tgindex
PEDIATR MASLAHATI

PEDIATR MASLAHATI

Статистика
@anvar_pediatrЕдаузбекский

Kanalda bolalar salomatligiga doir va bolalar parvarishi haqida maʼlumotlar berib boriladi. ✍️ Admin: @Pediatr_A 📰Reklama: @tibbiyreklamabot

Последний пост
8 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Еда (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
5 891
−18 за 5 дн.
Сутки
−1
−0,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 700
29 постов
Вовлечённость
45,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 29
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 873
1/48двое суток
2 146
1/72трое суток
2 315

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 8 авг.1 28157

    🌸Og'iz bo'shlig'ida kandidoz- molochnitsa. ◾️Chaqaloqlarda tilining oqarib qolishiga ko'p duch kelamiz. Bu zamburug'lar tomonidan qo'zg'atiladigan stomatit hisoblanadi. ◾️Immunitet tizimi to'liq ishlasa  ular salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Organizm qarshiligining pasayishi fonida zamburug'lar tez o'sib, ko'paya boshlaydi, shilliq qavat va uning ostidagi to'qimalarga zarar etkazadi. Gigienaga rioya qilmasdan (qo'lni yuvmasdan, ko'krakni toza tutmasdan emizish), antibiotiklarni tartibsiz qo'llaganda kasallik tez rivojlanadi. ◾️Kasallik belgilari: bola ko'krakni yaxshi emmaydi, uyqusi buziladi, tili va lunjlarida oq karash paydo bo'ladi. ◾️Davolashda stomatolog tavsiyalariga rioya qilinadi. Yengil shaklida ichimlik sodasini kuchsiz eritmasida og'iz bo'shlig'i artib tozalab turish kifoya qiladi. 👉 @anvar_pediatr

  • 8 авг.1 37595

    🦷 Bolajonlar tishlarining sog'lomligini saqlab qolish uchun tavsiyalar! — Bola taomnomasini tartibga solish uchun avvalo, kraxmalli va qandolat mahsulotlarini hamda rang berilgan shirin suvlarning iste’molini  cheklang. — Chaqaloqning dastlabki  oylaridanoq milklarini yumshoq tish cho‘tkasi yoki yumshoq toza mato, paxta  bilan tozalashni an’anaga aylantiring. — Go‘dakni bir yoshdan piyoladan suv ichishga o‘rgating. Bola so‘rg‘ichli shishadan faqatgina ovqatlanish vaqtida foydalanishini nazorat qiling. Suv ichishga ehtiyoj bo‘lmaganda so‘rg‘ichli shisha idishni so‘rib yurishi maqsadga muvofiq emas. — O‘n besh oylikdan keyin ham so‘rg‘ichli shishadan suv ichadigan, kuniga 3 mahaldan ko‘p kraxmalli va shirin mahsulotlarni iste’mol qiladigan bolalarda tish kasalliklari ehtimoli keskin oshadi. 👉 @anvar_pediatr

  • 6 авг.1 6161123

    🌸Onaning doimiy havotirda bo'lishi va uyqudan voz kechishi sut kamayishiga sabab bo'ladi.      Onaning bolasidan, o'zining sog'ligidan va atrofdagilardan doimiy havotirda, qo'rquvda bo'lishi ta'sirida qonida kortizol (stress gormoni) doimiy baland bo'lishiga, oksitotsin (baxt gormoni) kamayishiga olib keladi.      Oksitotsin kam bo'lsa ko'kraklarda sut ko'p bo'lsa ham kam ajraladi. Sut qolib ketishi hisobiga keyingi safarga kamroq sut hosil bo'lishni boshlaydi va sut kamayib boradi.      Ba'zi ayollar bolaga e'tibori shu qadar kuchliligidan uyqudan voz kechishadi. Bu to'g'ri emas. Uyqu insonni hayotiy muhim ehtiyojidir.      Uyqu vaqtida organizm dam oladi, kerakli gormonlar ishlab chiqariladi, kun davomida bo'lib o'tgan voqealar bosh miyada analiz va sintez qilinadi. Uni yetarli bo'lmasligi modda almashinuvini, gormonlar balansini izdan chiqaradi. Bu sut yetarli hosil bo'lmasligini yuzaga keltiradi. 👉 @anvar_pediatr

  • 6 авг.2 12725

    без подписи

  • 6 авг.2 13025

    без подписи

  • 6 авг.2 11225

    без подписи

  • 6 авг.2 0731225

    👉 @anvar_pediatr

  • 28 июл.2 9781013

    ❓Homiladorlik davrida onaning oziqlanishi bolaning  rivojlanishiga ta’sir etadimi? Bola qorinda yashash davrida  zarur bo‘lgan moddalami ona organizmidan oladi, shuning  uchun bu ta’sir katta ahamiyatga ega emas deb hisoblaydilar. Ammo uzoq muddat ocharchilikka duchor bo‘lgan onaning  o‘lgan chaqalog‘ini tekshirish natijasi shuni ko‘rsatadiki, bu  chaqaloqning og‘irligi deyarli me’yorda, lekin mikroskop  orqali tekshirilganda, kemirchakda ichki sekretsiya bezlarida  chuqur o'zgarishlar topilgan bo‘lib, atrofiya holiga kelganligi,  ya’ni organ hujayralari, to‘qimalari kichrayib zaiflashib  qolganligi aniqlangan. 📙Manba: "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" Qoraxoʻjayev 2006 👉 @anvar_pediatr

  • 26 июл.2 60295

    ☀️ BOLALAR UCHUN SPF KREMLAR: QANDAY QO‘LLANILADI? 🧴Quyosh nurlari bolalar terisiga kattalarga qaraganda kuchliroq ta’sir qiladi. Shuning uchun yoz oylarida SPF himoyasidan to‘g‘ri foydalanish muhim! 🔹 SPF nima? SPF — terini asosan UVB nurlaridan himoya qiluvchi ko‘rsatkich. 👶 Bolalar uchun qanday SPF tanlash kerak? ✅ SPF 30–50+ bo‘lishi ✅ Broad-spectrum — UVA + UVB dan himoya qilishi ✅ Bolalar terisi uchun mo‘ljallangan bo‘lishi ✅ Hidsiz, allergenlari kam va imkon qadar mineral filtrli bo‘lishi 🧴 Qanday qo‘llaniladi? 🔸 Quyoshga chiqishdan 15–30 daqiqa oldin surtiladi. 🔸 Yuz, quloq, bo‘yin, qo‘l-oyoqlar kabi ochiq joylarga qo‘llanadi. 🔸 Har 2 soatda qayta surtiladi. 🔸 Bola ko‘p terlasa, suvga tushsa yoki sochiq bilan artilsa — SPF qayta surtilishi kerak. 📌 Muhim! SPF krem quyoshdan to‘liq himoya qilmaydi! 🧢 10:00–16:00 oralig‘ida kuchli quyoshdan saqlanish 👕 Yengil, yopiq kiyimlar 🧢 Keng soyali bosh kiyim 🌳 Soyada bo‘lish — eng yaxshi himoya vositalaridan biridir. ⚠️ 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarda asosiy himoya — soyada saqlash, yopiq kiyim va bosh kiyim. SPF kremni esa faqat ochiq qolgan kichik teri sohalariga, zarurat bo‘lsa qo‘llash mumkin. ❌ SPF kremni: — ko‘z atrofiga juda yaqin; — shikastlangan yoki yallig‘langan teriga; — allergik reaksiya berganidan keyin qo‘llamang. 👨‍⚕️ Eslab qoling: Bolalarda SPF krem — quyoshdan himoyaning faqat bir qismi. Eng samarali himoya — soya + kiyim + bosh kiyim + SPF! 📲 @anvar_pediatr

