Blogfolio
СтатистикаDesign blog Web design: dribbble.com/sirojn1 Graphic design: be.net/sirojn1 © 2018–2026
- Последний пост
- 28 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Искусство (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 143
- 1/48двое суток
- 163
- 1/72трое суток
- 176
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
— AI dizaynerlarni ishsiz qoldiradimi? — ... @blogfolio
видео или голосовое, без подписи
Yangi alifbo va vizual kommunikatsiya Hamma eshitib ulgurgan bo‘lsa kerak, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining yangi, takomillashtirilgan variantini tasdiqladi. Endilikda qo‘sh harflar o‘rnini bitta belgili harflar egallaydi: • Sh o‘rniga – Ş • Ch o‘rniga – Ç • O‘ o‘rniga – Ö • G‘ o‘rniga – Ğ Qolgan harflarda o‘zgarish yo‘q. Matnlar vizual jihatdan qisqarishi va ixchamlashishi rost. Xo‘sh, bu islohot dizaynerlar, xususan, grafik, tipografika va UX/UI mutaxassislari uchun qanday muammolarni keltirib chiqaradi? Klaviatura va interfeys noqulayliklari Eng birinchi duch kelinadigan muammo va busiz fikrimni boshlashni iloji ham yo‘q edi. Hozirgi standart kompyuter va smartfon klaviaturalarida bu harflar uchun rasmiy va ommalashgan o‘zbekcha tartib (layout) hali yo‘q. Garchi bu harflar turk klaviaturasida mavjud bo‘lsa-da, uni o‘rnatish va moslashish jarayoni sekin kechadi. UX/UI dizaynerlari endi mahalliy ilovalar va veb-saytlarni yaratishda raqamli klaviaturalar va kiritish maydonlarini (input fields) moslashtirishi, foydalanuvchilar qidiruv tizimlarida eski harflarda yozsa ham, yangisida natija chiqib kelishini ta’minlashi kerak bo‘ladi. Shriftlar tanqisligi muammosi yana yangilanadi Dizaynerlar yaxshi biladi: o‘zbek-kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini chiroyli va to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlaydigan sifatli shrift topish shundog‘am katta muammo edi. Endi esa yana boshqa harflarning (Ş, Ç, Ö, Ğ) rasmiylashuvi dizayn jarayonini yanada murakkablashtiradi. To‘g‘ri, bu belgilar kiritilgan shriftlar vizual bazalarda mavjud, ammo ular har doim ham o‘zbek tilining boshqa xususiyatlariga (misol uchun tutuq belgisiga) estetik jihatdan mos tushavermaydi. Logotiplar va qadoq dizaynlarida vizual muvozanat va kerning (harflar orasidagi masofa)ni saqlash qo‘shimcha mehnat talab qiladi. Lotindan yangi lotinga Dizayner sifatida va umuman e’tibor berish kerak bo‘lgan yana bir ijtimoiy muammo: biz hali kirill yozuvidan to‘liq lotin yozuviga o‘tib ulgurmagan edik. Mamlakat shundog‘am qariyb ikki qismga – kirill va lotin avlodiga ajralib qolgandi. Endi esa lotindan yangi lotinga o‘tish jarayoni boshlanmoqda. Bu axborotni qabul qilishdagi jiddiy uzilishlar degani. Eski lotin alifbosida o‘qishga odatlangan yosh avlod yangi belgilarga moslashgunicha ma’lum ma’noda yangi "vizual savodsizlik" davrini boshdan kechiradi. Matnlar tez o‘qilmaydi, bannerlar