko‘p Ya’ni reja: pul beramiz - odamlar uyida qoladi Natija: odamlar soni kamaymadi, aksincha qattiq ko‘paydi Faqat bir narsani to‘g‘ri tushunaylik: $4 milliardning hammasi sarflab bo‘lingan degani emas. Bu AQSH hukumati to‘rt yilga va’da qilgan mablag‘ edi Qisqasi, milliardlar rejalashtirildi, dasturlar qilindi. Raqamlarga qarasangiz esa - migratsiya boshqa tomonga ketgan #Americastan #MigrantStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® Ichki xavfsizlik vazirligi (Department of Homeland Security, DHS) ichiga elektroshoker o‘rnatilgan qo‘lqoplarga $20 million sarflashni rejalashtiryapti. Qurilma G.L.O.V.E. - Generated Low Output Voltage Emitter deb ataladi. ICE minglab shunday qurilmalar oladi. Agentlar qo‘lqoplarni 2027 yil mart oyigacha olishadi Videoda - uskunaning qanday ishlashi #Americastan #MigrantStan #LawStan @Americastan2®

  • 13 авг.41из ozodsoliev

    🇺🇿 AZIZ VATANDOSHLAR! BARCHANGIZNI TAKLIF ETAMIZ! 🇺🇿 Sizlarni taniqli davlat arbobi, siyosatshunos, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Qudratilla Rafiqovning “MILLAT SHAVKATI” kitobi taqdimot marosimiga taklif etamiz. 📅 15-AVGUST kuni 🕛 Kunduz soat 12:00 📍 “Samarkand” 🇺🇿 TADBIRDA FAXRIY MEHMONLAR ISHTIROK ETADILAR: O‘zbekistondan tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatorlari: 🇺🇿 Abdusaid Kuchimov 🇺🇿 Husan Ermatov Shuningdek: 🇺🇿 Furqat Siddiqov — O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi 🇺🇿 Jamil Sharapov — O‘zbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi Bosh konsuli ham tadbirda ishtirok etadilar. 📖 Tadbir davomida “Millat Shavkati” kitobi, bugungi O‘zbekiston taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz va yurtimiz hayotidagi muhim o‘zgarishlar haqida qiziqarli suhbat va fikr almashuvlar bo‘lib o‘tadi. 🎥 DIQQAT! TADBIR TELEVIDENIYE UCHUN TASVIRGA OLINADI! Marosim jarayonidan maxsus lavhalar tayyorlanib, O‘zbekiston televideniyesida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Tadbir ishtirokchilari ham televizion lavhalarda ko‘rinishlari mumkin. Bu — Amerikadagi vatandoshlarimizning birdamligi, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati va milliy qadriyatlarimizga hurmatini O‘zbekistondagi millionlab tomoshabinlarga namoyish etish uchun yaxshi imkoniyat. 👨‍👩‍👧‍👦 Barcha vatandoshlarimiz uchun eshiklarimiz ochiq! Oilangiz, do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan tashrif buyuring. 🇺🇿 Keling, birgalikda munosib va fayzli tadbir o‘tkazaylik! 📍 Manzil: 1135 Bustleton Pike, Feasterville-Trevose, PA 19053 📅 15-avgust | 🕛 12:00 BARCHANGIZNI KUTIB QOLAMIZ! 🇺🇿 Tashkilotchilar: VATAN GLOBAL ALLIANCE VATAN PHILADELPHIA VATAN NEW YORK

