HUQUQ CHEMPIONI
СтатистикаHuquq fanidan tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun maxsus kanal 🔥 Kanaldagi testlar va qo‘llanmalar orqali huquqni professional tarzda o'rganasiz 💯 Muhokama guruhimiz: @huquq_chempioni #huquq_audio 🎧 | #huquq_test 📃
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 42
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 594
- 1/48двое суток
- 680
- 1/72трое суток
- 734
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
#qollanma Advokatura qo'llanma 🔥 💎 Qonunchilik kitobdan namuna Yodlabla tashlang bachalarim✔️ 🌐@HUQUQ_TESTLARII
без подписи
Биз ҳуқуқшунос танлаяпмизми ёки кодексни ёд олган абитурентними? Биз ўқиш билан бирга 27 йилдан бери ҳуқуқ ичидамиз. Судлар, терговлар, кодекслар - бугунги кундалик ишимиз. Лекин ҳайратланарлиси бошқа жойда бўлди. Давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан 30 та саволнинг…
Биз ҳуқуқшунос танлаяпмизми ёки кодексни ёд олган абитурентними? Биз ўқиш билан бирга 27 йилдан бери ҳуқуқ ичидамиз. Судлар, терговлар, кодекслар - бугунги кундалик ишимиз. Лекин ҳайратланарлиси бошқа жойда бўлди. Давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан 30 та саволнинг атиги 17 тасига тўғри жавоб бердик. Инглиз тилидан эса 30 та саволнинг 24 таси тўғри чиқди. Қолган фанларда эса ҳатто ишламадик, ҳаммасига шартли равишда "А" жавобини белгилаб чиқдик. Шунда ўзимизга бир савол бердик. Наҳотки ҳуқуқни билмас эканмиз? Йўқ, назаримизда. Масала бошқа ерда. Масалан, тестда Жиноят кодексининг 278⁴-моддаси диспозицияси берилди. Лекин санкцияси йўқ. Кейин эса: "Ушбу жиноят қайси тоифага киради?" деб сўралди. Бу саволга жавоб бериш учун ҳуқуқий тафаккур ҳам, мантиқий таҳлил ҳам керак эмас. Фақат битта нарса керак - модданинг санкциясини ёддан билиш, биз ёдламаганмиз, бунга эҳтиёж ҳам сезмаймиз. Шунда беихтиёр савол туғилади, биз ҳуқуқшунос танлаяпмизми ёки кодексни ёд олган абитурентними? Ахир эртанги судья ҳам, прокурор ҳам, адвокат ҳам судда моддаларни ёддан айтиш учун эмас, қонунни тўғри қўллаш учун ўтиради. Яхши ҳуқуқшуноснинг кучи хотирасида эмас. Унинг кучи тафаккурида. Биз бу бўйича ўз эътирозларимизни ҳам ёздик. Энди эса кутамиз. Эҳтимол, бу саволга бериладиган жавоб эртанги ҳуқуқ таълимининг йўналишини белгилаб берар.
Muvaffaqiyat formulasi odatda oddiy ammo qiyin bo'ladi: 1. Ishonchli odamdan maslahat ol; 2. Amal qil.
#huquq_test #BMBA Umumiy variant test 🗓 🔴 Daraja: BMBA © Orziqulov Komiljon ⚖ HUQUQ_CHEMPIONI
O’zingizni aldamang! Cheksiz ma’lumotlar oqimi bor dunyoda o‘zingizni go‘yoki “foydali” ish bilan shug‘ullanyapman deb aldashingiz juda ham oson. Internetda navbatdagi “foydali” video, hissiyotlar uyg’otadigan iqtiboslar va muvvafaqiyatga erishgan insonlarning aqlga sig’mas gaplari. Barchasi bir tiyin! Chunki inson hayot sifatini u yig’ib kelgan ma’lumotlar emas, balki kundalik hayotiga tadbiq qilgan ma’lumotlari oshiradi. Dunyodagi eng zo’r aqllar sizga maslahat bergan taqdirda ham, ularni amalda qo’llamasangiz, siz “foydali” video emas, “foydasiz” video ko’rgan hisoblanasiz.
Futbol ko`radiganlar uchun monarxiya davlatlar ✅ @AUDIO_LAW
#huquq_test #BMBA Umumiy variant test 🗓 🔴 Daraja: BMBA © Legal Mentor ⚖ HUQUQ_CHEMPIONI
#FOYDALI #BMBA #QONUNCHILIK Fuqarolik kodeksida subyektlar haqida barchasi! Fuqarolik kodeksida subyektlar 3 ga bolinadi: 1️⃣ Jismoniy shaxs (fuqaro). Fuqaro deganda O‘zR fuqarolari, Chet el fuqarolari va Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham tushuniladi. 2️⃣ Yuridik shaxs. Yuridik shaxs 2 ga bolinadi: 🟡 Tijoratchi tashkilotlar: • To‘liq shirkat • Kommandit shirkat • Mas’uliyati cheklangan jamiyat • Aksiyadorlik jamiyati • Shu’ba xo‘jalik jamiyati • Qaram xo‘jalik jamiyati 🟢Tijoratchi bo`lmagan tashkilotlar: • Matlubot kooperativi • Jamoat birlashmalari • Jamoat fondlari • Muassasalar • Yuridik shaxslar birlashmalari • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 3️⃣ Davlat. Bunda davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar qatnashadi. © Post muallifi: Ulug'bek Choriyev ⚖️ HUQUQ_CHEMPIONI
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#NHH SAYLOV KODEKSI QO'LLANMA⚡️ © Qonun experti 🚀 HUQUQ_CHEMPIONI
#NHH Ehtimoliy ma'lumotlardan ❗️ Yodlab qo'yish tavsiya etiladi ✅ HUQUQ_CHEMPIONI ⚖
без подписи
📌 Jazo qo'llanilmaydigan toifalar 👉Majburiy jamoat ishlari quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi: 1️⃣ pensiya yoshiga yetgan shaxslarga; 2️⃣ o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga; 3️⃣ homilador ayollarga; 4️⃣ uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga; 5️⃣ birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga; 6️⃣ harbiy xizmatchilarga; 7️⃣ chet el fuqarolariga; 8️⃣ O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 👉Axloq tuzatish ishlari quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi: 1️⃣ pensiya yoshiga yetganlarga; 2️⃣ mehnatga qobiliyatsizlarga; 3️⃣ homilador ayollarga; 4️⃣uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga; 5️⃣ harbiy xizmatchilarga. 👉Ozodlikni cheklash quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi: 1️⃣ harbiy xizmatchilar; 2️⃣ chet el fuqarolari; 3️⃣ shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan 👉Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi: 1️⃣ homilador ayollarga; 2️⃣ uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga; 3️⃣qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan 👉Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi: 1️⃣ ayolga; 2️⃣ o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga; 3️⃣ oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas. © Tayyorladi: Javohir Quramboyev ⚖ HUQUQ_CHEMPIONI
без подписи