Andijon tumani yoshlari
Статистика🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon tuman bo'limining rasmiy Telegram sahifasi. Murojaat uchun: @andijon_yoshlari_bot
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 72
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 8
- 1/48двое суток
- 9
- 1/72трое суток
- 9
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ! ⚫️Yoshlar nigohida — Vatan, birlik va kelajak! 🤝Bugungi yoshlar — ertangi kun bunyodkorlari. Bizning kuchimiz — birligimizda, maqsadimiz — Vatanimiz ravnaqida! Yurtimizning tinchligi va taraqqiyoti, xalqimizning farovon kelajagi yo‘lida har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin. ✔️Bir Vatan! ⚡️Bir xalq! 💪Bir maqsad! 🚀Yangi kelajak sari birgalikda! #YagonaVatan #YagonaXalq #YangiHayot #YangiKelajak #Yoshlar #VatanparvarYoshlar #OzbekistonYoshlar #BirgalikdaYuksalamiz Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
👨👩👧👦Ota-onalar farzandining kelajagiga qanchalik e’tiborli? Bugun o‘tkazilgan so‘rovnomada ota-onalarga farzand tarbiyasi va kelajagiga oid muhim savollar berildi. 🔹 Farzandingizga bir kunda qancha vaqt ajratasiz? 🔹 Farzandingiz nimalarga qiziqishini bilasizmi? 🔹 Farzandingizning chet elda o‘qishiga qanday qaraysiz? ✅Ushbu savollar orqali ota-onalarning farzandlari bilan munosabati, qiziqishlari va ta’lim kelajagiga bo‘lgan qarashlari o‘rganildi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
🔺 Barcha futbol ixlosmandlari diqqatiga!!! 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida DXX kubogi uchun futbol musobaqalarining Andijon viloyati bosqichi yakuniy final bahslariga yetib keldi. Hayajonli o'tgan musobaqaning final o'yini ham shiddatkor va adrenalinga boy o'tishi kutilmoqda. 🏆 Musobaqaning respublika bosqichi yo'llanmasi uchun Andijon shahrining "Gumbaz" hamda Andijon tumanininng "Poloson" mahallalari jamoalari maydonga tushadilar. ✅ Final o'yini oldidan Sizlar uchun estradamiz yulduzlari “Benom” guruhi, Gulinur hamda Otabek Mirzaxolov tomonidan unutilmas konsert dasturi taqdim etiladi. Final yakunida esa betakror mushaklar shousiga guvoh bo‘lasiz. 📆 Barcha muxlislarni 17-iyul soat 19:00da Andijon shahridagi "Bobur” arenada kutamiz. ✔️ KIRISH MUTLAQO BEPUL! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 😀Telegram 🌐Youtube
✔️ Birgalikda tarix yozamiz! ⚫️2026-yil 24-iyun kuni Andijon viloyati, Andijon shahrida milliy qadriyatimiz bo‘lgan “Andijon polkasi” raqsi bo‘yicha Ginnes rekordi o‘rnatish maqsadida ulkan tadbir bo‘lib o‘tadi. ✔️Siz ushbu tarixiy jarayonning ishtirokchisi sifatida tanlandingiz. Bu nafaqat yuksak ishonch, balki katta sharaf va mas’uliyat hamdir. Minglab yurtdoshlarimiz bilan bir safda turib, milliy raqsimizni dunyo sahnasiga olib chiqish imkoniyati aynan Sizga nasib etmoqda. ✔️Keling, birgalikda yurtimiz nomini dunyoga tanitaylik va kelajak avlodlar faxr bilan eslaydigan tarixiy voqeaga o‘z hissamizni qo‘shaylik! 🖐Ishtirok etish uchun quyidagi sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz shart ✅ Ro‘yxatdan o‘tish 📌 Tartib: 🟢Saytga kiring va «A’zo bo‘lish» bo‘limini tanlang; 🟢JSHSHIR yoki hujjat ma’lumotlaringizni va tug‘ilgan sanangizni kiriting (18 yoshgacha bo‘lganlar — tug‘ilganlik guvohnomasi orqali); 🟢Tizim topgan ma’lumotlarni tasdiqlang; Viloyat va tumaningizni tanlab, barcha maydonlarni to‘ldiring. ℹ️ Nima uchun bu muhim? 📝 Ro‘yxatdan o‘tish — shunchaki rasmiyatchilik emas. Kiritilgan ma’lumotlaringiz rasmiy ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish, kelgusida sertifikat, mukofot va e’tiroflar berishda hamda boshqa zarur holatlarda asos bo‘lib xizmat qiladi. 📝Shu sababli ma’lumotlaringizni to‘liq va to‘g‘ri kiritishingiz muhim. ➡️Eslatma ⚫️Ma’lumotlari tizimga kiritilmagan shaxslar ishtirokchilar ro‘yxatiga olinmaydi. Iltimos, ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmang. ⏰ 24-iyun kuni barchamiz bir maqsad yo‘lida birlashamiz — Andijon polkasini dunyo rekordlari sahifasiga muhrlaymiz! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
