Asadbek Umaraliyev
СтатистикаMagistrant Respublika “Jasorat maktablari” tashabbuskori NamDU | 2021–2025 “O‘zbekiston belgisi” (2024) “Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi” Respublika bosqichi g‘olibi O’zbekiston yoshlar yetakchilarini qo’llab quvvatlash markazi
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 13
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 139
- 1/48двое суток
- 159
- 1/72трое суток
- 171
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ba’zan qo‘llab-quvvatlashga, borini qadrlashga va insonni tushunishga kech qolamiz… Bugun Superligamizdagi “Bunyodkor” va “Navbahor” o‘yinini kuzatdim. O‘yin davomida emotsiyaga berilgan holda “Bunyodkor”ga nisbatan og‘ir, haqoratli gaplar ham aytildi. “Navbahor” g‘alaba qozondi. O‘yin yakunida esa “Bunyodkor” muxlislari maydonning biz turgan burchagiga kelishdi. Ularga qarab, bugun “Bunyodkor” qanday og‘ir kunlarni boshidan kechirayotganini yana bir bor his qildim. Klubning butkul yopilib ketish ehtimoli bor bir paytda ham yosh yigitlar maydonda bor kuchini berib, jang qilishdi. Shunda “Navbahor” muxlislari bir ovozdan mag‘lub jamoa nomini — “BUNYODKOR!” deb hayqira boshlashdi. Ha, do‘stlar… 90 daqiqalik futbol tugadi. Emotsiyalar bosildi. Haqoratlar ham, g‘azab ham ortda qoldi. Hamma bir-birini tushundi, kechirim so‘radi. Lekin ba’zi narsalar uchun endi kech edi… Hayotimiz ham shunday. Ko‘pincha inson borligida uni qadrlamaymiz. Yonimizda turganida mehr ko‘rsatmaymiz. Qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lganida sukut saqlaymiz. Emotsiyaga berilib, keyin qaytarib bo‘lmaydigan so‘zlarni aytib qo‘yamiz. Ammo hammasi tugagach, hamma yaxshi insonga aylanadi. “U yaxshi edi…” “Qadriga yetmadik…” “Qo‘llab-quvvatlashimiz kerak edi…” Lekin afsuski, ba’zida hayot ham futbol kabi. 90 daqiqa tugaydi. Faqat futboldan farqi — hayotda qo‘shimcha vaqt berilmasligi mumkin. Shuning uchun insonlarni borligida qadrlaylik. Qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lsa — bugun qo‘llab-quvvatlaylik. Yaxshi gap aytish kerak bo‘lsa — bugun aytaylik. Chunki ba’zi “kech”lardan keyin endi “bugun” bo‘lmaydi…
Qachon bunchalik o‘zgarib qoldim? Qachon ulg‘aydim? Vaqt o‘tganini kalendardan emas, o‘zimizdagi o‘zgarishlardan sezarkanmiz. Bir paytlar bizga katta tuyulgan narsalar bugun oddiy, kecha qo‘rqitgan mas’uliyatlar esa bugun hayotimizning bir qismiga aylanibdi. Eng qizig‘i, ulg‘ayganimizni hech kim kelib aytmaydi. Bir kuni ortga qarab, shunchaki: «Men qachon bunchalik ulg‘ayib qoldim?» deb qolarkanmiz…
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“1 oy – 4 mahalla” tajriba loyihasi bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi Namangan shahridagi Yoshlar markazida “1 oy – 4 mahalla” tajriba loyihasini hududlarda samarali tashkil etish, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisherbek Akbarov, viloyat koordinatori Asadbek Umaraliyev hamda loyihaga mas’ul mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. O‘quv-seminar davomida loyihani amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, mahallalarda ishlarni yagona tartib asosida tashkil etish, yoshlar bilan manzilli ishlash, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, monitoring va baholash mezonlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mas’ul mahalla yoshlar yetakchilarining vazifalari, ishlarni rejalashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi. Seminar yakunida “1 oy – 4 mahalla” tajriba loyihasini har bir hududda samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuvlarni qo‘llash va natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bizning sahifalarimiz: ✅Telegram | ✅Instagram | ✅Facebook
✊“Yetakchi Camp” — salohiyat, tajriba va yangi imkoniyatlar maydoni 📊Mavsum yakunlari, erishilgan natijalar hamda hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi infografikada tanishing. ⚫️Loyiha doirasida yoshlar yetakchilarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, liderlik salohiyatini oshirish, tajriba almashish hamda kasbiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. ⚫️Kelgusida “Yetakchi Camp”ning 11 ta mavsumini tashkil etish va jami 1100 nafar yoshlar yetakchisini qamrab olish rejalashtirilgan. ✅ Telegram | ✅ Instagram | ✅ Youtube | ✅ Facebook |✅ X
So‘nggi kunlarda juda ko‘plab hududlarda bo‘ldik. Tunu kun mas’uliyatni ikki hissa oshirib, bir maqsad yo‘lida mehnat qildik. Endi esa biroz nafas rostlab, yangi energiya olish, fikr almashish va kelgusi rejalarni muhokama qilish uchun jamoamiz bilan qisqa dam olishga yo‘l oldik. Inshaalloh, yangi haftadan yana katta ishtiyoq bilan ishga qaytamiz. Oldinda viloyatimizdagi barcha yoshlar liderlari bilan uchrashuvlar va yangi vazifalar kutmoqda. Yangi kuch, yangi g‘oyalar va yangi natijalar sari! 🤝🇺🇿
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи