tgindex
Arabic | عَرَبِيٌ 🇸🇦

Arabic | عَرَبِيٌ 🇸🇦

Статистика

اسلام عليكم ورحمةالله وبركاته https://instagram.com/arab_tili_lugatlar @nurllaev @ansor_axi

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
45
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
506
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
163
40 постов
Вовлечённость
32,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 45
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
83
1/48двое суток
95
1/72трое суток
102

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🌿 Qalamdan bir nafas 🌿 Qiyomat kuni inson o‘zidan ko‘ra vaqti torroq ⏳, mol-dunyosi kamroq 💰, sharoiti og‘irroq, qalbi g‘amga to‘laroq 💔, ishlari ko‘proq 📚, sinovlari og‘irroq 🥺 va mas’uliyati kattaroq bo‘lgan insonlarni ko‘radi. Ammo ular Allohning Kitobini 📖 o‘zlarining eng muhim mashg‘ulotlariga aylantirdilar, Allohning roziligini 🤲 o‘zlarining eng buyuk maqsadi qildilar va Alloh bilan uchrashuv kunini 🌸 ko‘z oldilariga qo‘ydilar. Shuning uchun ular Qur’onga yuzlandilar: 📖 ✨ uni yod oldilar, ✨ tilovat qildilar, ✨ tafakkur qildilar, ✨ va unga amal qildilar. Natijada ular «Tag‘obun» kuni 🕊️ najot topdilar, dahshat kunida omon bo‘ldilar 🤲 va afsus-nadomat ko‘z yoshlari 😢 oqadigan kunda sharaf va karam tojlarini 👑 kiydilar. Bas, hech kim Qur’ondan uzoqligi 📖 va Rahmonning dasturxonidan uzilib qolganini taqdirni bahona qilib oqlamasin. 🌿 Chunki hamma inson sinovdadir. Ammo kimdir chin dildan harakat qildi 💪✨ va oldinga intildi, kimdir esa bahonalar bilan ortda qoldi. 📖 Qur’onni kechiktirmang... Bugun boshlang. 🤍

  • U kichkina paytida ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan edi. Onasi esa har kecha Allohga 🤲 duo qilib, o‘g‘lining ko‘z nuri qaytishini so‘rar edi. Bir kuni u tushida Ibrohim alayhissalomni ko‘rdi. U zot unga dedilar: "Sen osmon farishtalarini duolaring bilan tashvishga solding. Tur, Alloh o‘g‘lingning ko‘z nurini qaytardi." Onasi uyg‘onib, o‘g‘lini uyg‘otdi. U ko‘zi ochilgan holda turdi. Shundan so‘ng onasi uni ilm yo‘liga bag‘ishladi. Ana shu bola keyinchalik buyuk imom — Imom Buxoriy ❤️ bo‘ldi.

  • 🌿 Juma kechasi 🌿 Alloh taolo Payg'ambarimiz Muhammad ﷺ ga salovot va salomlar yog'dirsin. Ushbu muborak juma kechasida Payg'ambarimiz ﷺ ga ko‘p salovot ayting. Bu eng afzal ibodatlardan biridir. Allohumma solli va sallim va barik ‘ala nabiyyina Muhammad ﷺ. 🤍

  • Qur'onni sevgan inson u uchun vaqtini tartibga soladi. 🤍 Qur'on ahllari, ishlari qanchalik ko'p bo'lmasin, Qur'on bilan birga bo'lish uchun albatta vaqt topadilar. Chunki Allohning Kalomiga yaqinlik ne'mati dunyo tashvishlarining mashaqqatini unuttiradi. Kim har kuni Qur'ondan o'z virdini tark etmasa, uning qalbi asta-sekin dunyo ziynatlariga bog'lanishdan poklanadi, iymoni kundan-kunga mustahkamlanadi va Allohning izni bilan dunyo fitnalari undan uzoqlashadi. Shuning uchun, oz bo'lsa ham, Qur'ondan kundalik virdingizni tark etmang. Chunki Alloh taologa eng sevimli amal — oz bo'lsa ham, doimiy davom ettiriladigan amaldir. ﴿Albatta, bu Qur'on eng to'g'ri yo'lga hidoyat qiladi.﴾ (Isro surasi, 9-oyat)

  • Kim nimaga intilayotganining qadrini bilsa, unga erishish yo'lidagi mashaqqat va qiyinchiliklar unga yengil tuyuladi. Qur'onni yod olish bir kecha yoki bir kunda amalga oshmaydi. Buning uchun uzoq vaqt Qur'on bilan hamroh bo'lish, ko'p takrorlash, ustozga muntazam o'qib berish, namozlarda tilovat qilish va har qanday holatda ham uni o'qishni davom ettirish zarur. Ana shunda Qur'on qalbda mustahkam o'rnashadi.

  • Allohdan keyin insonning irodasini Qur'ondek mustahkamlaydigan, qalb dardiga Qur'ondek shifo beradigan, chuqur yaralarni Qur'ondek bitiradigan hech narsa yo‘q. Go‘yo u yog‘ishga shay turgan og‘ir bulut kabidir: yog‘adi, qalblarga quvonch baxsh etadi, foyda keltiradi va barakasi qoladi. ﴿Mo‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan narsani Qur'ondan nozil qilamiz.﴾ Qur'onni har kuni o‘qing — u sizning jonu taningizdir. 🫂💪

  • Bir kishi shunday dedi: "Men Qur'onni deyarli tushunmas edim. Uni yod olishda ko‘p qiyinchilik va to‘siqlarga duch kelardim. Shunda ustozim menga har bir sajdada ushbu uchta duoni doimiy aytishni tavsiya qildi: - Allohim, meni Qur'on bilan manfaatlantirgin. - Allohim, meni Qur'on bilan yuksaltirgin. - Allohim, menga Qur'onni o‘rgatgin. Shundan so‘ng Alloh menga ulkan fath ato etdi. Menga Qur'onni yod olish, uni mukammal o‘zlashtirish va boshqalarga o‘rgatish nasib etdi."

  • Qachon Qur'onga bo‘lgan himmatingiz susaysa, jannatlardagi yuksak darajalarni eslang. Zero, Quron sohibiga Qiyomat kuni: «O‘qi va ko‘taril! Dunyoda qanday tartil bilan o‘qigan bo‘lsang, shunday o‘qi. Sening martabang o‘qigan oxirgi oyating huzuridadir», deyiladi. Bir o‘ylab ko‘ring! Fotiha surasidan tortib, Nos surasigacha Qur'onni to‘liq o‘qigan kishining darajasi naqadar ulug‘ bo‘ladi! Qur'on shunchaki tilovat emas, balki Alloh uchun ixlos bilan o‘qib, unga amal qilgan kishini Allohning izni bilan Firdavsul A'loga eltuvchi yo‘ldir. 💚

  • 🌦️ Rasululloh ﷺ dedilar: «Kim bir kecha-kunduzda "Subhanallohi va bihamdihi"ni 100 marta aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham kechiriladi.» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) 🌿 Bugun "Subhanallohi va bihamdihi"ni 100 marta aytdingizmi? Bu ulug‘ zikrni unutmang va uni yaqinlaringizga ham eslating. Alloh barchamizning gunohlarimizni mag‘firat qilsin.

  • без подписи

  • Qur'on ahli uchun ta'til — katta ne'mat! "Ta'tildan yodlangan, ammo unutila boshlagan suralarni mustahkamlash, yodlanganlarni mukammal qilish, yangi suralarni yod olish, tajvid matnlarini o‘rganish hamda chiroyli, to‘g‘ri va tartibli tilovat bilan tilni to‘g‘rilash uchun foydalaning. Allohdan yordam so‘rang va sustkashlik qilmang. Axir barchamiz Qur'on yo‘lida mehnat qilayotgan mujohidlarmiz. Allohdan sizlarga fath va muvaffaqiyat berishini hamda Qur'on ahli safidan ayirmasligini so‘rang."

  • 🌸 Ayollar uchun bepul qiroatni toʻgʻrilash darslari! 🌸 Inshaalloh, birinchi bepul darsimiz kelasi juma kuni ushbu havola orqali bo‘lib o‘tadi. https://t.me/+2cASmiXO3TtmYTc0 Aziz opa-singillar, do‘stlaringizni ham taklif qiling va havolani ulashing. Sizlarni intiqlik bilan kutamiz! 🤍📖

  • 🌿 Soʻzi goʻzal kishining qadri baland boʻladi. Moʻmin muloyim va yumshoq muomalali boʻladi. U eng chiroyli soʻzlarni va eng latif iboralarni tanlaydi. Hech kimni ranjitmaydi, aybini qidirmaydi va masxara qilmaydi. Shunday goʻzal xulqi sababli ulkan ajr va buyuk fazilatga erishadi. Rasululloh ﷺ dedilar: «Albatta, moʻmin chiroyli xulqi bilan roʻza tutib, kechalarni ibodat bilan oʻtkazadigan kishining darajasiga yetadi.» Allohim, xulqlarimizni goʻzal qilgin. 🤍

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🍃 Niyatingizni toʻgʻrilashni unutmang. Bir amal bir xil boʻlishi mumkin, ammo uning Alloh huzuridagi darajasi niyatlarga qarab farq qiladi. Shuning uchun kuningizdagi eng oddiy ishlaringizda ham niyatingizni Alloh uchun xolis qiling. Zero, solih niyat bilan odatiy ishlar ham ibodatga aylanadi, va Alloh ozgina amalga ham baraka berib, uning ajrini ulugʻ qiladi. 🤝

  • Rivoyat qilinishicha, salafi solihlardan ba'zilari shunday deganlar: "Har safar biror narsani xohlasang, darrov sotib olaverasanmi?! Inson uchun ko‘ngli tusagan har bir narsani yeyishi (yoki olishi)ning o‘zi isrof sifatida kifoyadir."

  • Qur'on o‘qish haqida nasihat Har kuni Qur'ondan oz bo‘lsa ham muntazam o‘qing. Chunki oz bo‘lsa-da, doimiy amal Alloh taologa eng sevimli amaldir. Qur'onni faqat til bilan emas, qalb bilan ham o‘qing. Uning ma'nolarini tafakkur qiling va hayotingizda amal qiling. Chunki Qur'onning maqsadi faqat ko‘p o‘qish emas, balki hidoyat topish va unga amal qilishdir. Alloh taolo aytadi: «Ular Qur'on haqida tafakkur qilmaydilarmi?» Rasululloh ﷺ dedilar: «Qur'onni o‘qinglar. Albatta, u Qiyomat kuni o‘z egalariga shafoatchi bo‘lib keladi.» Har kuni Qur'on bilan uchrashadigan vaqtingiz bo‘lsin. Albatta, Qur'on bu dunyoda nur, qabrda hamroh va Qiyomat kuni Allohning izni bilan shafoatchidir. Allohim, Qur'onni qalblarimiz bahori, ko‘ksimiz nuri, g‘amlarimizni ketkazuvchi va tashvishlarimizni yengillashtiruvchi qilgin. Omin.