tgindex
BIRGALIKDA
@birgalikdauzbузбекский

Birgalikda YouTube kanalining Telegram sahifasi. Ushbu kanal Ustoz Muhammad Ali Eshonqulovning muxlisi tomonidan yuritiladi. RASMIY SAHIFA EMAS. Ustozning rasmiy Telegram kanali: @Muhammadali_Eshonqulov Obuna bo'ling: @birgalikda_yaxshiroq

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
764
−1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
579
24 постов
Вовлечённость
75,8%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 24
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
125
1/48двое суток
143
1/72трое суток
154

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Hasad kishining yaxshiliklarini xuddi olov o’tinni yegani kabi yeydi. "Ey farzand" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • 2 авг.374113

    Fikrlashda Nuqsonlar Yana bir nuqson - ko’p fikrlash. Ko’p o’ylash shol qiladi — harakatsizlikka olib keladi. Ko’p o’ylash — tavakkulning aksi. Natija faqat Robbimizdan ekanligiga iymon keltirgan inson albatta amallariga e’tibor qaratadi, ammo tayanmaydi. O’xsharmikan deb xavotirda qilgan ishingiz qanday o’xshasin? Tavakkul qiling. Manba Sanoat Qurilish Bank'dan aksiya

  • Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytdilar: “Alloh bekorchi yigitni yoqtirmaydi”. Chunki diniga yordam bo‘ladigan biror muboh amal bilan ko‘nglini mashg‘ul qilmagan bekorchi yigit zohiri bo‘sh ko‘rinsa ham botini bo‘sh bo‘lmaydi. "Sabr va shukur" kitobi Muallif: Imom Abu Homid G'azzoliy

  • ... Masalan, bir boy baxil, mol-davlatga bo‘lgan muhabbati shunchalik g‘olib kelganki, umuman infoq qila olmaydi. Bunday boy o‘z baxilligini yengib, bir dirham sadaqa qilishi kechasi bilan namoz o‘qigandan unga nisbatan afzal amal bo‘ladi. Ammo qorin quliga aylanib qolgan kishi nafsni sindirish uchun ro‘za tutishi sadaqa qilishdan ko‘ra unga nisbatan eng afzal amal bo‘ladi. Demak, kishidagi kamchilikni yo‘qotishga sabab bo‘ladigan amal unga nisbatan eng afzal amal bo‘ladi. Baxil yuz yil ro‘za tutsa ham baxilligi ketmasligi mumkin, shuning uchun sadaqaga nafsini qiziqtirishi o‘zidagi illatga davo bo‘ladi. Qorin og‘rig‘i bilan kasallangan kishi bosh og‘riq dorisini qanchalar ko‘p iste’mol qilmasin, foydasi bo‘lmaydi. "Sabr va shukur" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • Ilm sarflash bilan ko’payadi, mol bo’lsa ozayib boradi. Molni o’g’irlash yoki tortib olish mumkin, ilmni o’g’irlab ham, tortib olib ham bo’lmaydi. Ilm sohibi abadiy xotirjamlikda, mol-davlat sohibi esa doimiy xavotir iskanjasida bo’ladi. Ilm mudom foydali, lazzatli va go’zal deb sifatlansa, mol gohida foyda keltirsa, ba’zan halok qiladi. Shuning uchun Alloh taolo o’z kitobining ayrim o’rinlarida molni qoralagan, ayrim joylarida esa yaxshilik deb nomlagan. "Sabr va shukur" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • Odamlarga o‘zing ulardan kutgan narsa bilan muomalada bo‘l! "Ey farzand" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • Har qanday adovat tugar ehtimol, Lek hasad nafrati tinmog‘i mahol. "Ey farzand" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • Hasad kishining yaxshiliklarini xuddi olov o’tinni yegani kabi yeydi. "Ey farzand" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • Luqmon Hakimning o‘g‘liga qilgan nasihatlaridan biri bunday edi: “Ey bolajonim, ziraklikda xo‘roz sendan zinhor o‘zib ketmasin: saharlari qichqirganida sen uxlab yotgan bo‘lmagin.” "Ey farzand" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • 16 июл.526177из abdusattor