va ko‘chadagi yozuvlar chalkashliklarni keltirib chiqaradi. O‘tish davrida dizaynerlarning roli Aynan mana shunday o‘tish davrlarida dizaynerlarning ijtimoiy vazifasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi (AI chiqdi, dizayn sohasi o‘ldi deydiganlar uchun yana bir tiriklik da’vosi bu). Odamlarning ko‘zini yangi harflarga o‘rgatish, qulaylikni ta’minlash qonunlardan ko‘ra ko‘proq bizning zimmamizdagi ishdir: Yangi alifbodagi yozuvlarni shunday chiroyli, mutanosib va tushunarli taqdim etish kerakki, odamlar bu o‘zgarishdan qochmasin va uni vizual qabul qila olsin. Mahalliy shrift dizaynerlarimiz uchun o‘zbek xarakteriga xos bo‘lgan, barcha harflarni mukammal qo‘llab-quvvatlaydigan milliy shriftlar bazasini yaratish uchun hozir ayni muddao va katta mas’uliyat pallasi. Ko‘cha ko‘rsatkichlari, jamoat joylari va raqamli ilovalarda yangi harflarning o‘qilishi eng yuqori darajada, tushunarli bo‘lishini aynan dizaynerlar ta’minlashi kerak. Xullas, alifbo o‘zgarishi shunchaki imlo qoidasi emas, balki butun boshli vizual madaniyatni yangilash jarayoni sifatida qabul qilinishi kerak degan fikrdaman. @blogfolio
Dizayn o‘layotgani yo‘q X (Twitter)da bir foydalanuvchi boshqa bir dizaynerning ishiga javoban: “Men buni Claude bilan bir urinishda bundan ham yaxshiroq qila olaman, dizayn o‘layotgan soha” deb post yozibdi. Izohlar qiziq bo‘ldi va ba’zilarini sen bilan bo‘lishmoqchiman: 1. “Biz 1–3% bozorni ifodalovchi bir pufak ichida yashaymiz. Agar u aytayotgan gap to‘g‘ri bo‘lganida, men yangi dizaynerlarni yollashim shart bo‘lmas edi va hamma narsani shunchaki AI bilan qilardim. Yaxshi dizayner AI’dan foydalanib, “hammasini bir urinishda qilaman” deb aytadigan odamlardan ancha oldinda bo‘ladi. Bu haqiqat.” 2. “Agar kimdir sizga dizayn o‘layotgan kasb deb aytayotgan bo‘lsa, siz 100% ishonch bilan aytishingiz mumkin u dizayn nima ekanini bilmaydi.” 3. “Nega AI vositalarini ishlatayotgan odamlar doim dizaynerlarni kamsitish kerak deb o‘ylaydi? Menimcha, bu shunchaki yana bir tool xolos. Agar uni yaxshi bilsang, u senga foyda beradi.” Xullas, shunaqa gaplar. Kontekstdan kelib chiqib, agar dizaynni screenshot bilan o‘lchasak, demak muammo dizaynda emas, tushunchada. Umuman olganda esa, tezlik oshgani bilan unikal dizaynni baribir ilmi bor inson maromiga yetkaza oladi. Asbob sohani o‘ldira olmaydi, xuddi kalkulyator matematikani o‘ldira olmaganidek. @blogfolio
Ming yillik haqiqat Sen ham boshqalarga o‘xshab, logotipda albatta chuqur ma’no bo‘lishi kerak deb o‘ylaysan. Shu sabab ba’zan bitta belgiga o‘nlab metafora va ramzlarni joylashtirishga urinib ko‘rasan. Aslida esa logotipning vazifasi ma’no tushuntirish emas. Uning vazifasi brendni tanitish. Nike belgisi sportchini, Apple logotipi kompyuterni, McDonald's esa burgerni tasvirlamaydi. Shunga qaramay, ularni millionlab odamlar bir qarashda taniydi. Bu esa bir haqiqatni