Bazar blog
СтатистикаO'qib o'rganmaganingizni, urib o'rgatadigan kanal! Murojaat uchun: @javohir_yaxshilikovich Kanal ukasi: @toshkentlikmasman Instagram: https://www.instagram.com/vibora_pr_agency?igsh=MWR3a3U0aWZpdzNkaw==
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 80
- 1/48двое суток
- 91
- 1/72трое суток
- 98
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O'z potensialingizni bilasizmi? Marketing sohasida ishlaydigan har bir inson — marketolog ham, unga bo'ysunuvchi xodim ham — bitta narsani aniq bilishi shart: o'zining haqiqiy ishlash quvvati qancha? Bu savol shunchaki qiziqish emas, balki butun jamoa samaradorligining asosi bo'lib xizmat qiladi. Bu komandada nechta sotsiapat, narsist va boshqalar borligidan birinchi o'rinda turadi. Nega bu muhim? Tasavvur qiling: sizda mobilograf bor. Siz undan oyiga 100 ta video so'rayapsiz, lekin uning real imkoniyati — 65-70 ta. Natijada nima bo'ladi? Sifat tushadi, muddatlar buziladi, xodim charchaydi va motivatsiyasini yo'qotadi. Yoki aksincha — grafik dizaynerdan oyiga atigi 20 ta cover so'raysiz, holbuki u 80 tagacha cover va 25-30 ta karusel tayyorlashga qodir. Bu holda kompaniya uning potensialining yarmidan ko'pini behuda sarflamay qoldiradi. Ikkala holat ham — boshqaruv xatosi. Va bu xato o'lchov yo'qligidan kelib chiqadi. Aniq me'yorlar — real misollar — Mobilograf — oyiga maksimal 65-70 ta video — Grafik dizayner — oyiga 80 tagacha cover, 25-30 ta karusel — Kontent menejer — nechta post, nechta ssenariy — SMM mutaxassis — nechta hisobot, nechta strategiya Har bir mutaxassislik uchun shunday raqamlar bo'lishi kerak. Bu raqamlar osmondan tushmaydi — ular real kuzatuv, statistika va tajriba orqali shakllanadi. 1. Self-efficacy (o'z-o'ziga ishonch nazariyasi) — Albert Bandura Inson o'z qobiliyatining chegarasini aniq bilganda, u aynan shu chegara ichida yuqori samaradorlik bilan ishlaydi. Noaniqlik — bu eng katta demotivatsiya manbai. Xodim "menimcha qila olaman" emas, "men aniq 70 ta video qila olaman" deb bilishi kerak. 2. Parkinson qonuni "Ish, unga ajratilgan vaqtni to'ldirguncha cho'ziladi." Agar me'yor belgilanmasa, xodim o'zi bilmagan holda sekinlashadi. Aniq raqam — bu tabiiy chegara va nazorat vositasi. 3. Pareto printsipi (80/20 qoidasi) Natijaning 80 foizi — sa'y-harakatning 20 foizidan keladi. Xodimning eng samarali ishlash zonasini topib, aynan o'sha zonaga urg'u berish — potensialni to'g'ri ishlatishning kaliti hisoblanadi. 4. Flow nazariyasi — Mihaly Csikszentmihalyi Inson eng yuqori mahsuldorlikka "flow" holatida — vazifa qiyinligi va uning ko'nikmasi bir-biriga mos kelganda erishadi. Juda oson topshiriq — zerikish, juda og'ir topshiriq — stress keltiradi. To'g'ri me'yor — flow holatini ta'minlaydi. 5. Ego depletion (irodaviy resurs charchashi) Inson kuni davomida cheklangan miqdordagi "irodaviy energiya"ga ega. Real bo'lmagan yuklama bu resursni tezda tugatadi, natijada sifat va ijodiy fikrlash pasayadi. Shuning uchun me'yor — nafaqat vaqt, balki mental resursni ham hisobga olishi kerak. 6. Deliberate practice (ongli mashq) — Anders Eriksson Potensial — statik narsa emas. To'g'ri qo'llab-quvvatlash va bosqichma-bosqich yuklama oshirish orqali xodimning "chegarasi" vaqt o'tishi bilan kengayadi. Ya'ni bugungi 65-70 video — ertangi 80-90 videoga aylanishi mumkin, agar jarayon to'g'ri boshqarilsa. Amalda nima qilish kerak? Har bir lavozim uchun real me'yorlarni hisoblang — so'nggi 3 oylik statistikaga tayaning, taxmin qilmang. Xodim bilan ochiq muloqot qiling — u o'zi qancha bajara olishini his qiladi, buni tinglang. Me'yorni davriy ravishda qayta ko'rib chiqing — ko'nikma oshgani sari yuklama ham o'sishi mumkin. Ortiqcha yuklamadan saqlaning — qisqa muddatli natija uchun uzoq muddatli sifat va motivatsiyani qurbon qilmang. Potensialning ishlatilmagan qismini toping — balki xodimingiz siz o'ylagandan ko'ra ko'proq narsaga qodir bo'lishi mumkin. Ps: Shunaqa qisqasi, strategiyasi vapshe udar, lekin shu narsani hisobga olmaydigan marketologlarga jo'natib qo'ying.
"Konstani eshitma"! Akam bilan oxirgi paytlar ko'p gaplashmay qo'ydik. Lekin birorta gapi bergan tarbiyasi esimdan chiqqan yo'q. Nimagaligini hali beri bilmayman, lekin esimdan chiqmaydi. Bu haqida o'zi bilmasa kerak. Qisqasi bir kun gapdan gap chiqib so'rab qoldi. "Nimaga o'zgarib qolding?" Qiziq o'zimda hech qanday o'zgarish sezmadimku. "Qara senga bir narsa aytaman, buni olasanmi yo'qmi o'zing bilasan. Sen kimni eshitasan ko'pincha, Konstani to'g'rimi? Konstani asosiy qo'shiqlari depressiya va siqilish haqida. Vaholanki sen melonholik odamsan. Sen gapni to'g'ridan to'g'ri tushunaman. Bu qo'shiq esa senga salbiy ta'sir ko'rsatadi." Sal yumshatib sharxlashga harakat qildim. Lekin shu gaplarni aytdi. Odamlar sizni nega yoqtirmaydi bilasizmi? O'ziga bo'ysindirolmagani uchun. Dushmanlar nega paydo bo'ladi, to'g'onoq bo'lganingiz uchun. Shunday ekan, ko'pchilikka yoqmayapsizmi demak to'g'ri yo'ldasiz. Inson psixologiyasi men uchun boshqa narsalardan qiziqroq tuyuladi. Tasavvuringiz uchun akademiyada "vayenni ko'rikdan o'tganimizda meni extiroslilik va hissiy darajam 3/10 chiqqan. Bu salkam robot (temir yoki jonsiz narsa) bilan teng. Aytmoqchi bo'lgan narsam siz ham robotdek qaror qabul qiling demayman. Shunchaki zaif tarafingizni doim sir tuting, kimni eshityotganingizni anglang, hech qachon qilmagan narsangizni qiling. Pul toping, do'stlar, ustozlar, shogirtlar ortiring. Siz qor parchalarini takrorlanmad shakli emas, odamsiz va kimgadir o'xshashingiz shartmas. Qasos olish uchun yoki javob qaytarish uchun vaqtingizni sarf qilmang. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Ps: Hayotda uchrashib qolsak, telegramda yaxshi odam ekansiz desangiz ruchka tiqib olaman.
Qaysi biringniki to'g'risini ayt🙄
Ha Bazar bor ediya, esimdan chiqibdi. Qisqasi bu maslahatim sizga minusga ishlashi ham mumkin. Chunki agar meni aytganimni qilsangiz, ko'pchilikka yoqmasligiz mumkin. Qizig'a? 1. Kimgadir yoqishga harakat qilmang. Chunki hammaga ham yoqa olmaysiz. Ayniqsa siz hamma gapni aytyotgan odam sizni ketizni chuqurroq ochishi mumkin. Lekin siz kimligini bilasiz oxirini nima bo'lishi qiziq sizga! 2. Hech qachon hamma ishni qilishga urinmang. Hech kim sizga bu ishingiz uchun rahmat aytmaydi. Atrofdagilar raqamlarga ishonishadi. Sizni mehnatingizga emas. 3. Zaifligingizni hech qachon ko'rsatmang. Chunki aynan o'sha sirlaringizni bilgan odamni oxir oqibat bir nima qilishga to'g'ri keladi. Sababi hamma tomoshalarni tepasida u turgani ma'lum bo'ladi. 4. Faqatgina o'zingizga berilgan topshiriqni bajaring. O'zingizni qutqaring. Ota-onangizdan tez-tez xabar oling.
Bugun Argentina Ispaniya final o'yini ekan. Men Barselonaga muxlislik qilaman Anaqisa uxlaymikana))
без подписи
Fransiya yutqazibdiku -iya😁
Fransiya yutqazibdiku -iya😁
Alifbo o'zgaribdi)
onam xaq edilar, men topgan qizdan xotin chiqmeydi.
Hayolim joyida bo'lmagan payti, shaxmatda 2 yoshar bolaga ham yutqazaman)
Kanalda hamma adminlarni chiqarib tashladim. Tavba, hech qaysi bir borini ochib post yozmaydi-ye. Bittasi kanalni menga bering, postlarni o'chirib tashlayman deydi... Hazil-hazil o'z yo'liga avvalgidek "rassilka" uslubida ishlayveramizmi yana?
без подписи
Nima uchun koʻpchilik biznes logotipga pul tikib, mijozni yoʻqotadi? O'zi bor yo'g'i~4 daqiqa ketadi boshdan oxirgacha o'qishga. Oxirigacha o'qing. Avval bir savol beray qani: Siz oxirgi marta qaysi do'kondan narsa olganingizda — logotipini ko'rib, "voy, bu brend chiroyli ekan, yana kiraman" dedingiz? Yoki narxi, joylashuvi, do'stingiz tavsiyasi, yoki shunchaki "shu yerdan olgandim, yaxshi chiqdi" deb kirdingizmi? To'g'ri javobni o'zingiz bilasiz. Izohga yozsangiz ham bo'laveradi... Brending sanoati nimani sotadi? Brending konsultantlari va dizayn studiyalari sizga bir narsa haqida aytishadi: "Brend — bu his qilish. Mijoz logotipingizni ko'rishi bilan ishonch hosil qiladi." Bu umuman olganda yolg'on emas. Lekin to'liq haqiqat ham bo'la olmaydi. Nielsen Norman Group tadqiqotiga ko'ra, foydalanuvchilar veb-saytga kirganda birinchi 0.05 soniyada vizual taassurot hosil qiladi. Lekin o'sha taassurot ularni sotib olishga majbur qilmaydi. Bu faqat — qolish yoki ketish qaroriga ta'sir o'tkazishi mumkin. Sotib olish qarori boshqa narsaga bog'liq. Harvard Business School professori Gerald Zaltman 20 yillik tadqiqotidan keyin... Inson xarid qarorlarining 95% ongsiz ravishda qabul qilinadi. Lekin bu ongsizlik — logotip rangi yo qadoq tuzlishi emas. Bu: — oldingi tajriba — boshqalarning fikri (ijtimoiy dalil) — muammoning og'irligi — yechimga bo'lgan ishonch Logotip bu jarayonning oxirgi 5% ini to'ldiradi. Qolgan 95% ni sotuv tizimi, kontent va mijoz bilan muloqot hal qiladi. SCORE (AQShning kichik biznes maslahat tashkiloti) ma'lumotiga ko'ra: Yangi bizneslarning 21.9% birinchi yilda yopiladi. Sababi: marketing strategiyasi yo'qligi va noto'g'ri pul taqsimoti sabab bo'ladi. Ko'pchilik noto'g'ri pul taqsimoti qanday ko'rinadi? Brendingga: $1,500 Reklama tahlili va A/B testga: $0 CRM va mijoz kuzatuv tizimiga: $0 Sotuv skriptiga: $0 Keyin 3 oydan so'ng: "Reklama ishlamayapti" yoki "Sotuv yo'q" degan shikoyatga sabab bo'ladi. Toshkent kontekstida bir kuzatuv: Men ba'zan o'quv markazlari va maktablar bilan ishlayman. Ayrim xususiy maktab va o'quv markazlarda 3 yildan beri bir xil manzara qayd etilyapti: Yangi o'quv markazi ochiladi. Brendbuk, logotip, korporativ ranglar — hammasi bor. Instagram sahifasi estetik. Bio'da "Sifatli ta'lim | Kasbiy o'qituvchilar" yozilgan. Lekin: — So'rovga javob 6 soatdan keyin keladi — Narx so'ragan odamga "DM yozing" deyiladi, narx aytilmaydi — Reklamadan kelgan lead qayta bog'lanilmaydi — Hech qanday follow-up yo'q 3-4 oydan keyin: "Instagram ishlamayapti" degan xulosa bilan kelishadi. Ishlamagan Instagram emas, tizim aslida. Brending haqiqatan ham muhimmi? Ha. Lekin qachon? Brending muhim — biznesning o'sish fazasida. Ya'ni: - Sotuv tizimi ishlayapti - Mijozlar qaytib kelayapti - Og'zaki tarqalish boshlanayapti - Raqobatdan ajralib turish kerak bo'layapti Bu bosqichda brending ham investitsiya. Brendbuk, identifikatsiya, ton of voice — bularning qaytimi bo'ladi. Lekin sotuv voronkasi yo'q, leadga ishlov berilmayotgan, reklama optimallashtirish yo'q ekan — brendbuk bu xarajat. Keraksiz xarajat. Amaliy hisob-kitob: Brendbukka sarflangan $1,000 nima beradi? — Chiroyli hujjat — Korporativ shriftlar — Rang palitrasining izohi O'sha $1,000 ni varonka optimizatsiyasiga sarflasangiz: — A/B test: qaysi sarlavha ko'proq klik olishini bilasiz. — Retargeting: saytga kirgan lekin sotib olmagan odamni qayta ushlab olasiz. — Lead scoring: qaysi mijoz "issiq", qaysi "sovuq" — ajratib olasiz. — Conversion rate 1.5x oshishi — bu $1,000 ga emas, har oygi daromadga ta'sir qiladi. Brending — bu uy fasadi. Sotuv tizimi — bu poydevor. Fasad chiroyli, poydevor yo'q bo'lsa — uy qulamaydi, shunchaki ko'rinmaydi. Poydevor mustahkam, fasad oddiy bo'lsa — uy turadi. Keyinchalik bezash mumkin. P.S. Bu post brendingni inkor etmaydi. Bu post — prioritetni inkor etadi. ©@ashinaqa_gaplar
https://youtu.be/1awVfy43jvY?si=AO5UstJ1eaDbGXSb Sohamga yaqin bo'lgani uchun, bu serialga bemalol 10/10 qo'ya olaman! Afsus yangi qismga hali bor)
O'lik mijozlarlar O'tgan yili pullik kanalga shunaqangi chegirma qilgandim-ki, oxir oqibat 1 oy o'tgach har doim sotib oladiganlar ham sotib olmagan edi. Bunga esa asosiy sababchi men va hayit bayramidagi chegirma sabab bo'ldi. Chegirmaxo'r mijozlar... Qiziq qachonki "Daxshatli AKSIYA! 90% CHEGIRMA!" deb e'lon bersangiz, go'yoki qabrdan turgandek hamma birdan uyg'onib ketadi, lichkangiz portlaydi. Tanish holat, to'g'rimi? Marketingda bunaqa auditoriyani "O'lik baza" yoki "Chegirma g'addorlari" (Discount Hunters) deyishadi. Bugun shu o'liklarni qanday qilib haqiqiy xaridorga aylantirish haqida gaplashamiz. Doimiy chegirma biznesni qanday o'ldiradi? Ko'p tadbirkorlar bazani jonlantirishning yagona yo'li — narxni tushirish deb o'ylashadi. Lekin bu eng katta tuzoq. Xatto ba'zan marketologlar ham shunday qiladi. Fakt: Harvard Business Review tadqiqotlariga ko'ra, mahsulotga doimiy ravishda chegirma berish brendning qiymatini iste'molchi ko'zida kamida 30% ga pasaytiradi. Odamlar sizning mahsulotingizning asl bahosi o'sha chegirmali narx ekan, qolgan paytda esa shunchaki qimmat sotyapti deb o'ylay boshlashadi. Eng yomoni, chegirma bilan kelgan mijozlarning 80% dan ortig'i ikkinchi marta sizdan oddiy narxda mahsulot sotib olmaydi. Ular yana keyingi aksiyangizni kutib, bazangizda "o'lik" bo'lib jataverishadi. Chegirma berib foyda qilyapman deb o'ylaysizmi, aslida esa o'z marjangizni (sof foydangizni) o'zingiz minusga kirgizyapsiz. O'lik bazani "tiriltirishning" 3 ta ishonchli usuli Agar bazangiz faqat aksiyaga reksiya beradigan bo'lib qolgan bo'lsa, strategiyani o'zgartirish kerak: "Lid-magnit" tuzog'idan chiqing: Odamlarni bazaga faqat "Tekin qo'llanma", "Tekin master-klass" deb yig'sangiz, bazangiz faqat tekinxo'rlardan iborat bo'ladi. Tekinga kelgan odamga mahsulot sotish juda qiyin. Buning o'rniga minimal narxli (masalan, 20-30 ming so'mlik) juda foydali kichik mahsulot (Tripwire) soting. Cho'ntagidan 1000 so'm bo'lsa ham pul chiqargan mijoz — psixologik jihatdan sotib olishga tayyor mijoz hisoblanadi. Narxni emas, qiymatni oshiring: Keyingi safar "100 minglik narsa bugun 50 ming" demang. Buning o'rniga "100 mingga mahsulotni sotib oling va ichida yana 50 minglik qo'shimcha bonusni tekinga oling" deng. Narx joyida tursin, lekin odam berayotgan puliga nisbatan 3 barobar ko'p narsa olayotganini his qilsin. Segmentatsiya qiling (Sariq chaqalik mijozlarni ajrating): Baza bilan ishlashda hamma mijozga bir xil xabar yubormang. Faqat aksiya paytida sotib oladiganlarni alohida ro'yxatga oling. Ularga faqat maxsus takliflar yuboring. Doimiy, qadrlaydigan mijozlaringizga esa servisni, sifatni va munosabatni soting — ular arzon narx qidirmaydi. Agar mijozlaringiz sizni faqat cho'ntagingizni quritadigan "aksiya" so'zi uchun yaxshi ko'rishsa, demak siz hali brend yaratolmabsiz. Odamlar sizdan chegirma emas, muammosiga yechim sotib olishi kerak. Baza shunchaki raqam emas, u — munosabatlar ko'prigi bo'lishi kerak. O'liklarni tiriltiraman deb o'zingiz kasod bo'lib qolmang! Ps: Xulosa, tiriltirguncha ko'mgan ma'qul! ©@ashinaqa_gaplar
Only the best rock!
Xo'sh nima o'zgardi? 1 yilcha avval, Bazar desa sal kam 1000 ta odam bilardi. Ammo kanal egasi haqida uncha ma'lumotga ega emas edilar. Bilgan odamlar ham ma'lum vaqtdan keyin, "telegramda zo'r odam ekan" derdi. Men menga nisbatan gaplarga hech narsa demoqchimasman. Chunki agar har bir siz haqingizda aytilgan gapga vaqt ajratsangiz, onangizni qornidan hisob berish boshlanardi. Xo'sh umuman 1 yilda nimalar o'zgardi? 1. Tanish-bilish qisqardi. Avvallari juda sodda bo'lgan ekanman. Hamma bilan kontakt almashib ketaveribman. Bugunga kelib telefon ham ishlatmayman. Bu haqiqiy bosh og'riq, ayniqsa yo'q deyishga o'rganmagan odam uchun. 2. Kitob o'qishni doimiy qildim. O'tgan yili 1 yilda 23 tagina kitob o'qibman. Bu undan avvalgi yilga nisbatan 3x barobar kam. Bu yil esa hozirgacha kelib 25 ta kitobni tugatdim, munozara qilish va kitob muallifiga fanat emas, tanqidiy ko'z bilan qaray olyapman. 3. Ovqatlanish va ovqat qilish. Bundan 1 yil avval kuniga 2 mahal ovqatlanardim, hozirga kelib 3-4-5 mahal ovqatlanaman. Ba'zan sahohatga chiqib turibman. Shuningdek go'shtni qisqa vaqtda marinad qilib, pishirishni ham o'rgandim. 4. Munosabatlar borasidagi tub burulishlar. Ko'p tanishlarni shafqatsiz tarzda hayotdan chiqardim, ya'ni qayta yopilmaydigan qilib tanish sahifasini yopdim. Hech qanday bahona yoki shunga o'xshash narsani ochmadim, yalinmadim. Balki yengil tortdim deya olaman. 5. Ko'proq eshitish va xulosa chiqarish. Sizga bitta maslahat beraman. Ko'proq eshiting, chunki atrofingiz to'la tajriba quyonlar. Ularni tushgan vaziyati sizga xulosa bo'lishi kerak. O'shandagina qisqaroq vaqtda natijaga chiqishingiz mumkin. Yoshingiz 20 dan yoki 18 dan oshgan bo'lsa sizga eng yaxshi maslahat. 1. Moliyaviy yostiq tayyorlab qo'ying. 2. O'zingiz uchun 4 ta hobby o'ylab toping. 3. Uy yoki shaxsiy biznes uchun pul jamg'aring. 4. Munosabat qurmang. 5. O'z o'zingizni qondirmang (umuman qondirman) 6. Topgan birinchi katta pulingizga mashina yoki Iphone olmang. 7. Pulingizni hech bo'lmasa 1 mln onangiz yo dadaingizga bering. 8. Qiz bolaga pul sarflamang (uylanadigan qiz degan narsaga ham) 9. Samostoyankangizni doim baland tuting. 10. Har kuni hech bo'lmasa 10 varoq kitob o'qing (xotirangizda qolmasa ham, xotira keyinchalik shakillanadi) Umumiy olganda shular. Buni ichiga sport va boshqalarini ham qo'shardim, nuu ancha cho'zilib ketadi. Shu uchun avval shularni qiling. qolgani nasib qilsa o'z o'rniga tushib ketadi. Kanal faoliyatiga kelsak, yana guruhlarda "ko'k havolaga"ko'zingiz tushsa, demak men tirikman va kanalda nimadir bo'lyapti.
Zeriksam qaytadigan odat chiqardimov! Hay bu safar hayrli bo'lsin)))
Analitika o‘rniga folbinlik, yoxud "menimcha shunisi ma'qul?" Ertalab ofisga kelsangiz, rahbar yoki PM ko‘zlari yonib: "Komanda, kecha kechasi o‘ylab(koshki manili narsa o'ylasa) ,yorib yuboradigan g‘oya topdim! Kelasi oydan strategiyani 180 darajaga o‘zgartiramiz, hamma budjetni TikTok’ka tikamiz!" deb qoladi. Siz sekin so‘raysiz: "Hoji aka, raqamlarni ko‘rdizmi? Google Analytics boshqayoqlar nima deyapti? Bizning auditoriya u yerda bormi?" Javobiga 2 ta sigaret chekib yuborasiz: "Yuragim sezyapti, o‘sha yerda pul ko‘p!" Tabriklayman! Siz raqamlar bilan emas, "instinkt" va "folbinlik" bilan ishlaydigan kompaniyadasiz. Bugun nega bu yondashuv biznesni chiroyli qilib sindirishi haqida gaplashamiz. Kursiga o'tirib yaxshlab o'qing boshladik! "Menga shunday tuyuldi" teoriyasi qanchaga tushadi? Marketingda shunday kasallik bor — uni HIPPO effekti (Highest Paid Person’s Opinion), ya’ni "Eng ko‘p maosh oladigan odamning shaxsiy fikri" deyishadi. Agar direktorga qizil rang yoqsa, demak hamma bannerlar qizil bo‘lishi kerak. Agar uning xotini Instagram’da faqat pishiriq ko‘rsa, demak sement zavodining reklamasi ham o‘sha sahifalarda chiqishi shart. Lekin manov o'lgur faktlar nima deydi ekan? Fakt: Invesp tadqiqotlariga ko‘ra, qarorlarini shunchaki taxmin va instinktga tayanib qabul qiladigan kompaniyalar marketing budjetining kamida 40% dan 60% gacha bo‘lgan qismini havoga uchirishadi. Aksincha, faqat raqam va analitikaga (Data-driven marketing) tayanadigan bizneslar mijoz jalb qilish xarajatlarini (CAC) o‘rtacha 23% ga qisqartirishga erishadilar. Siz "menga shunday tuyuldi" deb 1000$ lik reklama yoqsangiz, Facebook yoki Google algoritmlari sizning his-tuyg‘ularingizga qarab emas, quruq matematik formulalar bo‘yicha shimingizni ham yechib olishi mumkin. Ularga sizning ichki sezgilaringiz qiziq emas. Folbinlikdan analitikaga o‘tishning 3 ta jaydari qadami Agar siz ham marketingingizni "homiladorlik" testiga aylantirib yuborgan bo‘lsangiz, zudlik bilan quyidagi 3 ta narsani o'ting: Eshikni yopib g‘oya o‘ylashni bas qiling: Agar yangi mahsulot chiqarmoqchi bo‘lsangiz, xonaga qamalib olib "Zo‘r ketadi" deb o‘ylamang. Hech bo‘lmasa Google Trends yoki Yandex Wordstat'ga kirib, odamlar bu narsani o‘zi qidiryaptimi yoki yo‘qligini tekshiring. Odam qidirmayotgan narsani dunyodagi eng zo‘r marketolog ham sotolmaydi. A/B testlarni ishga tushiring: Agar rahbaringiz "Qizil banner zo‘r chiqadi" desa, siz "Ko‘k banner zo‘r" desangiz, urishmanglar. Ikkalasini ham minimal budjet bilan targetga qo‘ying. 3 kundan keyin qaysi biri arzonroq lid olib kelsa, o‘shani qoldiring. Bu kreativ sizdanam-bizdanam qoladi. UTM teglarni qo'shing: Har bir blogerga, har bir telegram kanalga berayotgan reklamangizga maxsus UTM havola bering. Shunda oy oxirida "Falonchi bloger vapshe zo‘r ekan, 50 ming odam ko‘ribdi" deb og‘iz ko‘pirtirmaysiz. Analytics'ga kirasiz: Ko‘rishlar soni — 50 000 ta, sotuv — 0 ta. Bo‘ldi, o‘sha blogerga qaytib reklom bo'yicha chiqmaysiz. Ps: Menda hozircha shular! ©@ashinaqa_gaplar