tgindex
𝐁𝐚𝐲𝐲𝐢𝐧𝐚_

𝐁𝐚𝐲𝐲𝐢𝐧𝐚_

Статистика

Mutolaa | Taqriz | Iqtibos | She’riyat

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
51
+1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
66
21 постов
Вовлечённость
129,4%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
27
1/48двое суток
30
1/72трое суток
33

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • • Kichik kutubxonamdagi birinchi lirik kitob.

  • #bitdi Nomi: “Kambagʻallar” Muallif: Fyodor Dostoyevskiy Sahifa: 190 bet 08-13.08.2026 Yil hisobida 8-kitob. #taqriz “Kambagʻallar” Dostoyevskiy ijodidagi birinchi roman boʻlib, u rus adabiyotida “ijtimoiy psixologik roman” janriga asos solgan asarlardan hisoblanadi. Roman Makar Devushkin va Varvara Dobroselova oʻrtasidagi maktublar orqali rivojlanadi. Asarda haligacha dolzarbligi yoʻqolmaydigan jamiyatdagi tengsizlik, “qoʻli kalta” odamlarga qilinadigan tahqirli munosabat, moddiy yetishmovchilikdagi hayot bilan birga ma’naviy iztiroblar ham tasvirlangan. Dostoyevskiy asar orqali kambagʻallik inson hayoti, orzu-umidlariga qanchalik ta’sir qilmasin pok vijdon, mehr, sadoqat kabi yetakchi fazilatlarni ifodalaydi. Bundan tashqari, bu kitobda yozuvchining “Hayotning kichik suratlari” ocherki ilk bor oʻzbek tilida nashr etilgan. Asar boshida biroz zerikarli va tushunarsiz tuyildi, ammo soʻnggi esa menga “Oydin tunlar” romanini eslatdi, oʻshandagi hissiyotlar qayta uygʻondi. Iztirobli yakun…

  • Goho ta’zim qilib oʻzingni yerga urganingni bilmay qolasan, toshib kelgan yaxshilik hissi va haddan tashqari koʻngilchanlik goho odamga pand berib qoʻyadi. ©️”Kambagʻallar”

  • Adabiyot yaxshi narsa-da. Chuqur narsa! Odamlarning qalbini mustahkamlaydi, tarbiyalaydi. Adabiyot — bu suvrat, ya’ni suvrat va oynaga oʻxshagan bir narsa. Ehtirosli gaplar, nozik tanqidlar, pand-nasihatlar, hujjatlar — hammasi bor unda. ©️”Kambagʻallar”

  • Yegani bir burda nonim bor, toʻgʻri, bir toʻrgʻam non, koʻpincha qotgan non boʻladi, ammo u bor, mehnat bilan topilgan, qonuniy - yesang halquming pok. ©️”Kambagʻallar”

  • • Hayotdagi odamoviligim mutolaada ham seziladi. Yangi kitob boshlaganimda undagi odamlar bilan tanishishda qiynalaman.

  • Ilm sekin yonadi — uzoq yonadi. Motivatsiya tez yonadi — tez soʻnadi. Motivatsiya kerak, lekin uni ushlab turish va unga doimiy muhtoj boʻlmaslik uchun ilm kerak. ©️Lola Zunnunova

  • Gʻam boʻyniga boylangan tosh boʻlsa, quvonch yelkadan oʻsib chiqqan qanot. Gʻam pastga, quvonch yuqoriga tortadi. ©️”Ufq”

  • #bitdi Nomi: “Ufq” Muallifi: Said Ahmad Sahifa: 509 bet 16.07.2026 - 05.08.2026 Yil hisobida 7-kitob. #taqriz “Ufq” trilogiyasi 3 ta kitobdan iborat boʻlib, 1964-1974 yillar oraligʻida yozilgan. Asar ikkinchi jahon urushi, urushdan avval va keyingi yillardagi oʻzbek xalqi hayoti va Katta Fargʻona kanali qazilgan davrlardagi voqealarni oʻz ichiga oladi. Yirik adib Albdulla Qahhor asar haqida shunday deydi: "„Ufq"da tasvir etilgan qishloq hayotini, odamlarni ko'rib, har bir o'zbek iftixor bilan „biz o'zbeklar!" deydi, qardosh xalqlar o'zbekni mehr bilan „o'zbek og'ay-nim" deb ataydi. Asar oʻquvchiga shuni anglatadiki, hayot chizigʻida inson boshiga tushadigan turli xil ayovsiz sinovlar qarshida, umuman, har qanday holatda inson oʻzini yoʻqotib qoʻymasligi, umidsizlikka choʻkib zulmatda botib qolmasligi, doimo bir nurga intilib yashashi kerak. Axir har qishning bahori, har tunning tongi bor...

  • Tüm çaresizlikler Allah tarafından bize verilir. Tâ ki tüm çareni o'ndan bul diye. ©️Mehmet Yıldız

  • 3 авг.703из tarixchilik_uz

    Hozirgi vaqt Turkiston munavvarlari haqida mulohazalar Sovet-rus targ‘iboti har yerda Turkistonda sovet hokimiyati davrida buyuk bir milliy quvvat va ziyolilar qatlami yaratilganini tinimsiz ravishda da’vo qilib keladi. Ayrim yevropalik sayyohlar ham o‘lkada ta’lim-tarbiya sohasida o‘zgarishlar borligini tan olsalar-da, Turkiston xalqi asrlar davomida "dangasalik" (lapashanglik)dan qutula olmagani va ruslar hamon ularga "katta og‘a" bo‘lib turganini ta’kidlashgan. Bu esa Moskva nazarida Turkiston munavvirlari qanchalik ko‘p bo‘lmasin, baribir "rus yordamiga muhtoj" degan tushunchani mustahkamlashga xizmat qiladi. Ko‘p yillar davomida Turkiston xalqini "azaldan savodsiz va madaniyatsiz" deb ko‘rsatishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, sovet davrida bu uydirma yanada kuchaytirilib, yosh avlod ongiga o‘z o‘tmishiga nisbatan nafrat va sovet rejimiga nisbatan minnatdorchilik hissini singdirish ko‘zlangan edi. Vaholanki, Turkiston tarixi Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Buxoriy, Termiziy, Xorazmiy, Ulug‘bek, Navoiy va Maxtumquli kabi jahonshumul siymolar bilan bezatilgan. Ruslar hatto 1890-yilga qadar Turkistonda 10 mingdan ortiq milliy maktablar mavjud bo‘lganini ham ataylab inkor qilib keldilar. Sovet-Rossiyasi davrida Turkistonni butunlay savodsiz o‘lka deb e’lon qilish siyosiy qurolga aylandi. 1939–1942-yillarga kelib esa "savodsizlik butunlay tugatildi" degan soxta hisobotlar bilan o‘zlarini dunyoga "maarifparvar va madaniyat keltiruvchi" xaloskor sifatida ko‘rsatishga urindilar. Bu harakatlar orqali xalqning ming yillik milliy-madaniy merosini va ilmga bo‘lgan tabiiy intilishini kommunistik mafkura ostida ko‘mib tashlash maqsad qilingan edi. 1961-yil aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekistonni "ozod xalqning buyuk yutug‘i" va boshqa davlatlar uchun namuna sifatida taqdim etdilar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili Paul Lougranning O‘zbekistondagi taraqqiyot haqidagi ijobiy fikrlari sovet mafkurasi tomonidan o‘z hukmronligini oqlash uchun keng foydalanildi. Moskva dunyoga Turkiston ziyolilarini go‘yoki "noldan" yaratgandek ko‘rsatishga urinsa-da, aslida Turkistonda qadimdan va rus istilosining ilk davrlarida ham juda katta ziyolilar qatlami mavjud bo‘lgan. Munavvirlarimiz xalq hayotining ajralmas qismi bo‘lib, ular doimo "qorong‘u kechalarning yoruq yulduzlari" vazifasini o‘taganlar. Bugungi Turkiston munavvirlarining ildizi xalqning o‘z ichidan chiqqan bo‘lib, agar o‘tmishda shunday kuchli madaniy poydevor bo‘lmaganida, ular hozirgi darajaga chiqa olmas edilar. Sovet rejimi esa barcha yutuqlarni faqat o‘ziga bog‘lab, haqiqatni yashirishga urindi. Rejim ostida faoliyat yuritgan Behbudiy, Fitrat, Munavvar Qori, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Baytursun, Mag‘jan, Riskulov, Akmal Ikrom va Fayzulla Xo‘ja kabi millat fidoyilarining taqdiri esa juda achinarli kechdi. Ularning millat manfaati uchun qilgan xizmatlari "sovet madaniyati" deb atalsa-da, amalda bu shaxslarning o‘zi millatchilikda ayblanib, tizimli ravishda yo‘q qilindi, tashkilotlari tarqatib yuborildi. Stalin 1922-yilda "milliy kadrlar tayyorlash" haqida qaror chiqarganida, uning asosiy maqsadi Turkistonni ma’rifatli qilish emas, balki sovet-rus hukmronligini mustahkamlovchi va kommunizmni yoyuvchi mutiy kadrlar qatlamini yaratish bo‘lgan edi. Shu tariqa, chinakam milliy ruhdagi ziyolilar jismonan yo‘q qilinib, ularning o‘rniga Moskvaga sadoqat bilan xizmat qiladigan guruhlar tayyorlandi. Milliy Turkiston hurriyat davosi Boymirza Hayit

  • Yer kurrasida chumolidek mehnat qilayotganlardan koʻra, tuproq tagida yotganlar koʻp. Yer qatlami odam suyaklariga toʻlib ketgan. Ammo hech bir inson oyoq tagiga qarab yashamaydi. Olis ufqlarni moʻljalga olib yoʻl yuradi. Uni hamisha ertangi kun, yashash, yosharish, yaratish ishtiyoqi oyoqqa turgʻizgan. ©️”Ufq”

  • 1 авг.643из adabiyot_maydoni

    УЙҒУРИСТОН ДАРДИ Тақиқ қўйилгандир ҳамма нарсага -- Ўз тилингда яйраб гапирмоқ -- тақиқ. Тақиқ -- юрагингда унган орзуга, Юртинг даласида саф турмоқ -- тақиқ. Тақиқ -- китобларда ўқимоқ элнинг Кўйида қон бўлган ошиқларини. Тақиқ -- тингламоқлик қояларга тенг Абдураҳим Ҳайит қўшиқларини. Тақиқ -- мадрасалар, тақиқ -- ибодат, Ғазаллар пинжида чекмоқ дарду ғам. Тақиқ -- ошхоналар пештоқларига "Миллий таомлар" деб ёзишлари ҳам. Дунёга таралди уйғур ғубори, Бошини силарга бирорта қўл йўқ. Энг алам қилгани, мана шу бори Тақиқни тақиқ деб айтмоққа йўл йўқ. ...Шукр, жоиз эрур бир юмуш, ахир, Шартку недир-ла эл тирик юрмоғи -- Қаронғу кечада ҳар қайси уйғур Йиғлаб Соғунийни тушда кўрмоғи... ©️Xayrulla Hamidov

  • Hayot toʻlqini ojizlarni qirgʻoqqa irgʻitib tashlaydi. Oqimga qarshi suza olganlar, toʻlqinni egarlaganlargina ertangi kunga yetib keladi. ©️”Ufq”

  • 30 июл.803из tarixchilik_uz

    Tarixni soxtalashtirishning eng ko‘zga ko‘ringan namunalaridan biri Toshkentning bosib olinishi bilan bog‘liqdir. General Chernyayev 1865-yilda Toshkentni ikki oylik qonli janglardan so‘ng zabt etgan bo‘lsa-da, shahar oqsoqollarini yig‘ib, go‘yoki shahar urushsiz va ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lgani haqida hujjat yozdirib olgan edi. Sovet tarixchilari Chernyayevning bu hiylasini mutlaq haqiqat sifatida ko‘rsatib, xalq ruslarni quchoq ochib kutib olgan degan afsonani tarqatdilar. Aslida esa, Damla Salih Beg Ahun kabi millat fidoyilari rus istilosiga qarshi so‘nggi damgacha kurashgan edilar. Sovet mafkurasiga ko‘ra, Rossiya kapitalizmi Turkistondagi turg‘un feodal tuzumdan ko‘ra ilg‘orroq bo‘lgan va go‘yoki mazlum xalq o‘z hokimlaridan ko‘ra rus istilochilari qo‘l ostida ko‘proq manfaat ko‘rgan emish. Bu mantiqsiz nazariya orqali mustamlakachilikning qonli asoratlari yashirilib, Turkistonni ruslashtirish siyosati oqlab kelindi. Milliy Turkiston hurriyat davosi Boymirza Hayit

  • Odam qiyofasi yillar oʻtishi bilan, sharoit ta’siri bilan oʻzgarib ketishi mumkin. Faqat odamning koʻzi oʻzgarmaydi. ©️”Ufq”

  • "Labim bexos bog'-u gul ismin aytdi bir on, Keldi ul gulyonoqli Ma'shuq bo'lib namoyon. Urdi og'zimga-yu dedi: "Menman Sulton, Gulshan ruhi mendirman, bilgin, ey inson! Mendek podshoh huzurida turibsan-u, Yana o'zga kimsani qilursanmi bayon?" ©️Jaloliddin Rumiy

  • #filmdan Hayotda ba’zan istagingga qarshi borishingga toʻgʻri keladi.

  • Afsuski, yashash huquqi odam bolasiga bir marta berilgan. Hech qachon hayot ortga qaytmagan. Hamma vaqt oldinga qarab ketavergan. Yanglishgan yanglishib qolaveradi, yoʻlni toʻgʻri olgan hayot jomini oxirigacha sipqorib yashadim, armonsiz yashadim, deb ketadi. Hayotning yaltiroq, jilvali, aldamchi oʻyinlari koʻp. Bu aldamchi jilvalar sarobdek aldab bagʻriga chaqiradi-yu, kimsasiz choʻl oʻrtasida bir qultum suvga zor qilib tashlab ketadi. Tanni tilka-pora qilib, qoʻllarni tilib, baland choʻqqiga chiqqanlargina oʻtloqlarni, olis ufqlarni koʻradi. Hayotda inson uchun ilojsiz narsa ham yoʻq. U umrini boy bermagan boʻlsa, ketayotgan yoʻli jarga olib borayotganini bilib qolsa va undan qaytish xohishi boʻlsa, toʻgʻri yoʻlni topib olishi muqarrar. ©️Said Ahmad. “Ufq”

  • Balki biz Qur’onning asl mohiyatini unutib, faqat marhumlar uchun oʻqiladigan kitob deb bilganimiz uchundir…