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® Mavzu davomi Philadelphia International Airport (PHL)da vaziyat o‘zgardi 12 iyuldan beri immigration tashkilotlari ma’lumotiga ko‘ra, ICE aeroportda kamida 10 kishini ushlagan Ular orasida Filadelfiyada bola qarab ishlagan 30 yoshli argentinalik Iliana Lick ham bor. Lick AQSH ichida - Philadelphia'dan Kansas City'ga futbol ko‘rish uchun uchmoqchi bo‘lgan. Lekin aeroportda ICE uni ushlagan Department of Homeland Security (DHS) uning vizasi muddatidan ortiq qolganini aytdi Eng muhim joyi shu Unda work authorization bor edi va immigration relief uchun pending application ham bor edi DHS esa ochiq aytdi: work permit yoki pending immigration application o‘z-o‘zidan AQSHda qonuniy immigration status bermaydi Shuning uchun «menda work permit bor» yoki «ishim USCISda pending» deganning o‘zi aeroportda ICE bilan muammo bo‘lmasligini kafolatlamaydi #Americastan #MigrantStan #PhillyStan #LawStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® Deportatsiya rekordi bugun Filadelfiyada immigration court bo‘yicha juda jiddiy raqamlar chiqdi Iyunda Philadelphia Immigration Court'da removal yoki voluntary departure bilan tugagan ishlar soni bir oyda 1 230 tadan 2 105 taga ko‘tarilgan. Bu — 71% o‘sish Eng muhimi: Pensilvaniya va Delaverda iyunda immigration ishlarining 90% removal yoki voluntary departure bilan tugagan Yana bir raqam bor. Advokati bo‘lgan odamlarda bunday natija - 73%. Advokatsizlarda - 98%. Shu bilan birga, sudga tushganlarning 24% dan ham kamrog‘ida advokat bo‘lgan Advokatlar yana bir o‘zgarishni aytyapti: ishlar juda tez ko‘rilyapti. Ilgari final hearing‘ga tayyorlanish uchun 30–60 kun bo‘lishi mumkin edi. Hozir ayrim holatlarda ikki hafta qolyapti Yana qizig‘i: iyunda PA, NJ va DEda removal yoki voluntary departure berilgan ishlarning faqat 1% jinoiy ayblov asosida bo‘lgan Qisqasi, «menda kriminal yo‘q, demak xavf yo‘q» degan fikr hozir ishlamaydi #Americastan #MigrantStan #LawStan #PhillyStan #PennStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® 🇺🇸 Amerikaga ishga boramiz (mi)?! Amerikaga tayyorgarlik Amerika dasturi bo‘yicha hozircha hamma xarajatlar aniq e’lon qilinmagan. Lekin bizda solishtirish uchun tayyor misol bor O‘zbekiston Migratsiya agentligining 2026 yilgi Britaniya dasturi uchun e’lonida raqamlar ochiq ko‘rsatilgan: 💷 ish haqi — soatiga £12.21 ⏱️ kamida haftasiga 32 soat 🛂 viza — £319 ✈️ aviachipta — ishchining o‘zi to‘laydi, narxi bilet qachon olinishi va valyuta kursiga bog‘liq Faqat vizaning o‘zi bugungi kurslarda taxminan $430 atrofida. Ustiga aviachipta qo‘shiladi Ya’ni rasmiy dastur degani “hammasi bepul” degani emas Lekin bu tajriba bizga yana muhimroq narsani ko‘rsatadi: rasmiy xarajat bilan vositachiga “joy uchun” berilgan pul — bir xil narsa emas. Shuning uchun Amerika dasturi ochilganda birinchi talab: RASMIY XARAJATLAR RO‘YXATI. Qog‘ozda Qancha? Nima uchun? Kimga? Qaysi to‘lov keyin qaytariladi? Qaysi xarajatni ish beruvchi to‘lashi shart? Chunki H-2A da Britaniyadan farq qiladigan juda muhim qoidalar bor Masalan, amerikalik H-2A ish beruvchisi ishchiga bepul turar joy berishi kerak. Ish beruvchi kontraktda ko‘rsatilgan davrning kamida 75% ishini kafolatlashi kerak. Eng muhimi — ish beruvchining rekruting xarajatlarini H-2A ishchisining bo‘yniga osib qo‘yish mumkin emas Shuning uchun ertaga kimdir: “Aka, Amerikaga joy bor, faqat yana $500 berish kerak”, desa - birinchi savol: Nima uchun? Qayerda yozilgan? Cheki qani? Har bir to‘lovga chek oling. Katta summani hujjatsiz naqd bermang. “Tanish odam”ga bermang. “Navbatni tezlashtirib beraman” deganga bermang Amerika dasturining aniq shartlari chiqqanidan keyin @Americastan® birinchi bo‘lib bitta ishni qiladi: O‘zbekistonda so‘ralayotgan har bir dollarni AQSHning H-2A qoidalari bilan solishtiramiz Shunda qayerda haqiqiy xarajat bor, qayerda esa kimdir odamning Amerika orzusidan pul qilmoqchi - darrov ko‘rinadi #Americastan #MigrantStan #MeStan #TipsStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® 🇺🇸 Amerikaga ishga boramiz (mi)?! Mana bu yerda juda ehtiyot bo‘ling Amerika. Viza. Oyiga minglab dollar maosh. Bunday joyda «yordamchilar» ham tez paydo bo‘ladi Shuning uchun: ❌ «$3 000 ber — joy olib beraman» ❌ «$2 000 ber — navbatni tezlashtiraman» ❌ «Maoshingdan har oy menga foiz berasan» ❌ «Kontraktni Amerikada ko‘rsatamiz» ❌ «Pasportingni bizda qoldir» 🚩 Bularning hammasi — xavf belgisi Shuning uchun Telegramda «Amerikaga ish bor» degan chiroyli reklama — hali Amerika emas Hujjatni ko‘ring. Litsenziyani tekshiring. Keyin pul haqida gaplashing #Americastan #MigrantStan #MeStan #TipsStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® 🇺🇸 Amerikaga ishga boramiz (mi)?! Har bir dollarni tekshiring Amerikaga yetib oldingiz - endi bo‘shashmang. H-2A ish beruvchisi maoshni kamida oyiga ikki marta to‘lashi kerak. Har bir to‘lovda ishchiga pay stub beriladi Unda: 🔹 necha soat ishlagani 🔹 stavkasi 🔹 qancha ishlab topgani 🔹 nimalar ushlab qolingani ko‘rsatilishi kerak Shuning uchun oddiy qoida: HAR BIR PAY STUBNI SAQLANG Rasmga oling. Telefonda saqlang. Bulutga tashlang. Chunki ertaga maoshdan tushunarsiz $300 yo‘qolsa: «Menimcha kam berdi» emas, hujjat bilan gaplashasiz #Americastan #MigrantStan #MeStan #TipsStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® 🇺🇸 Amerikaga ishga boramiz (mi)?! Uyga qancha olib ketish mumkin? Endi oddiy hisob qilamiz 10 oyda: $35 000 — brutto maosh Uy-joy: $0 Ishga borib-kelish: $0 Social Security: $0 Medicare: $0 Ovqat, telefon, kiyim va mayda-chuydaga oyiga shartli $500 desak: 10 oyda: − $5 000 Qoladi: $30 000 Lekin bu hali «sof» pul emas Federal Income Tax va ishlagan shtatga qarab state tax ham bo‘lishi mumkin Shuning uchun odamga: «Amerikadan $35 000 olib qaytasan» deb aytish noto‘g‘ri Lekin normal kontrakt va tejamkor hayot bilan $20 mingdan ancha ko‘p pul jamg‘arish imkoniyati bor Bu endi jiddiy pul #Americastan #MigrantStan #MeStan #TipsStan @Americastan2®

  • 🗽🎯🇺🇿🇺🇸♨️💸 Lot🇺🇿 https://t.me/americastan_uz @Americastan2® 🇺🇸 Amerikaga ishga boramiz (mi)?! Endi pulni hisoblaymiz Eng qiziq joy - qancha pul ishlash mumkin? Bu yerda reklamadagi chiroyli raqamlarga emas, kontraktdagi soatbay stavka va kafolatlangan…