Блокнот специалиста по охране труда
СтатистикаДанный канал создан специально для специалистов по ОТ и всех кому интересны и небезразличны вопросы охраны труда. Ushbu kanal MMQ mutaxassislari va mehnatni muhofaza qilish masalalariga qiziqqan va befarq bo’lmaganlar uchun yaratildi.
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 11:49
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 41
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 302
- 1/48двое суток
- 346
- 1/72трое суток
- 373
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#VMQ_819 ✒️ Muayyan kasblar va muayyan ish turlari uchun mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari o‘rtasidagi farq nimada❗️ degan savollar ko‘plab berilmoqda. ✅ Ushbu masala Hukumatning 819-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solingan. 📌 Nizomga ko‘ra, yo‘riqnomalar: 👷 muayyan kasblar uchun — elektr payvandchilar, dastgohchilar, chilangarlar, elektr montyorlar, farroshlar, laborantlar va boshqalar; 🔧 muayyan ish turlari uchun — balandlikdagi ishlar, montaj, sozlash, ta’mirlash, sinovlar o‘tkazish va boshqalar uchun ishlab chiqilishi mumkin. 💡 Farqini oddiy misolda ko‘ramiz: 📊Elektr montyor — kasb. 📊Balandlikda elektr tarmog‘ini ta’mirlash — ish turi. ⚠️Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu talabni har bir tashkilotda har bir kasb va ish turi uchun alohida yo‘riqnoma ishlab chiqilishi shart, deb tushunmaslik lozim. ❗️Qaysi turdagi yo‘riqnomalarni ishlab chiqish zarurligi tashkilotda bajariladigan ishlarning xususiyati, texnologik jarayonlar va mehnat sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. 💙 Asosiy mezon — yo‘riqnomalar soni emas, balki xodimlar duch keladigan xavflarning tegishli yo‘riqnomalarda to‘liq qamrab olinganligidir. 📎 Muayyan kasb va ish turlari uchun yo‘riqnomalar namunalari Nizomning 8- ilovasida keltirilgan. 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 📊 529 TA BAXTSIZ HODISA: RAQAMLAR ORTIDA NIMA BOR? 2026-yilning 7 oyida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. 580 nafar xodim jabrlangan, 156 nafari halok bo‘lgan. ❓ Ammo asosiy savol raqamlarda emas: ❗️ Bu hodisalarning oldini olish mumkinmidi? ❗️ Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tizimida nimalar o‘zgaradi? 🇺🇿 Bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasi baxtsiz hodisalar bo‘yicha xabar berish, tekshirish va hisobga olishning yagona, shaffof va zamonaviy tizimini shakllantirishni nazarda tutmoqda. Loyihada ish beruvchining aniq majburiyatlarini belgilash, yashirin hodisalarni aniqlash, tekshiruvlarning xolisligini ta’minlash hamda kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishning aniq mexanizmlarini joriy etish taklif etilmoqda. Maqsad — hodisani qayd etish emas, uning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. 🏬 Batafsil tahlil va takliflar Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Bosh davlat texnik inspektori Shukurullo Mavlyanovning mulohazalarida. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
📊 СТАТИСТИКА, О КОТОРОЙ НУЖНО ГОВОРИТЬ За 7 месяцев 2026 года в Узбекистане зафиксировано 529 несчастных случаев, связанных с трудовой деятельностью. 📌 24 — групповые 📌 372 — с тяжёлыми последствиями 📌 132 — со смертельным исходом 132 несчастных случая со смертельным исходом за 7 месяцев — это в среднем почти 19 смертельных случаев каждый месяц. Всего пострадали 580 человек: 🔴 156 погибли 🟠 402 получили тяжёлые травмы 🟢 22 — лёгкие травмы Но есть цифра, которая особенно заставляет задуматься: 558 из 580 пострадавших получили тяжёлые травмы или погибли — 96%. ❓ Почему так мало лёгких травм? Мы действительно видим все происшествия — или в статистику попадает только то, что уже невозможно не заметить? Зрелая система HSE должна видеть не только травмы, но и то, что происходит до травмы: ➡️ Near Miss ➡️ небезопасные действия и условия ➡️ выявленные опасности ➡️ результаты оценки рисков ➡️ нарушения процедур ➡️ выполнение корректирующих мероприятий Несчастный случай — это уже финальная точка цепочки событий. Поэтому главный вопрос должен быть не только: ❌ «Сколько у нас было несчастных случаев?» А: ✅ «Сколько потенциальных происшествий мы выявили и предотвратили?» Безопасность — это не только статистика после происшествия. Безопасность — это действия ДО происшествия. Блокнот специалиста по охране труда/ Подписаться
✈️ E’tibor berdingizmi❓ ✈️ Davlat mehnat inspeksiyasining rasmiy deb ataluvchi va yirik ijtimoiy tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid postlar tobora ko‘paymoqda. ✈️ Bu — sohada amalga oshirilayotgan izchil, tizimli va amaliy takomillashtirish ishlarining natijasi. ✈️ Aytgandim-ku: Biz gap bilan emas, mehnatimiz va natijalarimiz bilan hurmat qilishga majbur qilamiz! 💪 Biz esa ishlashda davom etamiz. Natija bor joyda — Qahramonlar ko‘p bo‘ladi. (Qahramon sizga tegishli emas😎) Barchangizning kuningiz fayzli va barakotli o‘tsin! Ikki dunyo saodatiga erishish nasib etsin! 🤲 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube
Ishdagi baxtsiz hodisalar sabab O‘zbekistonda yetti oyda 156 kishi vafot etdi Bu vaqt davomida 500 dan ortiq baxtsiz hodisalar qayd etilgan bo‘lib, Davlat mehnat inspeksiyasi ularning eng ko‘pi qaysi sohalarda kuzatilgani ma’lum qilindi. @daryo_live
🔰 2026-yilning 7-oy davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar JAMI 529 ta mehnat faoliyati bilan bog'liq baxtsiz hodisalar sodir bo'ldi. Statistika: 📍24 ta — guruhiy; 📍372 ta — og‘ir oqibatli; 📍132 ta — o‘lim bilan tugagan. 🔻 Jabrlanganlar soni — 580 nafar: 402 nafari — og‘ir jarohatlangan; 22 nafari — yengil jarohatlangan; 156 nafari — vafot etgan. 📌 Baxtsiz hodisalar natijasida 11 mlrd 379 mln so'm bir yo‘la beriladigan va oyma-oylik zarar pullari undirib berildi. ❗️Mehnat xavfsizligi — har bir ish joyida ustuvor masala bo‘lishi shart. 📊 Batafsil infografikada... 👉 Davlat mehnat inspeksiyasi
#VMQ_819 💬 Oldingi postimizdan so‘ng, bir savol ko‘p berilmoqda: "Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqmaslik mumkinmi"❓ ✅ Javob: Har doim ham emas. 📚 Nizomga ko‘ra, tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqishi shart. ⚠️ Biroq, istisno mavjud. ❗️Agar bir vaqtning o‘zida quyidagi: ✅ xodimlar soni 20 nafargacha bo‘lsa; ✅ faoliyatning kasbiy tavakkalchilik darajasi 4-toifagacha bo‘lsa. unda alohida yo‘riqnomalarni ishlab chiqish talab etilmaydi. ❗️Ammo bu, ish beruvchi xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazishi shart emas, degani emas. Ish beruvchi xodimlarni xavfsiz mehnat usullari bilan tanishtirishi, zarur yo‘l-yo‘riqlarni berishi hamda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta'minlashi shart. Izoh: Bu yerda "yo‘riqnoma" (hujjat) va "yo‘l-yo‘riq" (xodimni o‘qitish va tanishtirish) tushunchalari bir-biridan farq qiladi. 💡 Eslatma: Ayrim hollarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni shartnoma asosida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga tayyorlatishi mumkin. 📌 Qaysi tashkilotlarda bu imkoniyat mavjudligi yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan. 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube
👏 Mana buni haqiqiy "Xavfni tahlil etish" elektron tizimi desa bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 13-iyuldagi 49-son qarori bilan "Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil etish" elektron tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlandi. ✒️ Mazkur hujjat 2026-yil 1-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan 3915-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Yangi Nizomga ko‘ra, Qo‘mita nazorati ostidagi obyektlarda qonunchilik talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik xavfi "Xavfni tahlil etish" elektron tizimi orqali baholanadi. 