tgindex
Bobur Bekmurodov

Bobur Bekmurodov

Статистика
@bbekmurodovузбекский

«Юксалиш» ҳаракати раиси Олий Мажлис Қонунчилик палатаси Тадбиркорлик қўмитаси раиси @B_Bekmurodovga_murojaat_bot

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
8
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
875
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
246
3 постов
Вовлечённость
28,1%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 8
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
94
1/48двое суток
107
1/72трое суток
116

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdik. Uchrashuvda turli yo'nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolari va biznesni rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik takliflarini eshitdik. Shuningdek, ularga qonunlarni ko'rib chiqish va qabul qilish jarayonlari bilan tanishtirdik. 🇺🇿 Bobur Bekmurodov

  • O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat va davlat taraqqiyotining muhim ishtirokchisiga aylanib bormoqda. Xususan, "Yuksalish" harakati tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlarining 6-maqsadi yo'nalishida "Hayot ulash" loyihasi doirasida 25 mingdan ortiq vatandoshimiz toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. 🇺🇿 Bobur Bekmurodov

  • Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashishdan mamnunman Bugun elchi janoblari bilan uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz fuqarolik jamiyati aloqalarini yanada mustahkamlash, O'zbekistonda turk tadbirkorlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish masalari yuzasidan fikr almashdik. Ufuk Ulutash janoblarining O'zbek va Turk biznes vakillarini birlashtiruvchi hamjamiyatlarining "Yuksalish" harakati bilan bevosita hamkorlik o'rnatishi bo'yicha takliflarini qo'llab-quvvatlaymiz. 🇺🇿 Bobur Bekmurodov

  • 9 авг.из uzbyuksalish

    #LIVE Ayni vaqtda Payariqda zamonaviy suv infratuzilmasi foydalanishga topshirilmoqda 💧 "Hayot ulash" loyihasi doirasida "Hurshida Enter Delux" korxonasi asoschilari ko'magida qurib bitgazilgan mazkur suv inshooti orqali endi 2300dan ortiq aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. Bugungi bayramda hududda istiqomat qiluvchi nuroniylar, mahalla aholisi va davlat va jamoat tashkilotlari ishtirok etmoqda. 🌐 Telegram sahifamizga obuna bo'ling - @uzbyuksalish

  • Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Mudassir Tipu janoblari bilan uchrashdik Uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida biznes aloqalari hamda fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, birodarlashgan shaharlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni kelishib oldik. 🇺🇿 Bobur Bekmurodov

  • Bugun, 5-avgust kuni Samarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Xitoyning Shandun provinsiyasi yaqinidagi dengiz platformasidan orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi. Bu O‘zbekiston uchun juda muhim va quvonarli voqea. Mamlakatimiz kosmik texnologiyalar, sun’iy intellekt va Yerni masofadan kuzatish yo‘nalishida yana bir katta qadam tashladi. Ishonamanki, bu kabi loyihalar kelajakda qishloq xo‘jaligi, ekologiya, suv resurslari va tabiiy ofatlarni kuzatishda juda foydali bo‘ladi. 🇺🇿 Bobur Bekmurodov

  • 4 авг.32821из uzbyuksalish

    #Tayinlov Davronova Nodira Xusan qizi "Yuksalish" harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo'linmasi rahbari etib tayinlandi. Nodira Davronova mazkur tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligining Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Ma’lumot uchun: Prezident farmoniga muvofiq, Harakatning hududiy bo'linmasi rahbari Xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatlari orasidan saylanadi, ular bir vaqtning o‘zida viloyat hokimining maslahatchisi hisoblanadi. "Yuksalish" harakati jamoasi nomidan Nodira Xusan qizini yangi mas’uliyatli lavozim bilan tabriklab, islohotlar samaradorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz! 🇺🇿 Telegram sahifamizga obuna bo'ling - @uzbyuksalish

  • Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida bo‘ldik Tumandagi mingga yaqin xonadonga ega “Qishliq” mahallasida aholi hanuz ariq va kanal suvini tindirib, ichimlik suvi sifatida foydalanmoqda. Shu bois “Hayot ulash” loyihasi doirasida xalqaro hamkorlar homiyligida 330 mln so‘m jalb qilingan loyihani amalga oshirish ishlari boshlandi. Endi bu manzilda 2 ta artezian qudug’i qazilib zamonaviy ichimlik suvi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. #HayotUlash #Yakkabog' #Яккабоғ 🇺🇿 Bobur Bekmurodov