Azizbek Azimov | Rasmiy🇺🇿
СтатистикаAzimov Azizbek Usmon o’g’lining shaxsiy sahifasiga xush kelibsiz! @A_A_Usmanovich
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 9
- 1/48двое суток
- 10
- 1/72трое суток
- 11
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Payshanba – Yoshlar kuni: ochiq muloqot va amaliy yechimlar Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Shahrisabz shahridagi 1-son texnikumda yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev, Shahrisabz shahar prokurori Obidjon Qo‘ldoshev, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning bandligi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va ularni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqildi. Yechimi mumkin bo‘lgan masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflariga tezkor yechim topish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Gov.uz
#донолардан Тарбия – қачон сўзлашни билишдир. Ахлоқ – сўзлаётганга қулоқ тутишдир. Одоб – сўзлаётганни гапини бўлмасликдир. Заковат – ҳар бир сўзловчини тасдиқлаб кетавермасликдир.
#Мулоҳаза Одамзоднинг энг катта фожиаси: умуман ўлмайдигандек яшаб, умуман яшамагандек ўлиши! ✍ Умар Хайём
#ибрат_учун Ота-онангга бўлган муносабатинг бу бир қисса, уни сен ёзасан, фарзандларинг эртага сенга ўқиб беришади.
#Premyera #Madhiya ⭐️ 15-aprel — "O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni" munosabati bilan vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida sohaning "Madaniyat o'lmasin..." nomli ilk madhiyasi yaratildi. 🇺🇿 Madaniyat o'lmasin... Shou bo‘lsa shou, biznes bo‘lsa biznes. Faqat bitta iltimos, adabiyot o‘lmasin. Muammolarda, muomalalarda, yaxshi gapiring faqat. Muhabbat o‘lmasin! Ahamiyat o‘lmasin, jamiyat o‘lmasin. Odam orasida madaniyat o‘lmasin. Inson bolasida Hurriyat o‘lmasin, Ofiyat o‘lmasin, samimiyat o‘lmasin. Madaniyat o‘lmasin, hurriyat o‘lmasin, Qo‘shiq, nolasida she’riyat o‘lmasin. O‘ynasin-o‘ynasin, lazgiga o‘ynasin, Nomus-u-qadriyat ishqida o‘ynasin. Madaniyat o‘lmasin! G‘olib bo‘lsa-g‘olib, mag‘lub bo‘lsa-mag‘lub, Sog‘lom bo‘lsa mayliga raqobat o‘lmasin. Hikoyalarda, risolalarda mardlar bo‘lsin e’tirof, Adolat o‘lmasin! Jasorat o‘lmasin, matonat o‘lmasin, Inson yuragida diyonat o‘lmasin!
без подписи
без подписи
TARIXIY YUTUQ! 🇺🇿O‘zbekiston yana bir bor dunyo e’tiborida! Yurtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi jahon miqyosida e’tirof etildi va Guinness World Records tomonidan “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” sifatida rasman rekordlar kitobiga kiritildi! Bu nafaqat arxitektura yoki muzey miqyosidagi yutuq — bu bizning boy tariximiz, ma’naviyatimiz va ilm-fan merosimizning yuksak qadrlanishidir. Markazning Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani toʻgʻrisidagi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashi tomonidan tantanali ravishda topshirilgan. Bu markaz — buyuk allomalarimiz, islom madaniyati va sivilizatsiyasining betakror namunalarini o‘z ichiga olgan haqiqiy ma’rifat maskani! Bugun biz faqat tomoshabin emas, balki tarix yaratayotgan millatmiz! Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram
Buyuk Amir Temurning so‘nmas xotirasiga hurmat-ehtirom xalqimizning bu ulug‘ zotga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifodalaydi, barchamizni yangi-yangi yutuqlarga ruhlantiradi. — Почтение к немеркнущей памяти великого Амира Темура выражает глубокую любовь и уважение нашего народа к этой выдающейся личности, вдохновляя всех нас на новые свершения. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Shahrisabzda “Amir Temur oyligi” tadbirlari davom etmoqda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi delegatsiya Amir Temur yurti-Shahrisabz shahriga yetib keldi. Mehmonlarni shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev kutib oldi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Amir Temur oyligi” doirasida delegatsiya a’zolari shaharning tarixiy obidalari bilan tanishmoqda. Jumladan, mehmonlar Oqsaroy va Ko‘k Gumbaz kabi obidalarni aylanib, ularning boy tarixini o‘rganib, hududning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan sayyohlar ham ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida raqsga tushib, bayramona kayfiyatni yanada ko‘tarishmoqda. Mehmonlar jurnalistlarga bergan intervyularida “Welcome to Shakhrisabz” deya sayyohlarni ushbu qadimiy va betakror shaharga chorlamoqda.
без подписи