tgindex
MATEMATIKA kanalı || Baxtiyar Jaksilikov

MATEMATIKA kanalı || Baxtiyar Jaksilikov

Статистика

Repetitor: Jaksilikov Baxtiyar Rambergenovich ☎️Tel: +998906626967 📧Telegram: @BaxtiyarJaksilikov 📱Instagram: instagram.com/baxtiyar_teacher 📍Xojeli 📚Qızıqlı mısallar hám máseleler 📐Háptelik online testler 📊Óz bilimińizdi biz benen asırıń💪

Последний пост
24 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
264
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
196
23 постов
Вовлечённость
74,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
182
1/48двое суток
208
1/72трое суток
224

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 24 июл.1841из xushnudbek

    ❗️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi #abituriyent Bugun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi. O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi. Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi. ‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈

  • #dtm2026 #majburiy 🎁 Majburiy matematika  22-iyul 2-smenada tushgan barcha test savollari ✅ Mustaqil bajarib ko'rish uchun maxsus fayl✅ 🔢Testlar soni: 10 ta ‼️Test kodi: 90 Test javoblaringizni quyidagi botga jo'nating: 👉 @SaidxonovAcademy_bot ♻️Test ishlanishga tayyor!!! Mualliflik huquqini buzmagan holatda tarqating❗️ Imtihonga endi kiradigan barcha abituriyentlarga joʻnatamiz 🔥 🎓Jamshid Saidxonov Academy 🎓 Sifatli taʼlim - 10/10 natija 📊 👉 @Majburiy_MatematikaMS

  • #dtm2026 #majburiy 🎁 Majburiy matematika 14-iyuldan 20-iyulgacha tushgan barcha test savollari ✅ Mustaqil bajarib ko'rish uchun fayl✅ Mualliflik huquqini buzmagan holatda tarqating❗️ 🎓Jamshid Saidxonov Academy 🎓 Sifatli taʼlim - 10/10 natija 📊 👉 @Majburiy_MatematikaMS

  • 20 июл.2141из xushnudbek

    ❗️Akademik litseylarga kirish testlari uchun ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent Abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin: 1️⃣ my.edu.uz hamda my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi; 2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin. Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kamida 1,5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • #dtm2026 #majburiy 2026-yil 20-iyul 1-smenada tushgan ORGINAL test savollar toʻliq holatda javoblari bilan✅ Mualliflik huquqini buzmagan holatda tarqating❗️ 🎓Jamshid Saidxonov Academy 🎓 Sifatli taʼlim - 10/10 natija 📊 👉 @Majburiy_MatematikaMS

  • 18 июл.2083из MatematikaMilliy_Sertifikat

    #dtm2026 #majburiy 2026-yil 18-iyul 1-2-smenalarida tushgan ORGINAL test savollar toʻliq holatda javoblari bilan✅ Mualliflik huquqini buzmagan holatda tarqating❗️ 🎓Jamshid Saidxonov Academy 🎓 Sifatli taʼlim - 10/10 natija 📊 👉 @Majburiy_MatematikaMS

