Bilol Akademiya
СтатистикаUshbu kanalda "Bilol Akademiya" haqida ma'lumotlar hamda ta'lim va tarbiya xabarlari berib boriladi.
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 327
- 1/48двое суток
- 374
- 1/72трое суток
- 404
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 BILOL SCHOOLDA YANGI O‘QUV YILI 17-AVGUSTDAN BOSHLANADI! Hurmatli ota-onalar! 🏫 Bilol Schoolda 2026–2027 o‘quv yili uchun QABUL DAVOM ETMOQDA! ⚠️ Muhim: qabul uchun sentyabr oyini kutmang. Ayrim sinflarda joylar cheklangan va sentyabrgacha bo‘sh o‘rin qolmasligi mumkin. 📚 1–8-SINFLAR UCHUN: ➕ Matematika — chuqurlashtirilgan dastur 🇬🇧 Ingliz tili — chuqurlashtirilgan dastur 🎯 Maqsadimiz — o‘quvchiga bugundan mustahkam bilim poydevorini yaratish. 🚀 9–10-SINFLAR UCHUN: O‘quvchilar kelajakdagi maqsadidan kelib chiqib, o‘zi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olishi mumkin. 🗓 Darslar boshlanishi: 17-AVGUST ✅ Qabul davom etmoqda. Farzandingiz uchun joyni oldindan band qiling. Sentyabrni kutish kech bo‘lishi mumkin! 🏫 BILOL SCHOOL to'g'ri tanlov! Murojaat uchun telefon: +998945455599 @bilolschool
🔥 QABUL BOSHLANDI! 🔥 🎓 “Bilol Akademiya” Iqtidorlar qadrlanadigan makon. 📚 Joriy yilning 3, 4, 5, 6, 7-sinf o‘quvchilari uchun 🌍 Gibrid ta’lim tizimi: Yaponiya, Singapur, Finlandiya tajribasi asosida zamonaviy ta’lim. ✅ Malakali ustozlar ✅ Doimiy nazorat ✅…
Barcha g'olib bo'lgan o'quvchilar va ularning ota-onalarini tabriklayman! Akademiyaga qabul qilingan o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun 7-avgust 10:00 da yig'ilish bor! Grand masalasi bu sentyabrgacha biz tomonimizdan oilaviy holatni o'rganganish…
📢 MUHIM E'LON! ⭐️ "Bilol Special" maxsus sinfiga qabul boshlandi! Bilol Akademiyaning 3-bosqich (Final) imtihonlari yakunlandi va har bir sinfdan eng kuchli 12 nafar o'quvchi Akademiyaga qabul qilindi. Avvalo, barcha g'oliblarni samimiy tabriklaymiz! 🎉 Shu bilan birga, final bosqichida juda ozgina farq bilan Akademiyaga kira olmagan ko'plab iqtidorli o'quvchilar ham bor. So'nggi kunlarda ota-onalar tomonidan: "Yana qo'shimcha qabul bo'ladimi?" degan murojaatlar juda ko'p bo'lmoqda. Afsuski, Bilol Akademiyaga qo'shimcha qabul bo'lmaydi. Ammo biz ana shu iqtidorli o'quvchilar uchun yana bir katta imkoniyat yaratishga qaror qildik. 🌟 "Bilol Special" maxsus sinfi tashkil etiladi! Bu oddiy sinf emas. Bu — Bilol Akademiyaning eng yaqin zaxira jamoasi hisoblanadi. Ushbu sinfda: ✅ Matematika chuqurlashtirilgan dastur asosida o'qitiladi. ✅ Ingliz tili IELTS yo'nalishida intensiv o'qitiladi. ✅ Kuchli nazorat, yuqori talab va natijaga yo'naltirilgan tizim joriy etiladi. 📈 O'tgan yilgi natijalar bunga isbot. O'tgan o'quv yilida aynan shunday maxsus olimpiada sinfi tashkil etilgan edi. Unda 17 nafar o'quvchi tahsil oldi va ularning barchasi Bilol Akademiyasiga muvaffaqiyatli qabul qilindi. 📚 Matematika fanidan ustoz Hojiyev Quvonch chuqurlashtirilgan dastur asosida dars olib bordi. 🇬🇧 Ingliz tilidan Abdusobirov Humoyun IELTS dasturi bo'yicha tayyorladi. Natijalar: 🏆 4-sinf o'quvchisi — IELTS 6.5 🏆 6–7-sinf o'quvchilari — IELTS 6.0 📖 Qolgan o'quvchilar sentyabr oyida MultiLevel imtihonini topshiradi. Matematika bo'yicha ushbu sinf o'quvchilari esa respublika miqyosidagi rasmiy va norasmiy olimpiadalarda muntazam yuqori natijalarni qo'lga kiritib kelmoqda. 🎯 Bilol Akademiyaga kirish imkoniyati davom etadi! Bilol Akademiyada har 5 oyda katta ichki attestatsiya imtihoni o'tkaziladi. Talab darajasiga javob bera olmagan o'quvchilar Akademiyadan chetlashtiriladi va bo'shagan o'rinlar uchun qayta saralash imtihoni tashkil etiladi. "Bilol Special" sinfi o'quvchilari aynan shu vakant o'rinlarni egallash uchun eng kuchli nomzodlar hisoblanadi. Shuning uchun ushbu sinf o'quvchilari Bilol Akademiyasiga kirish imkoniyatini saqlab qoladi. 👨🎓 Kimlar qabul qilinadi? "Bilol Akademiya final imtihonida yuqori natija ko'rsatgan, ammo asosiy qabul chegarasidan ozgina farq bilan ortda qolgan eng kuchli nomzodlar orasidan saralab olinadi." Asosiy taklif 13–20-o'rinlarni egallagan o'quvchilarga beriladi. 📌 Qabul kvotasi 📘 5-sinf (4-sinfni tugatib 5-sinfga o'tganlar) — 8 nafar 📗 6-sinf (5-sinfni tugatib 6-sinfga o'tganlar) — 8 nafar 📙 7-sinf (6-sinfni tugatib 7-sinfga o'tganlar) — 8 nafar 👨🎓 Jami: 24 nafar o'quvchi. 📘 4-sinf o'quvchilari uchun 3-sinfni tugatib, Bilol Akademiya final imtihonida 13–20-o'rinlarni egallagan o'quvchilar Bilol School 4-PM sinfi uchun ro'yxatdan o'tishlari mumkin. 4-PM — Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlovga yo'naltirilgan maxsus sinf hisoblanadi. 📙 8-sinf o'quvchilari uchun 7-sinfni tugatib 8-sinfga o'tgan o'quvchilar uchun Bilol Special sinfi tashkil etilmaydi. Ular Bilol Schoolning o'z sinf kesimidagi odatiy sinflarida tahsil olishlari mumkin. 💰 To'lov Oylik to'lov: 1 750 000 so'm ❗️ Ushbu sinf uchun grant o'rinlari mavjud emas. 📍 Hurmatli ota-onalar! Agar farzandingiz Bilol Akademiya final imtihonida 13–20-o'rinlar oralig'ida natija qayd etgan bo'lsa, ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Joylar soni qat'iy cheklangan. 📅 Ro'yxatdan o'tish ertadan boshlanadi. Farzandingizning o'rnini band qilish uchun Bilol School ma'muriyatiga shaxsan murojaat qilishingizni so'raymiz. Bugungi imkoniyat — ertangi katta natijalarning poydevori. Eslatma: "Bilol Special" sinfi Bilol Akademiyaga kira olmagan o'quvchilar uchun emas. U Bilol Akademiya darajasiga eng yaqin bo'lgan va keyingi qabul imkoniyatiga muntazam tayyorlanadigan iqtidorli o'quvchilar uchun tashkil etilgan maxsus sinfdir. Bilol Special — Bilol Akademiyasi sari eng yaqin yo'l!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Yaqin orada bir yaxshi yangilik bor
O’quvchimiz Shuhratov Sharafiddin avvalroq Ielts imtihonidan 5.5 balni qo’lga kiritgandi. Apelyatsiyadan keyin qayta ko’rib chiqilib o’quvchining natijasi 6 ballga o’zgartirildi. Xalqaro ielts tashkiloti muammoga adolat bilan yondashishi tahsinga sazovor. Sharafiddin va uning oila a’zolarini bu natija bilan tabriklaymiz. “ Bilol Akademiya” da Sharafiddin bundan ham katta marralarni zabt etishiga ishonamiz.
Akademiyaga qabul qilinmagan o'quvchilar tushkunlikka tushmasliklarini va o'z ustlarida ishlashda davom etishlarini so'rab qolaman. Bilol School xususiy maktabida iqtidorli o'quvchilar uchun maxsus sinflar tashkil qilinyapti. Ikkinchi imkoniyat sifatida shu sinflarga o'qishlari mumkin. Bilol School xususiy maktabiga qabul ertadan yani 3-avgustdan boshlanadi
Barcha g'olib bo'lgan o'quvchilar va ularning ota-onalarini tabriklayman! Akademiyaga qabul qilingan o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun 7-avgust 10:00 da yig'ilish bor! Grand masalasi bu sentyabrgacha biz tomonimizdan oilaviy holatni o'rganganish amalga oshirilgandan keyin hal bo'ladi
7-sinf natijalari
6-sinf natijalari
5-sinf natijalari
4-sinf natijalari
3-sinf natijalari
Hurmatli ota onalar! Final bosqich natijalarini e'lon qilamiz. Quyidagi izohlarga diqqatli bo'lishingizni so'raymiz! 1. Esse bo'sh qolgan o'quvchilar ism familiyalarini yozishmagan. maksimal 15 ball berilganda ham g'olib bo'lish imkoniyati bo'lmaganligi sababli qo'shimcha surishtirishga hojat qolmadi. 2. Natijalarda sariq bilan belqilangan o'quvchilar o'rtasida qayta imtihon o'tkaziladi. ( chorshanba kuni 10:00 da faqat matematika fanidan)
Buxorolik 4-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonidan 6.5 ballni qo‘lga kiritdi Batafsil: https://talimxabarlari.uz/76256/ 🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
kecha Maktabimiz nomini maqolada kiritishmagan ekan. Bugun o'zgartirish kiritishibdi. xursand bo'ldik. yaqinlarizga ham ulashib qo'yinglar xursandchiligimizga sherik bo'lishsin