tgindex
Andijon viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi rasmiy sahifasi

Andijon viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi rasmiy sahifasi

Статистика
@andijonssbузбекский

Andijon viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Bizning veb saytimiz www.andijon.ssv.uz Ishonch telefoni 74-228-42-84 murojaatlar 24/7 qabul qilinadi. @andijonvssb_bot

Последний пост
12:59
Последнее чтение
21:45
Постов за неделю
69
Всего постов
143
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 662
−2 за 5 дн.
Сутки
+6
+0,36%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
190
40 постов
Вовлечённость
11,4%
к подписчикам
Постов в день
9,9
всего 143
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
194
1/48двое суток
222
1/72трое суток
239

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🔴 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ ✅ Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 13-yanvardagi buyrug‘i bilan salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan shaxslar uchun tegishli kasallik va holatlar ro‘yxati tasdiqlangan. ❓Xo‘sh, unga ko‘ra xavfsizlik kamari taqishdan kimlar ozod etiladi? 🎥 Yuqoridagi videorolik orqali bu haqda batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz.

  • 🇺🇿 🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, ULUG‘ NE’MAT! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali jamoasi yurtimizning eng ulug‘ va eng muqaddas bayramini ko‘tarinki kayfiyat, ezgu niyatlar va cheksiz shukronalik bilan kutib olmoqda. Markaz jamoasi bayram shukuhi bilan bir qatorda, xalqimiz salomatligini asrash, inson hayotini muhofaza qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani fidoyilik bilan ado etmoqda. 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Videorolik 3- xirurgiya bo'limi xodimlari tomonidan tayyorlandi.

  • 🏥 АНДИЖОНДА СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИНИ РАҚАМЛАШТИРИШ БЎЙИЧА МУҲИМ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ Бугун, 17 август куни Андижон вилояти соғлиқни сақлаш бошқармасида соғлиқни сақлаш тизимида рақамлаштириш жараёнларини янада жадаллаштириш масалаларига бағишланган йиғилиш ўтказилди. Унда Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазири ўринбосари О.М. Омонов, Андижон вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Ш. Мамажонов, бошқарманинг масъул ходимлари, вилоят даволаш-профилактика муассасалари ҳамда шаҳар ва туман тиббиёт бирлашмалари раҳбарлари иштирок этдилар. Йиғилишда вилоят соғлиқни сақлаш тизимида рақамлаштириш йўналишида амалга оширилаётган ишлар, эришилган натижалар ва келгусидаги устувор вазифалар муҳокама қилинди. Хусусан, тиббиёт муассасаларида ахборот технологияларидан самарали фойдаланиш, рақамли тизимларни амалиётга тўлиқ ва сифатли жорий этиш, электрон маълумотлар билан ишлаш самарадорлигини ошириш ҳамда мавжуд муаммоларни тезкор бартараф этиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Таъкидланганидек, соғлиқни сақлаш тизимини рақамлаштириш — замонавий тиббиётнинг муҳим йўналишларидан бири бўлиб, у тиббий хизмат сифатини ошириш, бошқарув жараёнларини такомиллаштириш, шаффофликни таъминлаш ва аҳоли учун янада қулай тиббий хизматларни йўлга қўйишга хизмат қилади. Йиғилиш якунида ҳар бир тиббиёт муассасасида рақамли технологиялардан фойдаланиш самарадорлигини ошириш, масъул ходимларнинг амалий кўникмаларини мустаҳкамлаш ҳамда белгиланган вазифалар ижросини тизимли назорат қилиш юзасидан масъулларга тегишли топшириқлар берилди. 📌 Рақамлаштириш — бугунги кун талаби. Рақамли соғлиқни сақлаш — сифатли тиббий хизмат ва аҳоли саломатлигини муҳофаза қилишнинг муҳим пойдеворидир. @andijonvssb @andijonssb

  • 🇺🇿 🏥 ANDIJON VILOYATIDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI,SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIR O‘RINBOSARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI. Bugun, 17-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutining yangi majlislar zalida sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari O.M. Omonov, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari, viloyat davolash-profilaktika muassasalari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari AKT xodimlari hamda IT-operatorlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, tibbiyot muassasalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli tizimlarni amaliyotga to‘liq joriy etish, elektron ma’lumotlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mavjud texnik va tashkiliy masalalarni tezkor hal etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, raqamlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etib, o‘zining tashabbuskorligi va mas’uliyatli faoliyati bilan ajralib turgan 30 nafar faol IT-hamshira munosib taqdirlandi. Ta’kidlanganidek, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish — tibbiy xizmat sifatini oshirish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, ma’lumotlar almashinuvini tezlashtirish va aholiga yanada qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishning muhim omilidir. Yig‘ilish yakunida sog‘liqni saqlash tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish, mas’ul xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda raqamli xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 📌 Raqamli sog‘liqni saqlash — zamonaviy tibbiyotning muhim yo‘nalishi va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishning yangi imkoniyatidir. @andijonvssb @andijonssb

  • 🏥 АНДИЖОНДА СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИНИ РАҚАМЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ, СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ВАЗИР ЎРИНБОСАРИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ Бугун, 17 август куни Андижон Давлат тиббиёт институтининг янги мажлислар залида соғлиқни сақлаш тизимида рақамлаштириш жараёнларини янада жадаллаштиришга қаратилган муҳим йиғилиш бўлиб ўтди. Унда Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирининг ўринбосари О.М. Омонов, Андижон вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси масъуллари, вилоят даволаш-профилактика муассасалари ҳамда шаҳар ва туман тиббиёт бирлашмалари раҳбарлари, шунингдек, соҳага масъул АКТ ходимлари ва IT-операторлар иштирок этди. Йиғилишда Андижон вилояти соғлиқни сақлаш тизимида рақамлаштириш йўналишида амалга оширилаётган ишлар, мавжуд натижалар ва келгусидаги устувор вазифалар атрофлича муҳокама қилинди. Жумладан, тиббиёт муассасаларида ахборот технологияларидан самарали фойдаланиш, рақамли тизимларни амалиётга тўлиқ ва сифатли жорий этиш, электрон маълумотлар билан ишлаш самарадорлигини ошириш ҳамда рақамлаштириш жараёнида юзага келаётган масалаларни тезкор бартараф этиш бўйича фикр ва таклифлар билдирилди. Таъкидланганидек, соғлиқни сақлаш тизимини рақамлаштириш — нафақат замонавий технологияларни жорий этиш, балки тиббий хизмат сифатини ошириш, бошқарув жараёнларини такомиллаштириш, шаффофликни таъминлаш ва аҳолига қулай тиббий хизмат кўрсатишнинг муҳим омилидир. 🏆 Тадбир давомида рақамлаштириш жараёнларида фаол иштирок этиб, ўзининг ташаббускорлиги ва самарали меҳнати билан алоҳида намуна кўрсатган 30 нафар IT ҳамшира муносиб тақдирланди. Йиғилиш давомида ҳар бир тиббиёт муассасасида рақамли технологиялардан фойдаланиш ҳолатини янада яхшилаш, масъул ходимларнинг амалий кўникмаларини ошириш ва белгиланган вазифалар ижросини тизимли назорат қилиш юзасидан тегишли вазифалар белгилаб берилди. Шунингдек, АКТ ходимлари ва IT-операторлар иштирокида рақамлаштириш жараёнларидаги амалий масалалар юзасидан алоҳида мулоқот ўтказилиб, уларнинг таклиф ва мурожаатлари тингланди. 📌 Рақамлаштириш — бугунги кун талаби. Самарали рақамли соғлиқни сақлаш тизими эса сифатли тиббий хизмат ва аҳоли саломатлигини муҳофаза қилишнинг муҳим пойдеворидир. @andijonvssb @andijonssb

  • 🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI — YUKSAK G‘URUR VA BAYRAM SHUKUHI BILAN! 🏥 Respublika ixtisoslashtirilgan “Ona va bola” salomatlik markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ko‘tarinki kayfiyatda bayram tadbiri tashkil etildi. 🎉 Bayram tadbiriga markazda uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriylar alohida ehtirom bilan taklif etildi. Ular samimiy kutib olinib, bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi. 🌷 Tadbir davomida faxriylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning sog‘lig‘i, hayotiy tajribasi va tibbiyot sohasiga qo‘shgan munosib hissasi yuksak qadrlanishi ta’kidlandi. ✨ Markaz jamoasi uchun kunning ilk lahzalari mehr-oqibat, ustozlarga hurmat, samimiy tilaklar va bayram shukuhi bilan boshlandi. 🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, tinch va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir! 🎊 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etamiz! #Mustaqillik35yil #MustaqillikBayrami #OnaVaBola #Andijon #Tibbiyot #Faxriylar

  • Marhamat tumani 34-OILAVIY POLIKLINIKA jamoasi Mustaqillikning 35 yilligi bilan bayram tabrigi.

  • 🇺🇿 MUSTAQILLIK SHUKUHI — QALBLARDA, MARKAZLARDA! ✨ 🏥 Andijon viloyati Marxamat tumani Ibn Sino OSHPda yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli bayramona obodonlashtirish va bezatish ishlari olib borilmoqda. 🎊 🌟 Ibn Sino OSHPda, kirish va xizmat ko‘rsatish hududlari Vatanimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami — Mustaqillik ayyomi ruhida zamonaviy, chiroyli va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlovchi tarzda bezatildi. 🇺🇿 Har bir banner, har bir bezak va har bir ezgu tashabbus zamirida ozod va obod yurtimizga bo‘lgan cheksiz faxr, Vatanga sadoqat va Mustaqillik ne’matining qadriga yetish tuyg‘usi mujassam. ❤️ Mustaqillik — bu tinch va farovon hayotimiz, bunyodkorlik va taraqqiyotimiz, xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchidir. 🎉 35 yillik qutlug‘ sana shukuhi Ibn Sino OSHPda ham! 🚀 Yangi O‘zbekiston — yangi marralar sari! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Siyosiy-ma’rifat soati — Mustaqillik bayrami arafasida 🇺🇿 Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasida siyosiy-ma’rifat soati va “Milliy qadriyatlar kuni” muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Har haftaning juma kuni tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyat hayotidagi muhim voqealar, milliy qadriyatlar va ma’naviy-ma’rifiy mavzularga bag‘ishlangan suhbatlar tashkil etilmoqda. 🌟 Shuningdek, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, uning tarixiy ahamiyati, xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar haqida ham targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 🇺🇿 Mustaqillik — milliy g‘ururimiz, erkin va farovon kelajagimiz poydevoridir!

  • “ЯГОНА ВАТАН, ЯГОНА ХАЛҚ БЎЛИБ, ЯНГИ ҲАЁТ ВА КЕЛАЖАК ЯРАТАМИЗ!” Мустакиллигимизнинг 35-йиллиги муносабати билан, Қорасув шаҳар тиббиёт бирлашмаси ва кўп тармоқли марказий поликлиникаси ходимлари барча юрдошларимизни чин калбдан муборакбод этади.

  • 🇺🇿 MUSTAQILLIK SHUKUHI — YUKSAK RUH, YAGONA MAQSAD! 🇺🇿 Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Bunyodbek Abdurahmonov Muqumjonovich markazning barcha bo‘limlarini aylanib, xodimlar va bemorlar holidan xabar oldi. Tashrif davomida xodimlar hamda bemorlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ilgari surilayotgan ezgu g‘oyalar va bayram shiorlari haqida savol-javoblar tashkil etildi. 🇺🇿 Bunday uchrashuvlar jamoada ko‘tarinki kayfiyat, Vatanga muhabbat, yurtimiz tinchligi va istiqlolimizga shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 💙💚 Bosh shifokor tomonidan xodimlarga “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya atrofida birlashib, o‘z kasbiga fidoyilik bilan xizmat qilish, bemorlarga mehr va e’tibor ko‘rsatish borasida motivatsion fikrlar bildirildi. Shuningdek, barcha bo‘limlardagi ish jarayonlari, bemorlarning holati va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. 🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati! 💙 Tinchlik — eng ulug‘ boyligimiz! 💚 Vatan ravnaqi — barchamizning ezgu maqsadimiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿✨

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи