tgindex
BioLogic IQ

Kanal orqali muallifning biologiyaga doir qiziqarli ma'lumotlari va kreativ fikrlaridan bahramand bo'lasiz. Muallif: Fargʻona davlat universiteti tayanch doktoranti @murodjonrakhmonov

Последний пост
8 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
31
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 305
−9 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 073
30 постов
Вовлечённость
32,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 31
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
410
1/48двое суток
469
1/72трое суток
506

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • O‘tgan hafta va bu hafta davomida Qirg‘izistonning janubiy hududlaridagi daryolar ixtiofaunasini o‘rgangani borgandik. Ekspeditsiya va uning tafsilotlari haqida hozircha indamay turishni rejalashtirgandik, lekin Qirg‘iziston va O‘zbekiston axborot saytlar shuncha qilganimizni "tuuuut" qilishibdi 😂. Qisqasi, Qirg‘izistonning 24.kg va o‘zimizning kun.uz ekspeditsiyamiz haqida, olingan natijalar va rejalarimiz haqida hammayoqqa jar solishibdi (manba1, manba2). Atigi bir martagina 'hujayrauz'dagilarga indamay, "tyomniy" qilib ekspeditsiyaga chiqqandim, aksiga olib buni hamma bilib o‘tiribdi 😆. @hujayrauz

  • https://www.instagram.com/stories/___rakhmonov/3959096897176084530?utm_source=ig_story_item_share&igsh=MWpqOHpoaXZ6bGxqeg==

  • Savollar va fikrlar uchun Instagram eshiklari ochiq )

  • 🔼Tepadagi post aynan siz uchun! ♦️ https://t.me/addlist/GahnExtoGIc5NTQy ♦️ https://t.me/addlist/GahnExtoGIc5NTQy

  • ✍️ KUZGI MILLIY SERTIFIKAT UCHUN 🎓 Eng kerakli mavzular, foydali materiallar va darslar — bepul! 👇BARCHASI BIZNING KANALDA! https://t.me/addlist/GahnExtoGIc5NTQy https://t.me/addlist/GahnExtoGIc5NTQy

  • Finally #Donat qilingan pulga oldik Oʻsha uzoq kutilgan mikrofon yetib keldi. Sinov jarayonida uning qanchalar muhim ekanligiga yana bir bor amin boʻldim. Endi videolarimiz yanada sifatliroq boʻladi degan umiddaman Kontentlarimizga befarq boʻlmay oʻz mablagʻlari bilan yordam bergan Muhammadqodir (@_nabijonov_m) doʻstimizga ham alohida rahmat. https://tirikchilik.uz/biologiciq Donat uchun

  • 27 июл.3 08722

    Instagram uchun bir muncha vaqt ilgari hujjatli filmlar tayyorlagan edim. Bu loyiha doirasida bir nechta videolar ustida ishlaganman. Mazkur videoni sinov tariqasida qayta yukladim. Sizlarga shu kabi tarjima videolar qiziq boʻlsa izohlarda yozib qoldiring !! https://www.instagram.com/reel/DbSmkXYoRqi/?igsh=MzhvcGhqcW5tN3ph 🔝 P.S.: Bu formatni qaytarishni oʻzim ham juda hohlardim. Qoʻllab- quvvatlab turasizlar degan umiddaman. Instagram sahifamizga ham obuna boʻlib qoʻying.