  • без подписи

  • без подписи

  • 17 июл.2074из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 BAKALAVR. KUNDUZGI #abituriyent Jami: 155 ming 852 ta. 2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.1721из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent  ✅ HARBIY TAVSIYANOMALILAR UCHUN Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 10 ming 280 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida: ➡️ kunduzgi — 7 ming 793 ta (davlat granti - 1 ming 828 ta, to‘lov-kontrakt - 5 ming 965 ta); ➡️ kechki — 1 ming 447 ta (to‘lov-kontrakt); ➡️ masofaviy — 1 ming 40 ta (to‘lov-kontrakt). ❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. ❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida harbiy tavsiyanomalilar uchun 47 ta kvota (11 ta grant, 36 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent Sharqshunoslikni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir tarix, kimdir falsafa, kimdir filologiya va h.k. Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 47 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga grant yoki kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 253 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓Bu tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. ‼️Ushbu imtiyozdan foydalanishda abituriyent grant uchun kamida 68 ball, kontrakt uchun kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.1261из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi kvota taqsimoti ✅ Jami: 731 ta qo‘shimcha kvota tasdiqlandi. ❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi. ❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun 21 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 50 nafar tavsiyanomali abituriyent TDIUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir soliq, kimdir buxgalteriya va h.k. Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 50 nafar bojxona organlari xodimlari farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 21 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga grant asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 29 nafar abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓Bojxona organlari xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi. ‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.1301из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 ✅ Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota taqsimoti #abituriyent Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining tashkilotlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. ❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. ‼️ESLATMA-2: ushbu qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi ta’lim uchun taalluqli. Agar 2 foizli tavsiyanoma olgan harbiyning farzandi birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviyni tanlasa, unda imtiyozdan foydalana olmaydi. Albatta, birinchi yo‘nalishga kunduzgini tanlash kerak. Qolgan 2, 3, 4 va 5-yo‘nalishlarga istaganini tanlash mumkin. ❓Bu yerda faqat tashkilotlar nomi bor ekan, lekin na OTMlar, na yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, Mudofaa vazirligiga 813 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas. Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 813 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi. ‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.1422из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizli davlat granti asosidagi kvota taqsimoti Jami: 1 ming 828 ta (davlat granti asosida) ❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi. ❓Bu yerda na OTMlar, na yo‘nalishlar yozilgan, imtiyoz qanday qo‘llanadi? Avvalgi yillari IIO xodimlari farzandi uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar oliygohlar kesimida tasdiqlanar edi. Natijada qaysidir oliygohda o‘tish bali juda yuqori, qaysidir birida past bo‘lib qolardi. O’tgan yildan boshlab umumiy kvota e’lon qilinmoqda. Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilot kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Jami kvota 1 ming 828 ta. Aytaylik, Ichki ishlar tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 6 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir O'zMUni, kimdir Sharqshunoslikni tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas. Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Ichki ishlar tizimidan tavsiyanoma olgan 6 ming nafar xodimlarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 1 ming 828 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi. ‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.1162из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent  ✅ Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota Respublika bo‘yicha jami 2 ming 56 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. ▪️Ta’lim shakllari kesimida: ➖kunduzgi – 1 ming 559 ta; ➖kechki – 289 ta; ➖masofaviy – 208 ta. ❓Ushbu kvota kimlar uchun taalluqli? — Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari; — vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar; — ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar; — nikohda bo‘lmagan onaning vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar. ❗️ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan. ❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, Iqtisodiyot universitetining kunduzgi shaklida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun 45 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, shu toifadagi 100 nafar abituriyent TDIUga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir marketing, kimdir bank ishi va h.k. Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 100 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 45 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 55 nafar bolalar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓Bu toifadagilarga ball qo‘shib beriladimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.1272из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent  ✅ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN Respublika miqyosida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 4 ming 112 ta (o‘tgan yilgidan 205 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan. ▪️Ta’lim shakllari kesimida: ➖kunduzgi – 3 ming 117 ta; ➖kechki – 579 ta; ➖masofaviy – 416 ta. ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan. Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas. ❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 54 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k. Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 54 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 146 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.1582из xushnudbek

    ⚡️KVOTA–2026 #abituriyent ✅ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi JAMI: 21 ming 15 ta Ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa) oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning soha ixtisoslashuviga koʻra taqsimlangan qabul parametrlari. Masalan, Filologiya va tillarni o’qitish sohasi uchun jami 1570 ta grant o’rni ajratilgan bo’lsa, shundan faqat 567 ta grant ingliz tili uchun beriladi. Bundan maqsad, grant kvotasining katta qismi ingliz tiliga ketib qolib, boshqa tillar uchun bironta grant bo’lmasligining oldini olish. Yoki boshqa misol: Sport faoliyati sohasi uchun jami 795 ta grant ajratilgan bo’lsa, shundan futbol uchun 92 ta, kurash uchun 88 ta grant beriladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.14125из MatematikaMilliy_Sertifikat

    🎙Majburiy matematika 17-iyul 1-smena tahlili 🔥 Hamma tanishlarni taklif qiling🔗 📹https://www.youtube.com/live/NZfWoeSnyuo?si=TQwH3F5-BtYNmIsM Sifatli taʼlim - 10/10 natija 📊 👉 @Majburiy_MatematikaMS

  • 8 июл.25333из xushnudbek

    ❓Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan? #abituriyent Joriy yilda ham test sinovlari 2 ta smenada o’tkaziladi: 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI. Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa? ✅ Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi. Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi. Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi, deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi. ❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport (ID-karta) bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (ruxsatnoma rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi). 👉 @xushnudbek 👈

  • 4 июл.31322из KARAKALPAK24

    ❓Тесттен кейин абитуриент нелерди таңлайды? Өткен жылдан баслап тестке шекем тек пәнлер комплекси таңланады. Қалған әҳмиетли таңлаўлар болса тесттен кейин әмелге асырылады. 1. Жөнелис таңлаў. Абитуриент 5 ке шекем бағдарды таңлаўы мүмкин. Бул бағдарлар абитуриент тапсырған пәнлер комплексине сәйкес болыўы керек. ЖОО таңлаўда ҳеш қандай шеклеў жоқ, яғный пәнлер сәйкес келсе, қәлеген жоқары оқыў орнындағы қәлеген бағдарды таңлаў мүмкин. Дизимнен өтиўде таңланған жөнелис сәйкес еди. Яғный, ўақытша, мысал ретинде көрсетилген. Тийкарғы ҳәм ҳақыйқый таңлаў тесттен кейин әмелге асырылады. Соның ушын алдын таңлаған жөнелисти биймәлел өзгертиў мүмкин. 2. Билимлендириў формасын таңлаў. Абитуриент төмендеги билимлендириў түрлеринен бирин таңлайды: күндизги, кешки ямаса аралықтан. Оларды ҳәр қыйлы бағдарларға араластырып таңлаў да мүмкин. Мәселен, биринши ҳәм екинши жөнелис ушын күндизги, үшиншиси ушын кешки, төртинши ҳәм бесинши ушын аралықтан турыўшы форма таңлаў мүмкин. Қайсы жоқары оқыў орнында қайсы форма бар екенлигин квоталар тастыйықланғаннан кейин билесиз. 3. Таңлаў үстинлигин белгилеў. Абитуриент таңлаўда неге көбирек итибар беретуғынын белгилейди: мәмлекетлик грант па ямаса бағдар ма. Егер "қайсы бағдар болыўына қарамастан, тек грантқа кириўим керек" десе, үстинлик грантқа бериледи. Егер "тап усы бағдарда оқыўым керек, ҳәтте коньтракт болса да мейли" десе, үстинлик бағдарға бериледи. Әҳмийетли сәнелер: 14-23-июль күнлери тест сынақлары өткериледи. Ҳәр бир абитуриент тесттен ертеңине нәтийжесин билип алады. Барлық тестлер жуўмақланғаннан соң, бағдар, билимлендириў түри ҳәм үстинликти таңлаў ушын 15 күн мүддет бериледи. Буннан кейин улыўма мандат қәлиплестириледи. Мандат нәтийжелери шама менен 17-августта жәрияланады. Егер абитуриент ЖООна кире алмаса, оннан кейин колледжлерге ҳәм техникумларға ҳүжжет тапсырыў ушын және 10 күнлик имканият бериледи. 👉 @Karakalpak24

  • 16 июн.4301из piimauz

    #qabul_2026 #infografika   🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli muhim ma'lumotlar mazkur infografika ko‘rinishida taqdim etilmoqda.  ☎️ Call-markaz: 1206 Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor