tgindex
Azimjon Askarov | Blog

Azimjon Askarov | Blog

Статистика
@askarovazimjonузбекский

“Tarix hayot uchun xizmat qilishi kerak”

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
15
Всего постов
56
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
291
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
107
40 постов
Вовлечённость
36,8%
к подписчикам
Постов в день
2,1
всего 56
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
87
1/48двое суток
99
1/72трое суток
107

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Eng yaxshi ish bu yuqori haq toʻlanadigan hobbi. Genri Ford

  • видео или голосовое, без подписи

  • Bir bekat bo‘l... Ba’zan sening bu dunyodagi vazifang — boshqalardan o‘zib ketish emas, ularni bir oz sekinlatish bo‘lsin. Sokinlatish bo‘lsin. Hayot deb atalgan bu ayovsiz poygada odamlar tinmay yuguradi: kimdir mansab ortidan, kimdir boylik, kimdir e’tirof, yana kimdir o‘zi ham bilmaydigan bir manzil sari... Sen esa ular yo‘lida bir bekat bo‘l. Shunday bekatki, charchaganlar kelib bir muddat nafas rostlasin. Suhbatlashib — qalblari, qarab — ko‘zlari, tinglab — quloqlari, anglab — aql­lari uyg‘onsin. Sening yoningdan o‘tib, shovqin ichidan sokinlikka, shoshilishdan tafakkurga, tashvishdan hikmatga qaytishsin. Qalb buloqlaridan suv ichsinlar. Ilohiy muhabbat qarshisida tiz cho‘ksinlar. Ruhlariga orom beradigan kuylarni tinglasinlar. Va eng muhimi — nega yashayotganlarini bir lahza bo‘lsa-da eslasinlar. Keyin yana yo‘lga tushsinlar. Ammo sendan bir narsani olib ketishsin — sokinlikni. Va sen kabi ular ham hayot yo‘lining chetida bir hujra qursinlar. Keyingi charchagan yo‘lovchilar uchun u hujra: tin olish maskani, o‘rganish maktabi, tafakkur makoni, hikmat manbai bo‘lsin. Chunki hayotda hamma ham yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishi shart emas. Ba’zilar shunchaki bekat bo‘lishi kerak. Odamlar kelib, biroz to‘xtaydigan... O‘zini eslaydigan... Va yana yo‘lga chiqishga kuch topadigan bir bekat.

  • Tarixni o'rganing, jamiyatdagi barcha muammolarning yechimi tarixda mavjud! Uinston Cherchill

  • “O‘zimni shoshilib bosh vrachlik kursisiga o‘tirib olgan jarrohga o‘xshatyapman. Bir muddat lavozimning salobati bilan yashadi, keyin kursi ortda qolib, yana operatsiya stoliga qaytdi. Qo‘llari esa nihoyat o‘z ishini esladi. Biz ham, shoshildik shekilli, bir muddat o‘zimizga tegishli bo‘lmagan o‘rinlarda o‘tirib qoldik. Balki balandlik deb o‘ylaganimiz aslida o‘zligimizdan uzoqlashish bo‘lgandir. Endi esa sekin-sekin kursilarni emas, o‘zimizni joyiga qo‘yyapmiz. 😊 Chunki insonning eng katta lavozimi — o‘z o‘rnida bo‘lishidir.” Keyin lavozim insonga Alloh tomonidan berilishi kerak chunki bandasi bersa aniq bir kun kelib man sanga shu lavozimni beruvdim man sani ko'taruvdim deydi bu aniq.

  • Hech kim ideal emas… Ammo seni o‘zgartirishga urinmay, qanday bo‘lsang shunday qabul qiladigan inson borligi — katta ne’mat. Sukutlaringni ham tushunadigan, og‘ir kuningda yo‘qolib qolmaydigan, yiqilsang qo‘lingdan tutadigan, yutug‘ingni o‘z yutug‘idek quvonib qarshi oladigan inson… Seni manfaat uchun emas, qalbi bilan tanlagan inson. Chunki baxt — mukammal insonni topish emas. Nomukammal dunyoda seni borligingcha qabul qiladigan bir insonni topishdir.

  • Boshqalardan yordam kutishni bas qilib oʻzingni qoʻlingdan koʻp ishlar kelishini isbotlash vaqti keldi.

  • Daromad shaxsiy rivojlanish darajasini oshirmaydi, lekin shaxsiy rivojlanish daromad darajasini oshiradi. Azimjon Asqarov

  • Пойтахтдаги айрим хусусий мактабларнинг жорий ўқув йили учун нархларини ўрганишибди: ➖ Global Elite School — ойига 3,1 млн сўмдан 4,1 млн сўмгача. ➖ Wisdom School — ойига 4,4 млн сўм. ➖ Intello School — ойига 4,5 млн сўмдан 6 млн сўмгача. ➖ Salam International…

  • Пойтахтдаги айрим хусусий мактабларнинг жорий ўқув йили учун нархларини ўрганишибди: ➖ Global Elite School — ойига 3,1 млн сўмдан 4,1 млн сўмгача. ➖ Wisdom School — ойига 4,4 млн сўм. ➖ Intello School — ойига 4,5 млн сўмдан 6 млн сўмгача. ➖ Salam International School — ойига 4,5 млн сўмдан 7 млн сўмгача. ➖ Evrika — ойига 4,6 млн сўмдан 6,2 млн сўмгача. ➖ Lumos Mind — ойига 4,8 млн сўм. ➖ UK School of Tashkent — ойига 5 млн сўм. ➖ Nshtein School — ойига 5 млн сўм. ➖ Wise School — ойига 5 млн сўм. ➖ Rahimov School — ойига 5,1 млн сўмдан 6,5 млн сўмгача. ➖ Little Harvard — ойига 5,2 млн сўмдан 7 млн сўмгача. ➖ «Вселенная знаний» — ойига 5,3 млн сўм. ➖ Cool Kids — ойига 5,5 млн сўм. ➖ Al Beruniy International School — (маълумот текширилиши керак). ➖ International Goldstars School — ойига 5,9 млн сўмдан 8,7 млн сўмгача. ➖ Euroasia School — ойига 6 млн сўм. ➖ Humo School Academy — ойига 6 млн сўмдан 7 млн сўмгача. ➖ Oriental School of Tashkent — ойига 6 млн сўм. ➖ Vosiq International School — ойига 6,592 млн сўмдан 8,652 млн сўмгача. ➖ Mezon Inspiring School — ойига 6,9 млн сўм. ➖ Smart School — давлат дастури бўйича ойига 6,9 млн сўм; Cambridge дастури — ойига $825–1 050. ➖ «Школьная Академия» — ойига 7 млн сўм. ➖ Profi School — ойига 7,222 млн сўмдан 10 млн сўмгача. ➖ Happy Time — ойига 7,8 млн сўм. ➖ Diplomat International School — ойига 7,9 млн сўмдан 9,8 млн сўмгача. ➖ Sehriyo — ойига 7,9 млн сўм. ➖ Wunderkind Study — ойига 8,4 млн сўм. ➖ Bek School Future Education — ойига 8,5 млн сўм. ➖ Oxbridge International School — ойига 8,5 млн сўмдан 25 млн сўмгача. ➖ Intellect — ойига 8,6 млн сўм. ➖ Leader School — ойига 9,6 млн сўмдан 12,5 млн сўмгача. Йиллик тўловли мактаблар: ➖ International Talent Academy — йилига 133,5 млн сўмдан 207,5 млн сўмгача. ➖ Westminster International School — йилига 155,05 млн сўмдан 262,3 млн сўмгача. ➖ The British School — йилига 173,28 млн сўмдан 328,444 млн сўмгача. ➖ Invento the Uzbek International School — йилига 178,8 млн сўмдан 246 млн сўмгача. ➖ Cambridge International School — йилига 208,818 млн сўмдан 323,001 млн сўмгача. ➖ Tashkent International School — йилига $23 000 дан $33 000 гача. Эслатма: айрим мактабларда нарх синф, таълим дастури, таълим тили ёки филиалга қараб фарқ қилади. Кириш ва рўйхатдан ўтиш бадаллари ўқиш тўловидан алоҳида бўлиши мумкин. Маълумотлар 2026 йил 6 август ҳолатига. Манба: Afisha.uz ➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group

  • #Iqtiboslar Ovozining qiymatini bilmagan xalq, nonning qiymatini nazorat qila olmaydi. *** Rossiya e’tiroz bildirmagan islohot, islohot emas. *** Rejim uchun eng xavfli inson - bu bo‘sh vaqti bor o‘qituvchidir. *** Bizda ko‘pchilik professorlar, talaba yozgan 12 varaqli daftarni o‘qib olim bo‘lishgan. *** Olimlarga berilayotgan diplom, senzuradan boshqa narsa emas. *** Jamiyatning uyg‘onishi uchun non emas - yuksak g‘oyalar turtki bo‘lishi kerak. *** Miyasida o‘tkazilgan muvaffaqiyatsiz tajriba uchun, Milliy g‘oya yo‘nalishi talabalarga kompensatsiya to‘lanishi kerak. ©️ Hamid Sodiq

  • "Odamni jismonan davolash uchun uxlatish, ruhan davolash uchun esa uyg'otish kerak" Lev Tolstoy

  • #Kechki mulohaza Ba’zan bir insonni yillar davomida tanidim, deb yashaysiz. Uning fe’lini, sukutini, g‘azabini, mehrini — hatto qaysi vaziyatda qanday yo‘l tutishini ham bilaman, deb o‘ylaysiz. Keyin u shunday bir ish qiladi-ki, undan ranjishdan oldin o‘zingizdan shubhalanasiz: Men bu insonni rostdan ham taniganmidim? Eng og‘riqlisi — uning qilgan ishi emas. Eng og‘riqlisi — siz ishongan inson bilan uning asl qiyofasi bir odam emasligini anglash. Shunda bir haqiqat sekin oydinlashadi: Balki insonlar o‘zgarmas. Balki biz ularning aslini ko‘rishga juda kech qolarmiz. Ba’zi odamlar niqobini yechmaydi — shunchaki, uni ushlab turishga endi ehtiyoj qolmaydi.

  • Xuddi bir paytlardek test tuzish zavqi va unga qo`shimcha video darslik tayyorlash mas'uliyati qo`shildi shu kunlarda😄 Kechgacha uxlamasdan test tuzsam ham charchamasdim, hozir xuddi shunday ishtiyoq qaytib keldi hisob😎

  • "Intizom - bu erkinlikning cheklanishi emas. Bu - barcha ortiqcha narsalarning olib tashlanishidir" Bryus Li

  • Yovuzlikni yengib boʻlmaydi, zero yovuzlik ila kurashmoqning oʻzi hayot demakdir.

  • Kun kelib qalb sakinatiga erishar ekansiz, mahzun boʻlgan damlaringizni eslaysizmi…

  • #Mulohaza Hech qachon birovni turg‘izib, o‘zingiz o‘tiradigan o‘ringa oshiqmang. Chunki har bir bo‘shagan o‘rin — sizniki degani emas. Ba’zi o‘rinlar nasib bilan keladi, ba’zilari esa birovning haqqi ustiga quriladi. Birinchisi odamni ulug‘laydi, ikkinchisi esa bir kun kelib undan hisob so‘raydi. Birovning soyasida baland ko‘ringan odam quyosh chiqqanda asl bo‘yini ko‘rsatadi. Unutmang: kursi insonni ulug‘lamaydi. Ba’zan aksincha, inson kursining qadrini tushiradi. Izzat lavozimda emas — vijdonda. Martaba o‘rinda emas — mehnatda. Haqiqiy balandlik esa ortingizdan aytiladigan duolarda. Shunday yashangki, sizni balandroq ko‘rsatish uchun birovni pastlatishga ehtiyoj qolmasin. Zero, birovni turg‘izib o‘tirgan odam o‘tirgan joyiga emas, turg‘izgan odamining haqqiga qarab baholanadi.

  • Yoshligimizda bizga ko'p narsani o'rgatishadi. Yaxshi ishlashni. Ko'p mehnat qilishni. Mas'uliyatni. Lekin bitta narsani deyarli hech kim o'rgatmaydi — hayotda balansni saqlashni. Ba'zan "oilam uchun ishlayapman" deb shunday band bo'lib ketamizki, oxir-oqibat oilaning o'ziga vaqt qolmaydi. Ba'zan biznesni o'stiramiz, lekin farzandlarimiz qanday ulg'ayayotganini sezmay qolamiz. Ba'zan lavozim ortidan yuguramiz, lekin ota-onamiz bilan bemalol o'tirib suhbatlashishga bir soat topolmaymiz. Moliyaviy savodxonlik faqat pul topishni bilish emas. U — pulni, vaqtni va e'tiborni to'g'ri taqsimlay olishdir. Haqiqiy muvaffaqiyat faqat kuchli biznes yoki yuqori lavozim bilan emas, balki ish, biznes va oilaning bir-birini boyitadigan muvozanatini topa olish bilan o'lchanadi. Chunki bir kun kelib hisobingizdagi pulni yana topishingiz mumkin. Lekin farzandingizning bolaligi, ota-onangiz bilan o'tkazilmagan vaqt va oilangizning ishonchini qaytarib sotib olib bo'lmaydi. 🚀 Ilm, Fikr, Harakat 👉 @botirov_golibjon

  • Eski haqiqatni unutmang - asta-sekin shoshilish kerak. © Brem Stoker