tgindex
Azamat's note
@bolikulov_aЯзыкиузбекский

Kontent: - Shaxsiy rivojlanish -Saviyali kitoblar mutolaasi -Buxgalteriya xisobi bilimlari -Soliq hisobotlar - Foydali ma'lumotlar Murojaat yoki taklif: @Azamat_Boliqulov

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
35
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Языки (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
112
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
153
35 постов
Вовлечённость
136,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 35
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
80
1/48двое суток
91
1/72трое суток
98

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Sun’iy intellekt eng zo‘r multiplikatorga aylandi. Men uni istalgan narsani 5X kuchaytiradi deb baholayapman. Formula shunday: Natija = Mutaxassis × AI Ya’ni, hozir AI yaxshi mutaxassisni 5 baravar kuchliroq qilishi mumkin. Lekin ko‘paytirish tenglamasida mutaxassisning o‘zi ham muhim. Agar mutaxassisning qobiliyati 0 bo‘lsa, AI uni 100X kuchaytirsa ham, natija baribir 0 bo‘ladi. Hozir men ko‘p kuzatayotgan holat — odamlar o‘zlarida yetishmayotgan qobiliyatlarni AI bilan yopmoqchi. Yaxshi dasturchi emas, lekin Claude Code yordamida xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan saytlar yasayapti. Biznes jarayonlarini tushunmaydi, lekin biznesni tizimlashtirish uchun ERP yasab beraman deyapti. Dizayn asoslarini bilmaydi, lekin Gemini yordamida 10 daqiqada bitta dizayn yasayapti. Qurol hech qachon asosiy kuch bo‘lmagan. U shunchaki odamga yordam beruvchi vosita. Boksga zo‘r qo‘lqop kiyib borsangiz, ringda zo‘r urishib berasiz degani emas. Bir ishni o‘zingiz to‘liq qila olganingizdan keyin, jarayonni tezlashtirish uchun AI’dan foydalanish mumkin. @aqlli_ikkichi

  • 📢 O'QITUVCHILAR ISHGA QABUL QILINADI Kattaqo'rg'on tumani, Nayman mahallasidagi yangi o'quv markazimizga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'qituvchilar qabul qilinmoqda: 🔹 Matematika o'qituvchisi 🔹 Ingliz tili o'qituvchisi Talablar: ✅ Tegishli yo'nalishda diplom yoki 2+ yillik tajriba ✅ Bolalar bilan ishlash ko'nikmasi va mas'uliyat ✅ Ingliz tili uchun — B2 va undan yuqori daraja Biz taklif qilamiz: 💰 Raqobatbardosh ish haqi (soatbay yoki foizli) 📍 Nayman mahallasida qulay joylashuv 🕓 Moslashuvchan ish jadvali Murojaat uchun: 📞 +998 94 536 31 32 📩 Telegram: @teacherasilbek Jamoamizga qo'shiling! 🎓

  • Assalomu alaykum do'stlar 👋 👍 Ahvollar qalay, hammangiz sog' omon yuribsizmi ? Nima gaplar 😉

  • 9 июл.198101

    ❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🔘1 foizlik soliq keshbeki bekor qilinishi mumkin Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish instituti xarid chekini Soliq ilovasida roʻyxatdan oʻtkazgan shaxslarga 1 foiz keshbek qaytarish amaliyotini toʻxtatishni taklif qildi. Bu yoʻnalishdagi byudjet xarajatlari yildan-yilga oshayotganiga qaramay (joriy yilda 1,8 trln soʻmga yetishi mumkin), keshbek mexanizmining samarasi pasayib borayotgani aytilmoqda. Keshbek oʻrniga, faqat yashirin iqtisodiyot xavfi yuqori sohalardan olingan cheklarni roʻyxatdan oʻtkazganlar orasida lotereya oʻtkazish taklif qilinyapti. 🖥Manba: https://kun.uz/kr/02048638 Ko'proq foydali ma'lumotlarga ega bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'ling 👉@bolikulov_a

  • ⁉️ Dividend nima? 💡 Dividendlar — bu korxona foydasi taqsimlanganda ta’sischi, aksiyador yoki ishtirokchiga to‘lanadigan daromad. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar kompaniya foyda ko‘rsa va shu foydaning bir qismini o‘z egalariga bersa — bu dividend hisoblanadi. 📌 Masalan: Siz kompaniyada ulushga egasiz. Yil yakunida kompaniya foyda oldi va foydaning bir qismini sizga to‘ladi — bu dividenddir. ⚖️ Soliq qonunchiligiga ko‘ra, quyidagilar ham dividend sifatida qaralishi mumkin: • korxona tugatilganda ulushingizdan ortiqcha to‘lovlar; • ustav kapitali oshirilganda olinadigan daromadlar; • xususiy va oilaviy korxona egalari foydadan oladigan daromadlar. ❗️ Muhim: Dividendlar daromad hisoblanadi va ayrim hollarda soliqqa tortiladi. Ko'proq foydali ma'lumotlarga ega bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'ling 👉@bolikulov_a

  • ❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 📣Bugun sizlar bilan Bank tizimi buxgalteriyasi asosini o‘rganamiz: ⌛Moliya va buxgalteriya olamida har bir sohaning o‘z qoidalari bor. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritishning "poydevori" bo‘lgan ushbu fayl sizlarga judayam asqotadi 🖥Taqdim etilayotgan hujjat — Markaziy bankning 3336-sonli qarori. Bu shunchaki raqamlar to‘plami emas, balki bank moliya operatsiyalarining xaritasi hisoblanadi. 😄Hujjatning eng muhim va qiziqarli jihatlari: Tizimlilik: Banklarda hisobvaraqlar 5 xonali kod shaklida tabaqalanadi: C MM SS C — Hisobvaraq turkumi (kategoriyasi) MM — Birinchi tartibli asosiy hisobvaraqlar SS — Ikkinchi tartibli subhisobvaraqlar Balans tuzilishi: Kodning birinchi raqamiga qarab, uning qaysi guruhga tegishli ekanligini darhol bilish mumkin: 1 — Aktivlar 2 — Majburiyatlar 3 — Xususiy kapital 4 — Daromadlar 5 — Xarajatlar 9 — Balansdan tashqari hisobvaraqlar 👍Ko‘p valyutali tizim: Tizim xorijiy valyutadagi barcha operatsiyalarni parallel ravishda aniq aks ettirish va hisobot sanasida ularni milliy valyutaga konvertatsiya qilib, umumiy balansni chiqarish imkonini beradi. 👍Shaxsiy hisobvaraqlar (20 xonali kod): Mijozlarning bankdagi hisobvaraqlari qanday tuzilishini (Valyuta kodi VVV, nazorat kaliti K, mijoz kodi SSSSSSSS) tushunish uchun ushbu hujjat ayni muddao. Ko'proq foydali ma'lumotlarga ega bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'ling 👉@bolikulov_a

  • 😌 БАНКЛАРНИНГ ТЕЛЕГРАМДАГИ РАСМИЙ САҲИФАЛАРИ 🏦 Марказий банк – @centralbankuzbekistan; 🏦 Асакабанк – @Asakabank_official; 🏦 Ўзмиллийбанк – @nbu_official; 🏦 ЎзСҚБ – @sqbuz; 🏦 Агробанк – @AgrobankChannel; 🏦 Халқ банки – @xalqbankinfo; 🏦 МКБанк – @mikrokreditbank; 🏦 БРБ – @brb_uzb; 🏦 Туронбанк – @turonbankuz; 🏦 Алоқабанк – @aloqabank; 🏦 Ипотекабанк – @ipotekabankofficial; 🏦Пойтахт банк – @bank_poytaxt; 🏦 Гарант банк – @garantbankuz_official; 🏦 Ҳамкорбанк – @Hamkorbankuz; 🏦 Ипак Йўли банки – @ipakyulibankuz; 🏦 Зираат банк – @ziraatbankuzbekistan; 🏦 Трастбанк – @trustbankuz; 🏦 Ки Ди Би банк – @kdbuzbekistan; 🏦 Азия Альянс банк – @asiaalliancebank 🏦 Универсалбанк – @myuniversalbank; 🏦 Капиталбанк – @kapital24; 🏦 Даврбанк – @davrbankuz; 🏦 Ориент Финанс банк – @orientfinansbank; 🏦 Mybank – @mybank_uzb; 🏦 Инфинбанк – @Infin_bank_bot; 🏦 Тенге банк – @Tengebankuz; 🏦 Ти Би Си банк – @tbc_bank_uzb; 🏦 Анорбанк – @anorbank; 💳 Узумбанк – @uzumbank; 🏦 Апекс банк – @apexbank_uzb; 🏦 Ҳаёт банк – @hayotbank_uz; 🏦 Опен банк – @openbank_uz; 🏦 Октобанк – @Octobank_AJ; 👍 Авобанк – @avouzbank; ✅ Валюта биржаси — @uzceinfo; 🏛 Mарказий депозитарий — @uzcsd. 📜 Банкка ишга кирмоқчи бўлган ва банкда ишлаётганлар учун қўланмалар👈 💼 Тижорат банклари ва тўлов тизимларидаги бўш иш ўринлари рўйхати. ▪️Колл-центр учун ишга таклиф қилаётган банклар рўйхати. 🔝 Банкларнинг мавжуд бўш иш ўринлари ҳамда HR–жараёнлари билан боғлиқ махсус саҳифалари. 👍Каналга уланиш👉🏻 @Bankxabar

  • 2026-yil 1-sentabrdan boshlab amalda boʻladigan buxgalterlar uchun muhim raqamlar: 🟢 Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 so‘m 🟢 Bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 so‘m 🟢 QQSga majburiy o`tish chegarasi - 5 280 000 000 so‘m 🟢 Soliq hisobotlarini kechikib topshirish, jarima — 1 320 000 so`m kichik korxonalar uchun, boshqalar 4 400 000 soʻm 🟢 Soliq to`lovi topshiriqnomasini yubormaslik, jarima — 2 200 000 so`m 🟢 Soliqqa tortilmaydigan "Kartoshka puli" — 5 739 200 so`mgacha 🟢 Korxonani ro`yxatdan o`tkazish — oflayn 440 000 so`m, online 10% chegirma — 396 000 so`m 🟢 Elektron raqamli imzo: 🔹 Yuridik shaxslar uchun – 44 000 so‘m 🔹 Jismoniy shaxslar uchun – 30 800 so‘m ©️ Esdan chiqmasin

  • ➡️Buxgalteriya ishi bilan shug'ullanadiganlar uchun eng kerakli saytlar ro'yxati 🟢 My.soliq.uz - bu sayt davlat ro'yxatidan o'tgan barcah firma, xususiy korxona va tashkilotlar barcha turdagi soliq hisobotlarini tayyorlaydi, to'lov topshiriqnomalarini shakllantiradi va hisobotlarni topshiradi, 🟢Didox.uz - bu saytda barcha firma , tashkilotlar o'zaro hamkorlik shartnomalari, schyot fakturalarni tuzib elektron tarzda qabul qiladi hamda hamkorlariga yuboradi 🟢 eFaktura.uz - sayti barcha kirim chiqim katuralarni tekshirish kamchiliklarni tuzatish uchun eng qulay hisoblanadi 🟢Yur-xizmat.uz - bu sayda barcha turdagi shartnomalarni shablonlari bor. Bu orqali o'zingizga mos turdagi shartnoma shablonlarini olib osongina hamkorlik uchun shartnomalar tuzishingiz mumkin 🟢Clobus.uz - sayti yirik firma va korxonalarni buxgalteriya hisobini yuritishda 1C dasturini online shaklida foydalanish uchun mo'ljallangan. 🟢 My.Mehnat.uz - sayti orqali firmaga ishchi xodimlar olishda shu sayt orqali online mehnat shartnomasi tuziladi Yana qanday buxgalteriyaga oid foydali saytlarni bilasiz ? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring Ko'proq foydali ma'lumotlarga ega bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'ling 👉@bolikulov_a

  • #foydali #muhim Buxgalteriya hisobini yuritishda barcha hisob kitoblar Ikki yoqlama yozuv usuliga asoslanadi. Bilimli buxgalter bu ma'lmotlarni avtomatik tarzda esda saqlab qoliishi kerak. Matematikani o'rganishda "karra jadvali" fundamental bilim bo'lsa buxgalteriyada "Ikki yoqlama yozuv" hisoblanadi. 🟢Ikkiyoqlama yozuv - har bir xo‘jalik muomalasining summasi ikki marotaba: bir schyot debeti va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq boshqa schyotning kreditida aks ettirish 🟢Aktiv shotlarda - pul Debit qismda ko'payadi Kredit qismida kamayadi va qoldiq Debit qismiga yoziladi. 🟢Passiv shotlarda teskarisi - pul Kredit qismda ko'payib boradi Debit qismda kamayadi va qoldiq qismi Kreditda yoziladi. 🟢Tranzit shotlarda - qoldiq qolmaydi va hisobot davri oxirida yopilib ketadi Foydali ma'lumotlardan xabardor bo'lish uchun kanalimga obuna bo'ling 👉@bolikulov_a

  • #JahonChempionati #BizBirgamiz 🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida! Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport tarixida yangi sahifa ochgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini, murabbiylar shtabi hamda butun xalqimizni samimiy muborakbod etadi. Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan milliy terma jamoamizga zafarlar yor bo‘lsin! 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️ Biz birgamiz! 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

  • ❗️❗️❗️ 🗣️2025-yil 1-avgustdan boshlab hozir ham amalda boʻlgan buxgalterlar uchun muhim raqamlar: 🟢Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 so‘m 🟢Bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 so‘m 🟢 Soliq hisobotlarini kechikib topshirish, jarima — 1 236 000 som (01.01.2026 dan) kichik korxonalar uchun, boshqalar 4 120 000 soʻm 🟢 Soliq tolovi topshiriqnomasini yubormaslik, jarima — 2 060 000 som 🟢 Soliqqa tortilmaydigan "Kartoshka puli" — 5 363 620 somgacha 🟢 Korxonani royxatdan otkazish — oflayn 412 000 so`m, online 10% chegirma 🟢 Elektron raqamli imzo: ✅ Yuridik shaxslar uchun – 41 200 so‘m ✅ Jismoniy shaxslar uchun – 28 840 so‘m 🖥Bu kabi foydali ma'lumotlarni tadbirkorlik qilayotgan tanishlaringizga yuborib qo'ying Ko'proq foydali ma'lumotlarni bilib olish uchun kanalimizga obuna bo'ling 👉@bolikulov_a

  • 🤫Bugunning eng katta muammolaridan biri — tez natija kutish bo'lib qolgan. Ko‘pchilik bir necha kun yoki oy ichida kasbni o‘rgandim, deb o‘ylaydi. Kasbni ma'lum qismini o'rgangan bo'lishi mumkin lekin, uni to'liq egallash qiyin. 💡Ustozning yillar davomida to‘plagan tajribasi bir necha kunlik kuzatuv bilan o‘lchanmaydi. Chunki hunar faqat ishning o‘zini emas, balki sabrni, mas’uliyatni, odobni va hayotiy tajribani ham o‘z ichiga oladi. Ustozga chin dildan hurmat, ilmga muhabbat va yillar davom etgan sabr insonni chinakam kasbining mutaxasisiga aylantiradi. 🗣️ Ustozsiz bosib o'tilgan yetti yilni ustoz bilan bir yilda bosib o'tish mumkin(Savdoglar ustozi kitobidan). 🔖Shunday ekan qaysi kasbni o'rganmoqchi bo'lsangiz ham ustoz shogirt an'anasiga muvofiq qilig, shunda barcha ishingizda baraka bo'ladi. Zero ustozi yo'qning ustozi shayton deyishadi. @bolikulov_a

  • 🆕Mchj va Yatt umumiy va farqli jihatlari: MCHJ -Mas'uliyati cheklangan jamiyat O’z.Res. Qonuni 06.12.2001-yildagi 310-II-son ga asosan joriy etilgan Ta'sischilar soni bir yoki bir nechta bo'lishi mumkin (50 dan oshmasligi kerak) YaTT - Yakka tartibdagi tadbirkorlik Oʻz.Res. VM qarori 07.01.2011 yildagi 6-son asosida roʻyxatdan oʻtgan. Ta'sischilar soni bitta bo'lib 5 tagacha ishchi olish huquqiga ega 🗣️YaTT asosan kichk bizneslar boshlash uchun, MCHJ esa kengaytirilgan adbirkorliklar uchun optimal hisoblanadi. Ko'proq foydali ma'lumotlarni bilib olish uchun kanalimizga obuna bo'ling 👉@bolikulov_a

  • без подписи

  • #foydali 🤫Ko'pchilik excel dasturida ishlayotganda mana shunday xatoliklarga duch keladi. Bularning turiga qarab qayerda xatoga yo'l qo'yganingizni oson bilib olasiz #ДЕЛ/0! — sonni nolga bo'lish natijasida yuzaga keladi. #ЗНАЧ! — formulada noto'g'ri turdagi ma'lumot ishlatilganda chiqadi (masalan, son o'rniga matn). #ССЫЛКА! — formula murojaat qilayotgan katak o'chirilganda yoki noto'g'ri havola berilganda paydo bo'ladi. #ИМЯ? — formulada Excel tanimaydigan nom yoki funksiya nomi noto'g'ri yozilganda chiqadi (masalan, "=сумма" o'rniga "=СУММ" bo'lishi kerak, asosan formula yozayotganda duch kelasiz ). #ПУСТО! — ikki diapazon orasida bo'sh joy operatori noto'g'ri ishlatilganda, ya'ni kesishmaydigan diapazonlar kesishmasi so'ralganda yuzaga keladi. (masalar M2+M3+M4 kataklari qo'shilayotganda M2+M3 M4 bo'lib qolsa ya'ni + qolib ketganda shu belgi chiqadi ) #ЧИСЛО! — formulada amalga oshirib bo'lmaydigan sonli qiymat ishlatilganda (masalan, manfiy sondan kvadrat ildiz olish yOki 10^309 darajasini topish) chiqadi. (ps: excel qabul qilishi mumkin bo'lgan eng katta sonning darajasi 10^308) Ko'proq foydali ma'lumotlarni bilib olish uchun kanalimizga obuna bo'ling 👉@bolikulov_a

  • без подписи

  • ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💛💛💛 Rasman bugundan my.soliq.uz portali my3.soliq.uz portali bilan birlashtirildi. Hisobotlarni ham topshirish uchun, yangilangan portaldan hisobotlarni yuborish bo'limi orqali kirasiz. my3.soliq.uz portali ham hozir yangilangan my.soliq.uz nomi bilan ishlamoqda. my.soliqning eski ko'rinishi oldmy.soliq.uz ko'rinishida qoldirildi. Bunday o'zgarishning asosiy maqsadi, elektron xizmatlarni yagona platformaga jamlash va foydalanuvchilar uchun qulaylik bo'lishi nazarda tutilgan. Endi foydalanuvchilar soliq organining 75 ta elektron xizmatlaridan bitta yagona platforma orqali foydalanishi mumkun. 💬@bolikulov_a

  • 💛💛💛💟💟💟 Buxgalteriya hisobi schotlar rejasi uchta asosiy guruhdan tashkil topgan. Bular o'z navbatida aktiv schotlar, passiv schotlar va tranzit schotlar. 🟢 Aktiv schotlar korxonaning mol-mulki va iqtisodiy resurslarini hisobga oladi hamda ikki guruhga bo'linadi: ✅ Joriy aktivlar – 1000–5900 schotlar (tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag'lari, debitorlik qarzlari va boshqalar) ✅Uzoq muddatli aktivlar – 0100–0900 schotlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqalar) 🔴 Passiv schotlar korxonaning mablag' manbalari va majburiyatlarini hisobga oladi hamda uch guruhga bo'linadi: ✅ Joriy majburiyatlar – 6000–6900 schotlar ✅ Uzoq muddatli majburiyatlar – 7000–7900 schotlar ✅ Xususiy kapital – 8000–8900 schotlar 🟢 Tranzit schotlar esa korxonaning daromad va xarajatlarini vaqtinchalik hisobga olib boradi hamda hisobot davri yakunida moliyaviy natijani (foyda yoki zarar) aniqlashga xizmat qiladi. ✅ Tranzit schotlar – 9000–9900 schotlar 💡Ushbu schotlar rejasidagi schotlarning joylashuvi ularning iqtisodiy mazmuniga qarab belgilangan bo'lib, 21-sonli BHMS da ko'rsatilgan ma'lumotlarga asoslanadi Bizni kuzatishda davom eting 👉 @bolikulov_a

  • #foydali Buxgalteriya tilida korxonalar va firmalarni yuritish jarayonida aktivlar, passivlar va tranzit shotlar kabi atamalar ko'p ishlatiladi Korxona aktivlari - korxonaning pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralari, debitorlik qarzlari va boshqa mol-mulklarini o‘z ichiga oladi hamda korxonaning iqtisodiy resurslarini ifodalaydi. Korxona passivlari — korxonaning kreditlari, kreditorlik qarzlari (majburiyatlari), xodimlar oldidagi majburiyatlari va boshqa mablag‘ manbalarini o‘z ichiga oladi hamda korxona aktivlarining shakllanish manbalarini ifodalaydi Korxona tranzit schyotlari — korxonaning daromadlari va xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar bo‘lib, hisobot davri yakunida korxonaning moliyaviy natijasini (foyda yoki zararini) aniqlash uchun xizmat qiladi. 💡Yuqorida sanab o'tilgan uchala tushunchalar korxona moliyaviy holatini aks ettiruvchi asosiy buxgalteriya elementlaridir. Bizni kuzatishda davom eting 👉@bolikulov_a