  • 25 июл.2 2901027

    ✅CHAQALOQLAR TERISINI PARVARISH QILISH ​​ Chaqaloqlarni terisi nozik va parvarishga muhtoj boʻlgani uchun ularni choʻmiltirishda bolalar shifokori tabiiy dorivor oʻtlardan tayyorlangan damlamalar bilan choʻmiltirishni tavsiya etishadi. Bu oʻtlar orasida eng koʻp tavsiya etiladigani ramashka (moychechak) va sachratqi (chereda). Bu ikki oʻsimlik bolalar teriga qanday taʼsir qilishi haqida toʻliqroq maʼlumotga egamisiz? 🌿RAMASHKA GULI (moychechak damlamasi) ✔️Mushaklar tonusini pasaytiradi ✔️Asab tizimini tinchlantiradi ✔️Yaligʻlanishi bartaraf etadi Ishtahani ochadi ✔️Qichishish va qizarishlarni oldini oladi. ☝️Ramashka damlasi solingan suvda choʻmilgan chaqaloqlarni ishtaxasi ochilib yaxshi ovqatlanadi va tinch uhlashi isbotlangan 🍃CHEREDA (sachratqi) oʻti damlasi ✔️ teridagi toshmalarni davolaydi ✔️Qizarish va qichishishni kamaytiradi. ✔️Asab tizimini tinchlantiradi ✔️Diatez va dermatitda yaxshi foyda beradi ☝️Lekin, kichkintoy terisini qurutib yuborishi mumkin. 👉 @anvar_pediatr

  • 24 июл.2 142136

    ✅Chaqaloqlarda ichak muammolari Og‘iz suti bilan oziqlanayotgan chaqaloqlarda birinchi uch kun davomida ich kelishi suyuqroq bo‘lib, rangi to‘q yashil yoki qoramtir bo‘ladi. 4-5-kunlarga kelib esa sariq, bo‘tqasimon tus oladi. Bolaning ovqatlangan zahoti ichi ketishi yoki qotishiga organizmdagi moslashuv jarayonlarining belgisi sifatida qaraladi. Biroq kun davomida 6-7 martagacha suyuq ich ketishi yoki bir necha kunlab qorin bo‘shanmasligi shifokorga murojaat etish uchun yetarli asosdir. Shifokorlar bolada qorin damlanmasligi va ich qotish kabi belgilar bo‘lmasligi uchun avvalo ona to‘g‘ri ovqatlanishi lozimligini ta’kidlashadi. Bola organizmi tashqi muhitga moslashib olguniga qadar taomnomangizdan ich qotiruvchi mahsulotlarni olib turganingiz ma’qul. 👉 @anvar_pediatr

  • 24 июл.2 0471610

    ✅Bolani ovqatlantirishda nimalarga e’tibor qaratilishi lozim? Birinchidan, onalar bolani to‘g‘ri ovqatlantirishlari kerak. Ikkinchidan, ayniqsa iliq-issiq kunlarda bolaga ko‘proq suv berish lozim, bu terlash tufayli organizm yo‘qotgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi. Uchinchidan esa o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida shaxsiy gigena qoidalariga rioya etish alohida o‘rin egallaydi. Chunki o‘tkir me’da-ichak infeksiyalari bilan kasallanish 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 65-70 foizni tashkil qiladi. Kasallik ko‘pincha iste’mol qilingan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishini inobatga olib issiq kunlarda bolalarning ochiq suv havzalarida cho‘milishlarini nazorat qilish, ayniqsa mevalarni qaynagan suvda yuvib berish muhim hisoblanadi. Vitaminga boy ko‘katlarni to‘g‘rab, bola ovqatiga qo‘shib yedirish lozim. Umuman, vitaminli yeguliklar kundalik dasturxonda doimo bo‘lishi shart. Oddiygina misol. Bola organizmida vitamin C yetishmasa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi, me’da-ichak faoliyati buziladi, bola tez-tez shamollaydigan bo‘lib qoladi. Shunday ekan, askorbin kislotasiga boy petrushka, karam, na’matak, limon, pomidor va sabzi iste’mol qilishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul. Vitaminlarning B guruhi yetishmasa, bolada ishtaha yo‘qolishi, asab tizimi faoliyati buzilishi, lanjlik, ozib ketish kabi belgilar kuzatiladi, shu sababli bolalarga go‘sht, jigar, dukkakli donlar, sut mahsulotlari, tuxum va turli sabazavotlarni ko‘proq berish tavsiya etiladi. Vitamin A tanqisligi yosh bolalarning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, moddalar almashinuvining bir me’yorda bo‘lmasligiga olib keladi. Bolalarga go‘sht, baliq, sut, tuxum, sariyog‘ va ko‘k no‘xatli taomlarni ko‘proq berish lozim. 👉 @anvar_pediatr

