tgindex
Berdiev
@berdievfinanceузбекский

Muallif - Yaponiyaning Osaka universiteti doktoranti. Kanalda Yaponiya iqtisodiyoti, ta’lim va muallifning shaxsiy qarashlari yoritiladi.

Последний пост
4 янв.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
163
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
359
22 постов
Вовлечённость
220,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Kabinetlardagi terrorizm...

  • Allohga shukur, ilmiy ishimizning oxirgi bobi ham yaxshi bir jurnalda chop qilindi. Bu ishda biz yashil obligatsiyalarning samaradorligini baholashga harakat qilganmiz. Yaʼni mamlakatlar kesimida yashil obligatsiyalar chiqarish havoga chiqarilayotgan issiqlik gazlarini kamaytiryaptimi, hamda mamlakatlarning ESG reytingiga ijobiy taʼsir qilyaptimi degan savollarga javob izlaganmiz. Natijalar samaradorlik belgilarini koʻrsatmoqda, va samaradorlikka taʼsir qiluvchi moderator omillar hisobga olingan. Oʻqib koʻring, boʻlishing, fikr almashaylik. Green Finance (Q1) jurnalni juda tavsiya qilaman chunki barcha jarayonlar tekin hamda sifatli tashkil qilingan ekan). Maqola uchun link: https://www.aimspress.com/article/doi/10.3934/GF.2025028

  • без подписи

  • Yaponiyadagi o'zbeklar guruhimiz bor telegramda. Ba'zan, shunaqa e'lonlar, yoki so'rovlar uchrab turadiki, buni barcha xuddi tabiiydek qabul qiladi. Hozir shunaqalardan biriga ko'zim tushib qoldi: "Ассалому алейкум Диплом ясаб берадигон акалар борми Олдиндан Рахмат". Bunisiku bir so'rash, biroq ba'zan reklamalar ham uchraydi - har qanday hujjatlarning soxta variantlarini tayyorlab berish bo'yicha. Mana shunday holatlarning ko'pligi sababidandir, Yaponiya, Koreya Universitretlari garchi noqulay bo'lsa ham, barcha hujjatlarning asli va qog'oz variantini talab qilishadi. Va bunday holarlarning ortishi albatta keyinchalik umumiy O'zbeklar uchun xulosalar berilishiga, viza masalalariga ta'sir qilmay qolmaydi albatta.

  • Here we go! Yaponiyada uzoq muddatli iqtisodiy turgʻunlikdan soʻng, inflatsion oʻsuvchi iqtisodiyot qaytgandi. Endi siyosatda ham burilishlar va evrilishlar boshlanmoqda. Tarixda ilk marta ayol kishi Takaichi xonim Bosh Vazirlikka saylandi. Takaichi xonim oʻzining dasturida fiskal xarajatlarni oshirish, xorijliklarga qoidalarni qattiqlashtirish kabi asosiy gʻoyalar bilan kelmoqda.

  • Dunyo mamlakatlarida muammolar qanday hal qilinishi haqida ekan, albatta sarkastik) - Xitoyda "muammo - yoʻq"

  • Prezident Trump bojlarining bahosi Amerikani "buyuk" qilish yoʻlida asosiy vosita sifatida Trumpning asosiy quroli - bojlarning hozirgacha boʻlgan bozorga keltirgan zararini S&P Global hisoblab koʻribdi. Hozirgacha bu bojlar kompaniyalarga 1.2 trillion dollarga tushgan, shundan 1/3 qism toʻlovi korxonalar hissasiga va qolgan asosiy qismi albatta shoʻrpeshona isteʼmolchilar boʻynida. Amerika hukumati buni tan olish oʻrniga doimgidek dastaklashga harakat qilmoqda. Buni "gipotermiya" effektiga oʻxshatish mumkin. Ya'ni oʻta sovuqda uzoq muddat qolgan odamda, oʻzini issiq his qilish hissi boshlanadi va oqibatda u sovuqni tan ololmaydi.

  • Ot o‘lgan bo‘lsa… uni minib yurgandek ko‘rsatishni bas qilishimiz kerak. Lekin bizning oliy ta’lim tizimimizda, ayniqsa ko‘plab davlat universitetlarida, biz butun bir tizimni shu o‘lik otni sudrash atrofida qurgandekmiz. Biz “mukammallik uchun” uchun strategik yig‘ilishlar o‘tkazamiz. Biz “reytinglarni yaxshilash” uchun konsalting kompaniyalarini yollaymiz. Biz yangi “innovatsiya markazlarini” ochamiz (lentalarni kesib, hashtaglar bilan). Ammo baribir ot… jonlanmaydi. “Jahon darajasida” ko‘rinish poygasida biz har bir katakchani belgilashni o‘rgandik: ✅ Akkreditatsiya? Bajarildi. ✅ Xalqaro maqolalari soni? Bajarildi. ✅ Xalqaro hamkorlik? Bajarildi. Ammo mana shunday haqiqat borki — hech bir hisobot o‘lchay olmaydi: 👉 Talabalar samimiyatni his qila olishi 👉 O‘qituvchilar maqsadni sezishi. 👉 Oʻqish madaniyatini esa shakllar bilan soxtalashtirib bo‘lmaydi. Ehtimol, endi jasadni bezashni to‘xtatish va yangi ot yetishtirishni boshlash vaqti kelgandir!!! 🐎 P.s. Bu fikrlar Hindiston oliy taʼlim tizimi haqida

  • Yechim oddiy - lekin xohish yoʻq Har yili ish mavsumi uchun, davlat tomonidan subsidiyalangan arzon koʻmir sotiladi. Sifati past, sotib olishda bir muammo. Xalqda tanlov yoʻq, gaz va tok muammosi tayin boʻlgandan keyin, kam daromadli oilalarga bu yagona chora. Nahotki shuni toʻgʻridan toʻgʻri isitish mavsumi uchun yordam puli sifatida pul koʻrinishida past daromadli oilalarga tarqatilmaydi? Unda oʻng va chap choʻntaklarni kim toʻldiradi...? P.s. Yaponiyada ham bolalar uchun Osaka Prefekturasi guruch uchun yordam puli ajratmoqda - pul koʻrinishida. Pul maxsus ilova orqali tashlab beriladi va xohlagan supermarketda faqat guruch sotib olish mumkin. Korrupsiya yoʻq - tanlov bor

  • Haqiqiy vatanparvarlik Dunyoning eng keksa prezidenti 92 yoshli Paul Biya Kamerunning bugungi saylovlarida ham nomzodi bilan ishtirok etmoqda. Xalqning xohishi va qoʻllovi sababli, hamda qiyin davrda ham xalqqa xizmat qilish istagi uni shunga undabdi. "Xalq uchun" butun umridan ham kechishga tayyor. Kamerunlik tanishim mamlakatda tanish bilishchilik, korrupsiya juda yuqoriligi, amaldorlarning barchasining farzandlari chet ellarda oʻqib yashashlarini, qora xalq va davlat oʻrtasidagi katta jarlik haqida aytib berdi. P.s. Mamlakat taraqqiyoti aynan mana shunday "xalqparvarlar" qoʻlida boʻlishi qanday xavfli...

  • 9 окт. 2025 г.29311из talaba_dostimga

    Yaponlarni ham to'xtatib bo'lmay qoldi. Kechagi e'londa bu yilgi ximiya sohasi bo'yicha nobel egalari tanishtirildi. Bu yil ushbu sovrinni Yaponiyaning Kioto universiteti professori Susumu Kitagava, Avstraliyaning Melburn universiteti professori Richard Robson va asli falastinlik (G'azodan kelgan), Berkeleydagi Kaliforniya universiteti professori Omar Yagi-lar bo'lashib oladigan bo'lishdi. Ximik vatandoshlarimizga ularning ilmiy ishlarining o'ziga hos tomoni bilan albatta tanishib chiqishni tavsiya qilgan bo'lardim.

  • Press release: The Nobel Prize in Physiology or Medicine 2025 - NobelPrize.org https://www.nobelprize.org/prizes/medicine/2025/press-release/

  • Press release: The Nobel Prize in Physiology or Medicine 2025 - NobelPrize.org https://www.nobelprize.org/prizes/medicine/2025/press-release/

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 19 сент. 2025 г.354221из Urol_Berdiyev

    без подписи

  • Yaponiyada ham gazetalar sotuvi (qog'oz varianti) tushayotganligiga qaramasdan, hali ham gazetalar juda katta sonlarda nashr etiladi. Eng ko'p nashr qilinuvchi gazeta bu Yomiuri Shimbun bo'lib bir kunda 10 mln nusxa nashr qilinarkan! Haqiqiy o'qishga shinavandlar mamlakati! Barcha gazetalar bugun shunaqa muqovada)

  • Kichik ijtimoiy hodisalar umumiylikni aks ettirishi Yaqinda universitet talabalarning universitet darslariga tanlov qilishi va jarayonning tashkil qilinishi bilan bog'liq kichik bir ijtimoiy har xillikka duch keldim. Va bu kichik ijtimoiy farq aynan o'sha jamiyatlardagi umumiy ijtimoiy qoidalarni aks ettirayotgandek nazarimda. Masalan, Kanada, AQSH kabi raqobatga asoslangan jamiyatlarda, kursga ro'yxatdan o'tish asosan ro'yxat ketma-ketligi asosida amalga oshadi. Ya'ni bir fan uchun 30 ta joy belgilangan bo'lsa, birichni ro'yxatdan o'tgan 30 talik shu fan uchun qabul qilinadi. Shu sababdan, talabalar ro'yxatga olish ochilish soatini kutib, tezkor internetni tayyorlab turishadi ba'zi ommaviy fanlar uchun, ya'ni bu raqobat. Yaponiyada esa bu jarayon raqobatga emas tenglikka asoslangan, ya'ni barcha ro'yxatdan o'tadi, so'ng agar talabalar soni ortiqcha bo'lsa lotareyaga murojaat qilinadi. O'zbekistonda esa, umuman talabalar uchun raqobat ham imkoniyat ham qoldirib o'tirilmaydi. Ularga qaysi fanlarni o'qish kerakligini, qiziqishlari qayerda ekanligini universitetlar belgilab beradi). Modul tizimiga o'tgan oliy ta'limimiz hamon bizning ijtimoiy holatimizni aks ettirib turibdi. Umuman olganda, bu kichik farq ijtimoiy sohaning boshqa ko'plab jabhalarida xuddi shu yo'sinda takrorlanadi. Masalan, ijtimoiy qo'llab quvvatlovda. Yaponiyada ijtimoiy yordam pul ko'rinishida amalga oshirilsa, O'zbekistonda tovar ko'rinishida. Siz qanday fikrdasiz?

  • без подписи

Berdiev — tgindex