tgindex
BMB PFC
@bmbpfcузбекский

BMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
40
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
999
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
543
39 постов
Вовлечённость
54,4%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 40
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
472
1/48двое суток
540
1/72трое суток
583

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Bugungi mashg‘ulotlar BMB PFC futzalchilarining to‘liq tiklanishi va jismoniy holatini barqarorlashtirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida jismoniy yuklamalar biroz oshirildi. Bu esa bejiz emas — jamoani oldinda muhim va mas’uliyatli O‘zbekiston Superkubogi musobaqasi kutib turibdi. Har bir mashg‘ulot — katta maqsad sari yana bir qadam. Futzalchilarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va optimal sport formasiga kirishi ustida izchil ish olib borilmoqda. Telegram |Facebook |Instagram

  • BMB Professional Futsal Clubda yangi mavsum oldidan jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi va futzalchilar ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga klub prezidenti Aziz Akmalovich boshchilik qildi. Unda jamoaning yangi mavsum oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad va vazifalari, sport natijalaridan tashqari, klubning oldindagi musobaqalardagi mas’uliyati va yuqori natijalarga bo‘lgan talabi atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishning asosiy kun tartibidan esa yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Superkubogi bahslari uchun puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish masalasi o‘rin oldi. Murabbiylar shtabi tomonidan jamoaning jismoniy, taktik va ruhiy holatini optimal darajaga olib chiqish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. BMB PFC uchun yangi mavsum — yangi maqsadlar, yangi sinovlar va navbatdagi katta ambitsiyalar davri. Jamoa oldidagi vazifalar aniq: har bir mashg‘ulotda maksimal mehnat, har bir uchrashuvda yuqori konsentratsiya va maydonda BMB nomiga munosib kurash. Telegram |Facebook |Instagram

  • BMB PFCning bugungi tayyorgarlik jarayonining ikkinchi bosqichi taktik mashg‘ulotlarga bag‘ishlandi. Futzalchilar maydondagi o‘zaro hamkorlik, taktik harakatlar va murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan kombinatsiyalar ustida ishladilar. Superkubok tobora yaqinlashar ekan, jamoa o‘zining o‘yin uslubi va taktik rejalarini yanada takomillashtirmoqda. Telegram |Facebook |Instagram

  • BMB PFCning bugungi mashg‘uloti ikki bosqichda tashkil etildi. Mashg‘ulotning birinchi bosqichida futzalchilar trenajyor zalida jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajardilar. Unda asosiy e’tibor qo‘l va oyoq mushaklarini rivojlantirish, kuch va chidamlilikni oshirishga qaratildi. Superkubok bahsi oldidan futbolchilarning jismoniy holatini kerakli darajaga olib chiqish borasidagi ishlar davom etmoqda. Telegram |Facebook |Instagram

  • BMB PFC yangi mavsum va Superkubok uchrashuviga tayyorgarlikni izchil davom ettirmoqda. Bugungi mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, yuqori tempga moslashish va optimal sport formasiga kirish uchun yo‘naltirilgan mashqlarga qaratildi. Shuningdek, mashg‘ulot davomida taktik ishlanmalar ustida ham faol ish olib borildi. Jamoaning o‘yin falsafasi, maydondagi harakatlar va taktik kombinatsiyalar yanada mustahkamlanmoqda. Superkubok tobora yaqinlashmoqda. BMB PFC esa katta jang oldidan formani tobora kuchaytirmoqda! Telegram |Facebook |Instagram

  • CHEMPION JAMOANI BOSHQARISH — ALOHIDA MAS’ULIYAT BMB PFC uchun yangi mavsum oddiy navbatdagi chempionat emas. Bu yo‘lda asosiy mas’uliyatlardan biri bosh murabbiy zimmasiga tushadi. Yangi mavsum oldidan uning vazifasi faqat mashg‘ulot o‘tkazish yoki taktik sxemalarni ishlab chiqish bilangina cheklanmaydi. Eng katta vazifa — jamoani yana bir maqsad atrofida birlashtirish. Har bir futzalchining imkoniyatini to‘g‘ri baholash, uning kuchli jihatlaridan unumli foydalanish, jamoaviy ruhni shakllantirish va maydonda yagona mexanizmni yaratish — murabbiydan katta mehnat va izlanishni talab qiladi. Bugungi mashg‘ulotlarning ikkinchi qismi ham taktik ishlanmalarga bag‘ishlandi. Maydondagi har bir harakat, pozitsion o‘zgarish va qaror ortida murabbiylar shtabining rejasi turibdi. Chunki futzalda ba’zan bir soniya, bir qaror yoki bir harakat butun uchrashuv taqdirini o‘zgartirishi mumkin. BMB PFC yangi mavsum oldidan ana shu mas’uliyatni his qilgan holda tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Telegram |Facebook |Instagram

  • BMB PFC | BUGUNGI GYM MASHG‘ULOTLARIDAN VIDEO LAVHA BMB PFC jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini izchil davom ettirmoqda. Bugungi mashg‘ulotlarning birinchi bosqichi gym zalida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida futbolchilarning jismoniy holatini yanada yaxshilash, kuch va chidamlilik ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan maxsus mashqlar bajarildi. Ayniqsa, oyoq mushaklarini mustahkamlash mashg‘ulotning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Futzalda yuqori tezlik, keskin harakatlar, tezkor burilishlar va raqib bilan kurashlarda jismoniy tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida kuch va funksional chidamlilik ustida olib borilayotgan ishlar alohida ahamiyatga ega. BMB PFC — mavsum sari tayyorgarlik davom etmoqda! Telegram |Facebook |Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • BMB PFC: BUGUNGI MASHG‘ULOTLAR IKKI BOSQICHDA O‘TKAZILDI BMB PFC jamoasi yangi mavsum va oldinda turgan muhim superkubok uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini izchil davom ettirmoqda. Bugungi mashg‘ulotlar ikki bosqichda tashkil etildi. Mashg‘ulotlarning birinchi qismi gym zalida o‘tkazilib, unda futzalchilarning, ayniqsa, oyoq mushaklari kuchi va chidamliligini oshirishga qaratilgan maxsus mashqlar bajarildi. Jismoniy tayyorgarlikning ushbu yo‘nalishi futzalda yuqori tezlik, keskin burilishlar va kuchli kurashlarga bardosh berish uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Ikkinchi bosqich esa maydondagi taktik mashg‘ulotlarga bag‘ishlandi. Futzalchilar jamoaviy harakatlar, taktik yechimlar va o‘yin jarayonidagi vazifalarni bajarish ustida ishladilar. Jamoada maqsad aniq: jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajaga olib chiqish, taktik jihatdan mukammallashish va mavsumga munosib holatda kirish. BMB PFC — yangi mavsum sari tayyorgarlik qizg‘in pallada! Telegram |Facebook |Instagram

  • Bugun BMB Professional Futsal Club safidagi braziliyalik legioner — Vitor Manuel da Silva O'zbekistonga yetib keldi. 🇺🇿🤝🇧🇷 Xush kelibsiz! Oq yo'lbarslar safida sizni yana ko'rishdan mamnunmiz. Telegram |Facebook |Instagram

  • 🇧🇷 VITOR MANUEL O‘ZBEKISTONGA QAYTDI! BMB Professional Futsal Clubining braziliyalik legioner futzalchisi Vitor Manuel Da Silva yangi mavsum oldidan O‘zbekistonga yetib keldi. Jamoamiz muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Vitor yana BMB PFC safida maydonga tushadi. 🛬 Xush kelibsiz, Vitor! Telegram |Facebook |Instagram

  • 9 авг.540582

    "SAVOL MARKAZIDA" loyihasining navbatdagi mehmoni — Asilbek Vafoyev. Uning futzalga kirib kelishi, faoliyati va maqsadlari haqida samimiy suhbatni tomosha qiling. Video davomida Asilbek shunday deydi: "BMB PFC bilan Superkubokni yutishim men uchun eng esda qolarli voqea bo'lishi mumkin. Chunki bu faoliyatimdagi ilk sovrin bo'ladi. Bu juda yoqimli hissiyot." Asilbekning yana qanday fikrlari va hikoyalari bor? Videoni oxirigacha tomosha qilish orqali bilib olishingiz mumkin. Telegram |Facebook |Instagram