eslatadi: logotipning kuchi nimani anglatishida emas, nimani eslatishida. Vaqt o‘tishi bilan odamlar brend haqidagi barcha taassurotlarini logotip bilan bog‘lay boshlaydi. Natijada ma’no logotipning ichida emas, odamlarning xotirasida shakllanadi. Lekin bundan istalgan shakl yaxshi logotip bo‘la oladi degan xulosa chiqarma. Yaxshi logotip nafaqat esda qoladi, balki proporsiya, balans, o‘qilish va qo‘llash qulayligi kabi fundamental dizayn tamoyillariga ham javob beradi. Shu sabab logotip yaratayotganda ma’no izlashdan oldin uning tanilish xususiyati haqida ham o‘ylab ko‘r. Qolgan ma’nolarni vaqtning o‘zi qo‘shib boradi. @blogfolio
Men ijodiy inqirozda edimmi? Tasodifiy so‘zlarni sanashga urinsang, 10-15 ta so‘zdan keyin to‘xtab qolasan. Lekin o‘zing yaxshi bilgan voqeani hikoya qilsang, so‘z qidirib o‘tirmaysan. G‘oyalar bilan ham xuddi shunday. Kimdir original narsa topishga urinib qolsa, ko‘pincha tiqilib qoladi. Vazifani hal qilishga kirishgan odam esa odatda bunday muammoga duch kelmaydi. Ijodiy inqiroz ko‘pincha g‘oyaning yo‘qligidan emas, maqsadning noto‘g‘ri qo‘yilganidan paydo bo‘ladi. Anglaganim shu. @blogfolio
Joni Ayvdan Stiv Jobs haqida Men Stiv bilan deyarli o‘n besh yil davomida har kuni ishladim. Kunlarimizning aksariyat qismini birga o‘tkazardik; tushlikda birga o‘tirar, tushdan keyin esa dizayn studiyasida vaqt o‘tkazardik. Bu hayotimdagi eng baxtli, eng ijodiy va eng sermazmun davrlar edi. Biz dunyoga bir xil nigoh bilan qarardik. Biz dunyoni shunchaki mavjud narsa sifatida emas, balki insoniyatning jamoaviy sa’y-harakatlari natijasida shakllangan asar deb ko‘rardik. Bizda "bor narsaga ko‘nikish" tuyg‘usi yo‘q edi. Aksincha, bizda dunyoni o‘zgartirish, uni yaxshilash va insonlar hayotini yengillashtiradigan narsalar yaratish mumkinligiga nisbatan ulkan mas’uliyat bor edi. Stivning insoniyatga bo‘lgan muhabbati juda teran edi. U buni so‘z bilan aytmasdi, balki amal bilan ko‘rsatardi. Uning uchun eng oliy minnatdorchilik — bu insoniyat uchun haqiqatdan ham foydali, chiroyli va mukammal narsa yaratish edi. U buni "insoniyatga xizmat qilish" deb bilar edi. Biz o‘zimiz tanimagan insonlar uchun nimadir yaratganimizda, aslida butun insoniyatga bo‘lgan hurmatimizni izhor qilamiz. Stivdan o‘rgangan eng qiyin darslarimdan biri bu — diqqatni jamlash (focus) edi. Stiv uchun diqqatni jamlash — bu shunchaki bir ishni bajarish emas, balki boshqa yuzlab ajoyib, qiziqarli va istiqbolli g‘oyalarga "yo‘q" deya olish edi. U har kuni mendan: "Bugun nechta narsaga 'yo‘q' deding?" deb so‘rar edi. Bu shafqatsiz darajadagi intizomni talab qilardi, lekin aynan shu narsa bizga haqiqiy natijaga erishish imkonini bergan. Yana bir muhim narsa — bu g‘oyalarning tabiati. Stiv yangi g‘oyalar qanchalik mo‘rt va zaif bo‘lishini tushunardi. G‘oya paydo bo‘lgan ilk lahzalarda u juda osonlik bilan tanqid qilinishi yoki yo‘q qilinishi mumkin. Stiv g‘oyalarni himoya qilishni bilar edi. U g‘oyaning kamchiliklarini ko‘rishdan ko‘ra, uning ichidagi eng qimmatli "mag‘iz"ni topishga usta edi. U g‘oyani amaliyotga tatbiq etishdan oldin uning mohiyatini asrab-avaylardi. Stivning ketishi bilan men nafaqat hamkasbimni, balki eng yaqin do‘stimni va dunyoni men kabi ko‘radigan yagona insonni yo‘qotdim. Ammo uning merosi faqat mahsulotlarda emas, balki u o‘rgatgan qarashlarda yashaydi. Men hamon qaror qabul qilayotganimda u bilan xayolan maslahatlashaman. Uning dunyoni ko‘rish tarzi, go‘zallikka bo‘lgan tashnaligi va insoniyatga bo‘lgan ehtiromi biz yaratayotgan har bir narsada aks etishi kerak. Bu uning bizga qoldirgan eng katta darsidir. Jony Ive San Francisco, California, USA September 11, 2024
Inson ba’zan noto‘g‘ri ishda, noto‘g‘ri muhitda yoki o‘ziga mos bo‘lmagan hayot ssenariysida yillarini sarflab qo‘yadi. Keyin orqaga qaraganda eng og‘riqli yo‘qotish aynan shu qaytib kelmaydigan vaqt bo‘ladi. Hayotdagi eng qimmat yo‘qotish kimnidir yo‘qotish emas. Eng qimmat yo‘qotish – o‘zingniki bo‘lmagan yo‘l bilan yashab yuborilgan yillar.
Iqtidoring eng katta ustunliging emas Sen ko‘pincha yangi trendlarni o‘rganishga, portfoliongni "yondiradigan" darajaga olib chiqishga yoki eng so‘nggi dasturlarni o‘zlashtirishga harakat qilasan. Go‘yoki muvaffaqiyat kaliti aynan shunda. Lekin bir narsani tushun: hozirgi zamonda shunchaki dedlaynga amal qilish seni 90% raqobatchingdan o‘zib ketishingni ta’minlaydi. Nega? Chunki bozor "g‘oyib bo‘ladigan", "sveti o‘chib qoladigan", va’dasini unutadigan yoki "ilhomim kelmadi" deydigan mutaxassislar bilan to‘la. Mijoz uchun sening 100% lik ideal dizayningni 3 kun kechikib olgandan ko‘ra, 90% lik sifatli ishni aytilgan vaqtda olish qadrliroq. Chunki dedlayn bu shunchaki sana emas. Bu – ishonch. Va’da qilingan vaqtda faylni yuborgan holda sen shunchaki ishni topshirgan emas, balki mijozga: "men sening vaqtingni va biznesingni hurmat qilaman" degan bo‘lasan. Kelajak iqtidorlidan ko‘ra ko‘proq tartibli ijodkorlarniki. O‘sha 10% lik ishonchli doiraga kirishni hech bo‘lmasa bugundan boshla. @blogfolio
Davom etamizmi? Kimdir dizaynda nimagadir erishgan, kimdir esa hech narsaga. Sababi nimada bilasanmi? Sabab shunchaki davom etish. … nimadir o‘xshamadi, taslim bo‘lding; … kurs tugadi va u bilan birga mas’uliyat ham; … boshqalar zo‘r eplayapti, sen esa “menga emas ekan” deding; … va hokazo. Dizaynda, umuman barcha sohada muvaffaqiyatga erishish mumkin, agar senda bo‘lsa: … kuniga eng kamida 30 daqiqa vaqt; … o‘rganishga istak; … faqat videodars tomosha qilib o‘tiraverish emas, balki amalda qo‘llash odati. Keys’lar qil, joyla, boshqalarga xizmatlaringni taklif qil, xatolardan o‘rgan, blog yurit, muntazam mashq qil, fikr-mulohaza ol. Shunchaki tashlab yuborma va davom et – bu eng asosiy qoida. Va albatta “mullaning aytganini qilu, qilganini qilma!” ) @blogfolio
