Aziz Halikov
СтатистикаMurojaat uchun: @azcapital_info Ushbu kanal - Aziz Halikov va uning jamoasining yagona kanali bo'lib, trading sohasiga oid eng qiziqarli ma'lumotlar va savdo g’oyalari berib boriladi. https://telegra.ph/Xavf-haqida-ogohlantirish-07-19
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 20
- Всего постов
- 40
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Экономика (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 13 138
- 1/48двое суток
- 15 056
- 1/72трое суток
- 16 238
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
📊 Bu so‘rovnoma nega muhim? Kanalda quyidagi savolni bergandim: Treydingni o‘rganmoqchisiz va… — Jiddiy shug‘ullanmoqchiman, to‘liq vaqtimni ajratishga tayyorman — Jiddiy shug‘ullanmoqchiman, ammo boshqa ishlarim ham bor — Shunchaki hobbi sifatida o‘rganmoqchiman — O‘rta va uzoq muddatli yo‘nalishga qiziqyapman Bu oddiy so‘rovnoma emas. Javobingiz sizga treydingning qaysi yo‘nalishi mos kelishini ko‘rsatadi. 🔴 To‘liq vaqt ajratishga tayyor bo‘lganlar Aktiv treyding insondan bozor vaqtida to‘liq e’tibor talab qiladi. Grafikni kuzatish, kerakli vaziyatni kutish, pozitsiyani ochish va riskni boshqarish — bularning barchasi diqqat va intizom talab qiladigan jarayonlar. Bir vaqtning o‘zida asosiy ish, biznes yoki boshqa mashg‘ulotlar bilan band bo‘lib, aktiv treydingda sifatli natija ko‘rsatish juda qiyin. Agar aktiv treydingni tanlasangiz, unga shunchaki qo‘shimcha daromad manbai emas, jiddiy kasb sifatida qarashingiz kerak. 🟡 Jiddiy shug‘ullanmoqchi, ammo boshqa ishlari ham borlar Bu yerda muammo istakda emas. Muammo — hayot tarziga mos kelmaydigan savdo uslubini tanlashda. Agar sizning asosiy ishingiz, biznesingiz yoki boshqa mas’uliyatlaringiz bo‘lsa, kun davomida grafik oldida o‘tirishni talab qiladigan aktiv treyding sizga mos kelmasligi mumkin. Bu treydingni umuman o‘rganish kerak emas degani emas. Sizga swing trading, o‘rta muddatli savdo yoki uzoq muddatli investitsiya ko‘proq mos kelishi mumkin. 🔵 “Hobbi sifatida o‘rganaman” deganlar Treydingni hobbi sifatida ko‘rish — eng xavfli qarashlardan biri. Chunki bu yerda virtual ochkolar emas, haqiqiy pul xavf ostida bo‘ladi. Bozor psixologiya, intizom, bilim va riskni boshqarishni talab qiladi. Ko‘pincha inson treydingni hobbi sifatida boshlaydi, keyin esa: — sohaga qattiq qiziqib, jiddiy shug‘ullana boshlaydi; — yoki dastlabki qiyinchiliklardan keyin butunlay tashlab yuboradi. Treydingni sinab ko‘rish mumkin. Ammo real pul bilan ishlashni boshlaganingizdan keyin unga hobbi sifatida munosabatda bo‘lish katta xatolarga olib kelishi mumkin. 🟢 O‘rta va uzoq muddatli yo‘nalishni tanlaganlar Bu yo‘nalish asosiy ishi, biznesi yoki boshqa mashg‘ulotlari bor insonlar uchun ancha mos. Kompaniyalarni tahlil qilish, aksiyalarni spot bozorda sotib olish va pozitsiyalarni bir necha hafta, oy yoki yil davomida ushlab turish doimiy ravishda monitor qarshisida o‘tirishni talab qilmaydi. Aslida, “jiddiy shug‘ullanmoqchiman, ammo boshqa ishlarim ham bor” deganlarning katta qismi aynan o‘rta va uzoq muddatli yo‘nalishni tanlashi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Xulosa Bu yerda qaysidir yo‘nalish yaxshi, boshqasi yomon degan tushuncha yo‘q. Eng muhim savol: Siz tanlagan savdo uslubi hayot tarzingizga mos keladimi? Aktiv treyding — vaqt, tezkor qaror va to‘liq e’tibor talab qiladi. O‘rta va uzoq muddatli savdo esa — sabr, sifatli tahlil va kapitalni to‘g‘ri boshqarishni talab qiladi. Bozor sizning vaqtingizga moslashmaydi. Siz savdo uslubingizni vaqtingiz hamda imkoniyatingizga moslashingiz kerak.
видео или голосовое, без подписи
Keyingi postim juda jiddiy post. Post barcha treyder bo'lmoqchi bo'lganlar uchun. So'rovnomaga qatnashing. Silarga aslida juda qimmat turadigan maslahatni mutloq bepulga ulashaman. BU maslahatni so'rovnomadan kein berib o'taman.
image_2026-07-10_14-53-30.png
#EAT Long (bozor ochilganda sotib olinadi) Brinker International, Inc. (EAT) — Chili's Grill & Bar va Maggiano's Little Italy kabi mashhur restoranlar tarmog‘ini boshqaruvchi kompaniya. Kompaniya restoranlar va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasida faoliyat yuritadi, uning bozor kapitalizatsiyasi taxminan 4.8 milliard dollarni tashkil etadi. TP1: 225.85 TP2: 260.41 Spotda balansning 4-5% ga sotib olinadi Tehnik sababi: Linya yorilishi Xavf haqida ogohlantirish
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Kettik instalive !!! Daxshat otmosfeta
видео или голосовое, без подписи
"Toshingni ter" bir obunachim bugun manga 500 000$ bermoqchiligini aytdi. Nima emush 500k bersa oyiga qancha daromad qilib berasiz deydi. 1 gapim toshingni ter dedimm 500k man uchun katta pul deb uyladi shekilli. Gap unda ham emas. Treydingda qanada oylik daromad ? Man oylab - da bolishin ham mumkin. Hullas uz darajasini biladigan trader hech qachon bunday investorlar bilan ishlamaydi.
https://t.me/ahalikov/4/338
Aksiyalarda eng ishonchli aksiyalar odatda qaysi ekanligini bilasizmi ? Bu albatta BIG Teh lar. Yani yirik kompaniyalar. Yani Microsoft, Apple, Meta, nvidia kabi kompaniyalar. Ular ishonchliligi bilan ajratlib turadi. Ular TRLN lab $ kapitalizatsiya ega. Eng qiyin narsalardan biri aynan ularning doim ham juda katta o'sish bermasligi. Yani Big tehlar ichida katta o'sadiganini topish oson emas. O'zi shundoq ham ishonchli bo'lsa. Tasavvur qiling 1 mln $ puliz bor. BTC olasizmi ? yo'q chunki qo'rqasiz. XAUUSD olasizmi ? Yo'q chunki buncha pulni Fx brokerga ishonmaysiz. Microsoft olishingiz mumkinmi ? Ha chunki qo'rqmaysiz bu haqiqiy gigant. Qiziq tomoni bilasizmi nimada ? 1.5 oy ichida Microsoft kompaniyasi sal kam 50 % ga o'sdi. Shuning uchun ham aynan bigteh lar ichida aynan Microsoftni tanlagan edim. Nega bu kompaniyani tanladim ? Keinfi post yangi davr da
Togri aksiyalar sizni millioner qilmaydim. Zato sizni kapitalizni maksimal himoda qilib stabil daromad qillish imkonimi beradi
Kopchillik VIP kanapni sotib olyapdi. Men goyalarni uje bepul beryapman sotib olish shart emas 👋
Silar uchun 100% bepul berishga tayyorman
Kanalimda 92k odam bor istalgan insonni + ga chiqarishim mumkin. Faqat 1 shart bilan tez va kop pul topish degan tushunchaki inkor qilgan holda, kamroq va stabil daromad.
#MSFT (stocks) Long Spotda sotib olamiz Microsoft (MSFT) — dunyodagi eng yirik texnologik gigant bo‘lib, uning asosiy daromadi Azure bulutli tizimi, Office dasturlari va Windowsdan keladi. Kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 3 trillion dollardan ortiq.…
🔥 BOOKMAP: REAL MA’LUMOTMI YOKI CHIROYLI ILLYUZIYAMI? Bookmap’da katta SELL WALL ko‘rdingiz. Mantiq juda oddiy ko‘rinadi: 🔴 Tepada katta sotuvchi turibdi. 🔴 Narx bu darajadan o‘ta olmaydi. 🔴 Demak SHORT ochamiz. SHORT ochdingiz... Bir necha soniyadan…
🔥 BOOKMAP: REAL MA’LUMOTMI YOKI CHIROYLI ILLYUZIYAMI? Bookmap’da katta SELL WALL ko‘rdingiz. Mantiq juda oddiy ko‘rinadi: 🔴 Tepada katta sotuvchi turibdi. 🔴 Narx bu darajadan o‘ta olmaydi. 🔴 Demak SHORT ochamiz. SHORT ochdingiz... Bir necha soniyadan keyin katta SELL WALL yo‘qoldi. Sotuvchi limit orderlarini bekor qildi. Xaridorlar agressivlashdi. Narx tepaga uchdi. ❌ STOP LOSS. Muammo qayerda? Siz ko‘rgan SELL WALL yolg‘on ma’lumot emas edi. Order haqiqatan ham order book’da turgan edi. Lekin order book’da turgan order — bajarilgan order emas. Uni istalgan vaqtda bekor qilish mumkin. Demak: REAL DATA ≠ REAL EDGE --- Endi boshqa vaziyat. Bookmap’da juda katta MARKET SELL VOLUME paydo bo‘ldi. Qizil bubble’lar ko‘paymoqda. Minglab agressiv SELL orderlar bozorga kiryapti. Trader o‘ylaydi: 🧠 “Sotuvchilar juda kuchli. Narx tushishi kerak.” SHORT ochadi. Lekin qiziq holat yuz beradi. Shuncha sotuv bo‘layotganiga qaramay... NARX TUSHMAYAPTI. Nega? Chunki qarshi tomonda undan ham kuchli xaridor turibdi. Market SELL orderlarning hammasini katta limit BUY orderlar yutib olyapti — ABSORPTION. Sotuvchilar tugaydi. Keyin xaridorlar agressivlashadi. Narx tepaga ketadi. ❌ Yana STOP LOSS. Bu yerda ham Bookmap yolg‘on ko‘rsatmadimi? Yo‘q. Market SELL haqiqatan ham juda katta edi. Muammo — ma’lumotda emas, uning interpretatsiyasida. --- 🎯 BOOKMAP BILAN ASOSIY MUAMMO SHU Bookmap sizga bozorda nima bo‘layotganini juda chiroyli ko‘rsatishi mumkin. Lekin u sizga: “Keyin nima bo‘ladi?” degan savolga avtomatik javob bermaydi. Katta BUY WALL → narx albatta ko‘tariladi degani emas. Katta SELL WALL → narx albatta tushadi degani emas. Katta Market BUY → LONG degani emas. Katta Market SELL → SHORT degani emas.
Ota onalar farzandlari hato ishni qilsa koyiydimi ? Farzand hafa bo'ladimi yo'qmi bu haqida o'ylashmaydi. Inson qo'pol gapni juda yomon qabul qiladi. Lekin insonlarga tasir qilishi uchun tez tez qupollik ishlatishga majbur bo'lamiz. Bu hali ham oltinda stabil daromad qilish mumkin deb o'ylayotgan mollar va qo'ylarga tegishli