  • 23 июл.2 100257

    ✅Dunyo olimlarining tadqiqotlari ko‘rsatishicha, chala tug‘ilgan bolalarni yashab ketishida quyidagilar juda katta ahamiyat kasb etadi: 🌸Onaning ovozi. Kun mobaynida ona barvaqt tug‘ilgan bolasini yonida unga qo‘shiq aytib, alla aytib, u bilan suhbatlashmog‘i lozim. 🌸O‘yinchoqlar. Chala tug‘ilgan bolalarning ko‘zi deyarli ochilmaydi. Shunga qaramasdan bola atrofida rang-barang qiziqarli o‘yinchoqlar mavjudligi uning salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. 🌸Bolani «kenguru» qilib ko‘tarish. Ya’ni bola tanasi onaning badani bilan birga bo‘lishi juda muhim. Bolani shifokor nazorati ostida kuvezdan olib onaning ko‘kraklari orasiga joylashtirib yotish lozim. Shu harakat orqali, birinchidan, bolaning terisi ona terisi bilan kontaktda bo‘ladi, ikkinchidan, onaning nafas olishini his qilayotgan bola birga nafas olib, nafas olish tizimi rivojlanadi. «Kenguru» qilish barvaqt tug‘ilgan bolalarni parvarish qilishda eng muhim muolaja desak adashmaymiz. 🌸Bolaga har kuni u naqadar sevimli va kerakli ekanligi haqida aytish lozim. Onaning mehrini sezgan bola onasi uchun ham yashab ketadi. 🌸Bolani steril qo‘llar bilan silash shaklidagi massaj qilish juda muhim. Agar silashni aynan onasi amalga oshirsa, uning foydasi ikki barobar kuchli bo‘ladi. 👉 @anvar_pediatr

  • 10 июл.3 678814

    👶 Chaqaloqda nafas olayotganda xirrilash — sabablari nima? Ko‘pchilik ota-onalar chaqalog‘i nafas olayotganda “xirrilash” yoki shovqin eshitib xavotirga tushadi. Bu har doim ham xavfli emas, lekin sababini bilish muhim. 🔍 Asosiy sabablari: 1️⃣ Tor nafas yo‘llari (fiziologik holat) — Yangi tug‘ilganlarda burun yo‘llari juda tor bo‘ladi — Shuning uchun eng kichik shilliq ham xirillash beradi 2️⃣ Burun bitishi (rinit) — Sovuq tegishi yoki allergiya — Shilliq yig‘ilishi tufayli nafas shovqinli bo‘ladi 3️⃣ Laringomalatsiya — Hiqildoq tog‘aylari yumshoqligi — Nafas olayotganda “xirillagan” ovoz chiqadi — Odatda 1 yoshgacha o‘zi yo‘qoladi 4️⃣ Bronxiolit yoki infeksiya — Virusli kasalliklar — Xirillash + tez nafas + isitma bo‘lishi mumkin 5️⃣ Begona jism tushishi (kam hollarda) — To‘satdan boshlanadi — Juda xavfli holat ⚠️ 🚨 Qachon shifokorga murojaat qilish kerak? ❗ Nafas tezlashsa ❗ Ko‘krak qafasi tortilib nafas olsa ❗ Lablar ko‘karsa ❗ Bola emmay qo‘ysa yoki holsizlansa 💡 Uyda nima qilish mumkin? ✔ Burunni fiziologik eritma bilan tozalash ✔ Xonani namlantirish ✔ Bolani yotqizishda boshini biroz balandroq qilish 📌 Xulosa: Chaqaloqlarda xirillash ko‘pincha oddiy sabablar bilan bog‘liq, ammo og‘ir belgilar bo‘lsa, vaqtni boy bermang! 👉 @anvar_pediatr

  • 9 июл.3 4221311

    🌒 BOLA UYQUSIDA KO‘P TERLASHI — XAVFLIMI? Ko‘plab ota-onalar: "Bolam uxlaganda boshi va bo‘yni juda terlaydi" deb xavotirlanishadi. 🔹 Ko‘p hollarda bu kasallik belgisi emas. Sabablari: • Xonaning issiq bo‘lishi. • Bolani qalin kiyintirish yoki o‘rab qo‘yish. • Uyqu vaqtida organizmning tabiiy issiqlik ajratishi. ⚠️ Ammo quyidagi belgilar bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling: ✅ Vazn yaxshi qo‘shmayotgan bo‘lsa. ✅ Bola tez charchasa yoki emishni yomonlashtirsa. ✅ Harorati yoki yo‘tali bo‘lsa. ✅ Terlash juda kuchli va deyarli har kuni kuzatilsa. ✅ Raxitga xos belgilar (liqildoqning kech yopilishi, suyaklarda o‘zgarishlar va boshqalar) aniqlansa. 💊 Har doim ham uyqudagi terlash D vitamini yetishmovchiligi (raxit) degani emas. Faqat terlashga qarab D vitamini yoki boshqa dori berish tavsiya etilmaydi. 👶 Nima qilish kerak? • Xona haroratini 20–22°C atrofida saqlang. • Bolaga yengil paxtali kiyim kiydiring. • Qalin adyoldan foydalanmang. • Agar terlash boshqa shikoyatlar bilan birga kuzatilsa, pediatr ko‘rigidan o‘ting. ❤️ Esda tuting: Uyqudagi terlashning o‘zi ko‘pincha xavfli emas, ammo boshqa belgilar bilan birga bo‘lsa, tekshiruv zarur. 👉 @anvar_pediatr

  • 9 июл.3 2091125

    🦷 Bolalarda tish chiqishi kechikishi 👶 Odatda birinchi tishlar 6–8 oylikda chiqadi, ba’zi bolalarda bu jarayon 10–12 oygacha choʻzilishi mumkin — bu ham norma hisoblanadi. ⏳ Qachon “kechikish” deyiladi? ◾️ 1 yoshga kelib birorta ham tish chiqmasa ◾️ 1,5 yoshda atigi 1–2 ta tish bo‘lsa 📌 Sabablari: ▪️ Irsiy omil (ota-onada ham kech chiqqan bo‘lsa) ▪️ D vitamini yetishmovchiligi (raxit) ▪️ Kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishi ▪️ Gipotireoz ▪️ Surunkali kasalliklar yoki ovqatlanish yetishmovchiligi 🔍 Nima qilish kerak? ✅ Pediatr ko‘rigi ✅ Zarurat bo‘lsa: D vitamini, Ca, P tekshiruvi ✅ Ovqatlanishni to‘g‘rilash ⚠️ Eslatma: Agar bola yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa va umumiy holati yaxshi bo‘lsa, ko‘pincha bu individual xususiyat bo‘ladi. 👨‍⚕️ Har bir bola — individual. Vahimaga berilmang, lekin nazoratni ham qo‘ldan boy bermang. 👉 @anvar_pediatr Sog‘lom bola — baxtli oila ❤️