Video sen haqingda @blogfolio
Dastlab sezasan, keyin tushuntirasan Dizaynni his qilish qobiliyati ham bir mahoratdir. Uni rezyumega yozmaysan. Sertifikat ololmaysan. Lekin u bor. Sen uni har kuni ishlatib yashaysan. Bu shunday narsaki, qanday tushuntirishni bilmaysan, lekin nimadir noto‘g‘ri ekanini yaqqol ko‘rib turasan. Rangi, shakli, joylashuvi, tartibi… bir piksel noto‘g‘ri tursa ham ko‘zingga boshqacha ko‘rinadi. Sen bu natijaga ichki sezgi, did, tajriba, millionlab piksellar orqasidan yetib kelgansan. Ammo sohangda bir haqiqat bor: tushuntira olmasang, ishonishmaydi. “Qanaqasiga yaxshiroq?”, “Nega aynan shunaqa?”, “Qayerdagi nazariyaga tayanib shunaqa qilding?” Senda ba’zida bu savollarga faqat bitta javob bo‘ladi: “Shunchaki, shunisi yaxshi.” Lekin buni ayta olmaysan. Aytsang ham yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘pincha tahlilchi, metodolog, psixolog rolini o‘ynaysan. Har bir qaroringga ortiqcha asos, nazariyalar, vizual og‘irlik, grid, F-pattern yoki Gestalt qonunlaridan biron asos izlaysan. Bu esa o‘zing bilgan haqiqatni boshqalarga isbotlash usuling xolos. Ochig‘ini aytaver, bu asoslarni ishdan avval emas natija tayyor bo‘lganidan keyin topasan. Dastlab sezasan, so‘ng tushuntirasan. @blogfolio
Ko‘chirish – tan olinmagan hurmat Sendan ko‘chiryaptimi? Demak, sen qiymatli ish qilyapsan. Ko‘chirmayaptimi? Demak, boshqalar bilib qolishini istamayapti ) Kimdir sendan ilhomlanadi, kimdir esa bevosita ko‘chiradi. Bu ikkalasi orasidagi chiziq har doim ham ko‘zga ko‘rinmaydi. Ilhomlanish va ko‘chirish haqida batafsil boshqa safar gaplashamiz. Bugun boshqa masala: Agar sening ishing, uslubing yoki yondashuving boshqalar tomonidan ko‘chirila boshlagan bo‘lsa, bu sen uchun xavotir emas, balki e’tirofdir. Chunki hech kim befoyda narsani ko‘chirmaydi. Sen yaratgan narsa qiymatli, foydali va ta’sirli ekani uchun undan foydalanilmoqda. Bu holat sen uchun yangi bosqichga o‘tish vaqti kelganini bildiradi. Endi boshqalarning uslubi emas, o‘z uslubingni kengaytirish, yangilikda davom etish va o‘z brendingni mustahkamlashni to‘xtatmasliging kerak. Ammo o‘zing haliyam boshqalardan ko‘chirayotgan bo‘lsang – hech kim bilib qolmasin ) @blogfolio
Bir qarich bo‘lma! Eshitgan bo‘lsang kerak, ilm uch qarichdan iborat deyiladi: • Kim ilmda bir qarich ildamlasa, kibrlanadi. • Kim ikki qarich ildamlasa, kamtar bo‘ladi. • Kim uch qarich ildamlasa, hali hech narsani bilmasligini tushunib yetadi. Odamlarni kuzatsang, shu "bir qarich" turiga kiradiganlar ko‘pligini sezasan. Dastlabki qarichga kiradi-da, ilmni da’vo qiladi. Natijada talashib-tortishib, boshqalarni ayblaydi. Ilmni sohamiz misolida qarasang, birinchi qarichga kirgan kishining eng katta muammosi hali aqli bo‘m-bo‘shligidan xabari yo‘qligi. Sohaga shijoat bilan kiradi-da, aqli bo‘shligi bois ilmning birinchi qarichi uni tang ahvolga solib qo‘yadi, natijada bir qarich ilm uni egallaydi, so‘ng uni boshqaradi, xato-kamchilikka undaydi, xohlagan ko‘yiga soladi. Xullas, ilmda bir qarich bo‘lishdan ehtiyot bo‘l. Men ishonaman, sen buni o‘qigan zahoti ikkinchi qarich ostonasida bo‘lasan. @blogfolio
71 yoshli onaxon grafik dizaynni o‘rgandi Madinaning blogida o‘qigan bo‘lsang kerak, turkiyalik 71 yoshli uy bekasi grafik dizayn bo‘yicha diplom oldi. Ikki yillik grafik dizayn dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan onaxon nasib qilsa, yaqinda bo‘lib o‘tadigan bitiruv marosimida diplomini oladi. Endi sen haqingda gaplashsak. Hayotingning eng zo‘r davri o‘tib ketayotgani, hech narsaga erisholmayotganing va erisha olmasam ham kerak deb o‘ylayotganing faqat senda kuzatilayotgan jarayon emas. Xuddi shu muammo rosa kuch quvvatga to‘lgan – odatda 35 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan odamlarda ham kuzatiladi. Muvaffaqiyat faqat yoshlar uchun deb o‘ylasang, buni o‘qi: • Suqrot 70 yoshida turli musiqa asboblarini chalishni o‘rgangan va tezda bu ishning ustasiga aylangan. • Gyote 80 yoshida dunyoga mashhur “Faust” asarini yozib tugallagan. • Mikelanjelo eng zo‘r asarlarini 80 yoshida chizgan. • Qadimgi Rim senatori Mark Katon yunon tilini 80 yoshida o‘rgangan. • Tarixchi Leopold Ranke “Jahon tarixi” asarini 91 yoshida yozib tugatgan. • Lev Tolstoy 83 yoshida o‘rimda yosh o‘roqchilarni ham ortda qoldirgan. • Uinston Cherchil 76 yoshida bosh vazir bo‘lgan. “Endi miyamga hech narsa kirmaydi” degan ruhiyatingdagi yanglish ko‘nikmalarni unut. Zero, haydovchilar yopishtirganidek, "Orzular orzuligicha qolmaydi, yurak urib tursa bas!" @blogfolio
Qiladigan ishlaring shunchalik ko‘pki, hech birini qilmaysan Javlon maqolasida tilga olganidek, inson miyasida glutamat degan neyrotransmitter bor ekan. Qachonki biz diqqat qilsak, qaysidir muammoni yechsak, bir vaqtda bir nechta ishni bajarsak miya glutamat ishlab chiqaradi. Bu neyrotransmitter o‘rganish, xotira va diqqat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan kelib chiqadiki, qilishing lozim bo‘lgan ish/buyurtmalar sonining ortib ketishi va ularni bajarish kerakligini o‘ylashning o‘zi ham seni shu ishlarni qilganingdan ko‘ra ko‘proq charchatadi. Bunday vaziyatlarning yechimi esa ming yillar oldin ham mavjud bo‘lgan o‘sha yechim: "Bo‘lib tashla va hukmronlik qil". Xohlasang ham barchasini bir paytda qilolmaysan, shunchaki har bir vazifa uchun kunning ma’lum qismini bo‘lib ber. Aytgancha, o‘rganishni istagan yo‘nalish/sohalaring shunchalik ko‘pki, hech birini o‘rganmaysan. @blogfolio
Grafik dizayndan UI/UX dizaynga o‘tishing kerak (mi?) Xabaring bor, sun’iy intellekt va raqamlashtirish jarayoni jadallashib borgani sari bir qancha kasblar va ish o‘rinlari keskin qisqarmoqda, shu bilan birga yangi ish joylari yaratilyapti va zamonaviy kasblarga bo‘lgan talab mehnat bozorida ortmoqda. “World Economic Forum” o‘tkazgan “Kelajak kasblari–2025” tadqiqoti natijalariga ko‘ra, keyingi besh yil ichida qaysi kasblarga talab ortishi va tushishi haqida bilib olsang foydali bo‘ladi: Talab eng tez o‘sadigan kasblar: 1. Katta ma’lumotlar (Big Data) bo‘yicha mutaxassislar 2. Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) muhandislari 3. Sun’iy intellekt (AI) va mashinaviy o‘qitish mutaxassislari 4. Dasturiy ta’minot va ilovalar ishlab chiquvchilari 5. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar 6. Ma’lumotlar ombori (Data Warehousing) mutaxassislari 7. Avtonom va elektromobil sohasidagi mutaxassislar 8. UI/UX Dizaynerlari 9. Yengil yuk mashinasi yoki yetkazib berish xizmati haydovchilari 10. Internet of Things (IoT) mutaxassislari 11. Ma’lumotlar tahlilchilari va olimlari 12. Atrof-muhit muhandislari 13. Axborot xavfsizligi tahlilchilari 14. DevOps muhandislari 15. Qayta tiklanadigan energiya muhandislari Talab eng tez pastlaydigan kasblar: 1. Pochta xizmati xodimlari 2. Bank kassirlari va shu kabi xodimlar 3. Ma’lumot kirituvchilar 4. Kassirlar va chiptachilar 5. Ma’muriy yordamchilar va ijrochi kotiblar 6. Bosma ishlar (Printing) va shu sohaga oid mutaxassislar 7. Buxgalteriya, hisob-kitob va ish haqi xodimlari 8. Omborxona va zaxira yurituvchi xodimlar 9. Transport kuzatuvchilari va yo‘lovchi kuzatuvchilar 10. Uyma-uy savdo agentlari, ko‘cha sotuvchilari va shu kabi ishchilar 11. Grafik dizaynerlar 12. Sug‘urta da’vosi bo‘yicha ekspertlar va tekshiruvchilar 13. Huquqiy xizmatchilar 14. Yuridik kotiblar 15. Telefon orqali sotuvchilar (telemarketologlar) Ko‘rib turibsan, o‘quv markazlari haliyam grafik dizayn kursini zamonaviy kasbga ega bo‘lasan deb sotayotgan bir paytda dunyoda nimalardir bo‘lib ketyapti. Umuman olganda har qanday kasbda professional bo‘lsang hali beri yo‘qolib ketmaysan lekin kasbingni zamonaviy tendensiyalar bilan birgalikda olib bormasang, AI ni ayblab qolib ketishing mumkin. @blogfolio
Doimiy depressiya va oʻzingni muntazam charchagan his qilayotgan boʻlsang, buni oʻqi: Nega doimiy charchoqni his qilamiz? @blogfolio
Kuning samarali o‘tsa xotirjam uxlaysan Oxirgi paytlarda o‘zingda bir narsani his qilyapsan: samaradorlik (продуктивность) bahosi juda pastlab ketdi. Oldinlari bir kunda shartli ravishda o‘nta ish bajargan bo‘lsang, o‘sha kuning samarador edi. Hozir esa bir kunda bitta ishni to‘liq tugata olsang, kunni samarali hisoblayapsan... Noto‘g‘ri yo‘ldasan. Qayerdadir o‘qigan eding, "Samarali o‘tgan kun xotirjam uyqu olib kelganidek, samarali o‘tgan umr xotirjam o‘lim olib keladi". @blogfolio
Apple yangi (lekin tanish) vizual uslubni urfga kiritmoqda WWDC25’da Apple barcha operatsion tizimlari uchun yangi vizual uslub – Liquid Glass’ni tanishtirdi va tezda ushbu uslubda yorliq (icon)lar yasash uchun yangi vosita ham taqdim etibdi. Hozircha faqat MacOS uchun. Surat muallifi Yuldash Mahamadkhodjaev @blogfolio