tgindex
Book.uz JIZZAX

Book.uz JIZZAX

Статистика
@bookuz_JizzaxКнигиузбекский

Jizzax bo‘ylab arzon narxli, sifatli kitoblarni qulay xarid qiling. (JDPU hududiga yetkazish bepul) Online kitob do‘koni. Kitob-eng yaxshi sovg‘a. We are happy to serve you📚 @bookuzbek_jizzax +998933038017 Murodjon Ermatov

Последний пост
20 февр.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
312
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
373
25 постов
Вовлечённость
119,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 25
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 📘 Tongotar ✍️ Raxshona Ahmedova “Inson qalbidagi og‘riq ba’zan sukutda, ba’zan esa parchalangan xotiralarda yashaydi…” “Tongotar” — ayol kechinmalari, ichki kurashlar va hayotning keskin burilishlari haqida teran va ta’sirli roman. Asarda inson ruhiyati, jamiyat bosimi, taqdir va tanlovlar o‘rtasidagi nozik chiziq badiiy obrazlar orqali ochib beriladi. Kitob o‘quvchini befarq qoldirmaydi, o‘ylashga majbur qiladi. 📌 Muallif: Raxshona Ahmedova 📖 Muqova: Yumshoq 💰 Narxi: 30,000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: O’zbekiston bo’ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • без подписи

  • #SOTUVDA 🎉 📖 Gustav Lebon — Omma psixologiyasi Ushbu asarda omma (avom) ongi qanday shakllanishi, axloqiy qarashlar va qarorlar qanday vujudga kelishi chuqur tahlil qilinadi. Muallif alohida shaxs va omma xulqi o‘rtasidagi farqlarni ochib beradi hamda ommani boshqarish, manipulyatsiya qilish va unga ta’sir o‘tkazish usullarini batafsil tushuntiradi. Kitobda Fransuz inqilobi, Napoleon davri kabi tarixiy voqealar misolida omma psixologiyasining real hayotdagi ta’siri yoritilgan. ❓ Nega bu kitobni o‘qish kerak? Chunki har birimiz ommaning bir bo‘lagimiz. O‘z fikrlashimizni anglash, boshqalarga ta’sir qilishni o‘rganish va yetakchi bo‘lishni istaganlar uchun bu kitob ayni muddao. Siyosat, jamiyat va boshqaruvga qiziquvchilar uchun ham muhim qo‘llanma. ℹ️ Ma’lumot: 📕 Muqova: Qattiq 💰 Narxi: 29,000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: O’zbekiston bo’ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • 🔥| SOTUVDA! 🔥 📕 Agata Kristi — Ajal bilan to‘qnashuv 🕵️‍♀️ Janr: Detektiv 🏷 Nashriyot: Yangi asr avlodi 📄 Muqova: Yumshoq 📚 Betlar soni: 208 bet Agata Kristi — barcha zamonlarning eng mashhur detektiv yozuvchisi. Ushbu asarda yaqinlari ustidan hukmronlik qilib yashagan, shafqatsiz va sirli ayol obrazi, uning qorong‘i ichki olami hamda shubhali o‘limi tasvirlanadi. Yashirin qotil va uni mahorat bilan fosh qilgan izquvar o‘rtasidagi keskin aql jangi kitobxonni oxirigacha hayajonda ushlab turadi. 💰 Narxi: 25,000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • ✨ Sotuvda ✨ 📘 Antuan de Sent-Ekzyuperi «Kichkina shahzoda» “Eng muhim narsalarni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, ularni faqat yurak bilan his qilinadi…” 🌍 O‘zining mitti sayyorasidan Yerga kelgan Kichkina shahzoda turli sayyoralar va odamlarni uchratadi. Har bir uchrashuv orqali do‘stlik, muhabbat, mas’uliyat va insoniylik haqida chuqur ma’nolar ochiladi. Bu asar — bolalar uchun ertak, kattalar uchun esa hayot sabog‘i. 📌 Qiziqarli fakt: «Kichkina shahzoda» Injildan keyin eng ko‘p tillarga tarjima qilingan asarlardan biri bo‘lib, 300 dan ortiq tillarda nashr etilgan. 📖 Ma’lumotlar: ▫️ Muqova: Yumshoq ▫️ Betlar soni: 144 💰 Narxi: 9,000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • без подписи

  • 📕 Brem Stoker — “Drakula” Dunyo adabiyotidagi eng mashhur mistik romanlardan biri yana kitobxonlar e’tiborida! “Drakula” — bu shunchaki dahshatli voqea emas, balki ezgulik va yovuzlik, ilm-fan va ilohiylik, ishonch va shubha o‘rtasidagi abadiy kurash haqida chuqur falsafiy asar. Ilmga tayanib yashaydigan inson ham ba’zan g‘ayritabiiy hodisalar qarshisida ojiz qolishini ushbu roman orqali his etadi. Asarda do‘stlik, muhabbat, birlik va matonat kabi yuksak qadriyatlar yorqin tarzda tasvirlangan. 📌 Kitob haqida qisqacha: • 📄 Nashriyot: Yangi asr avlodi • 📘 Muqova: Qattiq • 📄 Betlar soni: 366 • ✍️ Til: O‘zbek 💰 Narxi: 43,000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • без подписи

  • 🔥 Premyera | Sotuvda 📕 Meri Shelli — “Frankenshteyn” Dunyo tarixidagi ilk ilmiy-fantastik roman «Frankenshteyn» — ikki asrdan oshsa ham o‘quvchini o‘ylantirishdan to‘xtamagan klassik asar. Roman inson mas’uliyati, ilm-fanning chegarasi, hissiyot va aql o‘rtasidagi kurash haqida chuqur falsafiy savollarni o‘rtaga tashlaydi. Asar davomida: — noto‘g‘ri qarorlarning og‘ir oqibatlari — ilm va axloq o‘rtasidagi nozik chiziq — muhabbat, fidoyilik va insoniylik mohiyati yoritiladi. 📘 Muallif: Meri Shelli ✍️ Tarjimon: Farruxbek Ayyubov 🏛 Nashriyot: Yangi asr avlodi 📄 Betlar soni: 352 bet 💰 Narxi: 49,000 so‘m 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • 📕 Abdulla Qahhor — “Sarob” O‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri — “Sarob” romani inson taqdiri, adolatsizlik, ijtimoiy hayotdagi murakkabliklar va hayot haqiqatlarini mahorat bilan tasvirlaydi. Abdulla Qahhor bu asarda insonning ruhiy kurashlarini, adolat izlash yo‘lidagi iztiroblarini va umidsiz holatlarda ham yorug‘lik izlab yashashini yorqin tarzda ko‘rsatadi. O‘quvchini o‘ziga tortadigan syujet, kuchli xarakterlar va chuqur falsafiy mazmun — “Sarob”ni har bir kitobxon mutolaa qilishi kerak bo‘lgan asarlar qatoriga qo‘shadi. 🏢 Nashriyot: Yangi asr avlodi 📔 Muqova: Yumshoq 💰 Narx: 15,000 so’m 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • 🌟| Sotuvda 📔 Stefan Sveyg — “Noma’lum ayol maktubi” Ayol qalbining eng nozik, aytilmagan kechinmalari… Bu asarda sevgi, yolg‘izlik va sukut ortida yashiringan iztiroblar nihoyatda ta’sirli tasvirlanadi. Stefan Sveyg o‘ziga xos psixologik uslubi bilan o‘quvchini qahramon ichki olamiga chuqur olib kiradi. 📖 Kitobga adibning eng sara novellalari jamlangan bo‘lib, mutolaa davomida siz qalbingizda ilgari sezilmagan tuyg‘ularni his qilasiz. 📌 Tarjimonlar: Sharif Tolibov, Mahkam Mahmudov 📔 Muqova: Qattiq 📄 Betlar soni: 208 bet 💰 Narxi: 30,000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: Jizzax bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • 📕 Yasunari Kavabata — “Uyqudagi nozaninlar” Yapon adabiyotining ilk Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan Kavabataning ushbu durdonasi — hayot va o‘lim, sevgi va ehtiros, erkak va ayol tamoyillari o‘rtasidagi nozik chiziqlar haqida falsafiy mushohadalarga boy asar. Bu kitobda yozuvchi: • inson his-tuyg‘ularining beqarorligi, • xotiralar jozibasi, • inson ruhidagi sokin, ammo chuqur o‘ylar haqida betakror tasvirlar yaratadi. To‘plamga shuningdek, Kavabataning boshqa bir qator eng yaxshi hikoyalari ham kiritilgan — ularda uning o‘ziga xos, nozik, tasviriy uslubi yaqqol namoyon bo‘ladi. ✍️ Tarjimonlar: Uchqun Nazarov, Olim Otaxon 🏢 Nashriyot: Yangi asr avlodi 📖 Muqova: Qattiq, 192 bet 💰 Narx: 33,000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • 📕 Shukrullo — “Kafansiz ko‘milganlar” Qatag‘on yillari — xalq boshidan o‘tgan eng og‘ir, eng dahshatli sinovlardan biri. Bu asarda Shukrullo o‘zining boshidan kechirgan xo‘rliklari, tahqirlar, qamoq dahshatlari, Sibir sovuqlaridagi lager hayoti haqida yurakni ezuvchi, ammo tarix uchun nihoyatda muhim bo‘lgan haqiqatlarni hikoya qiladi. ✍️ Asar – yozuvchining avtobiografik qissasi bo‘lib, o‘quvchini qatag‘on davri ichiga olib kiradi. 🖨 Nashriyot: Yangi asr avlodi 📔 Muqova: Qattiq 💰 Narx: 25 000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • 📗 Knut Hamsun — “Ochlik” Jahon adabiyotining eng ta’sirli asarlaridan biri endi Sotuvda! Norveg yozuvchisi va Nobel mukofoti sohibi Knut Hamsunning “Ochlik” romani — inson ruhiy iztirobini, kambag‘allik, ochlik va yolg‘izlik bilan kurashni hayratlanarli darajada tabiiy tasvirlaydigan kuchli asar. 📝 Asarda yozuvchining Oslo shahrida o‘tgan qiyin yillari, odamlar o‘rtasidagi sovuq munosabatlar, ruhiy bosim va umidsizlikka qarshi kurash chuqur tasvirlangan. “Ochlik” Hamsunga shon-shuhrat olib kelgan, uni Yevropaning eng yirik adiblaridan biriga aylantirgan asardir. 📚 Kitob haqida: ✍️ Tarjimon: Qodir Mirmuhammedov 🖨 Nashriyot: Yangi asr avlodi 📖 Muqova: Qattiq, 240 bet 💸 Narxi: 38 000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Odatdagidan tez!

  • 📘 Molxona ✍️ Jorj Oruell 🌙 Qisqacha mazmun: “Molxona” — Jorj Oruellning eng mashhur satirik asari bo‘lib, unda hayvonlar orqali totalitar tuzumning paydo bo‘lishi, hokimiyatning qanday buzilishi va adolatning qanday yo‘qolishi mahorat bilan tasvirlanadi. Asarda molxonadagi hayvonlar ozodlik uchun qo‘zg‘olon ko‘taradi, lekin vaqt o‘tishi bilan rahbarlikka kelgan cho‘chqalar asta-sekin odamlarning o‘ziga aylanib boradi. Bu hikoya: • hokimiyatning odamni qanday o‘zgartirishi, • manipulyatsiya va targ‘ibot, • erkinlikning asl qiymati haqida o‘ylantiradi. 📚 Kitob haqida: 🗣 Til: O‘zbek tilida 📖 Muqova: Yumshoq 💸 Narx: 34,000 so’m 💬 Iqtibos: “Barcha hayvonlar teng yaratilgan, ammo ba’zilar boshqalardan tengroq.” 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • Hurmatli Kitobxonlar davrasi suhbatlarini sog‘ingan do‘stlar! 15-fevral (yakshanba) kuni 10:00 da Jizzax viloyat kutubxonasida navbatdagi Kitobxonlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Barchangizni chin qalbdan taklif qilamiz. Yosh, jins, mavqei cheklanmagan. Kitobxon bo‘lishi ham shart emas (o‘zimiz o‘rgatib olamiz). Davramizning maxsus kitobi ANTON CHEXOVning OLTINCHI PALATA asari. Turli kitoblar, mavzular borasida suhbatlashamiz. Qiziqarli shartlar o‘tkazamiz. Kitob almashishlar va she'riyat ham bo'ladi albatta! Qo‘shimcha ma‘lumot uchun @ka_izohlar ga yozing. Manzil: Jizzax viloyat kutubxonasi (Sambhram universitet hududi) 2-qavat Vaqti: 15-fevral 10:00 Hurmat ila @kitobchi_aka

  • Bugun man uchun juda muhim kun edi. Sanaga ko‘p qaradim, lekin aynan qanday kun ekanligi boyagina esimga tushdi. Bundan 5 yil oldin Book.uz kitob do‘konining Jizzax dileri bo‘lgan edim. Mening kitoblar olamiga qo'ygan katta qadamim edi. Bugun @bookuz_jizzax 5 yoshga to‘ldi. Bemalol tabriklashlaring, sovg'alar ulashishlaring mumkin. 😁😁😁

  • 📙 Atom odatlar ✍️ Jeyms Klir 🌙 Qisqacha mazmun: Bu kitob dunyoning eng mashhur odat va shaxsiy rivojlanish qo‘llanmalaridan biri hisoblanadi. Muallif Jeyms Klir kichik odatlarning ulkan natija berish mexanizmini ilmiy asoslar — biologiya, psixologiya va nevrologiya orqali tushuntirib beradi. “Asl muammo sizda emas — siz amal qilayotgan tizimda. Tizimni to‘g‘rilasangiz, odatlar ham o‘zgaradi.” Kitob sizga: • yaxshi odatlarni yaratish, • yomon odatlarni yo‘q qilish, • kunlik mayda o‘zgarishlar orqali katta yutuqlarga erishish, • intizom va tizimlilik bilan ishlash ko‘nikmalarini beradi. 📚 Atom odatlar 📖 Muqova: Yumshoq 🗣 Til: O‘zbek tilida 💸 Narx: 49,000 so‘m 💬 Iqtibos: “Kichik o‘zgarishlar — katta natijalarning boshlanishi.” 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!

  • K — Ko‘ngil ozuqasi U — Unutilmas saboqlar T — Tafakkur manbai U — Ulug‘ ne’mat B — Bilim yo‘li X — Xazinadir aslida O — O‘zlik kaliti N — Nurlangan qalb A — Aql makoni

  • 📘 Alber Kamyu — “Begona & Vabo” 🖋 Ikki buyuk roman — bir kitobda 🔹 “Begona” Asar bosh qahramoni Mersoning hayotga nisbatan befarqligi orqali Kamyu insonning ichki bo‘shligi, jamiyatdan begonalashuvi va absurd hayot falsafasini yorqin tasvirlaydi. Bu roman o‘quvchini: • hayotning ma’nosi, • tanlov va mas’uliyat, • jamiyat hukmi kabi savollar bilan yuzlashtiradi. 🔹 “Vabo” Epidemiya ostida qolgan shahar. Qo‘rquv, dahshat va umid o‘rtasidagi kurash. Roman insoniyatning eng og‘ir paytlarda ko‘rsatgan jasorati, mehr-shafqati va birdamligini yuksak badiiylik bilan aks ettiradi. Har ikki asar — inson qanday yashaydi, qanday qarorlar qabul qiladi va hayotning o‘ziga xos sinovlariga qanday javob beradi — degan savollarga chuqur javob izlaydi. 📚 Kitob haqida: 📔 Muqova: Qattiq 🗣 Til: O‘zbek tilida 💸 Narx: 35,000 so‘m 🚚 Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab 📦 Buyurtma uchun: 📲 Telegram: @Bookuzbek_Jizzax 📞 Tel: +998973038017 📚 @Bookuz_Jizzax — Kitob eng yaxshi sovg‘a!