Bobur MFY Yoshlari
Статистика- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 27
- 1/48двое суток
- 30
- 1/72трое суток
- 33
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⏳⏳⏳⏳ Bugun 10-avgust, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Xalqaro biodizel kuni. 🌏Butunjahon sherlar kuni. 🇲🇨Indoneziya – Texnologiyalarni rivojlantirish kuni. #muhim_voqealar 🔹1519 – Fernand Magellan sayohatga chiqdi. 🔹1793 – Parijda Luvr muzeyi ochildi. 🔹2004 – Xabbl teleskopi Somon Yo‘liga o‘xshash galaktikani kashf etdi va tasvir sensorlaridan birini yo‘qotdi. #tavalludlar 🔹1845 – Abay Qo‘nanboyev – qozoq maʼrifatparvar shoiri. 🔹1941 – Erkin Malik – yozuvchi. 🔹1950 – Erkin Aʼzam – yozuvchi. 🔹1960 – Toshpo‘lat Matkarimov – xonanda, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”. 🔹1963 – Firdavs Abduxoliqov – Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🇺🇿🇧🇾 Oilangiz bilan Belarusda yashab, rasmiy ishlash imkoniyati! 📢 O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda. 🤝 Belarusning yirik korxona va tashkilotlari tomonidan yurtdoshlarimiz uchun yuzlab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda. 👨👩👧 Ushbu loyiha doirasida nafaqat ishlash, balki oila a'zolaringiz bilan Belarusda yashash imkoniyati ham mavjud. 💵 Ish haqi kasbiy malaka va tajribaga qarab 700 AQSH dollaridan boshlanadi hamda yuqori malakaga ega mutaxassislar uchun yanada yuqori daromad taklif etiladi. Yo‘nalishlar: ⏺ Qurilish ⏺ Qishloq xo‘jaligi ⏺ Traktor haydovchisi ⏺ Yuk avtomobili haydovchisi ⏺ O‘rmon xo‘jaligi ⏺ Chorvachilik ⏺ Ekskavator boshqaruvchisi ⏺ Veterinariya ⏺ Payvandlash ⏺ Metallni qayta ishlash ✅Nomzodlarga talablar: ⏺ 18–50 yosh ⏺ Haydovchilik va maxsus texnikalar bo‘yicha vakansiyalar uchun tegishli guvohnoma yoki malaka hujjati ❌ Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqi bor fuqarolar mazkur dasturda ishtirok eta olmaydi. Ish beruvchi tomonidan quyidagi xarajatlar qoplanadi: ✈️ Belarusga aviachipta yoki yo‘l xarajatlari; 🏠 Bepul yotoq joy; 📝 Hujjatlarni rasmiylashtirish. ⚠️ Muhim! Belarusga mustaqil ravishda borgan fuqarolar munosib ish topishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Shu sababli tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashish sizga ishonchli ish beruvchi, rasmiy mehnat shartnomasi hamda davlat nazoratidagi xavfsiz mehnat faoliyatini kafolatlaydi. 📞 1282 qisqa raqami orqali batafsil ma'lumot oling. 📝 Ishlash istagida bo‘lganlar quyidagi havola so'zini ustiga bosib ariza qoldirishlari mumkin👇 🔗 HAVOLA 📣Telegram|Facebook|Xorijdaish.uz
Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qilish muddati doirasida foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qilish joriy yilning 27-iyul kuni soat 15:00 da boshlanishini maʻlum qilamiz. Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishda ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi. Bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, oʻrtacha oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi lozim. Subsidiya olish uchun quyidagi usullar: ☑️ Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish; ☑️ myGov mobil ilovasi; ☑️ my.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza topshirishingiz mumkin. 🇺🇿 Batafsil
без подписи
без подписи
"Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida katta bayram konserti bo‘lib o‘tadi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida Muborak tumanida bayram konserti bo‘lib o‘tadi. 🗓 Sana: 2026-yil 23-iyul 🕖 Vaqt: soat 19:00 📍 Manzil: Muborak tumani hokimligi yonidagi markaziy maydon. Konsert dasturida: 🎤 Shahnoza Otaboyeva 🎤 Hojiakbar Haydarovlar boshchiligida bir guruh san’atkorlar. ✨ Barcha yurtdoshlarimiz hamda tumanimiz mehmonlarini ushbu bayram shodiyonasiga taklif etamiz!
#kun_hikmati 🎤“Hayot – bu velosiped minishga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakatda bo‘lishing kerak.” 🪶Albert Eynshteyn Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
⏳⏳⏳⏳ Bugun 10-iyul, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Butunjahon energetika mustaqilligi kuni. 🌏Futbol hushtagi tug‘ilgan kun. #muhim_voqealar 🔹1712 – Sankt-Peterburgda Petropavlovsk cherkovi qurib bitkazildi. 🔹1878 – Angliyada birinchi marta futbol hakami o‘yin davomida hushtak ishlatdi (bundan oldin hakamlar baqirishgan). 🔹1908 – Gollandiyalik fizik Heike Kamerling-Onnes dunyoda birinchi marta suyuq geliyni oldi. 🔹1962 – Birinchi tijorat aloqa yo'ldoshi Telstar uchirildi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. #tavalludlar 🔹1856 – Nikola Tesla – serbiyalik va amerikalik fizik, elektrotexnika va radiotexnika sohasidagi ixtirochi. 🔹1902 – Kurt Alder – nemis organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi. 🔹1934 – Javlon Hamroyev – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1969 – Erkinjon Turdimov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi aʼzosi 🔹1985 - Mario Gomes – nemis futbolchisi. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🔥Qashqadaryoda yoshlar bandligi ta'minlanmoqda ✅Viloyat hokimining topshirig'iga ko'ra g'alladan bo'shagan, agrotexnik ishlanmalar qilingan, serunum va suvli yer maydonlarini takroriy ekin ekish uchun yoshlarga ajratib berilmoqda. 💜 Muborak tumanida 408 gektar yer maydoni 510 nafar yoshlarga takroriy ekin ekish uchun ajratildi 📌Birgina, Sardoba mahallasida 25 gektar serunum va suvli yerlar 25 nafar yoshlarga agrotexnik ishlanmalar qilingan xolda tarqatilib berildi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
#Кун_Тарихи Бугун 26-Июнъ Жума : • 🇺🇳 БМТ — Халқаро гиёҳвандликка қарши кураш куни • 🌏 Тиш чўткасининг туғилган куни • 🇧🇾 Беларус - Прокуратура ходимлари куни • 🇦🇿 Озарбайжон - Қуролли кучлар куни • 1770-йил Қамоқда ўтирган исёнчи инглиз Уилям Аддис тиш шўткасини ўйлаб топди • 1925-йил Голливудда Чарли Чаплиннинг «Олтин васвасаси» фильмининг премераси бўлиб ўтди • 1945-йил Сан-Франциско конференциясида 50 давлат вакиллари БМТ уставини имзоладилар • 1945-йил СССРда Совет Иттифоқи Генералиссимус унвони жорий қилинди • 1960-йил Мадагаскар мустақиллиги эълон қилинди 𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠'𝕝𝕚𝕟𝕘 https://t.me/MUBORAK24 ═════ ❁✿❁ ═════
⏳⏳⏳⏳ Bugun 8-iyun, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳BMT – Xalqaro okeanlar kuni. 🌏Butunjahon miya shishi kuni. 🌏Chang yutgichning tug‘ilgan kuni 🇵🇪Peru – Muhandislar kuni. 🇷🇺Rossiya – Ijtimoiy soha xodimlari kuni. #muhim_voqealar 🔹1786 – Nyu-Yorkda ilk bor muzqaymoq sotuvga chiqdi. 🔹1824 – Kvebekda Noa Kashing kir yuvish mashinasiga patent oldi. 🔹1869 – Chikagolik Ayvz Makgaffi changyutgichni patentladi. 🔹1940 – Neptuniy kashf qilindi. 🔹1946 – Xalqaro jurnalistlar tashkiloti tuzildi. 1949 – Jorj Oruellning “1984” romani nashrdan chiqdi. #tavalludlar 🔹1810 – Robert Aleksander Shuman – nemis kompozitori, XIX asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan. 🔹1947 – Erik Vishaus – amerikalik biolog, Nobel mukofoti sohibi 🔹1955 – Ser Timothy John “Tim” Berners-Lee – ingliz kompyuter olimi, internetning ixtirochisi hisoblanadi. 🔹1984 – Xaver Maskerano – argentinalik futbolchi, ikki karra olimpiada chempioni. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
#Xushxabar Muboraklik bir guruh bolajonlar muhtaram prezidentimizning tashabbusi bilan Vaqf xayriya jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi mumkin. ❗️ Agar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga ehtiyoji bor bolajonlar bo‘lsa, quyidagi raqamlarga bog‘laning, farzandingiz davlatimiz mablag‘lari hisobidan bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. ☎️+998917910088 +998500300606 Telegram | Facebook | Instagram
Yoshlarimizning yangi tashabbus va g‘oyalari uchun navbatdagi katta maydon Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda. Marafon tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Marafon g‘oyasi bor, yangi do‘stlar va kuchli jamoa izlayotgan yoshlar uchun kreativ muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, dastur davomida tajribali mutaxassislar hamda ijodkorlar bilan yaqindan muloqot qilish, hamkorlik o‘rnatish imkoniyati yaratiladi. Ushbu yirik marafon yurtimizning so‘lim maskanlari, istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor joylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👉yoshlar.gov.uz
“IBRAT FARZANDLARI" 1 MILLIONLIK DOVONDAN OSHDI! 🌎 Yoshlar ishlari agentligining MEGA loyihalaridan biri - "Ibrat farzandlari" YouTube platformasidagi sahifasi obunachilari 1 milliondan oshdi va loyiha “Gold Creator Award” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mazkur yutuq O'zbekiston Respublikasida Yoshlar siyosatiga qaratilayotgan yuksak e'tibor natijasidir! Bugungi kunda, YouTube platformasida video-darslar qariyb 100 million marta tomosha qilingan. Shuningdek, “Ibrat Academy” mobil ilovasida 3 milliondan ziyod foydalanuvchi xorijiy tillarni o‘rganmoqda. 🤝 Yoshlar ishlari agentligi loyiha jamoasini ushbu muhim natija bilan samimiy tabriklaydi hamda yoshlar ta’limi va rivoji yo‘lidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaydi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Qashqadaryoda “Ko‘mak” loyihasi yoshlar tashabbusiga keng yo‘l ochmoqda. Yoshlar ishlari agentligining “Ko‘mak” loyihasi doirasida ajratilayotgan imtiyozli ssudalar yoshlarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi, ayniqsa ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratishida muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, Mirishkor tumanida yashovchi Po'latov Hamid ushbu loyiha orqali o‘quv markazini tashkil etdi va hozirda bir nafar ingliz tili o 'qituvchisni ish bilan ta'minlagan holda 400 nafarga yaqin o'quvchilarga chuqurlashtrilgan tarzda dars berib kelishmoqda. O'quvchilarning 50 nafardan ortig'i allaqachon til sertifikatlarini qo'lga kiritishgan. Mazkur tashabbuslar natijasida viloyatning olis hududlarida yoshlar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlari kengayib, ularning bandligi ta’minlanmoqda. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
🖐 Muborak tumanida “Besh Tashabbus Olimpiadasi” doirasida yengil atletika, stol tennis va voleybol musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi Muborak tuman Sport maktabida “Besh Tashabbus Olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika, stol tennis va voleybol turlari bo‘yicha Mahalla birinchiligi musobaqalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Musobaqalar yoshlar yetakchisi seleksioner trenerlar va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining hamkorligida tashkil etilib, ishtirokchilarga o‘z salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratdi. Bahslar keskin va qizg‘in ruhda o‘tdi, har bir uchrashuv ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati va iroda-matonatini sinovdan o‘tkazdi. Malakali hakamlar hay’ati musobaqalarni adolatli, xolis va shaffof tarzda boshqarib, g‘olib va sovrindorlarni aniqladi. Musobaqaning eng muvaffaqiyatli ishtirokchilari Yoshlar sektorining keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va istiqbolli sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. ✈️ Telegram|✅Instagram|✅Facebook|✅Youtube 📱 Sayt
⚡️Hududlarga safarimiz davomida, har doim ishtiyoqi baland yoshlarni izlab topishga harakat qilamiz. Surxondaryoda endigina faoliyat boshlagan Dilshodbekning kitob do‘koniga bordik. Yosh tadbirkorimizni Instagramda yuz minglab odamlar ko‘rayotgani bizni juda quvontirdi. Jamoamiz bilan qaysi hududga bormaylik, kitob xarid qilib, ularni yoshlarga sovg‘a qilishni an’anaga aylantirdik. Shunday yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ko‘proq odamlar kitob xarid qilsa, xursand bo‘lamiz! @alisher_sadullaev
без подписи
#besh_tashabbus_olimpiadasi #shaxmat_shashka Shaxmat-shashka sport turiga qiziquvchi yoshlarni Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi musobaqaning mahalla bosqichida ishtirok etishga chorlab qolamiz! 🗓 27.03.2026 yil ⏰ Soat 10.00 📍O‘tkazilish joyi 3-maktab Murojaat uchun tel: 91 538 63 60 77 219 10 11
Assalomu alaykum hurmatli mahalladoshlar! Bobur mahallamizni ichki yo‘llarini taʼmirlash bo‘yicha open budjetga loyiha bir yoqadan bosh chiqarib ushbu loyihani yutib olaylik. Barcha fuqarolar ushbu linkka ovoz berizlar!!!👇👇👇👇 https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/53/533d02fc-116b-4320-801d-eccd2aebeac4