tgindex
Book Sommelier

Book Sommelier

Статистика

Китоб билан Англияга саёхат https://youtu.be/ZLxh-2tbYKE Рус тилида: https://t.me/LondonBook

Последний пост
7 февр. 2023 г.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
tk
Категория
Книги
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
134
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
352
21 постов
Вовлечённость
262,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 7 февр. 2023 г.5323из LondonBook

    видео или голосовое, без подписи

  • Anna Klevskaya, nemis malikasi Genrix VIII rafiqalari ichida eng hunugi hisoblanadi. Qirol uni hayotda ko’rgach, Golbeynning portreti fotoshop ekanligini tushungach, unga uylanishdan bosh tortgan, xo’sh, haqiqatdan ham Anna shu darajada hunuk edimi? Genrix VIII o’zining ba’g’oyat sevimli uchinchi xotini, Anna Seymurning, uning uzoq kutilgan vorisini dunyoga keltirib olamdan ko’z yumganidan qattiq qayg’urardi. Yana bir bor uylanish fikri uni qo’rqitardi. Ammo, aytganimizdek, siyosiy masalalar tanlash huquqiga o’rin qoldirmaydi. Sulolani yagona voris erkak Eduard va Genrix o’zi noqonuniy tug’ilgan deb hisoblagan, ikki qizi davom ettirib turgan edi. Shuning bilan birga Angliya urush yoqasida turar, Rim Katolik Cherkovi yordami bilan kuchaygan Ispan Imperatori va Fransuz Qirollari “haqiqiy imondan uzoqlashib adashgan” Albion tomon ko’z tikishgan edi. Tomas Kromvel Angliya Qirolichasi nufuziga mos nomzod qidirishga kirishadi. Uzun nomzodlar ro’yxatidan 3 tasida to’xtashgan edi. Ularning biri Qirolning obro’sini ro’kach qilib taklifni rad etdi. Angliya, so’zsiz go’zal mamlakat, agar bir emas ikki boshim bo’lganida, rozi bo’lardim (u albatta Anna Boleynga shama qilayotgandi). Ikkinchi boshimni raqiblar egallab bo’lishgan. Qisqa ro’yxatdagi kelin bozorida Anna qolgandi. Uning akasi, nufuzli Vilgelm Klevskiy Katolik Rimning dushmani bo’lib, Genrixga harbiy ittifoqni va’da qilgandi. Malikaga saroy rassomi, portretist Golbeynni biriktirib qo’yishdi. Qirol portretdan mamnun qolib kelinni olib kelishlarini buyurgandi. Golbeyn o’zining martabasi va boshini havf ostiga qo’yib fotoshopga qo’l urarmidi? Annaning uzun burnini yashirib boshqa rakursdan chizgan bo’lishi mumkin. Annaning boshqa portretlari ham mavjud, lekin ularda uning yuz tuzilishi bu darajada sayqallanmagan. Bir portretga nazar soling-a, ahir buni hunuk deyish mumkinmi? Har xolda Boleyndan go’zalligi aniq. Qirol askar kiyimini kiyib olib, o’z do’stlari bilan malikani poytaxt yo’lida kutib olishga qaror qiladi. U bunday ishlarni o’zining birinchi rafiqasi Yekaterina Aragonskaya bilan qilib turar, chunki Yekaterina bunday rol o’yinlariga ishtiyoq bilan qo’shilgan. Bu yerda esa yosh xorijlik qiz, u xatto bo’lajak kuyovning tashqi ko’rinishi tasavvuriga ham ega emas. Birdan oldida otliq askarlar to’dasi paydo bo’lib, ularning orasidagi eng semizi kelib qizning lablaridan bo’sa oldi.. Anna qo’rqinchli hayratini yashira olmadi. Qirol g’azab bilan ketgan, va Kromvelga “ I like her not!” deb e’lon qilgan. Rivoyatlarga ko’ra Qirol nozik, qaddi past qizlarni yoqtirgan. Uning Hamma avvalgi xotinlarining bo’ylari past edi. Anna esa uning ko’ziga bahaybat nemis ayoli bo’lib ko’rindi. Xatto aytishlaricha, u go’yo Annani otga qiyoslagan. To’g’risi bunday fikr kechroq, XVII asrning tarixchilari tomonidan berilgan. Nikohdan voz kechish uchun juda kech edi, Angliya bu ittifoqqa muhtoj bo’lgani sabab, Qirol uylandi. Nikoh kechasidan so’ng Qirol Anna semiz, va undan nohush bo’y tarqalishi va u bokira chiqmaganini e’lon qildi. U paytlar da nikoh kechasi ommaviy hisoblanib, yaqin qarindoshlar uchun “yapon bayrog’i” osib qo’yilardi. Muallifning fikriga ko’ra Qirol aslida o’z erkaklik burchini bajara olmagan, va tegishli tabibga murojaat qilish o’rniga Kromvel tomonidan tiqishtirilgan buzuq mol deya Anna haqida mish-mishlar tarqatgan. Ustiga ustak saroyda Qirolichaning yangi kanizagi, 17 yoshlik Katerina Govard paydo bo’ladi, va Qirol unga oshiq bo’lib qoladi. Annaning saroy Qirolichasiligiga sanoqli kunlar qolgandi. Yuridik kamchilik topildi. Annaning go’daklik chog’ida boshqa shahzoda bilan tuzilgan nikoh shartnomasi bo’lgan va ubekor qilinmagan. Shu tufayli Annaning Genrix bilan bo’lgan nikohi qonuniy kuchga ega emas. Qirolicha Richmondga junatildi. U Parlament qaroriga tezda rozi bo’ldi. Shuning uchun Genrix unga Richmonddagi saroyini, va Angliyadagi bir qator mulklarini, yillik mablag’, qayta turmush qurish huquqi, hamda opasining lavozimini taqdim qildi. Bu lavozimda Anna qirolning xotini va qizlaridan bo’lak, boshqa ingliz ayollaridan ustunroq nufuzga ega bo’la olgan.

