Biznes & Marketing | Bilol alixan
Статистика- Marketing & Biznes haqidagi fikrlar, keyslar. - Birgalikda rivojlanamiz! - Strateg va Auditor Marketolog Manager: @AlixanAssistant
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 23
- 1/48двое суток
- 26
- 1/72трое суток
- 28
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Odamlar hissiyot asosida qaror qabul qiladi. Keyin aql bilan o’sha qarorini oqlashga harakat qiladi. Hissiyot - oldin. Aql - keyin ishlaydi. Buni tushungan odam hayotda kamroq adashadi. Tushunib amalda qo’llayotgan tadbirkorlar katta moliya topishadi. Marketingda, sotish formulalarida asosan shunga urg’u beriladi. ©️Usmon Dostonov
Hurmat - vaqt bilan o’lchanadi. Ba’zilar sizni hurmat qilaman deyishadi. Sizga vaqt ajratmasa, bu hurmatning qiymati yo’q. Kuttirsa, suhbat paytida telefonga chalg’isa yoki sizni tinglamasa - u o’z vaqtini siznikidan ustun qo’yayotgan bo’ladi. Inson nimaga vaqt sarflashi bilan bilinadi. • Kimni hurmat qilsangiz, vaqtini ham qadrlang. • O’zingizni hurmat qilasizmi? Vaqtingizni behuda sarflashni to’xtating. Boshqalarga bo’lgan hurmatimiz so’zda emas, vaqtiga bo’lgan munosabatimizda namoyon bo’ladi. #fikrlash @usmon_dostonov
University of London talabasi bo'lgan ilk vaqtimda 4 soatlik ma'ruzada online qatnashib olgan Mening TOP-10 xulosam: Diqqatni boshqarish (Focus) — eng qimmat resurs. Ko'proq ishlab chiqar, kamroq iste'mol qil. Tarmoq (Network) kapitalning bir turi. O'zgarishga tez moslash. Skill stacking orqali o'zingni noyoblashtir. Storytelling va muloqot qobiliyatini rivojlantir. Vaqtni puldan ham qimmat deb bil. Qiyin ishlarni birinchi bo'lib bajar. Jarayondan zavq olishni o'rgan. Uzoq muddatli obro' va munosabatlarni qisqa muddatli foydadan ustun qo'y. Skill Stacking — bu bir-birini to'ldiradigan bir nechta ko'nikmalarni birlashtirib, noyob ustunlik yaratish usuli. @bilolalixans
Reklama ishlamayapti deb o'ylaysizmi? Muammo reklamada emas. Marketingdagi eng qimmat yolg'onlardan biri: "Reklama ishlamayapti." Yo'q. Ko'p hollarda reklama juda yaxshi ishlaydi. Muammo boshqa joyda. Reklama shunchaki bor narsani kattalashtiradi. Agar biznesingiz kuchli bo'lsa — reklama uni tezroq o'stiradi. Agar biznesingiz zaif bo'lsa — reklama muammoni tezroq yuzaga chiqaradi. Shuning uchun ba'zi odamlar reklama qilib millionlab so'm ishlab oladi. Boshqalar esa xuddi shu platformaga pul tashlab, "Meta ishlamayapti", "target o'ldi", "Instagramda mijoz yo'q" degan xulosaga keladi. Platforma aybdor emas. Keling, oddiy misol ko'ramiz. Tasavvur qiling, siz chelakka suv quyyapsiz. Chelakning tagida katta teshik bor. Siz nima qilasiz? Yana ko'proq suv quyasizmi? Yo'q. Avval teshikni yopasiz. Reklama ham xuddi shunday. Agar sizning taklifingiz odamlarni qiziqtirmasa, reklama faqat ko'proq odamga shu qiziq bo'lmagan taklifni ko'rsatadi. Agar xabaringiz tushunarsiz bo'lsa, reklama uni minglab odamlarga tushunarsiz holatda yetkazadi. Agar mahsulotingiz muammoni hal qilmasa, reklama bu haqiqatni tezroq ko'rsatadi. Shuning uchun reklama muammoni yaratmaydi. U muammoni tezroq ko'rsatadi. Reklama boshlashdan oldin o'zingizga uchta savol bering: 1. Men qanday muammoni hal qilyapman? Bitta aniq javob bo'lishi kerak. 2. Nega odam aynan mendan sotib olishi kerak? "Chunki sifatli." Bu javob emas. "Chunki arzon." Bu ham javob emas. Sizni boshqalardan ajratib turadigan sabab bo'lishi kerak. 3. Taklifimni 10 soniyada tushuntira olamanmi? Agar javob yo'q bo'lsa, reklama boshlashga hali erta. Haqiqiy marketing shunday ishlaydi: Yaxshi offer. ↓ To'g'ri auditoriya. ↓ Aniq xabar. ↓ Shundan keyingina reklama. Ko'p bizneslar esa buning teskarisini qiladi. Avval reklama. Keyin nima uchun sotilmayotganini o'ylashadi. Esda qolsin: Reklama yomon biznesni qutqarmaydi. Lekin yaxshi biznesni juda tez o'stiradi. Bugungi vazifa: Qog'oz oling va bitta jumlada quyidagiga javob yozing: "Mening biznesim odamlarning qaysi muammosini boshqalardan yaxshiroq hal qiladi?" Agar bunga aniq javob bera olmasangiz, reklama kampaniyasini emas, taklifingizni yaxshilash vaqti kelgan. Ertaga marketingdagi eng katta tushunmovchiliklardan biri haqida gaplashamiz: Marketingning asl vazifasi nima? @bilolalixans
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Odex Developers - Web dasturlash kompaniyamiz loyihalari haqida qisqacha! Ko'pchilik dasturchi kompaniyalar saytni bitirdik, qutuldik deb mijozga tashlab qochishadi. Shu sabab ham O'zbekistondagi Tadbirkorlar Website orqali mijoz jalb qilish haqida o'ylab o'tirishmaydi chunki bilishmaydi. O'zbekiston Tadbirkorlari biznesi uchun Bormi borga sayt qildirishadi. Biz Odex Developers jamoamiz bilan bitta loyihani olganimizdan so'ng uni haqiqatdan mijozga foydali bo'lishi ustida ham ishlaymiz! Ya'ni biz saytni yakunlaganimizdan so'ng ikkinchi hamkorlik ishga tushuriladi. Bu Sayt orqali mijozlar traffikini olib kirish va brendni qidir tizimlari ichida yuqori o'rinlarga olib chiqish hamda saytning doimiy tarzda tez ishlashi uchun optimizatsiya qilib o'lchab borishni o'z zimmamizga olamiz! Rasmda ko'rib turgan statistikalaringiz: Yandex Metrika Google Analytics Google Speed Test saytlaridagi raqamlar va hisobotlardir. Agarda sizga ham sayt orqali traffik olib kirish va shu kanal orqali ham mijoz jalb qilish fikri bo'lsa aloqadamiz! www.silverrain.asia @bilolalixans
Bunday fikrlarni o'qib inson ich ichidan hursand bo'ladi. Alloh mijozlarimizni oldida doim yuzimizni yorug' qilsin! @bilolalixans
Xususiy Maktab loyihasidagi 3 kunlik testda olib kelingan lead'larning sifati bo'yicha Loyihaning Savdo Bo'limi Rahbari ya'ni ROP'ning izohining skrenshotini ko'rib turibsiz. 😁Agarda sizni biznesingizda ham sifatsiz murojaatlar ko'payib ketgan bo'lsa doim aloqadamiz! @bilolalixans
Website orqali traffic olib kirish kerak bo'lsa, Google Ads orqali yordamimiz kerak bo'lsa. ( Aloqaga chiqaverasizlar ) Ko'p kompaniyalar faqatgina Facebook Ads'ga bog'lanib qolib eng sifatli traffik keluvchi bo'lgan website'ga e'tibor qaratmaydi. Aksiga olib esa google orqali traffik olib kirish va u yerdan lead olish O'zbekistonda juda arzon va eng sifatlilaridan biri hisoblanadi. Chunki ayni haqiqiy mijozlar sizni eng avval Google yoki Yandex orqali qidirib ko'radi so'ng boshqa joylardan izlaydi! @bilolalixans
Itoat aqlda emas, qalbda bo‘ladi. Aql bilan eshitish mumkin. Itoat faqat qalb bilan bo‘ladi. Qalbida itoati bo‘lmagan inson, to‘g‘ri maslahatni ham qabul qilmaydi. Qalbida itoati bo‘lgan inson, bitta so’z bilan hayotini o‘zgartira oladi. ©️Usmon Dostonov #shogirdga
Sun'iy intellekt orqali biznesingizni to'laqonli tizimlashtirish va avtomatlashtirish mumkin bo'lgan davrda yashayapmiz! buning uchun oldingidek katta sarf xarajat ham kerak emas! Shunchaki xohish bo'lsa bas! Hozirgi vaqtda Finans, Call Centre, Savdo bo'limi, Marketing bo'limi, HR bo'limi, Mijozlarni qo'llab quvvatlash bo'limi, Boshqaruv bo'limi, Ombor, har qanday qismingizni tizimlashtirish va so'ngra avtomatlashtirish orqali pullaringizni bir necha barobar tejashingiz va ularni samaliroq joylarga sarflashingiz imkoniyati bor davrda yashayotgan Tadbirkorlardan birisiz! Agarda hozirgi vaqtda bunga e'tibor qaratmasangiz keyingi 5 yil ichida eng qoloq tadbirkorlardan biriga aylanasiz yoki o'sha davrga kelib bu imkoniyatlar bir necha barobar qimmatlashib ketgan bo'ladi. Siz har qanday turdagi biznes egasi bo'lishingizdan qat'iy nazar biznesingizni avvalo tizimlashtirishingiz va so'ngra avtomatlashtirishingiz mumkin! Buni qanday qilish mumkin deb o'ylayapsizmi? Unda blogimni kuzatishda davom eting ayni vaqtda loyihalarimni qanday tizimlashtirayotganim va qanday yangiliklar bo'layotgani bo'yicha bo'lishib boraman! @bilolalixans
Aqlliy Tadbirkor bilan Ilmsiz tadbirkorning farqi • Aqlli Tadbirkor pulini berib muammolarini hal qiladi va yo'lini ochadi. • Ilmsiz tadbirkor hamma muammosini o'zi hal qilishga harakat qiladi. Siz qaysi biriga kirasiz? @bilolalixans
без подписи
без подписи
без подписи
Bon! Taplink — endi Bon!’ga kirish uchun bitta havola kifoya Bon! uchun yangi raqamli sahifa tayyorlandi. Endi Instagram bio’dagi oddiy bitta link mijozni menyu, filiallar, aksiyalar, delivery va barcha kerakli ma’lumotlar joylashgan yagona qulay platformaga olib kiradi. Bu shunchaki link emas. Bu — Bon!’ning telefon ichidagi mini restorani. Saytda nimalar bor? Telefonда ochilganda sayt oddiy web-sahifadek emas, haqiqiy ilovadek ishlaydi — tez, silliq va qulay. Desktop’da esa ozoda va premium ko‘rinishda ochiladi. Yuqori qismida harakatlanuvchi bannerlar joylashgan: nonushta takliflari, yangi pishiriqlar va hozirgi Visa aksiyasi. Masalan, Visa bannerini bossangiz, mijoz bir zumda aksiya sahifasiga o‘tadi. Eng katta qulayliklardan biri — to‘liq menyu. 121 ta mahsulot, 10 ta kategoriya, har biri rasmi, narxi va tarkibi bilan. Nonushtadan tortib desertlargacha, qahvadan issiq taomlargacha — hammasi bir joyda. Eng muhimi, menyu 3 tilda ishlaydi: o‘zbek, rus va ingliz. Bu esa Bon!’ga keladigan har xil auditoriya uchun juda katta qulaylik beradi. Filial topish endi ancha oson Saytda 32 ta filial joylashtirilgan. Mijoz viloyatini tanlaydi, Toshkent bo‘lsa tumanni belgilaydi — va eng yaqin Bon! filialini darhol ko‘radi. Har bir filial uchun: — ish vaqti — hozir ochiq yoki yopiqligi — telefon qilish — Google Maps orqali yo‘l olish hammasi bir necha bosishda ishlaydi. Buyurtma va aloqa ham bir joyda Yandex Eats va Uzum Tezkor orqali delivery qilish uchun alohida tugmalar qo‘shilgan. Mijoz uzoq qidirmaydi — kiradi va buyurtma beradi. Instagram, Telegram, TikTok, YouTube, mobil ilovalar va hatto Bon Amour stikerlari ham sayt ichida jamlangan. Vakansiyalar bo‘limi ham qo‘shildi — ish qidirmoqchi bo‘lgan odam Bon! bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lana oladi. Eng foydali qismlardan biri — feedback tizimi Mijoz sayt ichida ism, telefon raqami va fikrini yozib qoldiradi. Bu xabarlar avtomatik tarzda jamoaning Telegram guruhiga tushadi. Ya’ni hech qanday yo‘qolgan murojaat, javobsiz shikoyat yoki ko‘rilmay qolgan taklif bo‘lmaydi. Bu esa xizmat sifatini real vaqt ichida kuzatish imkonini beradi. Bon! uchun bu nimani anglatadi? Endi bitta havola yetadi. Instagram bio’si, QR kod, reklama, vizitka yoki story — qayerga joylashtirilmasin, mijoz kerakli hamma narsani bitta joydan topadi. Bu Bon!’ni yanada zamonaviy, tartibli va premium ko‘rsatadi. Mijozning brendga bo‘lgan ishonchi ham aynan shu mayda detallar orqali shakllanadi. Eng muhimi esa — mijoz yo‘li qisqardi. Menyu ko‘rish, filial topish, buyurtma qilish yoki aloqa chiqish uchun odam endi ortiqcha qadam qilmaydi. Qancha oson bo‘lsa, buyurtma qilish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Va bu loyiha bir martalik emas. Yangi filial qo‘shish, yangi aksiya chiqarish yoki menyuni yangilash juda oson. Bon! o‘sgani sari platforma ham birga rivojlanadi. Bon! endi shunchaki restoran emas. U endi har bir mijozning telefonida yashaydi. Bitta havola. Butun Bon! olami. Sayt uchun link: Saytga kirish @odecom - Mijozlarining mijozlarini tushunadigan IT kompaniya
Voz kecha olmayotgan narsalaringiz sababidan sizdagi muammolar hal bo'lmayotgandir! @bilolalixan