Badiiy san'at turlari
Статистика- Последний пост
- 19 окт. 2025 г.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
11-sinf ona tili fanidan o'quv dasturi. 11-sinf sifatida shu dasturda ko'rsatilgan mavzular va ma'lumotlar asosida test shakllantiriladi.
10-sinf ona tili fanidan o'quv dasturi. 10-sinf sifatida shu dasturda ko'rsatilgan mavzular va ma'lumotlar asosida shakllantirildi.
9-sinf ona tili fanidan o'quv dasturi. 9-sinf sifatida shu dasturda ko'rsatilgan mavzular va ma'lumotlar asosida test shakllantiriladi.
8-sinf ona tili fanidan o'quv dasturi. 8-sinf sifatida shu dasturda ko'rsatilgan mavzular va ma'lumotlar asosida test shakllantiriladi.
7-sinf ona tili fanidan o'quv dasturi. 7-sinf sifatida shu dasturda ko'rsatilgan mavzular va ma'lumotlar asosida test shakllantiriladi.
6-sinf ona tili fanidan o'quv dasturi. 6-sinf sifatida shu dasturda ko'rsatilgan mavzular va ma'lumotlar asosida test shakllantiriladi.
5-sinf ona tili fanidan o'quv dasturi. 5-sinf sifatida shu dasturda ko'rsatilgan mavzular va ma'lumotlar asosida test shakllantiriladi.
5-11-sinf adabiyot fanidan o'quv dasturi. 14-sahifadan boshlab ko'rsatilgan asarlardan savollar shakllantiriladi. Demak, dasturda ko'rsatilgan asarlar o'qilishi kerak.
🖇 FONETIK HODISALAR🖇 ⛳️Qayir, ayir fe’llariga -il qo‘shimchasi qo‘shilganda i tovushi; ⛳️Ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala, -ovlon qo‘shimchalari qo‘shilganda i tovushi; ⛳️Men, sen so‘zlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi; ⛳️Past, sust so‘zlariga -ay qo‘shimchasi qo‘shilsa, t tovushi tushgan holatda yoziladi. (shahrim, ayrilmoq, ikkovlon, sening, pasay va h.k.)
# grammatika ↗️Affiks sinonimlar -sinonim qo'shimchalar 🔷So'z yasovchi qo'shimchalar doirasida: 📌 -li,-dor,-manda,ba-,bo-,ser - (sifat yasovchi qo'shimchalar bo'lib,asosdagi narsaga egalik ma'nosini bildiradi.):shirali,shirador ,sershlira,badavlat,davlatmand,davlatli, boxabar. 📌-siz,be-,no- (sifat ,ravish yasovchi qo'shimchalar bo'lib,asosdagi narsaga ega emaslik ma'nosini bildiradi):noumid,umidsiz, beumid 📌-chi,-kash,-shunos,-kor (shahs oti yasovchi qo'shimcha):tilchi, tilshunos,g'allakor,aravakash. 🔷Shakl yasovchi qo'shimchalar doirasida: 📌-(i)sh,-lar (aniq nisbatning 3 shaxs ko'plik shakli va birgalik nisbatning 3 shaxs birlik shakli ):o'qishdi, o'qidilar. 📌-(i)sh,-(i) mtir,-roq (sifatning ozaytirma daraja shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalar): ko'kish, ko'kimtir,ko'kroq. 📌-ni,-ga,-da,-dan,-ning (kelishik qo'shimchalari):uzumni yemoq,uzumdan yemoq,otga minmoq,dashtda kezmoq,kelganidan xursand,qizlarning biri.
#Paronim vaqti #Q harfi 🔷Qadah – idish 🔶Qadoq - yara 🔷Qad – qomat 🔶Qat – qavat, qatlam 🔷Qayd – ta’kid 🔶Qayt – qusish 🔷Qala – o‘tinni taxla 🔶Qal’a – shahar 🔷Qalmoq – millat 🔶Qolmoq – qolish 🔷Qarz – qaytariladigan pul, buyum 🔶Qars – tovush qars etdi 🔷Qurt – qumursqa 🔶Qurut – chakki 🔷Qari – keksa, mo‘ysafid 🔶Qa’ri – chuqur yeri, osti, ichi 🔷Qat’i – qat’i nazar 🔶Qat’iy – uzil-kesil 🔷Qaviq – qavilgan 🔶Qovuq – inson a’zosi 🔷Qozi – din arbobi 🔶Qazi- ot go’shti 🔷Qiyq – qiyq etdi 🔶Qiyiq – kiyiladigan ro‘mol 🔷Qirlik – qirda turuvchi 🔶Qirliq – jun qaychi 🔷Qism – bo‘lak 🔶Qisim – siqim 🔷Qolib – qolmoq 🔶Qolip – oyoq kiyimi moslamasi 🔷Quyildi – oqdi 🔶Quyuldi – quyuq 🔷Qura – qura boshladi 🔶Qur’a – chek 🔷Qurt – hasharot 🔶Qurut – suzma quru
#Қитъа “Badoye’u-l-vasat”dagi 4-qit’a Hadis tarjimasi: saxiyning o‘tdin najoti bovujudi ubudiyat va baxilning jannatdin hirmoni bovujudi siyodat Kirmagay jannat ichra hech baxil, Garchi ul bo‘lsa sayyidi Qurashiy. Bormag‘ay do‘zax ichra hech saxiy Filmasal bo‘lsa bandayi habashiy. Vazn: Fo-i-lo-tun / ma-fo-i-lun / fa-i-lun / – V – – / V – V – / V V – Hafifi musaddasi maxbuni mahzuf O‘qilishi: Kir-ma-gay-jan / na-t ich-ra-he: / ch-ba-xil, Gar-chi-ul-bo‘l / sa-say-yi-di: / Qu-ra-shiy. Lug‘at: Bovujud – shunday bo‘lsa, shunday bo‘laturib, Ubudiyat – bandalik, qullik, Hirmon – mahrumlik, bebahralik, Siyodat – sayyidlik, ulug‘lik, Filmasal – masalan. Nasriy bayon: Hadis tarjimasi: saxiy kishi qul bo‘lsa-da, do‘zaxdan najot topuvchidir va baxil sayyidlardan bo‘lsa-da, jannatdan mahrumdir! Baxil kishi hech qachon jannatga kirmaydi, garchi u Quraysh sayyidlaridan bo‘lsa-da. Va saxiy kishi hech qachon do‘zaxga kirmaydi, masalan, habashiy qul bo‘lsa-da. Badiiy san’atlar: Tazod – baxil / saxiy; Iqtibos – hadis she’rga solingan; Baroati istehlol – sarlavhada mazmunga ishora qilingan; Kalomi jome’ – nasihat. Xulosa: saxiylik foydasi, baxillik zarari haqida.
#Adabiyot 🔷 Roman janrida yozilgan asarlar🔷 ✅ Alfons Done 📖 Tarasonlik Tataranning sarguzashtlari 📖 Kichik Fromon va katta Risler 📖 Roza va Ninetta 📖 Kichkintoy ✅ Jek London 📗 Dengiz boʻrisi 📗 Martin Iden 📗 Uch qalb ✅ Odil Yoqubov 📕 Diyonat 📕 Ulugʻbek xazinasi 📕 Er boshiga ish tushsa... 📕 Koʻhna dunyo 📕 Oq qushlar, oppoq qushlar 📕 Adolat manzili ✅ Oybek 📒 Navoiy 📒 Qutlugʻ qon 📒 Quyosh qoraymas ✅ Oʻtkir Hoshimov 📘 Nur borki, soya bor 📘 Ikki eshik orasi 📘 Tushda kechgan umrlar ✅ Nodar Dumbadze 📙 Oq bayroqlar 📙 Abadiyat qonuni 📙 Quyoshni koʻryapman
#Қитъа “Navodiru-sh-shabob”dagi 15-qit’a: Devonda muhr bosqondin nafsig‘a shikast yetmagan uchun muhrg‘a shikast bergani Chun manga lutf etti shah devonda muhr, Bu edi eldin quyi muhr urmog‘im Kim, g‘ururi nafsi sarkash man’ig‘a, Barchadin bo‘lg‘ay quyi o‘lturmog‘im, Chun shikasti nafs hosil bo‘lmadi, Mundin o‘ldi muhrni sindurmog‘im. Lug‘at: Shikast yetkazmoq – sindirmoq, Sarkash – itoatsiz, o‘jar, Man’ – taqiqlamoq. Nasriy bayon: Devonda muhrdorlik (muhr bosuvchilik) amalida ekan nafsini sindira olmagani uchun oxir-oqibat muhrni sindirgani Shoh menga lutf etib devonda muhrdorlikni topshirgani uchun barchadan quyiga muhr bosar edim va buning sababi – o‘jar hamda itoatsiz nafsning g‘ururini yengmoq edi. Ammo barchadan quyida o‘ltirmoq bilan nafsimni yenga olmadim. Nafsimni sindira olmaganim sababli oxir-oqibat muhrni sindirmoqqa qaror qildim, ya’ni muhrdorlik amalini topshirdim. Badiiy san’atlar: Baroati istehlol – she’r boshida mazmunga ishora; Kalomi jome’ – nasihat; Tanosib – shah, devon, muhr; Takrir – muhr. Xulosa: nafs bilan kurash mashaqqati haqida.
#Paronim vaqti @onlineonatili : 🔷Tab – taft, harorat 🔶Ta’b – kishining ichki tabiati, mijoz 🔷Talat – talatmoq 🔶Tal’at – yuz, chehra 🔷Tambur – vagonkiraverishidagi bo‘lma 🔶Tanbur – cholg‘u asbobi 🔷Tana – gavda 🔶Ta’na – gina, kudurat 🔷Tong –kun qismi 🔶Tang – og’ir ahvol 🔷Tafsir –tushuntirish 🔶Tafsil - mukammallik 🔷Tarif – baholar ko‘rsatkichi 🔶Ta’rif – tavsif, tasvir 🔷Tasir – tasir-tusur 🔶Ta’sir – tazyiq 🔻Surgin - surmoq 🔸Surgun- badarg‘a
#Paronim vaqti 🔷Uzik – uzilgan 🔶Uzuk – taqinchoq 🔷Uyim – mening uyim 🔶Uyum – to‘da 🔷Ulish – ulimoq (it, bo‘ri) bo‘ri ulidi 😁 🔶Ulush – bo‘lak, hissa 🔷Undosh – harf turi 🔶Undash – undamoq 🔷Urish – urmoq 🔶Urush – jang 🔷Uquv- fahm 🔶O’quv – o’qimoq fe’li
без подписи
1. Qoʻshtirnoq qaysi holatda ishlatilmaydi? A) Iqtiboslarni ajratishda B) Asar nomlarini yozishda C) Sanoq raqamlarini ajratishda D) Soʻzning ramziy ma’noda qoʻllanishini koʻrsatishda 2. "Qoʻshtirnoq" qaysi gapda notoʻgʻri ishlatilgan? A) "Oʻtkan kunlar" romani mashhur asarlardan biridir. B) Alisher Navoiy: "Koʻp oʻqigan emas, koʻp tushungan bilagʻon", – degan. C) U bizga "yaxshi" qaror qabul qilganini aytdi. D) Biz "Xalq soʻzi" gazetasida chiqqan maqolani oʻqib chiqdik. 3. Quyidagi gaplardan qaysi biri bogʻlovchisiz qoʻshma gapga misol bo‘la oladi? A) Quyosh botdi va havo soviy boshladi. B) Men uni ko‘rdim, lekin u meni payqamadi. C) Uydan chiqdi, ko‘chada do‘stini uchratdi. D) Yomg‘ir yog‘di, chunki havo bulutli edi. 4. Qaysi gapda asar nomi qoʻshtirnoqqa notoʻgʻri olingan? A) Men «Shum bola» qissasini oʻqib chiqdim. B) «Boburnoma» tarixiy asardir. C) «Yulduzli tunlar» romani juda ta’sirli. D) Men “Tarix” fanini yaxshi koʻraman. 5. "Qoʻshtirnoq" ichida yana qoʻshtirnoq ishlatilishi kerak boʻlsa, qanday shaklda yoziladi? A) « „...“ » B) " '...' " C) ' "..." ' D) « "..." » Doʻstlaringizga ulashing Javoblarini qayerga yozishni bilamiz 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
❇️Tilshunoslikdagi bo‘limlar❇️ 🔰1. Fonetika – og‘zaki nutqning tovush tizimini o‘rganadi, tilning tovush tuzilishini tekshiradi; bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiya kabi masalalarni o‘rganadi. 🔰2. Fonologiya – nutq tovushlarining funksional tomoni – ma’no farqlash vazifasini: fonema, ularning tasnifi, fonemalar o‘rtasidagi munosabatnio‘rganadi. 🔰3. Grafika – yozma nutqning harflar tizimini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi; harf, alifbo, harf va fonema o‘rtasidagi munosabat, harflarning yozilish shakllari, turlari, so‘zlardagi o‘rni va ular ifodalagan tovushlarning xususiyatlari o‘rganiladi. 🔰4. Leksikologiya – so‘z va uning atash ma’nolarini; leksema, leksik ma’no, lug‘aviy birliklarning semantik tuzilishini, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra tiplarinio‘rganadi. 🔰5. Morfologiya – so‘z shakllari haqidagi ta’limot bo‘lib, bu bo‘limda so‘zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllar, so‘z turkumlari o‘rganiladi. 🔰6. Sintaksis – gapda so‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gap va uning turlarini o‘rgatadigan tilshunoslik bo‘limi. 🔰7. Punktuatsiya – tinish belgilari va ularni yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatadi. 🔰8. Orfoepiya – to‘g‘ri talaffuz me’yorlari va qoidalarini o‘rganadi. 🔰9. Orfografiya – to‘g‘ri yozish me’yorlari va qoidalarini o‘rganadi. 🔰10. Leksikografiya – lug‘at tuzish qoidalarini o‘rganadi. 🔰11. Dialektologiya – o‘zbek sheva va lahjalarini o‘rganadi. 🔰12. Frazeologiya – turg‘un birikma va iboralarni o‘rganadi. 🔰13. Onomastika – nomlar, ularning turlari, nomlanish sabablari bilan shug‘ullanadi. 🔰14. Paremiologiya – barqaror birikmalarni o‘rganadi. 🔰15. Paremiografiya – barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolari bilan shug‘ullanadi. 🔰16. Etimologiya – so‘zlarning kelib chiqishini, asl holini o‘rganadi. 🔰17. Morfemika – so‘zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o‘rganadi. 🔰18. So‘z yasalishi – so‘z yasalish strukturasi. So‘z yasash usullari haqida ma’lumot beruvchi bo‘lim. 🔰19. Uslubiyat (stilistika) – nutq uslublarini o‘rganadi. 🔰20. Semasiologiya – tilshunoslikning til birliklari va ularning o‘zgarishlarini o‘rganuvchi bo‘lim. Bizning kanal: 👉 https://t.me/valisherov_onatili
Eslatma !! ⚖SOF VA VAZIFADOSH KO‘MAKCHILAR 🔰 Sof ko‘makchilar : ✅ Bilan, (-la,ila,birla) ✅ sari, ✅ sayin, ✅ uchun, (-chun) ✅ kabi, ✅ qadar, ✅ singari, ✅ uzra, ✅ tufayli, ✅ haqida 🔰 Vazifadosh ko‘makchilar: ✅ ost, (otdan o‘tgan) ✅ yon, (otdan o‘tgan) ✅ ust, (otdan o‘tgan) ✅ old, (otdan o‘tgan) ✅ orqa, (otdan o‘tgan) ✅ ro‘para, (otdan o‘tgan) ✅ qosh (otdan o‘tgan) ✅ oldin, ( ravish so‘z turkumidan) ✅ avval, ( ravish so‘z turkumidan) ✅ keyin, ( ravish so‘z turkumidan) ✅ so‘ng, ( ravish so‘z turkumidan) ✅ tomon ( ravish so‘z turkumidan) ✅ bo‘ylab, (fe’l so‘z turkumidan) ✅ qarab, (fe’l so‘z turkumidan) ✅ ko‘ra, (fe’l so‘z turkumidan) ✅ deya, (fe’l so‘z turkumidan) ✅ deb, (fe’l so‘z turkumidan) ✅ atab (fe’l so‘z turkumidan) Do'stlaringizga ulashishingiz mumkin. Kanal nomi bilan, albatta. https://t.me/valisherov_onatili