  • Қиролича Елизавета Иккинчи вафот этди

  • Ammo Boleynning qizi Yelizaveta esa 45 yil hukmronlik qilgan. Yana bir kinoyalik tarafi shundaki, Jeyn Seymur katoliklar lageriga mansub edi, o’g’li esa qat’iy protestant bo’lib yetishdi, va onasi qattiq sevgan, va Genrix bilan qayta birlashtira olgan katta qizi, o’z opasi va cho’qintirgan onasi bo’lmish katolik Mariyani vasiyatnomadan chiqarib tashladi. Har tarafning o’z haqiqati bor. Tarixning esa o’ziniki. U xatlarda, hujjatlarda, ibodat kitoblarining belgilangan sahifalarida saqlanib qoladi. O’z hayotimizning ba’zi davrlarida kimning tarafini tanlashimizdan kelib chiqqan holda bizning ham tasavvurimizda jonlanadi. #SizningKitobSomelyengiz#O’rtaAsrYangiliklari

  • Ba’zi odamlarni sevish og’ir qismat, degan edi Pasternak. Go’yoki bu so’zlar Genrix VIII haqida aytilgandek. Olti xotin, olti xil taqdir. Lekin aytishlaricha, to o’limining oxirigacha yagona suyuklisi Jeyn Seymur bo’lgan. Mazkur xudbin va zolim monarx haqida gapirilganda suyukli tushunchasi ham o’ziga xosdir. Agar Jeynning bor yo’g’i uch yil qirolicha bo’lganligini, tug’ruqdan keyin olamdan ko’z yumganini, va qirolning joniga tegib ulgurmaganini inobatga olsak, balki to’g’ridir. Aytmoqchi, eng asosiysini unutayozibman, Jeyn qirolga u 27 yil kutgan o’g’il vorisni taqdim qildi. Genrix uning qabri yonidan joy olishni istagan yagona ayoli, balki haqiqatan ham u eng suyukli ayoli edi. Ammo Jeyn Seymur o’zi kim bo’lgan? Undan keyin qolgan xatlardan bu inson xarakteri haqida nimalarni aytishimiz mumkin? Ba’zi bir tadqiqotchilar Jeynni sovuqqon fitnachi qilib ko’rsatishgan. Qirolicha Agnes Striklendning viktorianlar davri biografi Jeynning hulqini hayosiz deb hisoblaydi, va uning ta’kidlashicha, Jeynning Genrix VIII mulozamatu iltifotlariga rozilik berishi uning xonimi boshiga dahshatli balolarning yog’ilishiga sabachi bo’lgan: “Muqaddas Kitobda xizmatkor ayol o’z xonimining joyini egallashi sharmandagarchilik deb qoralanadi… kamtarin Jeyn Seymur hatti-harakatlari haqida gap borganida, har bir haqiqatparvar va adolatparvar insonlarni jirkanch qo’rquv va nafrat hissi egallab olishi darkor. U o’z xonimining erining avanslarini olgan… Anna Boleynning o’lim azoblarini befarqlarcha tomosha qilgan… U oxir oqibat qirolichani ehsafotga olib kelgan qator mudhish ayblovlarni ko’rgan”. Ammo biz ham 10 yilcha avval Annaning o’zi ham Yekaterina Aragonskayaning o’rnini egallash maqsadida o’xshash rejalar tuza boshlaganidan xabardormiz. Elison Uierning fikricha Annani qulatishda Jeyn ishtirogining yagona isboti bu Genrixning oldida so’zlarda o’z xonimini yomonotliq qilishga rozi bo’lganidadir. Lekin bunday xatti-harakatni o’z raqibasini yo’q qilish maqsadida yo’l qo’yib berilgan suiqasd bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Axir biz tungi kakkuning ovozi har qandayinikidan ustun kelishini bilmaymizmi? Erkakning kerakli vaqtda qulog’iga quyilgan so’zlar kuchidan xabardor emasmizmi? Deylik, bu agar har kuni qilinsachi? Muallif o’z romanida Jeynni nikohdan oldin homilador qilib ko’rsatgani men uchun kutilmagan yangilik bo’ldi. U quyidagi dalillarga tayangan: Nima uchun Anna bilan ajrashish bir necha oylarga kechiktirilgan, ammo keyin birdaniga shoshilinch vaziyat paydo bo’lgan? Oddiy xalqdan chiqqan ayolga uylanishning nima keragi bor edi? Bunday shoshilinch nikohning sababi nima? Axir Fransiya va yoki Imperiya bo’ylab kelin qidirish haqidagi hech qanday gaplar ham bo’lmaganku. Nimaga endi ajrashish emas, o’lim jazosi? Agar Jeynning homiladorligi ko’zga tashlanadigan bo’lib qolgan bo’lsa , u holda Annaning o’limi ikki baravar darkor bo’lgan. Genrix qaror qilishi uchun u bir narsani, Jeyn Seymurning ona bo’la olishini bilishi zarur edi. O’zini o’g’il voris bilan ta’minlash qirolning vasvasasiga aylangandi. Ularning to’satdan boshlangan nikohi bor yo’g’i o’n kun davom etdi: to’y bilan bog’liq tayyorgarliklar bo’lmadi, jamoatga e’lon qilinmadi, va boshqa tegishli udumlarga Genrix amal ham qilmadi. Shu sababli-Jeynning to’ydan keyingi o’tkazgan sokin oylari, Genrixning ota bo’la olmasligi haqidagi taxminlari (avgust oylarida), va shu sabab, turmush qurishdan boshlab to Eduardga bo’lgan homiladorlikkacha bo’lgan uzun davr. Jeynning homilador bo’lib qolishi Anna Boleynning muqarrar va shoshilinch chetlashtirilishiga bahona bo’la olardi. Keyin esa bola tushib qoldi. Bu holat yana takrorlandi. Boshqa bir kitobda o’qishimcha, bola tushib qolish aybi ko’pincha erkakning urug’ sifatida yotarkan, balki Genrixning qoni rezus manfiy bo’lgandir, shu tufayli uning avvalgi ikki xotini ham har biitasi beshtadan bola yo’qotgan! Shunga qaramay, u avvalgi xotinlari qila olmagan ishni uddaladi, u vorisni dunyoga keltirdi. O’z hayoti evaziga.. Tug’ruq davri uch kechayu uch kunduz cho’zildi. Ammo bolakayga Angliyani boshqarish nasib qilmagan, u 15 yoshida vafot etgan.

