BEKOBOD TUMANI 16-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI 🎼🎹
СтатистикаSAN'ATGA OSHUFTA DILLAR!
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 73
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 42
- 1/48двое суток
- 48
- 1/72трое суток
- 51
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“Nonvoychi qiz” taxallusi bilan tanilgan bekobodlik yosh iste’dod — Gulasal Abdulhakimova ham o‘z tanlovini qildi: EdEx School! 🔥Har bir bolaning o‘z qiziqishi, qobiliyati va katta maqsadlari bor. Muhimi — ularni rivojlantirish uchun to‘g‘ri ta’lim muhitini tanlash. 📚EdEx School’da o‘quvchilar: — aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlarni chuqur o‘rganadi; — IT va robototexnika orqali amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi; — ingliz, rus va arab tillarini puxta egallaydi; — xalqaro universitetlarga tayyorgarlik ko‘radi. Farzandingizning kelajagi uchun to‘g‘ri tanlovni bugundan qiling. EdEx School — qabul davom etmoqda! Murojaat uchun: ☎️ 953419595 ➡️ @edex_school_admin Rasmiy sahifalarimiz ✅Telegram✅Facebook🌐Instagram📹YouTube 🌐Vebsite
#Tanlov 🔥 “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi! O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Zamin Prof Art” bilan hamkorlikda: respublikamiz yoshlarini birlashtiruvchi “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi! Ushbu tanlov madaniyat va san’at sohasida ijod qilib kelayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish ularni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimizni yuksak darajalarga olib chiqish hamda ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Tanlov – vokal, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya, teatr aktyorligi hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar Lotin alifbosida (https://t.me/zaminprofart) maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘z arizalarini yuborlishlari talab etiladi. Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi. Eng yuqori natijani qayd etgan Gran-pri sohiblari esa Dubay sayohati bilan taqdirlanadi. Arizalar joriy yilning 1-sentyabr sanasiga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot uchun telefon +99894 368 65 65 Shoshiling joylar soni cheklangan. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
без подписи
E'LON! 🎼 Bekobod tumani 16-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabiga 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul boshlandi! Farzandingizning iste'dodini kashf eting va san'at olamiga ilk qadamni biz bilan qo‘ying! Qabul yo‘nalishlari: 🎤 An'anaviy honandalik 🎼 Akademik honandalik 🎙 Estrada honandalik 🪕 Xalq cholg‘ulari (rubob, dutor, doira) 🎹 Fortepiano 💃 Xoreografiya 🎨 Tasviriy san'at 🧵 Amaliy san'at 🎭 Teatr san'ati 🎶 Baxshichilik 📅 Qabul muddati: 2026-yil 1-avgustdan 25-avgustgacha 👧👦 Qabul yoshi: 7 yoshdan 12 yoshgacha ✨ San'atni sevuvchi, iste'dodli va ijodkor bolajonlarni maktabimizga taklif etamiz! 📍 Manzil: Bekobod tumani Zafar shaharchasi 16-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi Shoshiling! Qabul belgilangan muddatgacha davom etadi.
#28_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram
🇺🇿 #MillatOtasi #BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezidentimiz! Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan ulkan islohotlaringiz bardavom bo‘lsin. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, cheksiz kuch-g‘ayrat va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🇺🇿 Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu ishlaringiz davomli bo‘lsin! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz! Rasmiy sahifalarimiz ✅Telegram✅Facebook🌐Instagram📹YouTube 🌐Vebsite
#Tayinlov ⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sanjar Baxtiyorovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Sanjar Baxtiyorovich Bobojonov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasining bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 🔹Telegram 🔹Instagram
#Tayinlov ⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Odiljon Abdug‘aniyevich Abduqahorov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Odiljon Abdug‘aniyevich Abduqahorov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 🔹Telegram 🔹Instagram
#Tayinlov ⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Jahongir Odilxo‘jayevich Axmedov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Jahongir Odilxo‘jayevich Axmedov mazkur tayinlovga qadar Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 🔹Telegram 🔹Instagram
#Tayinlov ⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 🔹Telegram 🔹Instagram
O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash markazi hamda madaniyat va ma'rifat telekanali bilan hamkorlikda Jo'raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika teletanlovini boshlamoqda. Mazkur teletanlov o'zbek milliy musiqa sanʼatining yorqin namoyondalari, buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari, atoqli hofizlar Joʻraxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqovning ijodiy merosini keng targ'ib qilish, uni yosh avlodga yetkazish, o'zbek milliy maqom ijrochilik sanʼatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Ushbu teletalovda 12 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan yosh ijodkorlar qatnashishi mumkin. Ushbu teletalov joriy yilning 16-17-iyul kunlari madaniyat va ma'rifat telekanalida televizion shou shaklida bo'lib o'tadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh ijodkorlar Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniyat vazirligi hamda hududiy madaniyat boshqarmalariga o'z hujjatlarini taqdim etishlari mumkin. Tanlov gʻoliblari madaniyat vazirligining diplomi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Qo'shimcha maʼlumot uchun telefon: 94 121 43 03 YouTube Instagram Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Bekobodda Yoshlar kuni keng nishonlandi 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Bekobod tumanida ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir yoshlarni e’tirof etish, ularning yutuqlarini rag‘batlantirish hamda jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Bayram tadbirida Bekobod tumani hokimi ishtirok etib, barcha yoshlarni samimiy qutladi hamda ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, yoshlar erishayotgan natijalar yurt taraqqiyoti va kelajagi uchun muhim omil ekanini ta’kidladi. Tadbir davomida 2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini 2 438 nafar bitiruvchi tamomlagani, ulardan 27 nafari muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingani alohida e’tirof etildi. Bundan tashqari, maktabni 47 nafar oltin va 7 nafar kumush medal bilan tamomlayotgan o‘quvchilar tantanali ravishda taqdirlandi. Shuningdek, umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida matematika, ingliz tili va informatika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Hokim olimpiadasi” hamda “IT Bilimdoni” tanlovlari g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi. Ularning bilim va salohiyati Bekobod yoshlari intellektual imkoniyatlarining yorqin namunasi ekani qayd etildi. Bayram tadbirida tumanda 2026-yil davomida turli sohalarda samarali faoliyat yuritib kelayotgan eng faol yosh xodimlar ham e’tirof etilib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shu o‘rinda, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh jurnalistlar, matbuot xodimlari hamda blogerlarga kasb bayrami munosabati bilan ehtirom ko‘rsatildi. Ularning jamiyat hayotidagi dolzarb voqealarni yoritish, aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashdagi xizmatlari alohida qayd etildi. Tadbirning ikkinchi qismi tuman markaziy o‘yingohida davom etdi. Bayram konsert dasturida tumanning iste’dodli yosh san’atkorlari hamda taniqli estrada yulduzlari ishtirok etib, Vatan, tinchlik, do‘stlik va yoshlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarni ijro etdilar. Turli madaniy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va ko‘ngilochar dasturlar ishtirokchilarga unutilmas bayramona kayfiyat ulashdi. Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbir yoshlarning madaniy hordiq chiqarishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi, shuningdek, jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qildi. Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari! Bekobod yoshlari esa o‘z bilimlari, tashabbuslari va yutuqlari bilan bu ishonchni amalda namoyon etib kelmoqda. Rasmiy sahifalarimiz ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Vebsite
без подписи
без подписи
🌎"Istiqlol g'unchalari" Respublika ko'rik-tanlovi Toshkent viloyati hududiy saralash 1-bosqichi uchun qabul boshlanganligini e'lon qilamiz. ⚠️Yosh toifasi - 6 yoshdan 35 yoshgacha! 📍Toshkent viloyatida 🗓 2026-2027-o'quv yilida ✅ Ro‘yxatdan o‘tish: 🖌ANKETA YAKKA (ustiga bosing) 🖌ANKETA GURUH (ustiga bosing) 📞 +99897-852-66-66 🟡 Operator bilan aloqa 📄Madaniyat vazirligi tavsiya xati ✈️ Tanlov-festival NIZOMI 📱 Telegram 📱 Instagram