Asteroid B-612
СтатистикаHar kimning o'z sayyorasi va unda kichkina shahzodasi bo'ladi Admin @oxunjonov_sardorr Reklama masalasida👇 https://t.me/reklama_paketlari t.me/reklamanatijalari_asteroid
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 46
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 279
- 1/48двое суток
- 319
- 1/72трое суток
- 344
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🚀Hayotingizni 180 gradusga o'zgartirishni istaysizmi? Unda bu loyiha siz uchun. Biz jamoamiz bilan anchadan beri «PROGRESS» loyihasi ustida ishladik va sizlarga taqdim etish fursati keldi. «PROGRESS» qanday loyiha? Bu sizni bir tizimga soluvchi maqsadlar va muvaffaqiyat tomon yetaklovchi loyihadir. Siz bu loyiha orqali nimalarni shakllantirasiz? 1. Erta tongda turishni; 2. Tanani sog'lom tutish ya'ni har kuni sport bilan shug‘ullanishni; 3. Diqqat bilan 2 soat davomida chalg'imasdan dars qilishni; 4. Kitob o'qish odatini shuningdek, kitobni qanday 80 foizini eslab qolish va foyda olishni; 5. Keraksiz odatlarni ketkazishni. 🎁Shuningdek, Eng faol ishtirokchiga 5 ta KITOB sovg'a qilamiz! ⏳Vaqtni sekinlashtiramiz, hayotga ma'no mazmun beramiz. Tayyormisiz? Tayyor bo'lsangiz bizga qo'shiling 👇👇👇 Qo'shilish Qo'shilish Qo'shilish
Hech birimiz o‘n yil, yigirma yil, besh yil, bir yil yoki ertaga biz bilan nima bo‘lishini oldindan bila olmaymiz. O‘zimizni alday olmaymiz – bu boshqalarga tegishli, bizga esa ta’sir qilmaydi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Hech kim bundan qochib qutula olmaydi. Ertami-kechmi, baribir bu sodir bo‘ladi. Eng muhimi – "Men seni sevaman" deb aytishga, kechirishga, yarashishga, hozir sevishga ulgurishdir, keyin emas. "Muhabbatning aksi – nafrat emas, balki befarqlik. Go‘zallikning aksi – xunuklik emas, balki befarqlik. E’tiqodning aksi – kufr emas, balki befarqlik. Hayotning aksi esa o‘lim emas, balki hayotga ham, o‘limga ham befarqlikdir. Befarqlik tufayli odamlar haqiqiy o‘limdan oldinroq o‘ladilar." ✍Eli Vizel
Baxt kapalakka o‘xshaydi. Uni qanchalik ko‘p tutmoqchi bo‘lsangiz, u shunchalik sizdan qochadi. Biroq e’tiboringizni boshqa narsalarga qaratsangiz, u o‘z-o‘zidan kelib, ohista yelkangizga qo‘nadi. ✍Viktor Frankl 📚"Ma’no izlayotgan inson"
Odamzod qiziq bo‘ladi. O‘y o‘ylab topolmagan, xayolingga ming uringaning bilan keltirolmagan umringni yo azob, yo quvonch, yo andisha paytlarida lop etib bir daqiqada ko‘rasan. O‘tgan umring ko‘z oldingdan juda tiniq, juda aniq bo‘lib o‘tadi. Va shu daqiqada o‘tgan umringga baho berib ulgurasan. ✍Said Ahmad 📚"Jimjitlik"
Ezmaligim uchun kechirasizlar, Alisher Navoiyni qariganda o‘qish kerak ekan. Hozir muk tushib Navoiyni o‘qiyapman. Mana eshiting, u nima deydi: „Oqil kishi rostdan o‘zgani demas, hama rost ham degulik emas“. Eshityapsizmi, aqlli odam faqat rost gap aytadi, lekin rost ekan, deb hamma gapni ham aytavermaslik kerak, deydi. Ko‘rdingizmi, Usmonov shu yerda yoshligiga borib, aytish shart bo‘lmagan gaplarni ham aytib yubordi, buning uchun uni kechirish kerak. U keyin o‘zini o‘nglab oladi. ✍Said Ahmad 📚"Jimjitlik"
без подписи
Sevgi noto‘g‘ri ravishda his-tuyg‘u deb hisoblanadi; aslida bu anglash holati, dunyoda mavjud bo‘lish usuli, o‘zini va atrofdagilarni idrok etish yo‘lidir. Xudoga, tabiatga yoki hatto uy hayvoniga bo‘lgan muhabbat ma’naviy ilhom eshiklarini ochadi. Boshqalarni baxtli qilishga intilish xudbinlikni yengib o‘tadi. Biz boshqalarga qanchalik ko‘p muhabbat ulashsak, shunchalik ko‘proq berish qobiliyatiga ega bo‘lamiz. ✍️Devid Ramon Xokins
Eng muhimi, o‘zingizga yolg‘on gapirmang. O‘ziga yolg‘on gapiradigan va o‘z yolg‘oniga quloq soladigan odam shunday ahvolga tushadiki, na o‘zida, na atrofida hech qanday haqiqatni ajrata olmaydi, natijada o‘ziga ham, boshqalarga ham hurmatsizlik qila boshlaydi. Hech kimni hurmat qilmay qo‘ygan odam sevishdan ham to‘xtaydi, sevgisiz qolib, o‘zini ovutish va ko‘nglini xushlab turish uchun esa ehtiroslarga va qo‘pol lazzatlarga berilib ketadi. Oqibatda, o‘z nuqsonlari bilan hayvon darajasiga tushib qoladi. Bularning barchasi odamlarga va o‘ziga uzluksiz ravishda aytadigan yolg‘onlari tufayli yuz beradi. ✍Fyodor Dostoyevskiy 📚"Aka-uka Karamazovlar"
Belinskiyning qayerdadir maktublarida shunday fikr borligi yodimda: razillar doimo halol odamlardan ustun chiqadi, chunki ular halol odamlarga razillardek munosabatda bo‘lishadi, halol odamlar esa razillarga halol odamlardek munosabatda bo‘lishadi. ✍️Dmitriy Lixachyov
Qanday odam ekanligimga kelsak, o'zimni shunday ifodalagan bo'lardim: “Men baxtli odamman, lekin nimadandir noroziman”. ✍Fyodor Dostoyevskiv
📚"Qiyomat qarz" - O'lmas Umarbekov Bir soatda o'qib tugatsa bo'ladigan ammo soatlab tahlil qilishga arziydigan hikoya. Yakshanba kuni tahlilni boshlaymiz. Hikoya yuzasidan savollar, fikrlar, mantiqiy va tanqidiy qarashlar bo'ladi. Eng faol obunachi uchun bitta kitob sovg'a, qaysi ekanligi sir(hali tanlamadim, hozir hayolimga kelib qoldi). Kitobni Mutolaa ilovasida audio/elektron formatda tinglash/o'qish mumkin. "❤️" Men ham qo'shilaman
"Bu yil 100 ta kitob o'qidim" Yaxshi. Xo'sh o'shalardan qaysi biri sizni kechasi bilan uxlashga qo'ymadi? Qaysi biri kun bo'yi hayolingizni o'ziga bog'lab qo'ydi? Qaysi biri hayotingizga ozgina bo'lsa ham yangilik yoki o'zgarish kirita oldi? Ko'pincha aniq javob bo'lmaydi. Tez o'qiganingiz uchun hech kim medal bermaydi. Sekinlashing. Yoqqan jumla ustida biroz fikr yuriting - kitob aynan o'sha to'xtashlarda yuqadi. Tugatgach kitobni yoping va varoq olib yozishni boshlang. Nimalarni bilib oldim, nimalarga qo'shilmadim. Yozolmasangiz demak o'qimabsiz. Bitta yaxshi kitobni ikki marta o'qish ikkita oʻrtachani bir martadan oʻqishdan foydaliroq. Kitoblarni to'liq tahlil qilib o'qishni o'rganamizmi? Bir necha betlik hikoyalarni ham soatlab tahlil qilish mumkin men sizlarga aytsam. Qiziq bo'lsa sharh va "like"lar orqali aktivni ko'rsatib qo'yinglarchi...
"Dunyodagi birorta it oddiy sadoqatni g‘ayritabiiy hodisa deb bilmaydi. Biroq odamlar itning bu his-tuyg‘usini jasorat deb ulug‘lashni o‘ylab topdilar. Buning sababi shundaki, ularning barchasi ham, doim ham do‘stga sadoqat va burchga sodiqlikni hayotning negizi, mavjudlikning tabiiy asosi darajasida his etmaydilar. Holbuki, qalb olijanobligi - o‘z-o‘zidan tushunarli holat bo‘lishi kerak." ✍Gavriil Nikolayevich Troyepolskiy 📚"Oq Bim Qora Quloq"
«Hamma narsa, hozir men orzu qilayotgan, ilojsiz, samoviy tuyulgan narsalar ham, aslida, juda jo‘n. Hammasi juda oddiy, barchaning boshidan o‘tadi... masalan, mana shu general: davri kelganda sevgan, hozir uyli-joyli, bola-chaqasi bor. Kapitan Vaxter ham uylangan, garchi uning ensasi beso‘naqay, beli yo‘qday ko‘rinsa ham, xotini sevadi... Salmanov qo‘pol, borib turgan tatar-ku, baribir sevib-sevilib, oxiri uylandi... Mening ham ertami-kech boshimga tushadi, el qatori...» ✍Anton Chexov 📚"Kuchuk yetaklagan xonim"
Boy qul bo‘lishdan ko‘ra, erkin kambag‘al bo‘lgan ma’qul. Shubhasiz, odamlar ham boy, ham erkin bo‘lishni istaydilar - va shu sababli ba’zan kambag‘al qullarga aylanib qoladilar. ✍️Alber Kamyu
Buyuk qalblar bir-birlarini tushunishda alohida qobiliyatga ega; ular o‘zlariga o‘xshaganlarning yuragini uzoq vaqtdan beri tanish bo‘lgan kitobni o‘qigandek o‘qiydilar; ularda faqat o‘zlarigagina ayon bo‘lgan, omma uchun tushunarsiz belgilar mavjud; ularning og‘zidan chiqqan birgina so‘z ba’zan butun bir hikoya, barcha nozik jihatlariga ega bo‘lgan butun bir ehtiros ifodasi bo‘lishi mumkin. ✍Mixail Lermontov
Lavozimini yo‘qotgani yoki o‘z sha’niga qandaydir haqorat qilinganini o‘ylab, kunlar va tunlarni alam va umidsizlik bilan o‘tkazayotgan odam o‘lim bilan hamma narsasini yo‘qotishini bilsa-da, bu uni xavotirga solmaydi va tashvishga ham solmaydi. Bu g‘alati hodisaki, ayni bir qalbda, ayni bir vaqtda eng arzimas narsalarga nisbatan shunchalik sezgirlik va eng muhim narsalarga nisbatan shunchalik beparvolik namoyon bo‘ladi. ✍Blez Paskal
“Agar danakni chaqib, magʻizini eksang, unmaydi. Agar qobigʻi bilan birga tuproqqa qadasang-chi, unish hodisasi yuz beradi”. Danak magʻizini ruh-u, qobigʻini jism deb olinsa, demak, inson bolasi biron maqsadga yetishmak uchun har ikki asosga suyanishi zarur. Aks holda, maqsad hosil boʻlmas. Modomiki shunday ekan, odamzod yashash va kelajakka intilish asnosida har qanday bir tomonlamalikdan, goh u yon, goh bu yonga ogʻib ketishlardan tiyilib, ana oʻsha oltin oʻrtalik boshini tutmogʻi zarur keladi. ✍Jaloliddin Rumiy 📚"Ichindagi ichindadur"
Taqdir seni ro‘baro‘ qilgan barcha odamlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmangga ololmaysan. Agar kimdir sen bilan muloqotda baxtli bo‘la olmasa, uni o‘zgartirish yoki muammolarini hal qilishga urinib, ruhiy kuchingni behuda sarflashning hojati yo‘q. Sen xursandchilik va baxt hadya eta oladigan, o‘zing ham ularning suhbatidan zavq oladigan boshqa ko‘plab odamlar bor. Agar sevgi aloqasi senga huzur bag‘ishlamasa, unga yopishib olma. ✍Volter
“Agar oʻz-oʻzini hurmat qilish va sharoitlar mendan buni talab qilsa, men yolgʻiz yashay olaman. Saodatni sotib olish uchun ruhimni sotishim shart emas. Menda oʻzim bilan birga tugʻilgan shunday ichki bir xazina borki, agar barcha tashqi quvonchlar mendan darigʻ tutilsa yoki faqat men toʻlay olmaydigan narxda taklif qilinsa ham, u meni hayotda tutib tura oladi.” ✍Sharlotta Bronte 📚Jeyn Eyr