  • 1536 йил, 19 май куни Анна Болейн Лондон Тауэрдиги ўз уйидан олиб кетилиб, хиёнатда айбланиб қатл қилинди. Ундан Англия Қиролича мақоми олиб қўйилиб, Генрих билан бўлган никохи бекор қилинди, у Пембрук Маркизаси сифатида, 1532 йилда Қирол Генрих тақдим этган унвон билан оламдан кўз юмди. У боши танасидан жудо қилинган илк қиролича эди.

  • Mana, hozirgina tayyorlangan, to'g'ridan-to'g'ri tandirdan desa ham bo’ladi, biz bir hafta oldin Shotlandiyada suratga olgan lavhani joylashtirdim. Men bu yerda Alison Weirning kitobi asosida kichik bir tergov olib bormoqdaman. Bundan so’ng men sizga eng makkor vasvasachi haqida yozaman. Intrigani saqlab qolish uchun kitob nomini aytmayman. https://www.youtube.com/watch?v=ZLxh-2tbYKE

  • Tarixchi Bintoff Anna Boleyn qulashi tarixini yozar ekan, shunday degan edi, Bordjialar zahar qo’llagan joyda Tyudorlar huquqni ishlatishar edi. Xa, haqiqatan ham Tomas Kromvel tomonidan to’qib chiqarilgan Boleyn ishi uni eshafotga olib kelgandi. Yanada inglizlar 1536 yillarda qonunlarga murojaat qilganliklari maqtovga sazovordir. Garchi bu qonunlar formal, tizzada yozilgan va Parlamentga tashilgan qo’lyozmalar bo’lgan bo’lsa ham. O’sha paytning o’zida 7 xotini bo’lgan Ivan Grozniy ko’ngilbo’shlik qilib o’tirmagan. 16 yoshlik zodagon xotini Marfa sabablari e’lon qilinmay monastirga yuborilgan edi. Lekin Yekaterina Aragonskayani Genrix monastirga ketqaza olmagan, u uzoq yillar Papadan ajrashish ruxsatini kutgan. Marfadan keyin Ivan Grozniyda Anna Dolgorukaya bo’lgan. U 14 yashar qizni birinchi nikoh kechasidan keyinoq ko’lda cho’ktirib yuborgan, sababini u bokira chiqmagan deb aytgan. 1574 yilda keyingi xotini Anna Vasilyevnani rohibalikka sochlarini qirqib tashlaydi. Keyingi xotini Vasilisaning ham sochlari qirqib tashlangan. Sudmi? Yo’q, eshitmaganmiz. Yana qanaqangi qalbaki ish? Bizga hech qanday ish ochishni keragi yo’q, o’zimiz aniqlashtiramiz. Keling endi o’zimizga nazar solsak. 1842 yil. Bu xatto 15 yoki 16 asrlar ham emas. Qo’qon xonligi. Sudsiz va tergovsiz mashhur shoira, jamoat arbobi, hukmdor rafiqasi, taxt vorisining volidasi Nodira Begim qatl qilindi. Ammo bundan avval o’z onasining ko’zlari oldida uning ikki farzandi o’ldirilgan edi. Bunaqasi Bordjialarning tushiga ham kirgan emas.

  • ▪️ «Anna Boleyn» ▫️Alison Weir Davomi … Uolzi bir paytlar aytganidek: “ Agar Toj qoralovchi bo’lganida edi, adolat Hobil Qobilni o’ldirgan deya hukm chiqargan bo’lardi”. Yana, men tergov hujjatlarida Annaning ledi Rochfordga Genrixning “jinsiy zaifligi” haqidagi shikoyatini qayd qilishning nima keragi bor edi deb o’ylab qoldim. Gap mana bu yerda ekan. Ma’lum bo’lishicha, avvallari agar erkak jinsiy zaif bo’lib qolsa, bunga sabab sehr-jodu deb bilishgan. Jinsiy a’zo ishdan chiqdi va tegishli tabibga ko’rinish kerak deb o’ylashmagan. Yo’q, buning sababi, u o’qitilgan, issiq-sovuq qilingan deb ishonishgan. Ya’ni, bu yo’l bilan Boleynni sehrgarlikda ham ayblash mumkin bo’lgan. Davomi undanda zavqliroq. Texnik jihatdan, aniqrog’i, yuridik jihatdan Annani xiyonatda ayblab bo’lmasdi. Sababi, u Genrixning xotini emasdi. Bunisiga nima deysiz?!! Uning nikohi Kenterberiy arxiepiskopi Kranmer tomonidan bekor qilingandi! Bunga asos qilib Genrixning Annaning opasi - Mariya Boleyn bilan bo’lgan munosabatlari ko’rsatilgandi. Diniy qonunlarga binoan esa bunday nikoh bor bo’lishi mumkin emasdi, mazkur aloqa va qarindoshlik rishtalaridan hammaning habari bo’lgan. Ularning qizi Yelizaveta nikohsiz tug’ilgan farzand deb e’lon qilindi. Lekin agar nikoh bo’lmasa, xiyonat ham bo’lmaydiku?! Ammo sud hakamlari, ularning orasida esa Jorj va Anna Boleynlarning o’z otasi ham bo’lgan, bunday deb hisoblamasdi. 1536 yil, 19 may kuni Anna Boleyn London Tauerdagi o’z uyidan olib ketilib, xiyonatda ayblanib qatl qilindi. Undan Angliya Qirolichasi maqomi olib qo’yilib, Genrix bilan bo’lgan nikohi bekor qilindi, u Pembruk Markizasi sifatida, 1532 yilda Qirol Genrix taqdim etgan unvon bilan olamdan ko’z yumdi. U boshi tanasidan judo qilingan ilk qirolicha edi. Undan oldin ham ingliz qirolichalari erlariga xiyonat qilishgan, misol uchun, Angauleme Qirolichasi Izabella, uning eri xotinining jazmanlarini uning yotog’i tepasida osib qo’yishni buyurgan, yoki bo’lmasa, Fransuzlar Izabellasi, u gomoseksualist eri, Eduard II bilan nikohda bo’la turib ochiqchasiga o’z jazmani Rodjer Mortimer bilan yashab yurgan. Bu ayollarning hech biri biron bir jazo olmagan. 12 asrda Eleonora Akvitanskaya jiddiyroq jinoyat sodir qilgandi, u o’z o’g’illarini Genrix II ni taxtdan ag’darishga undagan, va 16 yillik uy qamog’i bilan qutulib ketgandi. Jahongir Vilgelmning rafiqasi Matilda Flandrskayachi, o’z eriga qarshi o’g’lini qo’llab - quvvatlagan, va unga hech nima bo’lgani yo’q. Sehrgarlikda ayblangan (keyinchalik aniqlanishicha, yanglish) Genrix IV ning bevasi Janna Navarskaya qamoqda uch yil o’tirgan. 1441 yilda Glouster Gersoginyasi Eleonora Goubxam o’z jiyani Genrix IV ning o’limini istab sehr- jodu qilayotganida ushlangan, u o’lim jazosidan qutulib qolib, o’rniga umrbod qamoq jazosini olgan. Annagacha hech bir Angliya ayoli Annaga qo’yilgan jinoyatlar uchun jazo olishmagan. Bunday holat Fransiyada ham bo’lmagan, masalan 1314 yilda uch fransuz malikasi, ularning orasida taxt vorisining xotini ham bo’lgan, xiyonatda ayblanishgan. Jazmanlar qatl etilgan, ularning o’zlari esa erlaridan ajratib olinib qamoqqa tashlangan edilar. Annadan so’ng ayollarni qatl qilish ancha oson bo’lib qoladi. Yana bir dahshatli haqiqat, Anna, butun umr protestantlik tarafdori bo’lishiga qaramay, katolik sifatida olamdan o’tdi. “ In these, her dying hours, she showed herself a devout Catholic with pious devotion to the Eucharist, despite her reformist views”. Qirol Seymurga qatldan 7 kun o’tiboq uylanib oldi. Bu taqriz emas, ammo muallifga tasanno aytishdan boshqa menga hech nima kerakmas. P.S. Mening hammasidan ham xayolimdan ketmayotgani, bu - odamning boshi chopib tashlanganidan keyin u yana 3 soniyadan to 25 soniyagacha yashashga qodir ekanligidir! #kitobsomelyesi

  • 17 авг. 2022 г.2707из British_Council_Uz

    🤩 Britaniya tarixi haqida qiziqarli dalillarni bilmoqchimisiz? 📲 Biz sizni vatandoshimiz Nafisa Feenay bilan virtual sayohatga taklif qilamiz, u noyob loyiha va blog muallifi bo‘lib, unda Yelizaveta davridagi Angliya, mashhur qirollik sulolalari (Tudor), Shekspir va Globus teatri haqidagi ma’lumotlar bilan mamnuniyat ila bo‘lishadi. ☑️ Juda iste’dodli, adabiyotlarga mehr qo‘ygan Nafisa Fineyning sahifalariga obuna bo‘ling va sehrli hikoyalarni tinglashdan zavqlaning. 📌 Sizga qulaylik yaratish maqsadida hikoyalar rus va o‘zbek tillarida chiqarib boriladi. 📺 YouTube kanalga ham obuna bo'lishni unutmang! 🔗 Britaniya Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram

  • 1526 yili Qirol o’z rafiqasi Keytrinning hizmatchisi Anna Boleynga oshiq bo’lib qoladi, va o’zi juda xohlagan nikohni qurish maqsadida Papaning avvalgi nikohini bekor qilishini olti yil kutishdan so’ng, Katolik Cherkovini tark etib, o’zining Anglikanlar Cherkoviga asos soladi. O’zi yoqtirgan Tomas Kranmerni Kenteberiy Arxiyepiskopi etib tayinladi, u esa Qirolning Keytrin bilan bo’lgan nikohini bekor deb e’lon qildi. Bularning hammasi Annaga uylanish va undan o’g’il farzand ko’rish maqsadida qilingandi. Oilaviy hayot baxtli o’tmadi. Whitehall Palaceda yashirin nikohdan uch yil o’tib, Genrix VIII o’zini eng yaxshi er emasligini isbotladi. Annaga muhabbat tufayli uylanib, u qirollarning siyosiy va sulolaviy sabablarga ko’ra uylanish an’anasini buzgandi. Yagona o’xshash hodisa - bu uning bobosi, Eduard IV 1464 yilda Elizabet Wudvil u bilan jinsiy aloqadan voz kechganida unga uylangani bo’lgan. Bu narsa Annani ojiz qilgan, chunki nikoh yolg’iz erkak hissiyotlari asosida qurilgandi. Uning kuchli ehtirosi Annaning birinchi homiladorligidan keyinoq birdaniga so’ndi. Uning endi jazmanlari paydo bo’la boshlagan, va u Annaga “ senga qanday ko’zlarini yumishgan bo’lishsa, sen ham ko’zlaringni yum” derdi. Bu uning uchun Yekaterina Aragonskaya bilan bo’lgan shafqatsiz va haqoratomuz tenglashtirish edi. Va men istagan payt seni o’zim ko’targan joydan qayta pastga tushirib qo’yishimni bilishing kerak. Bu so’zlar u o’zi yetti yil orqasidan yurgan ayolga, cherkovdan haydalish va urushlar kabi tahdidlarga duchor bo’lishiga sababchi bo’lgan ayolga, hayotining eng katta muhabbati va vorisining onasiga aytilgandi. 1532 yilda Shapyui “Qirol xatto uni bir soatga ham tashlab ketolmaydi “ deb yozgan edi. “ Qirol uning orqasidan izma-iz yuradi “. Endi esa Qirol uni zabt qilgandi. Jazmanlikdan u qirolning xotiniga aylandi. U qirolicha bo’lish uchun tug’ilmagan edi, bunga o’qimagan, va Genrix undan kutgan narsalarning hech birini bilmas edi. Tushkunlik yillari ham unga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Va u endi qirol ko’z qo’ygan yigirmadan sal oshgan qiz emasdi (Boleynning aniq tug’ilgan yil sanasi noma’lum, cherkov ro’yxatlari faqatgina zodagon oilalarning o’g’il farzandlari uchun yuritilgan, va yana o’sha Shapyuining so’zlariga ko’ra, Boleyn shunchaki ozg’in, qari ayol edi. Tyudorlar davriga ko’ra, balki to’g’ridir, 35 yoshdan oshgan endi qari va yoshini yashagan, undan oldingi o’tgan safdoshi farzand ko’rolmay yurgan davrda, Qirol ham umidaizlikka tushgandi, butun harakatlarini oqlay olmadi, 5marta bolasi tushib qoldi, va birgina qiz farzandli bo’lgandi chunki! Qirol o’z xotinining hizmatkori - Jeyn Seymurga ko’z qo’ygandi. Oh, naqadar tanish bu! Hammasi tez sodir bo’ldi. Mayning boshlarida Anna Boleyn Grinvichda hibsga olindi, bir necha kun o’tib, Tomas Kromvel unga qarshi ish ochdi. Xiyonat sanalarining bir biriga mos kelmasligi hech kimni qiziqtirmadi, chunki Boleynni shunda ayblashgandi. Ishonarli bo’lishi uchun Kromvel unga beshta jazmanni biriktirib qo’ydi. Ajablanarlisi shundaki, ularning to’rttasi aslzodardan bo’lib, obro’- e’tiborli kishilar va Kromvelga dushman fraksiya a’zolari edi. Faqatgina bir kishi oddiy xalqdan chiqqan, musiqachi Smiton edi, va xuddi shu odamga nisbatan tergov payti qiynoqqa solish choralari qo’llanilishiga ruxsat berilgandi, va ulardan birginasi o’z aybiga iqror bo’ldi. Qolganlari, ularning orasida esa Anna Boleynning tug’ishgan akasi ham bo’lgan, ayblovlarni rad etishgan. Shunday qilib, sud. 16 asrda davlatga hiyonat ishlari shu tariqa o’tgan: ayblanuvchiga hech qanday ayblov tafsilotlari taqdim qilinmas edi, himoyaga tayorlanish uchun hech qanday imkoniyat yaratilmasdi. Insonlarda o’z himoyasi uchun guvohlarni taklif qilish huquqi bo’lmagan. Va hech qanday ikkitomonlama tergovlar ham olib borilmagan. Nima ham derdik. Agar odam sud jarayonigacha yetib kelgan bo’lsa, u allaqachon sirtdan aybdor deb hisoblangan. Na Annaning va na u bilan birga ayblanganlarning imkoniyatlari yo’q edi. Davomi bor….

  • ⠀ ▪️ «Anna Boleyn» ▫️Alison Weir Qaytar dunyo! Bilmadim, bunday ibora ingliz tilida mavjudmi… Ma’nosi shuki, hamma narsa qaytib keladi. Birovga yomonlik qilsang, bu albatta o’zingga qaytadi. Va an’anaviy: “birovning baxtsizligida baxt qurib bo’lmaydi”. Anna Boleynga nisbatan bu fikr to’g’ri bo’la oladimi? Uylangan erkak bilan ishqiy munosabat, boshqa ayolning o’rnini egallash istagi, va natijada hammasiga ega chiqish. Qonuniy rafiqa maqomi, kim-kim - Angliya Qirolichasi maqomi! Va bular katolik qonunlari bo’yicha ajrashish mumkin bo’lmagan davrlarda ro’y bergan. Xa, to’g’ri, Genrixga o’gil voris kerak edi. Bu unga uning otasi asos solgan Tyudorlar sulolasini saqlab qolishi uchun zarur bo’lgan. Yekaterina Aragonskaya bilan o’tgan 27 yillik turmush, olti homiladorlik va birgina farzand, qizaloq Mariyaning tirik qolishi. Ammo uning hukmronligini saqlab qoluvchi o’g’il yo’q edi.

  • Ўрта асрларнинг энг шов-шувли шавхоний можароси, ёки ЛОРД ДАРНЛИНИ КИМ ЎЛДИРДИ. Эдинбургнинг жанубида эски Кирк-о-Филд коллегиал черковнинг тўртбурчаксимон биноси турар эди, бу ерда 1567 йилнинг 9 февралида кечаси худди бирданига 30 тўпдан ўқ узилгандек жуда қаттиқ овозда портлаш содир бўлди. Бу портлаш тарихда энг сирли хисобланиб, асрлар давомида тарихчиларнинг бахслашишларига сабабчи бўлган, ахир ўша кечанинг қурбони тарихда кўпроқ Генрих Стюарт, Лорд Дарнли номи билан танилган Қирол Генрихнинг ўзгинаси эди. Хўш, Лорд Дарнлини ким ўлдирди? * Генрих Стюарт Ленноксларнинг саккиз фарзанди орасида иккинчиси эди, улардан тирик қолгани фақат у ва акаси Чарльз эдилар, қолганлари гўдаклигидаёқ оламдан кўз юмишганди. Унинг исми Генрих VIII ва ўтиб кетган акасининг номларига атаб қўйилди. Оила ўзининг бутун сулолавий умидларини болакайга боғлаган, ва Дарнли ўзининг тож энаси бўлиши тақдирида битилганига қатийан ишонган холда ўсиб вояга етди

  • U oxirigacha ikkinchi nikohni tan olmaydi , o’zini Genrixning qonuniy rafiqasi hisoblab, o’zining xayrlashuv maktubida nima bo’lishidan qat’iy nazar, uni sevishini, va uning jonining omonligi uchun duo qilishini, qiziga g’amxo’rlik qilishlarini so’rab yozadi. Maktubni Qirolicha Ekaterina deb imzolaydi. Badanni yorishganida yurak atrofida qora bo’lak topib olishadi. Zamonaviy tadqiqotchilar fikriga ko’ra u yurak saratonidan vafot etgan. Qirol tom ma’noda uning qalbini chilparchin qilgan ekan. Ekaterinaning o’limi kuni Boleynning qornidagi bolasi tushib qoladi. U o’g’il farzand edi.

