AXYORLAR AKADEMIYASI
Статистика- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 178
- 1/48двое суток
- 203
- 1/72трое суток
- 220
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
«Нафсини поклаган ва яхшиликлар билан ўстирган киши нажот топди; нафсини гуноҳу маъсиятларга кўмган кимса эса зиён кўрди» (Шамс, 9-10) ┈┉┅━۩❀ ❅ ❀۩━┅┉┈ Каналга уланиш: ⬇️ https://t.me/axyorlar
Bu saytlarga qabulga yozdirishni o’rgating deydiganlar bo’lsa, qanday qilish haqida bir post tayyorlashim mumkin. Albatta talab/istaklarga binoan qilaman) 🤓
Uydan chiqmasdan ko’p narsaga erishsa bo’ladigan zamonda yashayapmiz, maza ya❕ Hozir men, 20 ta saytni sizlarga taqdim etaman. Bu saytlarning hammasi bepul Qur’on yodlashni xohlaydiganlar erkak-ayollar uchun. Ba’zilarining ichida tashih qilish darslari bor. Boshlang’ichdan 0 dan o’rgatishadimi to’g’risi bilmayman. Chunki hammasi har xil. Albatta bularning barchadi “ARAB TILI”da. ١- جمعية الأكاديمية الإسلامية: maqraa.islamacademy.net/registration.p… ٢- مقرأة مكة العالمية maqrah.com/login ٣-أكاديمية الراجحي: grajhiacademy.org/?page_id=160 ٤- حلقات المسجد النبوي: quran-mn.com/v2/index.php/a… ٥- أكاديمية تاج العالمية: tajac.org ٦- منصّة خيركم e-learning.qj.org.sa/#/home ٧- مقرأة تاج الوقار التطوعية: t.me/Taj_alwiqar1 ٨- مشروع لا أبرح حتى أبلغ: t.me/Ha0253 ٩- مقرأة الحذو القرآنية: t.me/mqratalhdhw ١٠- مقرأة أفانين الذكر الهاتفية: t.me/afanena ١١- مقرأة وفي ذلك فليتنافس المتنافسون: t.me/LinaHarbi ١٢- حلقات روض الجنان: t.me/rawdal_janan ١٣- حلقات ودق الهاتفية: t.me/alnuwr_20183 ١٤- مشروع منهال لتحفيظ القرآن: t.me/mnahaal ١٥- مقرأة غيث ترياق: t.me/gheith_Quran1 ١٦- مقرأة الحرمين maqraa.com/ar ١٧- مقرأة طيبة الهاتفية. quranm.org.sa/index_ar.php?o… ١٨- مقرأة أكاديمية تاج العالمية لتعليم القرآن عن بعد التابعة لجمعية مكنون. qk.org.sa/blog/99467/ ١٩- مقرأة حفاظ جدة. almaqraa.com ... ٢٠-مقرأة التسميع التعاوني الإلكترونية t.me/qurran_ksa Shunga o’xshash yangiliklardan xabardor bo’lish uchun kanalimizga qo’shilib oling ⬇️⬇️⬇️ 🔣Kanalga ulanish: https://t.me/axyorlaracademy
без подписи
🔠ar gal Qur'onni xatm qilganida oila a'zolarini jamlaydigan bu namunali sahobaga bir qarang. U go‘yoki ularga: “Mana, men Qur'onni xatm qildim, sizlar qachon xatm qilasizlar”, deyayotgandek bo‘lardi. Bu esa oila a'zolari va farzandlari o‘rtasida o‘zaro musobaqalashish muhitini yaratar edi. 🔠u ulug‘ sahobiy Anas ibn Molik raziyallohu anhudir. U kishidan rivoyat qilinishicha, u zot qachon Qur'onni xatm qilsalar, oila a'zolari va farzandlarini jamlab, ularning haqqiga duo qilar edilar. 🔠ila a'zolari oila boshlig‘ining hammadan ko‘proq Qur'on xatm qilayotganini ko‘rsalar, bu holat ularni unga ergashishga va undan o‘rnak olishga undaydi. 🔗Kanalga ulanish: https://t.me/axyorlaracademy
без подписи
Bugungi kunda odamlarning telefonga qanchalik bog‘lanib qolganini ko‘ryapsizmi🤩 Ertalab va kechqurun, namozdan oldin va namozdan keyin, uxlashdan oldin va uyg‘ongandan keyin. Salaflarning Qur'on bilan holati ham xuddi shunday edi. 🔗Kanalga ulanish: https://t.me/axyorlaracademy
без подписи
🤩en shayx Abdulaziz ibn Boz rahimahullohdan so‘ragan edim: Bir kishining bomdod namozidan keyin masjidda darsi bo‘lsa-yu, u namozga chiqib ketayotganda oila a'zolari uxlayotgan bo‘lsa, darsning bir qismini yoki hammasini o‘tkazib yuborsa ham, uyiga qaytib ularni uyg‘otishi vojibmi yoki darsida o‘tiraveradimi? 🤩 kishi shunday javob berdilar: 🤩Yo‘q, qaytishi vojib bo‘ladi. Chunki uning o‘z ahlini namozga buyurishi vojib, darsga qatnashishi esa mustahabdir. Mustahab vojibdan ustun qo‘yilmaydi. Shuning uchun u ahlini uyg‘otishga qaytishi kerak🤩 🤩ila a'zolarimiz va farzandlarimizning namoziga e'tibor berish borasidagi holatimiz achinarlidir, bu borada juda katta kamchiliklarga yo‘l qo‘ymoqdamiz. Manba: Muhammad Solih Munajjid hafizahullohning “Ahlingni yonib ketmasidan oldin qutqarib qol” kitobidan. 🔗Kanalga ulanish: https://t.me/axyorlaracademy
без подписи
🔗Kanalga ulanish: https://t.me/axyorlaracademy
без подписи
🤩ur’on o’qishda e’tibor berish lozim bo’lgan odoblarni bilasizmi ❓ 🤩’rganishni istarmidingiz❓❗️ Ha — 👍🏻 Yo’q — 👎🏻
без подписи
Arab tilini bilasizmi 🤨? Unday bo’lsa ushbu e’lon siz uchun 🥳 Uydan chiqmagan holda boshlang’ich shar’iy ilmlarni o’rganishga yana sizda imkon bor. Qo’ldan bor bermasligingizni tavsiya qilaman) Bu o’qish 2 yillik bo’lib, 4 ta semesterdan iborat. Har bir semesterda 8ta fan o’rganiladi. 1. Aqida 2. Fiqh 3. Tajvid 4. Saqofa 5. Tarbiya 6. Qur’on 7. Tafsir 8. Hadis Darslar 100% arab tilida bo’ladi, tilni bilishingiz shart! Video eshitasiz, kitobini o’qib har dars oxirida imtihon topshirasiz. “Zad academy”da o’qiganlar bo’lsa Zad academyga o’xshab ketadigan bir o’qish dey olaman buni. O’qishga qabul hozirda yopildi. Inshaalloh 2 oydan keyin qayta ochiladi 🚀 Avgust oyida qayta bir eslataman) Web sahifasi ➡️ https://open-learning.net Telefonda o’rganishni yoqtiradiganlar Apple store va Play marketlarda yuklab olsa bo’ladi. Boshqalarga ulashing va ajrlaning 🩷 🔗Kanalga ulanish: https://t.me/axyorlaracademy
без подписи
Elektron mushaf hukmi▫️ Yaqin vaqtlarda elektron mushaf deb ataluvchi tushuncha paydo bo'ldi. Undan maqsad: mobil telefonlar, turli qurilmalar, elektron xotira chiplari, disklar yoki hatto kassetalarga yozilgan mushafdir. Ba'zilar elektron mushafga shunday ta'rif berganlar: U o'zaro muvofiqlik va tartib bilan ishlaydigan bir qator funksional bo'limlar asosida faoliyat yurituvchi elektron dasturdir. U Qur'on so'zlari va harflarini qayta ishlash, so'ralganda ularni yozma holatda, oyat va suralarni Usmoniy mushafida kelganidek tartiblangan holda ekranga chiqarish uchun ishlatiladi. ▫. Elektron mushafni tahoratsiz ushlash joizdir. Kichik yoki katta tahoratsiz kishi elektron mushaf dasturi o'rnatilgan mobil telefon yoki boshqa qurilmalarni ushlashi mumkin. Bunda dasturning yoniq (ishlab turgan) yoki o'chiq holatda bo'lishining farqi yo'q. ▫. Ichiga Qur'on saqlangan mobil telefondagi elektron mushaf bilan hojatxonaga kirish joizdir; chunki u qog'ozli mushaf kabi emas. ▫. Namozda elektron mushafdan qarab o'qish: U qog'ozli mushafdan o'qish hukmi kabidir. Ramazon oyidagi tahajjud va taroveh kabi nafl namozlarida elektron mushafdan qarab o'qish joiz va bunda namoz to'g'ri bo'ladi. Elektron mushaf xoh telefonga yuklangan bo'lsin, xoh alohida elektron mushaf qurilmasi yoki boshqa ko'rinishda bo'lsin, baribir. ❕Foyda: Agar Qur'oni Karim telefon ekranida ochiq (ko'rinib turgan) bo'lsa, hammomga kirishda telefon ekranini o'chirib (bloklab) kirish afzaldir. Qur'oni Karim ekranda ochiq ko'rinib turgan holatda u yerga kirishdan saqlanish lozim. Manba ⤵️ ▫️Al-mushaful elektroniy va ahkamuhul fihqiyyah 🔗Kanalga ulanish: https://t.me/axyorlaracademy
Qog'ozli mushaf hukmi▫️ ▫. Jumhur ahli ilmlar musulmon kishi tahoratsiz holatda mushafni ushlashi joiz emas. Bu Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning sahobalari fatvo bergan hukmdir. Bu borada Amr ibn Hazm roziyallohu anhudan rivoyat qilingan sahih hadis kelgan: Nabiy sollallohu alayhi vasallam Yaman ahliga: «Qur'onni faqatgina pok kishi ushlasin», deb yozgan edilar. Shundan kelib chiqib bilinadiki, musulmon kishiga har ikki hadasdan (katta va kichik tahoratsizlikdan) pok bo'lmasdan turib mushafni ushlash joiz bo'lmaydi. ▫. Agar ko'chiruvchi (tashuvchi) tahoratsiz bo'lsa, mushafni bir joydan boshqa joyga ko'chirishi joiz emas. Biroq, uni biron narsa vositasida ushlasa yoki ko'chirsa, masalan, g'ilofda, xaltada yoki bog'ichidan tutib olsa, zarari yo'q. Ammo tahoratsiz holda unga to'g'ridan-to'g'ri (vositasiz) tegishi jumhur ulamolar ittifoq qilgan sahih qavlga ko'ra joiz emas. ▫. Mushafni sotish va sotib olishning zarari yo'q. Musulmonlar qadimdan o'zaro qarshiliksiz mushaf oldi-sotdisini qilib kelmoqdalar. Qolaversa, mushafning odamlar qo'lida keng tarqalishi uni sotish va sotib olishga ruxsat berish bilangina amalga oshadi. Imom Navaviy "Al-Tibyan" kitobida aytadi: “Mushafni sotish va sotib olish durustdir. Uni sotib olishda karohiyat yo'q. Uni sotishning makruhligi borasida esa safdoshlarimiz (shofe'iy ulamolar) o'rtasida ikki xil qarash bor. Ularning eng sahihi va Imom Shofe'iyning o'z matnida kelgani — buni makruh sanashdir. Sotish va sotib olishni makruh emas deganlar esa: Hasan Basriy, Ikrima, Hakam ibn Uyaynadirlar va bu Ibn Abbosdan ham rivoyat qilingan". ▫. Mushafni zimmiyga (g'ayridinga) sotish: "Al-Tibyan" kitobida aytiladi: “Mushafni zimmiyga sotish haromdir. Agar sotib yuborsa, savdoning durust bo'lishi borasida Shofe'iyning ikki xil qavli bor. Ularning eng sahihi — durust bo'lmaydi. Ikkinchisi esa — durust bo'ladi va darhol uning mulkini (mushafni) undan ketkazish buyuriladi". ▫. Qog'ozli mushaf bilan dushman yeriga safar qilish: "Al-Tibyan" kitobida aytiladi: “Agar dushman qo'liga tushib qolish xavfi bo'lsa, mushaf bilan dushman yeriga safar qilish harom bo'ladi. Zero, ikki sahih to'plamda (Buxoriy va Muslimda) mashhur hadis kelgan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qur'on bilan dushman yeriga safar qilishdan qaytarganlar». ▫. Kofirning, majnun (ruhiy xasta) hamda yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan (yosh) bolaning mushafni ushlashi: "Al-Tibyan" kitobida aytiladi: “Kofir Qur'on eshitishdan to'silmaydi. Chunki Alloh taolo: “Ey Pаyg‘аmbаr, аgаr qоnlаri vа mоllаri hаlоl qilingаn mushriklаrdаn birоntаsi sizdаn himоyagа оlishingizni so‘rаsа vа оmоnlik istаsа, siz uning tаlаbini qоndiring, tоki u Qur’оni Kаrimni eshitsin, Qur’оn hidoyatidаn хаbаrdоr bo‘lsin”. [Tavba surasi, 6-oyat] deb aytgan. Ammo mushafni ushlashdan to'siladi". Yana shuningdek: “Majnun va yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan bola uning hurmatini poymol qilish xavfi bo'lgani sababli mushafni ushlashdan to'siladi. Uni ko'tarishga urinayotganini ko'rgan valiy yoki boshqa kishilar uchun uni to'sish vojibdir". ▫. Uning ustiga biron narsa qo'yish: Mushafning hurmatidan biri — uning ustiga biron narsa, hatto diniy kitoblar ham qo'yilmasligidir. Toki u har doim boshqa barcha kitoblardan oliy (ustun) tursin. Shuningdek, mushaf ustiga narsalar qo'yish uni ulug'lamaslik va muhofaza qilmaslik sanaladi. Uni muhofaza qilish esa musulmon kishiga eng vojib bo'lgan vazifalardandir. Imom Navaviy rahimahulloh aytadi: “Musulmonlar mushafni muhofaza qilish va uni hurmatlash vojibligiga ijmo' qilganlar. Safdoshlarimiz va boshqalar aytishganki: “Agar musulmon kishi uni iflos joyga tashlasa — Alloh asrasin — tashlagan kishi kofir bo'ladi”. Yana aytishganki: “Uni yostiq qilib bosh ostiga qo'yish haromdir, hatto oddiy ilm kitoblarini ham yostiq qilish haromdir”. Manba⤵️ ▫️ At-Tibyan fi adabi himlatul Qur’an 🔗 Kanalga ulanish: https://t.me/axyorlaracademy
без подписи
Qur'oni Karimni eshitishning foydalari: 1. Xotirjamlik va osoyishtalikka erishish: Musulmon kishi Qur'onni qancha ko'p o'qisa yoki eshitsa, uning saodati, xursandchiligi va xotirjamligi shunchalik ortadi: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qaysi bir qavm Allohning uylaridan birida jam bo'lib, Allohning kitobini tilovat qilsalar va uni o'zaro o'rgansalar, albatta ularning ustiga xotirjamlik tushadi, ularni rahmat o'rab oladi, farishtalar ularni qurshab oladi va Alloh ularni O'z huzuridagilar (farishtalar) orasida zikr qiladi» Imom Muslim rivoyati (817-raqam). 2. Rahmatga erishish: Alloh taolo aytadi: “Ey оdаmlаr, qаchоn Qur’оn o‘qilsа, ungа qulоq sоlinglаr vа uni аnglаb оlish uchun jim bo‘linglаr, shоyad Аllоhning rаhmаtigа sаzоvоr bo‘lsаngiz”. [A'rof surasi, 204-oyat]. 3. Payg'ambarlar qissalari bilan tanishish va oldingi ummatlarning qismatlaridan ibrat olish: Alloh taolo aytadi:“Ey Pаyg‘аmbаr, ushbu Qur’оnni vаhiy qilish bilаn Biz sizgа eng go‘zаl qissаni hikоya qilib berаmiz. Hоlbuki, siz uning nоzil qilinishidаn ilgаri bu хаbаrlаrdаn butunlаy beхаbаr vа u hаqdа birоn nаrsа bilmаs edingiz”. [Yusuf surasi, 3-oyat]. 4. Din ahkomlarini bilish: Qur'on Alloh bizdan amal qilishimiz va tatbiq etishimizni xohlagan barcha din hukmlarini qamrab oluvchi kitobdir. Alloh taolo aytadi: “Ey Pаyg‘аmbаr, Biz sizgа Qur’оnni оdаmlаr uchun nоmа’lum bo‘lgаn mа’nо vа hukmlаrini bаyon qilib berishingiz, insоnlаr u hаqdа tаfаkkur qilishlаri vа u bilаn hаqqа yo‘llаnishlаri uchun nоzil qildik”. [Nahl surasi,44-oyat] va yana aytadi: “Biz Lаvhul-Mаhfuzdа birоntа hаm nаrsаni qоldirmаsdаn, bаrchаsini bitib qo‘ygаnmiz”. [An'om surasi, 38-oyat]. 5. Uyga va Qur'on o'qiladigan joyga baraka tarqalishi: Shaytonlar Allohning zikri ko'p qilinadigan joylarga kirmaydi; chunki ular bu joylardan va uning ahlidan umidlarini uzgan bo'ladilar. Alloh taolo aytadi: “Bu Qur’оn Biz elchimiz Muhаmmаd sоllаllоhu аlаyhi vа sаllаmgа nоzil qilgаn, хаyru bаrоkоti ko‘p bo‘lgаn kitоbdir. Sizlаr uning buyruq vа qаytаriqlаrigа itоаt qiling, uning аmru fаrmоnlаrigа хilоf qilishdаn Аllоhdаn qo‘rqing! Shоyad, Аllоhning rаhmаtigа sаzоvоr bo‘lsаngiz, аzоbidаn qutulib, аjru sаvоblаrigа erishsаngiz”. [An'om surasi: 155-oyat]. Va yana aytadi: “Ey Pаyg‘аmbаr, sizgа vаhiy qilinаyotgаn bu Qur’оn – uning oyatlаri hаqidа fikr yuritishlаri, ko‘rsаtmаlаri vа yo‘llаnmаlаrigа аmаl qilishlаri hаmdа sоg‘lоm аql egаlаri undаgi Аllоhning oyatlаridаn eslаtmа оlishlаri uchun Biz sizgа nоzil qilgаn mubоrаk Kitоbdir”. [Sod surasi: 29-oyat] 6. Ko'plab jismoniy va ruhiy kasalliklardan shifo topish: Kasal bo'lgan a'zoga Qur'on tilovat qilishning ta'siri kuchlidir. Alloh taolo aytadi: “Biz ulug‘ Qur’оndаn qаlblаrgа shak-shubhа, nifоq, jоhillik kаbi illаtlаrdаn shifо berаdigаn, ruqya (dаm sоlish) bilаn bаdаnlаrgа hаm shifо berаdigаn oyatlаrni, shuningdek, mo‘minlаr Аllоhning rаhmаtigа erishishlаrigа sаbаb bo‘lаdigаn oyatlаrni nоzil qilаmiz. Kоfirlаr uni yolg‘оn sаnаshgаni vа ungа iymоn keltirishmаgаni sаbаbli Qur’оnni eshitgаn pаytlаridа bu ulаrgа fаqаt kufru zаlоlаtni ziyodа qilаdi”. [Isro surasi, 82-oyat] Kanal linki: https://t.me/axyorlaracademy