  • 5 июл.3 309128

    🌸Bolalarda soʻlak ajralishi qanchalik muhim va nimalarga eʼtibor berish kerak. Chaqaloqlarda soʻlak ajralishi (tibbiy tilida "salivatsiya") tabiiy jarayon bo‘lib, bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Bu jarayon bolaning rivojlanishi bilan bog‘liq va odatda normal holat hisoblanadi. Quyida chaqaloqlarda soʻlak ajralishi haqida asosiy ma’lumotlarni keltiraman: 1. Norma sifatida soʻlak ajralishi –3-6 oy oralig‘ida boshlangan kuchayish: Chaqaloqlarda soʻlakning ko‘proq ajralishi taxminan 3-6 oy oralig‘ida boshlanadi. Bu vaqtda chaqaloqning og‘iz, milk va ovqat hazm qilish tizimi rivojlanadi. –Tish chiqishi: Bu davrda soʻlak ajralishining kuchayishi tishlarning chiqishiga tayyorgarlik belgisi bo‘lishi mumkin. Milklarning qichishishi yoki shishishi sababli bola ko‘proq soʻlak chiqaradi. 2. Soʻlak ajralishining ahamiyati –Gigiyena va himoya: Soʻlak og‘izni namlash va bakteriyalarni yuvishda yordam beradi, shuningdek, infeksiyalardan himoya qiladi. –Ovqat hazm qilishga tayyorgarlik: Soʻlak tarkibida hazm qilish jarayonini boshlovchi fermentlar mavjud. –Tishlarning chiqishini yengillashtirish: Soʻlak milklarni namlab, bolaning bezovtaligini kamaytiradi. 3. Soʻlak ajralishi bilan bog‘liq muammolar –Agar bola haddan tashqari ko‘p soʻlak chiqarayotgan bo‘lsa va bu og‘iz atrofida terining qizarishi, toshmalar yoki iritatsiyaga sabab bo‘lsa, chaqaloqning terisini namlovchi krem yoki maxsus vositalar bilan parvarish qilish kerak. –Juda ko‘p soʻlak ajralishi, qattiq bezovtalik yoki og‘iz ichida yara paydo bo‘lishi infeksiyaga ishora qilishi mumkin. Bunday holatda shifokorga murojaat qilish kerak. 4. Qachon shifokorga murojaat qilish kerak? –Agar bola nafas olishda qiyinchilik sezsa. –Agar soʻlak ajralishi bilan birga isitma, qusish yoki boshqa alomatlar kuzatilsa. –Bola odatdagidan ancha bezovta bo‘lib, ovqatlanishni rad etsa. ❗️Soʻlak ajralishi ko‘pincha oddiy holat bo‘lib, bolaning sog‘lom rivojlanishiga ishora qiladi. Agar biror shubha yoki xavotir bo‘lsa, pediatr bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. 👉 @anvar_pediatr

  • 2 июл.3 574822

    🌸Bolalarda rotavirusli gastroenterit belgilari 📌Qusish. Qusuq massasi boshida ko‘p  ovqat aralashgan bo‘ladi, keyin shilliq aralashgan suvli ko‘rinishda to‘xtaydi. 📌Qorinda og‘riq. Og‘riq epigastral soha yoki kindik atrofida, odatda doimiy, lekin siquvchi kuchli og‘riq ham bo‘ladi. 📌Ich ketishi. Ich ketishlar soni sutkasiga 5-15 martagacha bo‘lishi mumkin. Stul holati ko‘p, suvli, sariq yoki sarg‘ish-yashil rangda, ko‘pikli va o‘tkir hidli bo‘ladi. 📌Isitma. Tana harorati 37,5-38 °C gacha, ba'zan 39 °C gacha ko‘tariladi. 📌Tomoqda qizarish. Yumshoq tanglay va halqumning yuqori qismida qizarish va shish paydo bo‘ladi. 📌Umumiy holsizlik. Intoksikatsiya va suvsizlanish hisobiga yuzaga keladi. 📌Bosh og‘rig‘i. Intoksikatsiya hisobiga yuzaga keladi. 👉 @anvar_pediatr

  • 26 июн.4 5951016

    👶 Chaqaloqda nafas olayotganda xirrilash — sabablari nima? Ko‘pchilik ota-onalar chaqalog‘i nafas olayotganda “xirrilash” yoki shovqin eshitib xavotirga tushadi. Bu har doim ham xavfli emas, lekin sababini bilish muhim. 🔍 Asosiy sabablari: 1️⃣ Tor nafas yo‘llari (fiziologik holat) — Yangi tug‘ilganlarda burun yo‘llari juda tor bo‘ladi — Shuning uchun eng kichik shilliq ham xirillash beradi 2️⃣ Burun bitishi (rinit) — Sovuq tegishi yoki allergiya — Shilliq yig‘ilishi tufayli nafas shovqinli bo‘ladi 3️⃣ Laringomalatsiya — Hiqildoq tog‘aylari yumshoqligi — Nafas olayotganda “xirillagan” ovoz chiqadi — Odatda 1 yoshgacha o‘zi yo‘qoladi 4️⃣ Bronxiolit yoki infeksiya — Virusli kasalliklar — Xirillash + tez nafas + isitma bo‘lishi mumkin 5️⃣ Begona jism tushishi (kam hollarda) — To‘satdan boshlanadi — Juda xavfli holat ⚠️ 🚨 Qachon shifokorga murojaat qilish kerak? ❗ Nafas tezlashsa ❗ Ko‘krak qafasi tortilib nafas olsa ❗ Lablar ko‘karsa ❗ Bola emmay qo‘ysa yoki holsizlansa 💡 Uyda nima qilish mumkin? ✔ Burunni fiziologik eritma bilan tozalash ✔ Xonani namlantirish ✔ Bolani yotqizishda boshini biroz balandroq qilish 📌 Xulosa: Chaqaloqlarda xirillash ko‘pincha oddiy sabablar bilan bog‘liq, ammo og‘ir belgilar bo‘lsa, vaqtni boy bermang! 👉 @anvar_pediatr

  • 19 июн.5 347820

    📌 Болалар нега кўп терлайди? Нормал ҳолатми ёки касаллик белгисими? Болалар ва чақалоқларнинг кўп терлаши ҳар доим ҳам касаллик аломати эмас. Аксарият ҳолларда бу табиий ҳолат бўлиб, уларнинг танаси ҳали иссиқлик алмашинуви жараёнини тўлиқ бошқара олмагани билан боғлиқ. 👶 Чақалоқларда кўп терлаш сабаблари 🔹 Туғма терморегуляция тизими етилаётган бўлиши 🍼 Онасини эмаётганда ёки шиша (бутулка) орқали сут ичаётганда ортиқча куч сарфлаши 🌡 Иссиқ хонада ёки қалин кийимда бўлиши Агар бола ҳаддан ташқари кўп терласа ва қўшимча аломатлар кузатилса, бу қуйидаги касалликларнинг белгиси бўлиши мумкин: ❗️ Рахит (D витамини етишмовчилиги) – Бундай ҳолатда қон таҳлили орқали D витамини миқдори аниқланиб, керакли даволаш тавсия этилади. ⚠️ Эндокрин касалликлар – Қандли диабет, қалқонсимон без муаммолари. ❤️ Юрак-қон томир касалликлари – Юрак етишмовчилиги ва қон айланиш бузилишлари. 👉 @anvar_pediatr