  • без подписи

  • без подписи

  • Bir vaqtlar ko‘cha changitib yurgan kezlarimda kimdir kelib: "Kelajakda sen shunday inson bo‘lasan'', deb hozirgi meni ko‘rsatsa, boshqalardan avval o‘zim bu gapga ishonmagan bo‘lardim. Oila a’zolarim, otam va yana bir inson bunga ishonishgan edi. Ustozim... Tizimdan va odamlardan kamchilik qidirib, ularning barchasini aybdor sanab, hech bir ish qilmagan vaqtlarimda kelajakka bo‘lgan umid ancha ortga chekingandi. Universitetdagi ishlarim ham juda zo‘r emasdi. Oila ishlari, kam-ko‘stlarni yopish tarafiga allaqachon o‘tib ketgan edim. Hech narsaga qiziqish qolmagan, muhimi pul topish va uydagilarni xursand qilish edi, xolos. Biroz vaqt shunday yurdim. Keyin bir Telegram guruhidagi muhokamadan parchalarni kursdoshlarim yuborib qolishdi. Hujayra.uz telegram kanalida juda qiziqarli postlar va muhokamalar bo‘lar ekan. Kanal yurituvchisi esa men ilmga eng qiziqqan vaqtlarimda, akademik litseyda Gulbahor ustoz tavsiya qilgan yosh, lekin juda ilmli Baxtiyor Sheraliyev ustoz edi. Xazina topib olganday bo‘ldim. Men o‘sha kundan boshlab ularning kanalidagi barcha postlarni qayta-qayta o‘qirdim. Bo‘sh vaqtim bo‘ldi deguncha hujayra.uz'ga kirardim. Ustoz ham turli savolli postlar tashlab turar, muhokama guruhida bahslar, debatlar avjida bo‘lardi. Men umuman ularga aralashmasdim, chunki "Men hali yetarlicha tayyor emasman", degan fikr bunga to‘sqinlik qilardi. Bu orada ustoz Xitoydagi hayoti, universitet atroflari, supermarketlardagi mahsulotlar narxlari haqida bir qancha videolar qilardi. Ustozning kanalidan pinhona ilm o‘rganardim. Cherry pomidori borligi va u mevalar qatorida turishini ham o‘shanda bilganman. Shunda tushunib yetgan narsam shuki, insoniyatni ilm qutqaradi, ilmni esa eng zo‘r ustozdan ixlos, sabr va qunt bilan o‘rganish kerak. Ustoz bilan esa birinchi marta Triplophysa ferganaensis kashf qilinish arafasida turgan vaqtda berilgan savol orqali tanishganmiz. Doimgidek ustoz savolli post joyladilar. Ko‘p o‘tmay bunga javoblar yo‘llashni boshlashdi. Deyarli barchasi xato edi. Shunda negadir miyamga: "Nimaga men ham harakat qilib ko‘rmasligim kerak?" degan fikr keldi. Ikkita javob berdim va ikkinchisida ustoz: "Juda yaqin keldingiz", dedilar. Qattiq o‘ylab uchinchi javobni berdim. Axir men kanalni doimiy kuzataman, undagi bilimlarni ishlatish vaqti kelgan edi. Qarangki, uchinchi javob to‘g‘ri chiqdi. Ich-ichimdan xursand edim. Yaqin orada bunday baxtli bo‘lganimni eslay olmayman. Keyin esa eng muhim qarorni qabul qildim. Ustozga o‘zimning qiziqishlarimni, men haqimda bor barcha ma’lumotlarni obdon yozdim va shogirdlikka tushmoqchi bo‘lganimni aytdim. Shunda ustoz: "Ha, toshga suv quyib zerikkanman, lekin sizda nimadir bor. Qani, yana bir suv quyaylik-chi, adashmagan bo‘lay-da, ishqilib", dedilar va bot orqali aloqaga chiqishimni aytdilar. Botdan yozdim. Darrov javob kelmadi. Bir muddat o‘tgach, shaxsiydan Baxtiyor Sheraliyevning o‘zlari yozishdi. Tasavvur qilyapsanmi, Karl? Ustozning o‘zlari menga vaqt ajratib yozishdi. Va hayotimda yangi bob boshlandi "Asl ilm bobi". Sinov muddatida shogirdlikka tushdim. Ulardan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Bu orada esa o‘rganishim kerak bo‘lgan narsalar hali bisyor ekanligini tushunib yetyapman. Ular bilan universitetda bir jamoada ishlash taklifi bilan chiqishganlarida o‘ylab ham o‘tirmay rozi bo‘lganman. Laboratoriya assistenti bo‘lib ishladim va shu bilan birgalikda magistraturada o‘qidim. Ustozning ilmiy rahbarligi ostida magistrlik dissertatsiyamni himoya qildim. Dunyodagi yetuk ixtiologlar bilan bir davrada bo‘ldim, fikr almashdim. Jörg Freyhof, Amael Borzée kabi olimlar bilan jonli suhbatlar qildim. Buxoroda o‘tkazilgan Xalqaro biologiya olimpiadasida ustoz ekspert sifatida qatnashganlari uchun ular bilan birga nazoratchi sifatida 30 dan ortiq yurt vakillari uchun laboratoriya imtihonini o‘tkazdik. Yoshlar ishlari agentligi tashkil qilgan tadbirda ustozni ekspert sifatida taklif qilishgani uchun biz ham birga bordik va ularning hurmatli mehmoni bo‘ldik. Shu yerda Akademik Ayupov bilan tanishdik, ustoz tanishtirdilar. Ustozimizning: "Bu ikki yigit mening shogirdlarim", degan gapi ortidan har yerda hurmat-izzatda bo‘ldik. Insonlar bilan muomala qilishni, qiyin vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligini, hayotdagi maqsadimiz va qadriyatlarimiz qanchalar muhim ekanligini, orzularni asrash va o‘zligimizni unutmaslik haqidagi fikrlar aynan ustoz orqali bizda shakllandi. Insonlarning baxtidan birgalikda quvonishdek buyuk hislatni ustozdan oldik. Ularga hasad qilmaslikni va o‘zimiz bilan raqobat qilish ko‘nikmasini egalladik. Bu orada ilmimiz ham oldingidan biroz oshdi. Ustoz rahbarligida OAK e’tirof etgan mahalliy jurnallarda o‘nlab maqolalar chop qildik. Xalqaro va respublika konferensiyalarida tezislarimiz bilan qatnashdik. Scopus bazasida indekslanuvchi nufuzli jurnallarda bir emas, naq 4 ta maqola chiqardik. Qolaversa, hozirgi kunda Scopus profilimdagi H-indeksim 2 ga yetdi. Shu o‘rinda Fozil qori ustozning bir gapi yodimga tushadi: "Biror narsani bilganing seni olim qilib qo‘ymaydi, ustozlarning nazari olim qiladi". Ushbu gapning qanchalik haq ekanligini ustoz bilan o‘tgan davr mobaynida har soniyada, har bir hujayram bilan his qilib turdim. Ular men uchun tirik afsona, o‘rnak olish mumkin bo‘lgan inson, yaqin suhbatdosh va ota o‘rnida ota bo‘ldilar. Har jabhada meni doimo qo‘llab turadilar. Hamma tashlab ketganda ham ular doimo men bilan bo‘ldilar. "Ustoz otangday ulug‘", degan naqlni ham men aynan Baxtiyor Sheraliyev ustoz bilan his qildim. Sheriklarimiz bilan hazil o‘rnida: "Erkak kishining 3 ta omadi bo‘ladi. Men barchasini ustozga shogird bo‘lishim uchun ishlatib yuborganman", deyman. Asl haqiqat ham shunday. Mendagi o‘sha "bor nimadir"ni hech kim ko‘rmaganida ham ustozim ko‘rib turdilar va uni ilm bilan sayqalladilar. Men doim o‘zlariga ayta olmagan narsalarimni hozir aytmoqchiman. Qadrli ustozim, men sizni juda yaxshi ko‘raman. Sizga taqlid qilaman, sizdan o‘rganaman, sizni hurmat qilaman, sizni ardoqlayman va doimo sizday ustozim borligidan faxrlanaman. Menga bergan yuksak ishonchingizni oqlash uchun esa doimo harakatdaman. Alloh o‘zi sizni qo‘llasin. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin. Oilaviy baxt-saodat, tinchlik, totuvlik va farzandlaringiz kamolini ko‘rish nasib qilsin. Va eng muhimi, doimo sog‘-omon bo‘ling. Bugungi shukrona kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman, ustoz. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

  • 21 июл.2 822197

    ☀️ Quyosh hayot manbai. Ammo ultrabinafsha (UV) nurlari uzoq muddat va takroriy ta'sir qilganda teri saratoni xavfini oshirishi mumkin. Siz quyoshdan himoyalanish uchun nimalarga amal qilasiz? Fikringizni izohlarda yozing. American Cancer Society International Agency for Research on Cancer (IARC) World Health Organization (WHO) #biologiq #saraton #ilm #fakt #sogliq

  • Navbatdagi video postimiz bugun soat 18:00 da kanalga joylanadi. Faol boʻlishingizni kutib qolaman. Chunki mavzu dolzarb. Rostanam dolzarb )

  • #news Instagram sahifamizda ham 1K obunachi bo'ldi. Bundan Juda xursandman. Qoʻllab quvvatlab turganlaringiz uchun katta rahmat azizlarim.

  • #IBO_2026 IBO 2026: Ikki yillik tanaffusdan so‘ng tarixiy xalqaro natija! 📣 Litvaning Vilnyus shahrida boʼlib oʻtayotgan 37-Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO 2026)da ikki yillik tanaffusdan soʻng, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolarining ishtiroki katta muvaffaqiyatga erishdi. ⚡️Terma jamoamiz a’zolari 3 ta BRONZA medalini qoʻlga kiritdi. Ular bilan quyida tanishing: 🥉 Murodbek Latipov — Navoiy shahridagi Prezident maktabi, 🥉 Orzugul Muxtorova — Navoiy shahridagi Prezident maktabi, 🥉 Nursulton Ashiraliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi. 📊 Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq: nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik ishtirokchilar uchun quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan: ➖ bronza medal uchun — 412 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln. soʻm. ⏰ Shuningdek, mazkur olimpiada gʻoliblarini sinovlarga tayyorlagan oʻqituvchilarning malaka toifasi bir pogʻona koʻtarilishi belgilangan. 👏Yoshlarimizni ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! 🇺🇿 Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan barcha oʻquvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalariga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin

  • 14 июл.3 382106

    Farzandingizning maktab sumkasi juda og'irmi? Ilmiy tadqiqotlarga ko'ra, og'ir yukzak bolalarda bel va bo'yin og 'rig'ini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun . uning vazni odatda bolaning tana vaznining 10-15% dan oshmasligi tavsiya etiladi. #BiologiclQ #Ilm #Biologiya #Maktab #OtaOnalar

  • без подписи

  • BioLogic IQ pinned «»

  • без подписи

  • 9 июл.4 9452020

    Qo'qon tabib haqiqatan ham davolaydimi? Ko'pchilik bilmaydigan placebo effekti haqida ilmiy tushuntirish. Sizning fikringiz qanday? Izohlarda yozing.

  • 9 июл.632141

    Doʻstlar, bugun soat 19:00 da sizlar uchun navbatdagi video postlarimizdan birini havola qilmoqchiman. Shu sababli qoʻllab-quvvatlab turishingizni hamda doʻstlaringizga ulashishingizni soʻrab qolgan boʻlardim. Bu video YouTube sahifamizga ham biroz oldinroq joylanadi. 🎥✨ Aktiv boʻlinglar! 🚀