📊 Elektron tizim quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: 📊 xavfli ishlab chiqarish obyektlari; 📊 atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlari; 📊 radiatsiya manbalari; 📊 ko‘tarish qurilmalari (kranlar, liftlar, eskalatorlar, arqon yo‘llari va boshqalar); 📊 bosim ostida ishlovchi uskunalar; 📊 gaz ta’minoti tizimlari; 📊 portlatish ishlari va portlovchi materiallar bilan bog‘liq faoliyat; 📊 attraksionlardan foydalanish xavfsizligi. 📌 Eslatma: Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi jamoasini ushbu muhim tashabbus bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
"Xavfni tahlil etish" elektron tizimini joriy etish tartibi tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 13-iyuldagi 49-son qarori bilan «Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil etish" elektron tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. 🗂 Mazkur qaror 2026-yil 1-avgustda Adliya vazirligi tomonidan 3915-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizom Qo‘mita nazorati ostidagi obyektlarda qonunchilik talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik xavfini "Xavfni tahlil etish" elektron tizimi orqali baholash tartibini belgilaydi. Xususan, elektron tizim quyidagi yo‘nalishlarda xavf darajasini baholash imkonini beradi: ⭕ xavfli ishlab chiqarish obyektlari; ⭕ atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlari; ⭕ radiatsiya manbalari; ⭕ ko‘tarish qurilmalari (kranlar, liftlar, eskalatorlar, arqon yo‘llari va boshqa ko‘tarish inshootlari); ⭕ bosim ostida ishlovchi uskunalar; ⭕ gaz ta’minoti tizimlari; ⭕ portlatish ishlari hamda portlovchi materiallar bilan bog‘liq faoliyat; ⭕ attraksionlardan foydalanish xavfsizligi. Elektron tizim tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini belgilangan mezonlar asosida ball tizimi orqali baholaydi hamda ularni past, o‘rta va yuqori xavf toifalariga ajratadi. ❗️Shu bilan birga, elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash yoki tekshiruv o‘tkazish uchun mustaqil asos hisoblanmaydi. Profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 📌 Eslatma: mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram | 💬Facebook | 📷Instagram | ▶️ YouTube | 🌐Veb-sayt
👉 Telegram| YouTube | Facebook | Instagram
#VMQ_454 ✒️ Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ko‘ra, kasbiy tavakkalchiligi o‘ninchi darajagacha bo‘lgan tashkilotlar MMQB tizimini soddalashtirilgan shaklda ishlab chiqishi mumkinligi belgilangan. Biroq, bu mehnatni muhofaza qilish talablarini kamaytirish degani emas. Soddalashtirish, eng avvalo, hujjatlashtirish va boshqaruv jarayonlarini ixchamlashtirishni anglatadi. ⚙️ Masalan: ✈️ 10 ta alohida tartib o‘rniga mehnatni muhofaza qilishning asosiy jarayonlarini o‘z ichiga olgan bitta yagona nizom ishlab chiqilishi mumkin. ✈️ Murakkab xavflarni baholash metodikasi o‘rniga ish joyidagi xavflarni belgilash va choralarni ko‘rsatishdan iborat oddiy chek-list qo‘llanilishi mumkin. ✈️ Ko‘p sonli ichki hisobotlar o‘rniga qonunchilikda talab etilgan minimal hisobotlar va tadbirlar rejasini yuritish kifoya qilishi mumkin. ❗️ Shu bilan birga, quyidagi talablar har qanday tashkilot uchun majburiyligicha qoladi: ⚫️xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish va bilimlarini tekshirish; ⚫️ish joyidagi xavflarni aniqlash va bartaraf etish; ⚫️shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash; ⚫️baxtsiz hodisalarni hisobga olish va tekshirish; ⚫️majburiy tibbiy ko‘riklarni tashkil etish; ⚫️mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. 💡 Xulosa qilib aytganda, soddalashtirish xavfsizlik talablarini emas, ortiqcha byurokratik jarayonlar va hujjatlarni qisqartirishni anglatadi. Bu esa kichik va past xavfli tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish tizimini samarali va amaliy tashkil etish imkonini beradi. 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube