NavDU Komplayens nazorat
СтатистикаNavDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi. Anonim murojaat: @NavDU_anticor_bot Tel:(79) 225-21-94 (93) 460-77-55 (99) 036-98-21
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 19
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 39
- 1/48двое суток
- 44
- 1/72трое суток
- 48
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Ogohlik #Rasmiy_munosabat Fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz Buxoroda fuqaroni bir yoʻla 4-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, undan 26 million soʻm olgan shaxs ushlangani haqida xabar tarqaldi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyish, imtihon natijasini oʻzgartirish, oʻqishni koʻchirish yoki boshqa masalalarni pul evaziga hal qilib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqiradi. Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlarga ko‘ra, xususan, davlat va nodavlat oliygohlariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi. Fuqarolardan taʼlim sohasidagi masalalarni "tanish-bilish" yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor boʻlish, shaxsiy maʼlumotlar va mablagʻlarni bermaslik soʻraladi. Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi. Eslatma: taʼlim olish huquqingizni firibgarlarga ishonib xavf ostiga qoʻymang. Rasmiy maʼlumotlarni faqat vazirlik va oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy manbalaridan oling. ❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253 📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
560 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra, 1490 ta korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. 2025 yilda 340 ta amaldagi normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra, ayrim qonunchilik hujjatlaridagi amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan normalar va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish, qonunchilik hujjatlaridagi kollizion normalarni bartaraf etish, shuningdek, ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha «yo‘l xaritalari» tasdiqlandi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Masofaviy audit” avtomatlashgan axborot tizimi orqali budjet intizomiga oid 6,2 trln so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar bartaraf etildi, shundan 929 mlrd so‘mlik kamchiliklar barvaqt oldi olinishiga erishildi. 2025 yilda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hisobiga 22,7 trln so‘m mablag‘lar davlat budjetiga undirilishi ta’minlandi. Xufiyona iqtisodiyotda bo‘lgan 14821 ta tadbirkor faoliyati qonuniylashtirildi, 9741 ta tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatildi, tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida 9455 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushirilib, 250 ta masofaviy o‘quv kurslari tashkil etildi. Jumladan, 2025 yil vazirlik va idoralarning 57620 nafar xodimlarining malakasi oshirildi, Platformaning yoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv dasturlarida 1 mln. 37 ming nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, 3 mln. 146 ming nafar maktab o‘quvchilari hamda 219 ming nafar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qitildi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Bugungi kunda mamlakatimizda 196 ta davlat organi va tashkilotida jami 1680 nafardan ortiq mutaxassis korrupsiyaning oldini olish va ichki nazoratni ta’minlash bilan shug‘ullanmoqda. 2025 yilda ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 5,5 mingga yaqin korrupsiyaviy omillar aniqlanib, 794,8 mlrd so‘m budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi oldi olindi, 2 trln so‘mlik moliyaviy kamchiliklar fosh etildi hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan 509 mlrd so‘mdan ortiq zarar davlat foydasiga undirildi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Milliy maʼruzada 2025-yilda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan yangi preventiv mexanizmlarni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar aks etgan. Taʼkidlanganidek, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari mustaqil institut sifatida qayta tashkil etildi. 37 ta tuman va shaharda korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritalari" tasdiqlandi. Vazirliklarda "Situatsion markaz"lar tashkil etilib, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat kuchaytirildi. “Raqamli bozor” dasturi joriy etilib, respublikadagi 281 ta bozor va ulardagi 132 ta avtoturargoh raqamlashtirildi. 381 nafar davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasi baholashdan o‘tkazildi. 87 ta tashkilotda ehtimoliy va mavjud manfaatlar to‘qnashuvlariga oid cheklovlarga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha jami 14 172 ta holat aniqlanib, bartaraf etildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilinadigan tovarlar ro‘yxati bekor qilinib, mazkur ro‘yxat bo‘yicha davlat xaridlarini raqobatli usullardan foydalangan holda amalga oshirish belgilandi. NNTlar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan grantlar hajmi 3,4 mlrd so‘mga yetkazildi va 45 ta loyiha amalga oshirildi. Xalqaro hamkorlik doirasida qator davlatlarning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorlik kengaytirildi. Shuningdek, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlari konferensiyasining 12-sessiyasini 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilindi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
🇺🇿Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kunlari. Davlatimiz rahbari 69 yoshni qarshilamoqdalar 💐Tavallud ayyomingiz muborak. Umringiz uzoq bo'lsin, Muhtaram Prezident! @nsu