Bor gaplar...
СтатистикаBor gaplar, bo‘ladigan gaplar. Biroz yumor, sarkazm va satira...
- Последний пост
- 16 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🔴 Ular qarorlarni konditsionerli, salqin xonalarda chiqarishadi Va jaziramadagi haydovchiga “narx 11 barobar pasaygan” deb hisobot berishadi Tashqarida chilla: avtomobillar olov purkaydigan temir qutiga aylanib ulgurgan. Bunday jaziramada quyoshning zararli nurlaridan saqlanish hayotiy ehtiyoj boʻlib turganda, bizda absurd tartib hukmron: choʻntagingizda pulingiz boʻlsa, quyoshdan himoyalanish xavfsiz, pulingiz boʻlmasa, yoʻq! ❌Ha, bizda salomatlik tushunchasi aynan mana shunday formula orqali oʻlchanmoqda. Oynasini qoraytirgan haydovchi davlatga 3,3 million soʻm toʻlasa, toʻsatdan “tartibli va xavfsiz” fuqaroga aylanadi qoladi. Xuddi shu ishni tekinga yoki arzonroq plyonka bilan qilgan odam esa darhol yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi “qoidabuzar”ga aylanib, jarimaga tortiladi. Xoʻsh, gʻaznaga toʻlangan pul oynaning yorugʻlik oʻtkazuvchanligini yoki haydovchining niyatini qanday qilib oʻzgartiradi? 🔴Aslida, muammo juda oddiy: bu qoidalarni tasdiqlayotgan masʼullarning oʻzlari jazirama nimaligini bilishmaydi. Chunki ular qarorlarni konditsionerli, salqin xonalarda oʻtirib chiqarishadi. Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/tonirovka-26-7-16 Telegram | Facebook | X | Instagram
❌Yoshlarni cho‘ktirayotgan sharoitsizlik Yozning jazirama kunlari boshlanishi bilan yana o‘sha sovuq xabarlar tarqaladi: falon tumanda kanalga tushgan bola cho‘kib ketdi, piston joyda daryoda cho‘milgan yigitni suv oqizib ketdi, yana qayerdadir ota-onasi farzandini suv bag‘ridan topdi. 🔊Har safar aybdor ham tayyor: ehtiyotsizlik, taqiqlangan joyda cho‘milish, ota-onaning nazoratsizligi. Go‘yoki muammo shundan nariga o‘tmaydigandek. Ammo biz yillar davomida eng muhim savolni chetlab o‘tyapmiz. Axir yozning 40 daraja issig‘ida salqinlashni istagan bolaga qanday tanlov qoldiryapmiz? Qishloqda yashasa, uning hududida bitta ham suzish havzasi yo‘q. Shaharda yashasa, basseynga kirish narxi qimmat, ko‘p bolali yoki kam ta’minlangan oilalar uchun esa bunday hordiq deyarli qo‘l yetmas hashamatga aylanadi. Shunday ekan, cho‘milishni istagan bola qayerga borishi kerak? Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/suv-26-7-8 Telegram | Facebook | X | Instagram
🔴Bolaga qoʻpollik qilgan tarbiyachi umrbod ishdan chetlatilishi shart! Har safar bolaga nisbatan zo‘ravonlik aks etgan navbatdagi video tarqalganida jamiyat larzaga keladi. Bir necha kun davomida g‘azab, muhokama va keskin bayonotlar yangraydi. So‘ng esa hammasi unut bo‘ladi. Oradan vaqt o‘tib, yana boshqa bog‘chadan navbatdagi dahshatli tasvir paydo bo‘ladi. Bu takrorlanayotgan ssenariy bir haqiqatni ko‘rsatmoqda: muammo alohida tarbiyachida emas, balki bunday tarbiyachilarni bolalar yoniga qo‘yishga imkon berayotgan tizimda. 🔴Bolani urgan tarbiyachini jazolash oson. Uni ishdan bo‘shatish ham mumkin. Ammo ertaga uning o‘rniga yana shunday odam kelmasligiga kim kafolat beradi? Aynan shu savolga javob topilmaguncha, har qanday jazo navbatdagi dahshatli videogacha amal qiladigan vaqtinchalik choradan nariga o‘tmaydi. Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/shart-26-7-2 Telegram | Facebook | X | Instagram
#dolzarb_mavzu ‼️“Sig‘sa, bo‘ldi”mi? Bolalar hayoti bilan o‘ynashayotgan bog‘chalar So‘nggi oylarda yangiliklar lentasida bir-biriga o‘xshash, ammo har safar odamni larzaga soladigan xabarlar ko‘paydi: “Damas”ga 32 nafar bola mindirildi”, “Spark”da 18 nafar bola ketilayotgani aniqlandi”, “Matiz”da 13 nafar bog‘cha bolasi tashilgan”... 📌Buning asosiy sababi – nazoratsizlik va arzon xizmatga bo‘lgan talab. Hududlarda bolalarni bog‘chaga tashish asosan ota-ona va haydovchi o‘rtasidagi og‘zaki kelishuv asosida bo‘ladi. Hech qanday rasmiy shartnoma, litsenziya yoki xavfsizlik talabi yo‘q. Ota-ona oylik yo‘l haqini to‘laydi, haydovchi esa imkon qadar ko‘proq bolani bitta reysda olib borishga harakat qiladi, harna, yoqilg‘i tejaladi-da! Albatta, bunga ota-ona ham qarshi emas. Chunki agar bolasini o‘rindiq soni bo‘yicha tashishni talab qilishsa, haydovchi narxni ko‘tarishi mumkin. 🔴Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/bolalar-hayoti Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Emotsional charchagan va raqamli dunyoga qaram yoshlar – Burnout va uning sabablari Kimdir 20 yoshida katta biznes egasi yoki chet elga ketgan, yana birov o‘qishni tamomlab, yaxshi ishga kirgan, boshqa biri esa yangi uy yoki mashina olgan. Shu ma’noda burnout’ni keltirib chiqaruvchi omillar FOMO sindromini ham yodga soladi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4635 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
🔊“Jasorat” necha pul? “Shuhrat”chi? Davlat mukofotlari sotilmoqda, bunga kim javobgar? Yaqinda Sankt-Peterburgda yosh bolaning hayotini saqlab qolgan hamyurtimiz Xayrullo Ibadullayevning jasorati barchamizni to‘lqinlantirdi. Davlat rahbari uning mardligini yuksak baholab, “Jasorat”medali bilan taqdirladi. Bu medal sharaf, qahramonlik va fidoyilik timsolidir. 🔴Biroq, mashhur e’lonlar saytlari (masalan, OLX) va ijtimoiy tarmoqlardagi “bozor”ga nazar tashlasangiz, ko‘nglingiz xira bo‘ladi. U yerda xuddi shu nomdagi “Jasorat”, “Shuhrat”, “Fidokorona mehnat uchun” medallari, turli ordenlar va ko‘krak nishonlari bir necha yuz ming so‘mdan bir necha million so‘mgacha narxlanmoqda. 🔴Davlat mukofotlari bu tijorat obyekti emas, u millatning ehtiromidir. Huquq-tartibot idoralari bu “bozor”ga birrov kirib o‘tishsa, yomon bo‘lmasdi. Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/mukofot-26-2-25 Telegram | Facebook | X | Instagram |
🔴Quruq safsata, mustamlakachi til, mushtumzo‘rning alami: Solovyovning fikrlariga jamoatchilik faollarining munosabati XXI asrda urushni rasman eʼlon qilish shart emas. Uni odatiy holga aylantirish oʻzi yetarli. Bir necha bor “bizga mumkin”, “shunday boʻlishi kerak”, “boshqa iloj yoʻq” deb aytish kifoya. Overton tuynugi aynan shunday ishlaydi: kecha – aqlga sigʻmaydigan, bugun – muhokama qilinadigan, ertaga – maqbul, indinga – amalga oshiriladigan. Shuning uchun bunday efirlar mazmuni bilan emas, funksiyasi bilan xavfli — ular mumkin boʻlgan chegaralarni surib, jamiyatni navbatdagi qadamga tayyorlaydi. 🔴Jamoatchilik talabi — qatʼiy munosabat Ha, bugun ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp muhokama qilingan mavzulardan biri rossiyalik propagandachi Solovyovning gaplari boʻldi. U Rossiyaning eng agressiv propagandachilaridan biri bo‘lib, bundan oldin ham o‘z chiqishlari bilan MDH mamlakatlari jamoatchiligida keskin norozilik uyg‘otgan. Uning bu galgi chiqishi ham Oʻzbekistonda keskin qarshi olinmoqda. Jamoatchilik rasmiylardan qat’iy munosabat bildirishni so‘ramoqda. ❌Mamlakatga kirishni taqiqlash — “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov bu chiqishlarni zamonadan orqada qolgan “imperiyacha safsata” deb atab, O‘zbekiston o‘z sarhadlarini himoya qilishga irodasi yetishini ta’kidladi. — Jurnalist Ilyos Safarov esa Tashqi ishlar vazirligini ushbu shaxsni mamlakatga kirishini taqiqlashga (persona non grata) chaqirdi. Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/safsata-26-01-12 Telegram | Facebook | X | Instagram
🔴Bir bolaning vafotidan xursand boʻlish uchun jamiyat qanchalik botqoqqa botgan bo‘lishi kerak? 2025-yilning 16-dekabr kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi maktabda o‘smir tojikistonlik 10 yashar bolani pichoqlab oʻldirdi. Bu voqea jamoatchilik tomonidan keskin qarshi olindi. 🔴Fojia tafsiloti Uspenskiy maktabining 9-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli Timofey K. maktabga bostirib kirgan. Qotil bolalarga hujum qilishdan oldin ulardan qaysi millatdan ekanini soʻragan. U qoʻlida pichoq bilan bir oʻquvchi va maktab qorovuliga hujum qilgan. 10 yoshli oʻquvchi olgan jarohatlari sabab halok boʻlgan. OAV yozishicha, ushbu oʻsmirning boshida amerikalik neonatsist, 2014-yilda Charlston shahridagi cherkovda toʻqqiz nafar qora tanlini oʻldirgan Dilan Rufdan iqtiboslar yozilgan shlem boʻlgan. U oʻz hujumini videoga olgan. 🔊Halok bo‘lgan bola kim? Halok boʻlgan oʻquvchi tojikistonlik 10 yoshli Qobiljon Aliyev edi. Qobiljonning oilasi bundan to‘rt yil avval Rossiyaga Tojikistonning Hisor viloyatidan ko‘chib borgan, 3 yil avval otasi olamdan o‘tgan, onasi ikki nafar egizak farzandini shu maktabda farroshlik qilib boqib kelayotgandi. 🔴Tobora kuchayib borayotgan millatchilikning oqibati Jurnalist Ilyos Safarovning fikricha, bu rus jamiyatida tobora kuchayib borayotgan millatchilikning aksi. Xabarni o‘qib, ichimga og‘ir g‘ashlik, tushkunlik kirgandi. Ammo begunoh bolajonning pichoqlanishi tarmoqlarning rus segmentida ko‘plab rossiyaliklarni xursand qilayotgani, kuldirayotganini ham ko‘rdimki, endi dahshatga tushyapman. Xo‘sh, bir bolaning vafotidan xursand bo’lish uchun jamiyat qanchalik botqoqqa botgan bo‘lishi kerak?!, deya savol bilan yuzlandi jurnalist. Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/ksenofobiya-25-12-18 Telegram | Facebook | X | Instagram
🔴Qoʻl bola pech bilan isitiladigan, kanalizatsiyasiz va oshxonasiz maktablar: Oʻquvchilar qanday sharoitda taʼlim olyapti? Ta’lim sifatini oshirish haqida gap ketganda, odatda dasturlar, reytinglar va yangi islohotlar tilga olinadi. Ammo har qanday islohotning boshlanish nuqtasi bitta: mavjud holatni tan olish. 2025-yilda o‘tkazilgan xatlovning natijalari esa bizni aynan shu haqiqat bilan yuzlashtirmoqda. Xoʻsh, bolalar qanday sharoitda o‘qiyapti? 🔴Raqamlar gapiradi Bugun Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq maktab mavjud. Ammo ularning barchasini ham oʻquvchilar uchun qulay sharoitlarga ega deb boʻlmaydi. Masalan: — 52 foiz maktablarda majlislar zali yo‘q; — 56 foiz maktablar oshxonasiz; — 95 foiz maktab hojatxonalari hanuzgacha tashqarida joylashgan; — 274 ta maktab qo‘lbola pech bilan isitiladi; — 79 foiz maktablarda isitish tizimi ko‘mirga asoslangan; — 88 foiz maktablarda kanalizatsiya mavjud emas; — 48 foiz maktablarda markazlashgan suv ta’minoti yo‘q; — 44 foiz maktablarda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun sharoitlar yetarli emas. 🔊Birinchi masala — infratuzilma Koʻrinib turibdiki, ta’limdagi asosiy muammo dastur yoki baholash tizimida emas, balki maktab infratuzilmasida. Ta’lim sifatining asosiy poydevori boʻlgan maktab infratuzilmasi hali ham ko‘plab hududlarda yetarlicha rivojlanmagan. Sovuq, suvsiz, sanitariyasiz va inklyuziv bo‘lmagan muhitda ta’lim sifatini talab qilish qanchalik mantiqli? Telegram | Facebook | X | Instagram
☄️“Yolgʻizlik epidemiyasi”: Olomon orasida yakkalik hissi nega aynan yoshlarni “tanlamoqda?” XXI asrni ko‘pincha “aloqa davri” deb atashadi. Chunki insoniyat bugun bir-biri bilan tezkor va uzluksiz muloqot qila oladi: ijtimoiy tarmoqlarda yuzlab do‘stlar, onlayn uchrashuvlar, cheksiz suhbatlar... Ammo bu ulkan imkoniyatlarning ortida katt muammo bor: odamlar tobora ko‘proq yolg‘izlikni his qilishyapti. Shu bois olimlar buni “yolg‘izlik epidemiyasi” deb atay boshlashdi. 🔴Har olti kishidan biri yolgʻizlikdan aziyat chekmoqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha har olti kishidan biri yolgʻizlikdan aziyat chekmoqda. Eng yuqori koʻrsatkichlar esa oʻsmirlar orasida qayd etilyapti. 13 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan aholi vakillaridan 17-21 %i oʻzini yolgʻiz his qiladi. 🔴Soatiga 100 kishi uning qurboni Bu mavzu bir qarashda oʻta boʻrttirilgan, ahamiyati yuqori emasdek tuyulishi mumkin. Ammo yolgʻizlik nafaqat ruhiy holatimizga, balki salomatligimizga ham ayanchli taʼsir koʻrsatadi. Qayd etilishicha, bu holat erta oʻlim koʻrsatkichlari ortishiga ham olib kelyapti. Oqibatda xuddi shu muammo tufayli sayyorada soatiga qariyb 100 nafar, yiliga 871 ming nafardan ortiq kishi hayotdan koʻz yummoqda. 🔴Salomatlikka qanday taʼsir koʻrsatadi? Yolg‘izlikning salbiy oqibatlari quyidagilarda yaqqol ko‘rinadi: — Yurak kasalliklari xavfi oshadi. Britaniyada o‘tkazilgan meta-tahlilga ko‘ra, yolg‘izlikda yashovchilar orasida yurak xastaligi rivojlanish ehtimoli 29 foizga yuqori. — Immun tizim sustlashadi. Qisqa muddatli stress immunitetni rag‘batlantirsa-da, doimiy yolg‘izlik tufayli paydo bo‘lgan uzoq muddatli stress tanani infeksiyalar va kasalliklarga qarshi zaiflashtiradi. — Uyqu buzilishi. O‘zini yolg‘iz his qilgan insonlarda uyqusizlik, uyqu sifatining pasayishi ko‘proq uchraydi. Bu esa keyinchalik asabiylashish, depressiya va surunkali kasalliklarni kuchaytiradi. — Ruhiy salomatlik izdan chiqadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, yolg‘izlik depressiya, tashvish sindromi va hatto o‘z joniga qasd qilish xavfini bir necha barobar oshiradi. 