    Insonlar o'z muvaffaqiyatlarini doim atrofidagilar bilan solishtirib baholaydilar. Tasavvur qiling, siz oyiga $1 000 ishlab topasiz va uyingiz bor. Siz baxtlimisiz? Baxt sizning shaxsiy ehtiyojlaringizga emas, atrofingizda kimlar yashashiga bog'liq. Agar sizning barcha tanishlaringiz oyiga $500 topsa, siz o'zingizni aniq baxtli his qilasiz. Agar o'sha davradagilar oyiga $5 000 topishni boshlasa, sizning daromad va xarajatlaringiz o’zgarmasa ham o’zingizni "omadsiz va kambag'al" seza boshlaysiz. Ilgari odamlar o'zini faqat qo'shnisi yoki sinfdoshi bilan solishtirgan bo'lsa, bugun ijtimoiy tarmoqlar tufayli butun dunyo bilan solishtiryapti. Ertalab uyg’onib ishga ketayotgan odam Instagramda qaysidir blogger sayohatda yurganini yoki otasiga “OTAMGA” degan yozuv bilan mashina sovg’a qilganini ko’radi. Natijada u o’zini hayotda yutqizgandek his qiladi. Hamma hayotini shunaqa yashayaptiyu bitta u 9 dan 6 gacha ishga borib keladi. Lekin raqamlarga qarasak, dunyo miqyosida odatiy mehnat qiladiganlar, shifokorlar, muhandislar, o'qituvchilar, dasturchilar, tadbirkorlarning 90-95% jamiyatda o’rta va yuqori sinfga chiqa oladi. Blogger bo'lib, millionlab pul topadiganlar foizi esa 0.1%’ga ham yetmaydi. Biz o’sha 95% insonlarni Instagramda ko’rmaymiz. Biz faqat 0.1% bloggerning sayohatlarini ko’ramiz va miyamiz beixtiyor "Hamma shunday yashayapti, faqat men orqada qolyapman" degan noto'g'ri xulosaga keladi. Yana bir tadqiqot shuni ko'rsatadiki, odamlar o'z hayotlarining eng yomon va qiyin kunlarini boshqalarning eng baxtli va ideal daqiqalari bilan solishtiradi. Siz o'zingizning charchoqlaringiz, qarzlaringiz, muamolaringizni aniq bilasiz. Lekin bloggerning kameraga kulib turgan 1 daqiqalik videosi ortida nimalar borligini bilmaysiz.

  • Ey farzand! Keraksiz narsalar bilan mashg‘ul bo‘lish — Alloh taoloning bandadan yuz o‘girganligi alomatidir. "Ey farzand" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • Zamonaviy qullikdan chiqish uchun 3 qadam Manba: azim_pulat

  • Masalan, biz: “Nafl ibodatlarining eng afzali nafl namozlar, haj sadaqadan afzal, qiyomul layl boshqalaridan afzal”, deb mutlaq qilib gapiramiz. Lekin, aslida, unday emas. Masalan, bir boy baxil, mol-davlatga bo‘lgan muhabbati shunchalik g‘olib kelganki, umuman infoq qila olmaydi. Bunday boy o‘z baxilligini yengib, bir dirham sadaqa qilishi kechasi bilan namoz o‘qigandan unga nisbatan afzal amal bo‘ladi. Ammo qorin quliga aylanib qolgan kishi nafsni sindirish uchun ro‘za tutishi sadaqa qilishdan ko‘ra unga nisbatan eng afzal amal bo‘ladi. Demak, kishidagi kamchilikni yo‘qotishga sabab bo‘ladigan amal unga nisbatan eng afzal amal bo‘ladi. Baxil yuz yil ro‘za tutsa ham baxilligi ketmasligi mumkin, shuning uchun sadaqaga nafsini qiziqtirishi o‘zidagi illatga davo bo‘ladi. Qorin og‘rig‘i bilan kasallangan kishi bosh og‘riq dorisini qanchalar ko‘p iste’mol qilmasin, foydasi bo‘lmaydi. "Sabr va shukur" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • ... Shuning uchun Shibliy rahimahulloh: “Shukr ne’matni emas, balki uni berganni ko‘ra olishdadir”, degan. "Sabr va shukur" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • 9 июл.666145

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarga berilgan narsalarning eng afzallaridan mustahkam iymon va kuchli sabrdir”, dedilar. "Sabr va shukur" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • Yaxshilab tafakkur qilsang, eng yovuz dushmaning shahvat ekanini bilasan. U nafsing sifati, shuning uchun Husayn ibn Mansur Xallojdan osilayotganda tasavvuf nima deb so‘ralgan edi, u: “Nafsing agar uni mashg‘ul qilmasang, seni mashg‘ul qiladi”, deya javob qildi. "Sabr va shukur" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy

  • 6 июл.8531721

    без подписи

  • 1 июл.1 0121817

    Doimo band bo‘ling. Inson harakat uchun yaratilgan. Miya, tana va ruh faqat izlanish va o‘sishda tirik bo‘ladi. Bekorchilik esa asossiz tashvish, yomon odatlar va ortiqcha o‘ylashni tug‘diradi — energiya foydaga emas, ichki yemirilishga ketadi. Tabiatda ham tirik daraxt doimo o‘sadi. O‘sish to‘xtagan joyda chirish boshlanadi. Shuning uchun band bo‘ling. Bu doim charchash emas, balki o‘zingizni foydali ish bilan mashg‘ul qilishdir. Band odam ichidagi bo‘shliqni maqsad bilan to‘ldiradi, band bo‘lmagan odamni esa o‘sha bo‘shliq yutadi. Band bo‘ling. Lekin bekorchi ishlarga emas, balki o‘zingizni yashnatadigan ishlar bilan. Manba: @Abdusattor

  • 8 июн.1 187142

    .... Sabr doimiy bo‘lib, uni faqat o‘limgina to‘xtatadi. Allohdan go‘zal tavfiq so‘rab qolamiz. "Sabr va shukur" kitobi Muallif: Abu Homid G'azzoliy