✨Andijonlik bolajonlar o‘sha unutilmas va takrorlanmas kun keldi! Tayyormisiz? ⚡️Siz ham zerikishni umuman yomon ko‘rasizmi? Unda barcha ishlarimizni bir chetga surib, eng quvnoq, eng aqlli va eng kreativ jamoaga qo‘shilamiz! ⚡️ Andijonda ertaga shunchaki kun emas, ertaga — "Yoshlar tashabbuslari marafoni"! 🤩Bu degani, eng zo‘r g‘oyalar, tinib-tinmas ixtirochilar va siz kabi jo‘shqin do‘stlarimiz bir joyga yig‘iladi! Biz birgalikda kulamiz, o‘rganamiz, dunyoni o‘zgartiradigan rejalarni tuzamiz va shunaqangi mazza qilamizki, bu kun xotiramizda umrbod muhrlanib qoladi! 📍Manzil: Andijon shahri, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida 10:00 da boshlanadi 👋Bu shunchaki marafon emas, bu — bizning bayramimiz! Ertaga ko‘rishguncha! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
✔️Andijon yoshlari — mamlakatda tengsiz! ⚫️Mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Shijoat va gʻayrat” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichida Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Alitepa” mahallasi jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi! ⚫️Musobaqa davomida andijonlik yoshlar har bir shartda chaqqonlik, jasorat, intizom va yuqori tayyorgarlikni namoyon etib, viloyatimiz sharafini munosib himoya qildilar. ⚫️ Bu gʻalaba — yoshlarimizning matonati, jamoaviy birdamligi, harbiy-vatanparvarlik ruhi va gʻalabaga boʻlgan kuchli ishonchining yorqin namunasidir. Ushbu yutuq barchamizga katta quvonch va iftixor bagʻishladi. ⚫️Barakalla, Andijon yoshlari! Sizlar bilan faxrlanamiz! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Андижонда катта галаконцерт! 21 июнь куни соат 19:30 да Бобур шаҳрида ёшлар вавилоятимиз аҳолиси учун ёрқин кайфият, унутилмас чиқишлар ҳамда байрамона муҳитга бой галаконцерт бўлиб ўтади. Саҳнада эстрадамиз юлдузлари Жаҳонгир Позилжонов, Райҳон, Шоҳрух реппер, Шоҳруххон, Ғайбулла Турсунов, Улуғбек Юлчиев, Миржалол Неъматов, Отабек Мирзахолов, Жавлон Шодмонов ҳамда Неъмат Атамуродов ўзларининг энг сара қўшиқлари билан томошабинларга завқ улашади. Барча андижонликларни галаконцертда кутамиз!
✔️Aziz andijonlik yoshlar! ⚫️Sizni katta g‘oyalar, yangi imkoniyatlar va yuqori kayfiyatga boy “Yoshlar tashabbuslari marafoni”ga taklif qilamiz! ⚫️Bu marafon — o‘zini rivojlantirishni istagan, yangi tashabbus boshlashni xohlagan, bilim, iqtidor va imkoniyat izlayotgan har bir yosh uchun ayni maydon! ⚫️Tadbir davomida tadbirkorlik va bandlik, kitobxonlik, iste’dodlarni namoyon etish, “Tashabbuskor qizlar”, Biznes marafon, harbiy-vatanparvarlik, sun’iy intellekt va startaplar, xorijiy tillar va TOP universitetlar, shuningdek, “Suvni birga asraymiz” kabi qiziqarli loyihalar tashkil etiladi. ⚫️21-iyun kuni soat 10:00da Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida barchani kutamiz! ⚫️ Keling, tashabbusni harakatga aylantiramiz! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
🇺🇿 Biz siz bilanmiz, Oq bo'rilar! ⚫️Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk bahsini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ammo bu mag‘lubiyat — orzular yakuni emas, balki katta yo‘lning birinchi sinovi. Jahon arenalarida maydonga tushishning o‘zi xalqimiz uchun ulkan faxr, milliy futbolimiz uchun esa tarixiy qadamdir. ⚫️Bugun butun O‘zbekiston bitta yurak bo‘lib jamoamizni qo‘llab-quvvatladi. Biz, Andijon yoshlari, ishonamiz: oldinda hali muhim bahslar, yangi imkoniyatlar va yorqin g‘alabalar bor. ⚫️Har bir o‘yin — tajriba, har bir kurash — kuch, har bir qadam — kelajakdagi yutuqlarga poydevor. 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sizga ishonamiz, yigitlar! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
⚫️Oʻynashadi anjanchasiga! ⚫️Anjanchaga kimlar oʻynayotganini qarang! Gʻururlanasan kishi! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
🇺🇿 Olgʻa, Oʻzbekiston! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
🇺🇿 Tarixiy lahzalar boshlanishiga bir necha daqiqalar qoldi ⚫️Futbol boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston-Kolumbiya oʻyini boshlanishiga oz fursatlar qoldi. ⚫️Andijon yoshlari terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlashga tayyor! ⚫️Olgʻa, Oʻzbekiston! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
ANDIJON TUMANIDAN TERMA JAMOAMIZGA QO‘LLAB-QUVVATLASH! 🇺🇿 Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon tumanliklar ham birlashdi. 🇺🇿 Ko‘chalarda hilpirayotgan bayroqlar, yurt madhiga yo‘g‘rilgan shiorlar va futbolga oshno qalblar — barchasi bitta maqsad yo‘lida jam bo‘ldi. 🇺🇿 Aziz futbolchilar! Siz maydonda yolg‘iz emassiz, ortingizda millionlab yurtdoshlar ishonchi bor! Har bir g‘alabangiz xalqimizning g‘ururi va quvonchidir! Biz sizlarga ishonamiz, sizlar bilan faxrlanamiz! 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati Web|Telegram|Instagram|Facebook
🇺🇿 Andijon yoshlari — milliy terma jamoamizga yelkadosh! 🇺🇿Bugun butun O‘zbekiston qalbi bir bayroq, bir jamoa va bir maqsad atrofida birlashmoqda. Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi har bir o‘yini — bu nafaqat sport musobaqasi, balki xalqimizning birdamligi, yoshlarimizning ishonchi va Vatanimiz sha’nini baland ko‘tarish yo‘lidagi katta tarixiy lahzadir. 🇺🇿Andijon yoshlari ham ushbu hayajonli daqiqalarda terma jamoamizni katta ishonch, jo‘shqin ruh va cheksiz faxr bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir zarba, har bir hujum, har bir g‘alaba sari tashlangan qadam biz uchun g‘ururdir. Ishonamiz, milliy jamoamiz maydonda bor kuchi, jasorati va matonatini namoyon etib, millionlab muxlislar qalbiga quvonch ulashadi. 🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
✔️Jahon chempionati shukuhi Andijon koʻchalarida ⚫️Andijon yoshlari bugun aholiga oʻzgacha kayfiyat ulashdi. 📹 Ushbu tadbirning toʻliq videosini rasmiy sahifalarimizga joylaymiz. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
⚡️ Yoz biz bilan yana-da yorqin! ⚡️ Aziz yoshlar, "Yoshlar oyligi" doirasida viloyat galakonserti Andijonning go'zal maskani - Bobur shahridan Sizlarni chorlamoqda. Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturimiz barcha andijonliklarni xursand qilishiga ishonamiz. ⏰ Shunday ekan, 21-iyun soat 19:30da Bobur shahrida "Yangi O'zbekistonni yoshlar quradi!" shiori ostida tashkil etiladigan galakonsertga barchani taklif etamiz. Kutilgan galakonsertning kutilmagan lahzalarini ko'rishga shoshiling. ➡️Konsert mehmonlari: ⚫️Jahongir Poziljonov ⚫️Shohrux REP ⚫️Shohruxxon ⚫️Ulugʻbek Yulchiyev ⚫️Otabek Mirzaxolov ⚫️Javlon Shodmonov ⚫️Ne'mat Atamurodov 💯 Kirish mutlaqo bepul. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
⚡️Zo‘r g‘oyangiz bormi? Uni yoshlar.gov.uz orqali butun O‘zbekistonga taniting! Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasidagi o‘z loyiha va tashabbuslarini bevosita yoshlar.gov.uz platformasi orqali taqdim etishlari mumkin. Yangi imkoniyatning asosiy afzalliklari: 🟢Tashabbuslar barcha uchun ochiq tarzda e’lon qilinadi; 🟢Foydalanuvchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan g‘oyalarni “Like” orqali qo‘llab-quvvatlaydi; 🟢Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar maxsus “TOP” ro‘yxatdan joy oladi. “Yoshlar tashabbuslari marafoni”da faol ishtirok eting va o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qiling! 👉 yoshlar.gov.uz Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube