tgindex
Asrorbek Abdulhaev | Ownstore

Asrorbek Abdulhaev | Ownstore

Статистика
@asrorbek_abdulhaevузбекский

@asror_abdulhaev

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
161
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
75
25 постов
Вовлечённость
46,6%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
31
1/48двое суток
35
1/72трое суток
38

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • Va Zulayhoning lug'atida "Yusuf" dan bo'lak so'z yo'q...

  • Centrum Air Raqobat qo‘mitasi aralashuvidan so‘ng ikki yo‘lovchiga $808 qaytardi Xorijlik ikki yo‘lovchining Boku−Toshkent−Bangkok va ortga yo‘nalishidagi ayrim reyslari aviakompaniya tomonidan bekor qilingan. Yo‘lovchilar yangi chiptalar bilan safarini davom ettirgan, biroq bekor qilingan reyslar uchun mablag‘lar qaytarilmagan. Qo‘mita o‘rganishlaridan so‘ng Centrum Air yo‘lovchilarga 9,7 mln so‘mdan ortiq ($808,62) mablag‘ni qaytardi. Shuningdek, ularga istalgan muntazam yo‘nalish bo‘yicha bir martalik bepul parvoz sertifikati beriladi: https://www.spot.uz/oz/2026/08/11/ticket-price/ Telegram | Instagram | YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Kadrlar bir-biridan daxshat! 🔥🎬 Montajchidan yana yangi kadrlarning rasmlari keldi. Har bir sekundiga qilingan mehnat va grafikani ko'rib, to'g'risi, o'zim ham premyerani sabrsizlik bilan kuta boshladim! 🤯 🔔 Kanalga obuna bo'lish: 🔗 [YouTube kanalga obuna boʻlish] Telegram | Instagram | YouTube

  • Siz yashil rangning eng chiroyli tusida bo‘lishingiz mumkin. Lekin sevimli rangi ko‘k bo‘lgan inson uchun baribir yetarli bo‘lmaysiz. Bu sizning yomonligingizni anglatmaydi. Shunchaki uning tanlovi boshqa. Hayotdagi eng katta xatolardan biri esa o‘zimizni hammaga yoqadigan rangga aylantirishga urinish. Ba’zi odamlar sizni qanday bo‘lsangiz ham qadrlaydi. Ba’zilar esa siz qanchalik o‘zgarmang, baribir sizni tanlamaydi. Shuning uchun o‘zingizni o‘zgartirishdan oldin, shuni eslang: Masala har doim ham sizda emas. Ba’zan masala shunchaki ranglarning boshqacha yoqishidadir. Telegram | Instagram | YouTube

  • Xushxabar! Birinchi videomiz deyarli tayyor boʻlish arafasida! 🚀 Montaj jarayonidan kichik bir parcha (spoyler 😉) keldi. Buni sizlar bilan boʻlishmasam boʻlmasdi! Mehnatimiz va ushbu katta loyihamiz sizga manzur boʻladi degan umiddaman. Bizni qoʻllab-quvvatlashingiz hozir har qachongidan ham muhim! Kanalimga obuna boʻlib, birinchi tomoshabinlar safidan joy oling: 🔗 [YouTube kanalga obuna boʻlish] Telegram | Instagram | YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Hozir aytib bermoqchi bo‘lgan narsamni men taxminan 9-10 yoshimda tushunganman. O‘sha paytda bu narsani kimgadir aytib berishni juda xohlaganman, hozir ham sizlarga aytgim keldi. Mavzuimiz: insonni nima chiroyli qiladi? Bolaligimda o‘ylardimki, odamni chiroyli qiladigan narsa uning tashqi ko‘rinishi. Va rostini aytsam, birinchi taassurotda tashqi ko‘rinish inson haqida dastlabki fikrimizni shakllantiradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan inson haqida qoladigan ichki hissiyotimizni uning tashqi ko‘rinishi emas, balki u bilan bo‘ladigan munosabatimiz belgilashini tushunasan. Hech sezganmisiz? Kimnidir birinchi marta ko‘rganingizda yoqtirmasligingiz yoki umuman e’tibor bermasligingiz mumkin. Lekin u bilan ko‘proq muloqot qilganingizdan keyin u inson ko‘zingizga boshqacha ko‘rina boshlaydi. Undagi qandaydir nur, qandaydir chiroy paydo bo‘ladi. Meni aynan shu narsa juda hayratlantiradi. Ya’ni insonning o‘zi emas, balki bizning unga bo‘lgan qarashimiz ham uni boshqacha ko‘rsatadi. Menimcha, bu hayotdagi oyna effektiga o‘xshaydi. Atrofga qanday munosabatda bo‘lsangiz, ko‘pincha u ham sizga shunday javob qaytara boshlaydi. Qancha ko‘p samimiyat, yaxshi munosabat va ijobiy energiya bersangiz, shuncha ko‘p shuni ko‘ra boshlaysiz. Balki bu fikrda xato joylar ham bordir. Lekin men olgan xulosam shuki: inson ko‘pincha atrofga bergan narsasini qaytarib oladi. Sizning fikringiz qanday? Telegram | Instagram | YouTube

  • Asrorbek Abdulhaev | Ownstore pinned «»

  • Assalomu alaykum, qadrdonlar! 👋 Sizlar bilan kichik bir xushxabarni bo'lishmoqchiman. Uzoq o'ylangan reja amalga oshdi — YouTube kanalim ishga tushdi! Birinchi videoni allaqachon montaj ustasiga topshirdim ✂️. Tez kunda birgalikda baho beramiz. Kanalimga o'tib, obuna bo'lib qo'ysangiz juda minnatdor bo'lardim: 🔗 [Kanal havolasi (link)] Oldinda sizni ko'plab qiziqarli kontentlar kutmoqda! ✨

  • Insonda mantiqiy fikrlash ishlamayotganining eng katta belgilaridan biri — xususiy misolni fakt deb qabul qilish. Xususiy misol nima? Masalan, siz aytasiz: "7 soatdan kam uxlash sog‘liq uchun zarar." Shunda kimdir javob beradi: "Nikola Tesla kam uxlagan." "Leonardo da Vinchi kam uxlagan." "Imom Buxoriy ham kam uxlagan." Bu dalil emas. Bu xususiy misol. Yoki statistikada deylik, kambag‘allikdan chiqib boy bo‘lgan insonlarning katta qismi maktabda yaxshi o‘qigan degan ma'lumot bor. Kimdir esa: "Yo‘q, falonchi ikki olgan, lekin milliarder bo‘lib ketgan." deydi. Yana xususiy misol. Yoki kimdir: "Beshik bolaning umurtqasi yoki boshiga zarar yetkazishi mumkin." desa, javob tayyor: "Men ham beshikda ulg‘ayganman, menga hech narsa bo‘lmagan." Bu ham ilmiy dalil emas. Bu ham xususiy misol. Bitta yoki ikkita misol umumiy qonunni inkor qilmaydi. Chunki ilm bitta odamga emas, minglab va millionlab kuzatuvlarga qaraydi. Agar siz har safar statistika yoki ilmiy ma'lumotga javoban bitta odamni misol qilib keltirsangiz, siz fakt bilan emas, istisno bilan bahslashayotgan bo‘lasiz. Xususiy misol ba'zan fikrni tushuntirish uchun kerak bo‘ladi. Lekin u hech qachon umumiy haqiqatni isbotlab bermaydi. Mantiqiy fikrlashning boshlanishi ham aynan shu farqni tushunishdan boshlanadi: Xususiy misol — fakt emas. Istisno — qoida emas. @asrorbek_abdulhaev

  • Ba'zan hayotdagi eng qimmatli narsalar ortidan quvib topilmaydi. Ular Allohning ne'mati sifatida beriladi. Masalan, haqiqiy do‘stlik. Chin sevgi. Yoki qalbingiz xotirjam bo‘ladigan samimiy munosabatlar. Biz ularni qanday topish haqida yuzlab kitob o‘qishimiz, minglab maslahat eshitishimiz mumkin. Lekin hech qaysi formula, hech qaysi qoida samimiyatni yaratib bera olmaydi. Chunki bunday tuyg‘ular sotib olinmaydi. Majburlab ham bo‘lmaydi. Ular Allohning ne'mati sifatida nasib qiladi. Lekin bitta narsa bizning qo‘limizda. Uni asrash. Har qanday ne'mat kabi samimiy munosabat ham e'tibor, hurmat, ishonch va mehnat bilan saqlanadi. Menimcha, inson hayotidagi eng go‘zal ne'matlardan biri ham aynan shunday munosabatlardir. Qadrini biladigan inson bilan uchrashish — nasib. Uni yo‘qotmaslik esa mas'uliyat. @asrorbek_abdulhaev