  • Lekin, Lermontov yozganidek, “Insonlarning daqiqalik sevgisi nedir? Yoshlik qonin hayajonidir, kunlar o’tib qon ham soviydi. Kim ayriliqqa bardosh berib, yangi go’zallikdan o’zini tiyar, charchoq va zerikishga chidab, orzularining qaysarliklarini yenga olardi?” Hech kim. Ular ham bardosh bera olmadi. Ko’pchilik yelka qisib, xo’p, u voris tug’ib berolmadiku, unga bu zarur edi, bo’lmasa sulola tugar edi, deysihadi. Tug’ib bergan edi. U yetti marta homilador bo’lgan! Ulardan uchtasi o’g’il edi, ammo ular tushib qolgandi. Yana bir o’g’li, unga Genrix deb ism qo’yishgandi, ikki oy yashab o’lgan, uning qabri Vestminister Abbatligida joylashgan. Erining ilk hiyonatini Ekaterina uning mashuqasi Bessi Blant o’g’il tug’ib berganida bilib qoladi. O’g’ilga Genri Fritsroy, ya’ni, Qirol O’g’li deb ism berishadi. Shu yo’l bilan qirol sabab unda emas, balki xotinida ekanligini dunyoga namoyon qilgan. Rafiqasi unga voris tug’ib berishga qodir emas. Ayb unda. Va u Livitikusdan dalil ham topdi: “Agar kimki o’z akasining rafiqasiga uylansa, ular farzandsiz otgusidir”. Keyin esa Boleyn ham paydo bo’ldi. Ekaterinada u payt hayz ko’rish davri to’xtab, farzand ko’ra olmasdi. Lekin axir qizi, malika Mariya bor ediku. Gap shundaki, Genrix ingliz taxtida ayol kishining barqaror turishiga ishonmas edi. Xa, Matilda ham bo’lgan. Barchaga ma’lum, hammasi fuqarolar urushi bilan yakun topgan. U buni o’z xalqi uchun ravo ko’rmasdi. Qiz bolani qanday qismat kutishi mumkin? Uni ispan va yoki fransuz shahzodasiga erga berishadi, va Angliya boshqa davlat dominioniga aylansinmi? U buni xalqi uchun xohlamasdi. Boleyn paydo bo’lganida ish ajrashishga yetgandi. Albatta, avvaliga Ekaterinaga tinch yo’l bilan ketish taklif qilingan edi, unga keltirilgan namunalardan, Qirolicha o’g’il voris tug’ib bera olmasligi edi, ikki qizi borligi, otalari ularni ajrashishlariga ruxsat bergani, ular ikkisi ham boshqa turmush qurib undan o’g’il farzandli bo’lishlari mumkinligi edi. Ekaterina qabul qilmadi. Unga o’z hurmati va obro’sini saqlagan holda monastirga ketib o’zi xohlagan paytda qizi bilan ko’rishish taklifini kiritishdi. Ekaterina voz kechdi. Unga o’zining barcha saroy va yerlarini saqlab qolgani holda, Uels Gersoginyasi va shahzoda Arturning bevasi unvoni taklif qilindi. Qirol uning sodiq do’sti va safdoshi bo’lib qolishi mumkin edi. Ekaterina rozi bo’lmadi. U Genrixga, Vulziga, Saffolkka, Rimning va ingliz parlamenti vakillariga, va sudga “Sening yagona va qonuniy rafiqang menman!” deb aytgan edi. Genrix 24 yil, ba’zi manbalarga ko’ra 27 yil davomida kim bilan turmush qurganini anglab yetgan edimi, menga shunisi qiziq. Bu ayol faqatgina jangari Qirolichaning jang maydonida ulg’aygan qizi emas, balki o’zi ham “warrior queen” ekanligini bilarmidi? Otasi Ferdinand uni Angliyadagi Ispaniyaning vakili qilib tayinlaganida u Yevropaning ilk ayol elchisi bo’lgan, u turmush o’rtog’i Fransiya bilan jangga ketgan payti regent eri uni Angliyani boshqarishga tayinlagan edi. O’sha paytlar mamlakatga shotlandiyaliklar hujum qilishgan, Ekaterina bo’yida (homilador) bo’la turib armiyani boshqargan, va shotlandiyaliklarni tor-mor qilib, eriga o’ldirilgan shotland qirolining qonli kamzulini sov’g’a qilib jo’natgan edi. Shu bilan birga “ Men, sening rafiqang, va men sening yo’qligingda mamlakatingni saqlab qoldim” degan so’zlar bitilgan maktub ham jo’natgan. O’zining va merosxo’r qizining huquqlarini himoya qilish maqsadida u o’z jiyani, ispan podshosi Charlzni Angliyaga qarshi urushga da’vat qilishi mumkin edi. U bunday qilmadi. U fuqarolar urushini boshlashi mumkin edi, xalq uni sevib qadrlardi, va uning tarafini olar ham edi. U buni qilmadi. U bu mamlakatni sevishini, unga qadrli bo’lib qolganini, va endi o’zinikiga aylangan xalq, va o’z turmush o’rtog’iga yomonlik qilmasligini aytdi. U qashshoqlikda, Kimbltondagi ijaraga olingan ikki xonalik uyda, hibs ostida, saroydan olisda olamdan ko’z yumdi, u yagona qizi bilan ko’rishish va yozishish huquqidan mahrum qilingandi.

  • Qiz otasiga kiyishga kiyimi yo’qligini, yangi baliqqa pul yetmasligi tufayli unga eskirgan baliq sotib olib berishlarini arz qilib yozgan xatlar mavjud. Va Genrix ota Fransiya bilan muzokaralarini boshlaydi, balki ularning kelini o’g’il Genrix uchun yaxshiroq bo’lar. Ekaterinani uyiga, Ispaniyaga qaytarib yuborish buyrug’i kelgan payt Qirol Genrix VII olamdan ko’z yumdi. Endi 17 yoshli Genrix Genrix VIII bo’lgan, va 9 yoshidan beri, uni qo’lidan tutib akasining yoniga, unga turmushga chiqishiga olib borgan paytidan buyon oshiq bo’lgan, va doim sevib kelgan ayolga turmush qurishni taklif qiladi. U qizga to ularni o’lim ajratguniga qadar uni sevib ardoqlashiga va’da beradi… Muhabbat! Davomi bor….

  • “Divorced, beheaded, died, divorced, beheaded, survived” Genrix VIII ning olti xotini haqidagi matalni o’zgacha ifodalab, va resenziyalarga qaraganda London teatrida ustalik bilan maromiga yetkazishgan. Nomlanishi “ Divorced, beheaded, LIVE IN LONDON”. Men esa bu vaqtda Elison Uierning “Ekaterina Aragonskaya. Haqiqiy Qirolicha” kitobini o’qib tugatdim. Ya’ni Genrixning birinchi xotini haqidagi kitobni. Uning boshqa uch xotinlari haqida o’qib chiqqan, lekin bunisiga yetib kelmagan edim, vaholanki aynan birinchisidan boshlashim kerak edi. Ekaterina Aragonskaya hamma filmlarda shunchaki qari ayol qiyofasida namoyon bo’ladi, o’sha davr o’lchovlariga binoan Boleynning paydo bo’lishi davrida u qari xisoblangan ham. 24 yil birgalikdagi nikoh, qonuniy rafiqa, albatta u bilan bunday munosabatda bo’lishgani achinarli hol, ammo zerikarli ham. Erining joniga tekkan qonuniy xotin doim odamni rahmini keltiradi, lekin undan ortig’ini emas. Yoki gap jazmanida, u Qirolning o’zini ajratib olib, ingliz cherkovini Rimnikidan ajratib ham olishni uddalagan. Qanchalar adashgan ekanman. Turmush o’rtog’i unga o’g’il farzand tug’ib bera olmagani uchun o’zidan chetlashtirilgan Ekaterina Aragonskaya hech ham “zerikarli”, ko’rimsiz, so’lg’in ayol ta’rifiga loyiq emas ekan. Shundan boshlash kerakki, Angliyaliklar Ekaterina Aragonskaya deb atagan ayolning haqiqiy ismi Infanta Katalina bo’lib, u qudratli ispan monarxlari Qirol Ferdinand va Izabella Kastilskayalarning qizi edi. Xa, aynan o’sha, Xristofor Kolumbning yangi yerlarni kashf qilishi uchun ekspedisiyasiga yordam ko’rsatgan, warrior queen degan nom bilan mashhur jangchi ayol, jang maydonida dushmanlarni mahv etgan o’sha Izabellaning qizi bo’lgan. Onasi o’sha davrlarda xatto aslzoda oilalarining qizlari mahrum etilgan bilimni o’z qiziga berdi. Va bu faqatgina kashtachilik, raqs, musiqiy asboblar chalish emasdi. Bu bilimlar - lotin tili, chet tillari, falsafa, matematikalar edi. Uni Qirolicha kasbiga-hukmdorlikka, davlat boshqaruviga tayorlashgan. U uch yoshga yetganida uni ingliz taxti vorisi, Genrix VII ning o’g’li Artur bilan unashtirish muzokaralari boshlandi. 15 yoshlik qiz turmushga chiqish maqsadida Londonga yo’l oldi. Kuyov 14 yoshda edi. Bu Angliyaning Evropadagi o’rnini (mavqeini) mistahkamlashga, yosh Tyudorlar sulolasi huquqlarini qo’llab quvvatlashga qaratilgan ajoyib siyosiy ittifoq edi. Bu nikohdan tug’ilgan o’g’il farzand Genrix VII ning ingliz taxtidagi huquqlarini meros qilib olardi va Plantagenetlarning hech bir zurriyodi unga davo qila olmasdi. Shu bilan birga kelin mislsiz boylikka ega. Ferdinand nikoh shartnomasida yaxshi sep ajratgan edi. Va u go’zal. Oh, naqadar go’zal edi u! Malla qalin sochlar, zumrad shahlo ko’zlar, och rang teri, mutlaqo ispan qiyofasiga oid emasdi. Va 9 yoshli Genrix o’z akasining rafiqasiga oshiq bo’lib qoldi. Afsus, nikoh uzoqqa bormadi. U bor yo’g’i 6 oy davom etdi. Kim biladi, agar Artur tirik qolganida, Ekaterina ingliz taxtiga voris tug’ib berganida tarix boshqacha bo’lgan bo’lardi. Angliya balki protestant bo’lmas edimi? Dunyoga Elizaveta kelmas edi, balki? Lekin aytganlaridek, tarix istak mayliga bo’ysunmaydi. Shunday qilib yapon bayrog’i osilgan edimi? Artur bilan nikoh haqqoniy edimi? Har xolda juftlik Lidouda bir uyda 6 oy birga yashagan, kuyov yotoqxona eshigiga yetib bormay o’lgan emasdi. Bu savol teologlarni ham, qonunshunoslarni ham, tarixchilarni ham bir necha yuz yillar davomida qiynab kelgan. Muallif o’z kitobida Ekaterina bokira va beva qolgan degan fikrda qoladi. Endi kelin bilan nima qilish kerak, axir sepdagi pullar olib bo’lingan bo’lsa, xali to’liq bo’lmasada, bunday foydani qo’ldan chiqarish istagi ham yo’q. Keling, uni ukasiga olib beramiz. Yosh bo’lsa nima qilibdi, o’zidan 6 yosh kichik bo’lsada, o’sib ulg’ayadi. Ekaterinaning kutish yillari boshlandi, otasi sepning boshqa qismini bermadi, sobiq va niyatiga qaraganda bo’lg’usi qaynota uning ta’minot harajatlarini qisqartirgandi.

  • Siz bilan Kitob Somelyengizning yangi soni * 4:53 - Gildholl, Citidagi marosimlar zali, Buyuk London yong’inida omon qolgan yagona cherkovga oid bo’lmagan bino * 9:49 - London korporasiyasiga tegishli bo’lgan o’zining boy san’at asarlari kolleksiyasiga ega Gildholl San’at Galereyasi * 15:52 - Rimliklar davrida Britaniyadagi eng katta amfiteatr joylashgan joy * 23:00 - Muvaffaqiyatli Moliyachi, Gresham Kolledji asoschisi va Elizavetaning shaxsiy bankiri Tomas Gresham tarafidan asos solingan Qirollik Birjasi ichkarisida * 29:15 - Grehsamning mashhur chigirtkasi bor viveskani ko’rish mumkin bo’lgan Lombard Strit, Londonning ishbilarmonlar qismi * 30:26 - Moskva kompaniyasi va Xitoy o’rniga Buxoroga kelib qolgan va ilk xaritalar tuzgan Djenkinson hikoyasi * 31:00 - Faylasuf va olifta, g’iybatchi, kitobsevar, nafis san’atlar ishqibozi, dengiz boshqarmalari amaldori va ilk bloger Samuel Pips * 35:05 - Virjiniyada tushib qoldirilgan inglizlarning Djeymstaun koloniyasini asos qilinishi va Amerikadagi ilk inglizlar manzilgohi. https://youtu.be/xY3tPtO6eUM

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Book Sommelier — tgindex