tgindex
Arxeologiya👨‍🏫👩‍🏫

Arxeologiya👨‍🏫👩‍🏫

Статистика
@arxeologiya_comузбекский

Ushbu kanalda arxeologiyaga doir tadqiqotlar, kitoblar, maqolalar, arxeologlar hayotiga oid ma'lumotlar berib boriladi. ©Khomidov Khabib

Последний пост
15 июн. 2025 г.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
502
−1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
785
20 постов
Вовлечённость
156,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Yagʻlovtepa — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: IV—VIII asrlar . Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Xoʻja Yakshanba“ MFY, Yagʻlov qishlogʻi . Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan. 👉🏻 Археология

  • #XOTIRA 1-may arxeolog olim, akademik Yahyo Gʻulomov tavallud topgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, arxeologiya va tarixshunoslik sohalarida beqiyos xizmatlar ko‘rsatgan taniqli oʻzbek olim Gʻulomov Yahyo Gʻulomovich 1908-yil 1-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. ▶️ U Oʻrta Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston hududidagi qadimgi irrigatsiya tizimlari va shahar madaniyati bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borgan. Gʻulomov Sovet davrida arxeologiyaning ilmiy metodlarini Oʻzbekistonda joriy qilgan birinchi avlod vakillaridan biri hisoblanadi. ✏️ Yahyo Gʻulomov tomonidan yozilgan yuzdan ortiq ilmiy maqolalar va bir nechta fundamental monografiyalar Oʻzbekiston arxeologiya maktabining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Uning ilmiy ishlari orqali qadimgi vohalardagi hayot, qishloq xo‘jaligi va texnologik taraqqiyot bosqichlari yoritilgan. Gʻulomovning tadqiqotlari Oʻzbekistonda irrigatsiya arxeologiyasi fanining shakllanishiga asos bo‘lgan. ✔️ Yahyo Gʻulomovning ilmiy faoliyati asosan qadimgi sugʻorish tizimlari (irrigatsiya) tarixi va texnologiyasini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, u bu sohada Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib tizimli tadqiqotlar olib borgan. Shuningdek, u qadimgi va oʻrta asr shaharshunosligi, xususan Oʻrta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonlari, arxeologik manzillar va infratuzilmalar – kanallar, ariqlar hamda qishloq xo‘jalik tizimlarini chuqur tahlil qilgan. Tarixiy geografiya va madaniy landshaftlar ham uning asosiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan. Y.Gʻulomov O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Arxeologiya bo‘limida uzoq yillar ilmiy rahbarlik qilgan va “Oʻrta Osiyo qadimiy sugʻorish tizimlari” bo‘yicha yetakchi ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan. U qadimgi Buxoro, Samarqand, Xorazm, Surxon vohasi va boshqa mintaqalarda arxeologik tadqiqotlar olib borib, ilk bor ilmiy asosda qadimgi Amudaryo deltasi va uning sugʻorish tarmoqlarini tizimli o‘rgangan. Shuningdek, u o‘zbek tilida yozilgan ilk tarixiy-geografik asarlarning muallifi bo‘lib, ularning aksariyati irrigatsiya arxeologiyasiga bag‘ishlangan. Olim qoldirgan bebaho ma’naviy meros asrlar davomida o’z qiymatini yo’qotmaydi va kelajak avlodga dasturulamal bo’lib xizmat qiladi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram

  • Zamonbobo yodgorligi tarixi 👉 Археология

  • Misrda yirik shahar harobalari topildi. Ular 18-sulola davriga mansub. 👉 Археология

  • 👉 Археология

  • Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng qadimiy va boy tarixga ega hududlaridan biri bo‘lib, bu yerda topilgan arxeologik topilmalar mintaqaning o‘tmishdagi muhim madaniy va ijtimoiy hayotini yoritadi. Quyida Surxondaryo viloyatida topilgan eng mashhur va ahamiyatli topilmalardan ba’zilari haqida ma’lumot beramiz: Dunyodagi eng qadimiy shaxmat donalari 📍Joylashuvi: Dalvarzintepa shahri xarobalari.Davr: Milodiy I-II asrlar. 🔍 Topilma: Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari. 📝 Ahamiyati: Bu topilma shaxmat o‘yinining kelib chiqish tarixini o‘rganishda muhim hisoblanadi va Surxondaryoda yuksak madaniyat mavjudligini ko‘rsatadi. 👉 Археология

  • O’ZBEKISTON ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR – Samarqand Arxeologiya Instituti https://www.arxeologiya.uz/ozbekiston-arxeologik-tadqiqotlar/

  • Arxivlar | Oʻzbekiston arxeologiyasi https://archeouz.com/index.php/journal/issue/archive

  • 4 февр. 2025 г.87433из buxdurektori

    ☄️🇺🇿🇲🇾EKSKLYUZIV LAVHA: BuxDU rektori Obidjon Xamidov forumda ingliz tilida "Tendencies and prospects of green economy development in Uzbekistan" mavzusida taqdimot qildi. O'z nutqida Obidjon Xamidov O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari haqida so‘z yuritadi. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, energiya samaradorligini oshirish hamda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish mamlakatning barqaror rivojlanish yo‘lidagi asosiy maqsadlaridan biridir. Xalqaro investitsiyalar jalb qilinishi va atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati orqali O‘zbekiston yashil iqtisodiyot tamoyillarini faol tatbiq etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting: 🌐 Telegram 🌐 Facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • 🧠 ijtimoiy tarmoq bilan toʻldirmaylik!!! 👉 Археология

  • без подписи

  • 9 янв. 2025 г.78971из madaniy_meros_uz

    Buxoro “The New York Times” gazetasiga ko‘ra 2025-yilda tashrif buyurishga arzigulik sayohat manzillari ro‘yxatidan o‘rin oldi Dunyoning eng nufuzli nashrlaridan biri AQSHning “The New York Times” gazetasi 2025-yilda tashrif buyurishga arziydigan 52 ta joylar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan Buxoroning tarixiy markazi 22-o‘rinni egalladi. Buxoro MDH davlatlari orasida yagona diqqatga molik, Osiyoda 9 ta shahar orasida munosib deb topilib, qolgan e’tiborga sazovor maskanlar Yevropa, Afrika, Janubiy va Lotin Amerikasi qit’asi shaharlari orasida taqsimlangan. Shuningdek, YUNESKOning Butunjahon merosi obyekti sifatida eʼtirof etilgan Buxoro o‘zining boy tarixi, hunarmand va shoirlari bilan dunyoga mashhur. Tadbir mehmonlari uchun qayta ta’mirlangan karvonsaroy uslubidagi mehmonxonalar, madrasalar va ko‘p asrlik islom me’morchiligi durdonalari katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda. 🌐 Batafsil ✅ Telegram ✅ Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Veb-sayt

  • без подписи

  • Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz aʼzolari!!!! Kirib kelayotgan yangi 2025 yil hammaga omad, baxt, quvonch, baraka olib kelsin!!!! Yangi yilingiz muborak boʻlsin🌲

  • Paleolit davri haqida qisqacha maʼlumot. https://telegra.ph/Paleolit-11-03 👉 археология

  • HISOR MADANIYATI HAQIDA QISQACHA HISOR MADANIYATI — mil. av. 6-3-ming yilliklarga oid neolit davri arxeologik majmuasi. Asosiy yodgorliklari Tojikistonning Yovonsu, Vaxsh, Qizilsuv, Kofarnihon daryolari havzalarida qayd etilgan. Hisor madaniyatini 1948-y. A. P. Okladnikov kashf etgan; asosiy yodgorliklari Tutkovul, Sayyod, Qozi Berdi va b. Bu madaniyat davriy jihatdan O‘zbekistondagi Kal-taminor va Turkmanistondagi Joytun arxeologik madaniyatlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Topilmalari tosh va suyakdan yasalgan qurollar, qar xil maishiy o‘choqlardan iborat. Tosh qurollar yasashda ohaktosh, kvarsit, serpantin, yashma kabi materiallardan foydalanilgan. Hozirgacha Hisor madaniyati yodgorliklarida sopol buyum namunalarini uchramasligi tadqiqotchilar uchun yechilmagan muammo bo‘lib qolmoqda. Holbuki, Kaltaminor madaniyati davrida — O‘rta Osiyoda sopol idish tayyorlangani maʼlum edi. Hisor madaniyati sohiblarini xo‘jalik jihatdan en-digina o‘troqlashayotgan ovchilar, terimchilik bilan tirikchilik qiluvchilar tashkil etardi deb hisoblash mumkin. Dehqonchilikning ilk belgilari faqat Hisor madaniyatining so‘nggi davrida paydo bo‘lgan. 👉 Археология

  • Buyuk ibodatxona haqida asosiy ma'lumotlar: Qurilishi va maqsadi: Buyuk ibodatxona miloddan avvalgi 1-2-asrlarda qurilgan. U Nabateylar tomonidan diniy va siyosiy maqsadlar uchun ishlatilgan. Ibodatxona ko'plab izlanishlar va qazishmalar natijasida o'rganilgan bo'lib, u o'zining diniy va ijtimoiy roli bilan ahamiyatga ega edi. Ibodatxonada, ehtimol, Nabateylarning asosiy xudosi Dusharaga ibodat qilinardi. Bu xudo Petra va uning atrofidagi hududlarda yashagan odamlar uchun juda muhim bo'lgan. Arxitekturasi: Ibodatxona yirik va noyob arxitektura bilan ajralib turadi. U Petra shahri markazidan biroz chekkada, shaharning boshqa yodgorliklaridan ajralib turadi. Ibodatxonaning asosiy qurilishi to'liq granit va qum toshlaridan foydalanilgan. Ikkita katta zinapoya orqali ibodatxona joylashgan maydonga kiriladi. Maydonda bir nechta halqa shaklidagi balkonlar, katta o'ymakorlik ishlari, taxtalar va xudolarni ifodalovchi haykallar mavjud. Ibodatxona 1400 kvadrat metrdan ortiq maydonga ega va u Nabateylar davrining yirik inshootlaridan biri hisoblanadi. Buyuk ibodatxona, avvalo, diniy marosimlar va xudolarga ibodat qilish uchun ishlatilgan. Bu yerda Nabateylarning asosiy diniy marosimlari o‘tkazilgan va katta yig‘ilishlar tashkil etilgan. Tadqiqotchilar, shuningdek, ibodatxona joylashuvi va strukturasidan shuni taxmin qilishadi-ki, bu joy siyosiy va ijtimoiy vazifalarni ham bajarish uchun ishlatilgan. Shuningdek, ibodatxonada diniy rituallar, bayramlar va marosimlar tashkil etilgan. Qazishmalar va o'rganishlar: Ibodatxona Petra shahri bilan birga o‘rganilib, uning tarixiy ahamiyati tasdiqlangan. Arxeologlar bu yerdagi qazishmalarni davom ettirgan va ko'plab qadimiy topilmalar, jumladan haykallar, tosh o'yma ishlari, ashyolar va diniy izlar kashf etilgan. Bugungi kunda Buyuk ibodatxona Petra shahrining eng mashhur va ko'rsatilgan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Petra va uning yodgorliklari 1985 yilda UNESCO ning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. Bu tarixiy joyda qadimiy Nabateylar madaniyatini, arxitekturasini va diniy hayotini o'rganish uchun ajoyib imkoniyatlar mavjud. Buyuk ibodatxona bu yerda yashagan xalqlarning ruhiy va ijtimoiy hayotining muhim bir qismi sifatida qadrlanadi. 👉 археология

  • Petra — Iordaniyaning janubida joylashgan qadimiy shahar bo'lib, uning eng mashhur yodgorliklaridan biri Buyuk ibodatxonadir (Great Temple). Petra miloddan avvalgi 2-asrda Nabateylar davrida qurilgan va bu shahar Nabateylar imperiyasining markazlaridan biri bo'lgan. Buyuk ibodatxona, Petra shahri markaziga yaqin joylashgan va uning eng katta diniy va madaniy inshootlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ibodatxonani qurulishi va maqsadi haqida oʻqishni istasangiz, davomi qiziq boʻlsa reaksiya bildiring! 👉 археология