- Последний пост
- 24 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 145
- 1/48двое суток
- 166
- 1/72трое суток
- 179
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bulgakovning "Usta va Margarita"sidagi qiziq dialog esimga tushib ketdi. Воланд гап бошлади: — Ғоят антиқа шаҳар, шундай эмасми? Азазелло бир қимирлаб қўйиб, эҳтиром билан жавоб қайтарди. — Мессир, менга кўпроқ Рим ёқади! — Ҳа, бу дидга боғлиқ, — жавоб қилди Воланд. Бир оз вақтдан кейин яна унинг овози эшитилди: — Ҳув анави хиёбонда нега тутун борқсияпти? — Wildberries ёняпти, — жавоб қидди Азазелло. — Бу, назаримда, икки қадрдоннинг — Коровьёв билан Бегемотнипг иши бўлса керак? — Шак-шубҳасиз, мессир. @axlive1
Bugun yilning eng ko'p kutilgan filmlaridan biri "Odisseya" O'zbekistonda premyera qilindi. Butun dunyoda bir hafta oldin chiqqan kinoning vatanimizdagi namoyishi "telegramdan kino ko'rgichlar" sabab bir haftaga kechikdi. Biz Afisha.uz'da "Odisseya"gacha ko'rish mumkin bo'lgan, yunon mifologiyasi asosida ishlangan fimlar jamlanmasini e'lon qildik. Kinoteatrlarda yaqin bir hafta ichida chipta topib bo'lmasligini inobatga olib, o'sha atmosferani his qilish uchun bu kinolarni ham ko'rib tursa bo'ladi. Jamlanma: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2026/07/22/odysseus @axlive1
Bugun shou bor. "Puankare" haqida gaplashamiz. Chiptalar @axlive1
To‘rtinchi devorni qanday buzish kerak? Yaqinda Nazokat Azimning "Idora etilganlar" asarini o‘qib chiqdim. Bir tashkilotda, ofisda turli xildagi hamkasblari bilan ishlaydigan til topishib, ba'zida esa topishmay ishlaydigan Zulhumorning hayoti tasvirlanadi. Butun hikoya mana shu ofisdagi voqealardan tashkil topgan bo'lib, unda har bir detalga alohida e'tibor qaratiladi. Xususan, turli fikrda bo'lgan ikki hamkasbing o'zari "sovuq urushi"dan tortib, boshliqqa qahvani kim damlab olib kirishi va bu ishning foydalarigacha. Umuman olganda, ofisda ishlaydigan odam uchun bu asarni o'qish shart deb hisoblayman. Chunki tasvirlanadigan holatlar orqali shunchaki sizning hayotingizni yozayotgandek bo'lishadi. Adabiyot, teatr va kinoda "to'rtinchi devorni buzish" usuli bor. Badiiy asarda qahramonning tomoshabinga bevosita murojaat qilishi yoki o‘zi asar ichidagi qahramon ekanini anglatib qo‘yishidir. Go‘yoki voqealar va tomoshabin o‘rtasida ko‘rinmas "to‘rtinchi devor" mavjud bo‘ladi, qahramon esa shu devorni buzib, muxlislar bilan gaplashadi. Bu tomoshabinni asarga yaqinroq qilish yoki uni ham voqealarning ishtirokchisiga aylantiradi. Bu holatni "Deadpool" filmi yoki "House of Cards" serialida ko'rish mumkin. "Idora etilganlar" asarida esa yozuvchi buni qiziq uslubda qo'llaydi. Biz bosh qahramonning to'rtinchi devorni buzayotganini emas, balki bu yozuvchining o'zi tomonidan buzilayotganini ko'ramiz. Istalgan voqea tasvirlanayotgan vaqtda shunchaki qavs ochiladi (ha, qavs ochiladi) va yozuvchi holatga o'z qarashini bildirishni boshlaydi. Bu o'ziga xos kutilmaganlik effektini keltirib chiqaradi va o'quvchining yuziga tabassum yuguradi. Shuningdek, ba'zi hollarda muallif yozayotgan asarini e'lon qilishi kerak bo'lgan "muharrir"ga ham murojaat qilishni boshlaydi. Shunchaki, navbatdagi bob tabiat tasviri bilan boshlanmaydi, balki "men hozir tabiatni tasvirlashim kerak, bo'lmasa muharririmdan gap eshitaman"ga o'xshash jumlalar bilan boshlanadi. Bu o'ziga xos metahazillarga ham sabab bo'ladi. Hozirgi kunda "Idora etilganlar"ni bemalol metamodernning namunasi deyish mumkin. Ammo asar 2010-yillarda yozilganini hisobga olsak, o'z zamonasini ortda qoldirganini sezamiz. Asarni yozish jarayoni katta eksperiment bo'lganini bilish qiyin emas. Shuni aytib o'tish lozimki, bu eksperiment to'la o'zini oqlagan. Yana qaytaraman, ofisda ishlaydigan har bir odam o'qishi kerak! @axlive1
Satira, Houmlender va, albatta, The Boys haqida (matnda spoylerlar bor) 2019-yil, bahor. Hozir bu postni yozayotgan odam har kun ertalab turadi, yuvinadi, chiroyli kiyinadi va... maktabga ketadi. Qaytgach esa yaqinda o‘zi uchun kashf qilgan qiziqarli ish bilan shug‘ullanadi. U hamma gapirayotgan "Avengers: Endgame" filmini ko‘rish uchun Marvel kino olamiga kiradigan barcha kinolarni navbat bilan ko‘rmoqda. Yozda esa (aniqroq aytganda kuzda) uning kino haqidagi (kamida superlar haqidagi kinolar) tushunchalarini o‘zgartirib yuboradigan serial — "The Boys"ni tomosha qilishni boshlaydi. Birinchi qismdanoq o‘zining juda original yo‘nalishi bilan qiziqtirib qo‘ygan serial o‘sha davrda mashhur bo‘lib turgan mavzuga boshqa burchakdan qarashga undaydi. "The Boys" serialining 1-3 mavsumlari haqida shu va shunga o‘xshash ko‘plab maqtov matnlarini o‘qishingiz yoki videolar ko‘rishingiz mumkin. Biroq 4-5 mavsumlar muxlislar tomonidan ham kinotanqidchilar tomonidan ham juda kuchli va baʼzida haqli tanqidlarga uchradi. Men bu serialni 1 oy yoki 1 yil emas 7 yil davomida ko‘rgan odam sifatida baribir nostalgiya bilan eslayman. Baʼzi kamchiliklarini kechiraman, zo‘r jihatlarini ko‘proq maqtayman. Bu tabiiy hol deb hisoblayman. Biroq yakuniy beshinchi mavsumga nisbatan yog‘dirilgan tanqidlar qandaydir chegaralardan chiqib ketgandek tuyilmoqda va eng ko‘p bildirilayotgan ritorikalarga qarshi fikrlarimni bildirmoqchiman. Birinchidan serialning asosiy qahramoni — Houmlender juda oddiy yengilgani ko‘pchilikka yoqmadi. Inson fitratidagi salbiy personajlarga bo‘lgan cheksiz simpatiya yana o‘zini ko‘rsatdi va kadrdagi eng yomon, eng iflos, eng achinarli obrazning juda katta muxlislar bazasi paydo bo‘ldi. Albatta, bunda bosh rolni ijro etgan Entoni Starrning o‘rni katta. Biroq ko‘plab yomon ishlarini aynan super kuchi bo‘lgani uchun qiladigan, cheksiz hokimiyat sabab o‘zini maʼbud deb o‘ylashgacha borgan, oynada o‘zi bilan o‘zi gaplashadigan, qo‘rqoq va betoqat kimsaning super qobiliyati yo‘qolgach bechora holatga kelib qolishi ilk mavsumdanoq aniq edi. Muxlislar aktyorning betakror xarizmasi sabab buni sezmay qolgani ssenaristlarning aybi emas. Yaʼni hammasi personajning maʼlum xarakteri doirasida yuz bermoqda, osmondan tushib qolmayapti. Yaʼna baʼzilar "The Boys"dan katta masshtabdagi yakuniy jangni kutganini aytib o‘tdi. Lekin Marvelʼga o‘xshab qolmaslik talab qilinadigan serialdan "Endgame" yakuni kabi final kutilganining o‘zi ham g‘alati holat. Shuningdek, syujetning keraklicha tempda oldinga yurmasligi ham aytildi. Lekin mediaga ancha ochiq bo‘lgan serial shouranneri Erik Kripke intervyularidan birida sakkizta qismning hammasini epik janglar bilan to‘ldirib bo‘lmasligini taʼkidladi. Syujetning bunday bo‘lib qolishiga sabab — yomon superlarga qarshi kurashadigan oddiy odamlar fabulasini besh mavsumga cho‘zish juda qiyin. Bu o‘z-o‘zidan fillerlarni keltirib chiqaradi. Aynan shu muammo yuzaga kelmasligi uchun esa serialni uchinchi mavsumda mavjud barcha savollarga javob bermagan holda yakunlash kerak edi. Lekin Amazon eng ko‘p daromad keltirayotgan loyihasini dab-durustdan tugatib qo‘ymasligi ham aniq edi. Buyog‘i, do‘stlar, biznes! Eng asosiy ayblovlardan yana biri bu Tramp siyosatiga qilingan zo‘raki parodiya (bunga o‘zim ham biroz qo‘shilaman). 2019-yilda ko‘plab jarayonlarga qarshi kuchli satira sifatida boshlangan serial 2026-yilga kelib parodiyaga aylanib qolgani sir emas. Kripke serialga maʼlum siyosiy qarashlarini bildirish uchun instrument sifatida ham qaraganini uning hozir Twitterda Ilon Mask bilan tortishib o‘tirganidan ham sezish mumkin. Ammo bunda ham hikmat bor: biz bu orqali satiraning nozik chegaralari buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishi bo‘yicha kuchli misolga ega bo‘ldik. Umuman olganda "The Boys"ga yetti yillik tarix va ajoyib sarguzashtlar uchun rahmat aytmoqchiman. @axlive1
Venetsiyadan (va ozgina Frankfurtdan) vlog chiqdi. @axlive1
Tasavvur qilyapsizlarmi, inson o‘z-o‘ziga qanday "prikol" yaratib olganini? Taxminiy so‘zlarni tasavvur qilyapman: hov baland joyni ko‘ryapsanmi, o‘sha yerga chiqib, qandaydir nom va raqam yozilgan taxtacha o‘rnatamiz, keyin odamlar vaqti, kuchi va pulini sarflab bu yerga kelishadi va o‘zlarini baxtli his qilishadi. Men, qanday qilib, shunday tasodifiy narsalar dofaminni ishlab chiqara olishiga juda hayron qolaman. @axlive1
Har zamon va makonda aktual bo‘lgan bu tvitim shu yerda ham tursin. Ayniqsa, bugungi seriyali maqolalardan keyin. @axlive1
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📍Venetsiya
Uchinchi may kuni Garri "omon qolgan bola" Potter haqida suhbatlashamiz. Faqat birinchi qism haqida. Germiona aytganidek, bu "leviosA" emas, balki "leviOsa". Chiptalar @axlive1
🍄 Bugun navbatdagi "Ajnabiy suhbatlar"imizdan birini o'tkazamiz. Mehmonimiz: Azimbek Xushmamatov Azimbek bilan 5 yil oldin, hali ikkalamiz ham 18 ga to'lmagan paytimiz bir "Hammasi rasvo" degan podkastni boshlagandik. Bir nechta sonlar ham olgandik, yomon chiqmagandi. Bugun eski qadrdon bilan yana gurunglashamiz. Asosiy "menyu"da, albatta, jahon va o'zbek kinosi atrofidagi mavzular. Shu bilan birga, uni Afisha.uz dagi faoliyati va "KitobTalking" loyihasi haqida ham gaplashib olamiz. 💙 Manzil: Shu yerda (Ovozli chat) 🕙 Vaqt: Bugun, 20:18 Vayb: Tarantino filmlaridagi qahvaxona sahnalariga o'xshaydi — ssenariy yo'q, kutilmagan mavzularga sakrab ketamiz va xohlagan joyimizda tap tortmay vaysab o'tiraveramiz. 😶 Prodyuser: Ajnabiy Zobit
Bu bugun do‘stlar! Chiptalar (Ikkita reklamani orasida uzunroq postlar yozish qo‘limdan keldi, ura 😂) @axlive1