📌Koʻrinib turibdiki, yolg‘izlik bu faqat shaxsiy muammo emas, balki jamiyat muammosi hamdir. Uni yengishda, fikrimizcha, quyidagi yondashuv zarur: shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy. Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/yolgizlik-25-11-12 Telegram | Facebook | X | Instagram
⁉️Oʻlim, butun umrlik qamoq yoki kastratsiya: Jahonda pedofillarga jazo qanday? Bir hafta ichida pedofiliya bilan bogʻliq ikki noxush xabar tarqaldi. Biri Namanganda: avval ham ikki marta jinsiy zoʻravonlik bilan qamalgan 38 yoshli erkak bu safar 7 yoshli qarindosh qizni zoʻrladi. Ikkinchisi esa Toshkent viloyatida: nomusga tegish jinoyati bilan 16 yilga qamalgan erkak manzil-koloniyadan qochib, 3-sinf qizga jinsiy zoʻravonlik qildi. 🔊Pedofillarga qonunlarning “kuchi yetmayaptimi?” Koʻplab jamoatchilik faollari, jumladan deputatlar ham pedofiliya uchun jazo choralari kuchaytirilishi lozimligini ta’kidlab bong uryapti. Negaki, bunday jinoyatlar uchun jazo choralarining kuchaytirilgani, ularga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilmasligi ham yetarli boʻlmayapti. Goʻyo pedofillarga qonunlarning “kuchi yetmayotgandek”. 🔴Dunyo davlatlarida pedofillar uchun jazo qanday? Dunyo tajribasida ko‘rish mumkinki, ko‘plab rivojlangan mamlakatlar qonunlarida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni ayovsiz jazolash yo‘lga qo‘yilgan. Bu toifadagi shaxslar ro‘yxati, barcha ma’lumotlari ochiq saqlanadi. Hattoki ota-onalarga ularning yashash manzillarigacha taqdim etiladi. 🇰🇿Qozogʻiston Qozog‘istonda 2016-yildan pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya shaklida keskin jazo chorasi qo‘llashga ruxsat berildi. Bu jinoyatni sodir etganlar esa umrbod ozodlikdan mahrum qilinishi belgilangan. 🇰🇬Qirgʻiziston Ayni kunlarda Qirgʻizistonda pedofillar uchun oʻlim jazosini tiklash muhokama markazida boʻlib turibdi. Hozirda qonunchilikda voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqada boʻlganlik uchun 3 yildan 15 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi mavjud. 🇺🇸Amerika Amerikada pedofillarga kimyoviy va majburiy kastratsiya qilinadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun qamoq jazosini o‘tab chiqqan shaxslar suratlari va ma’lumotlari internetdagi milliy ma’lumotlar bazasida ochiq e’lon qilinadi. Ularga bolalar bilan ishlaydigan tashkilotlar, hududlar yaqiniga borish taqiqlanadi. Maxsus pochta ro‘yxati orqali barcha ota-onalarga bundaylarning yashash manzili taqdim etiladi. 🇩🇪Germaniya Germaniyada bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik o‘lim bilan yakun topganda qotilga umrbod qamoq jazosi beriladi. Jinoyat turiga qarab 6 oydan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish mumkin. Germaniyada bunday odamlar ruhiy xasta hisoblanadi va ularga majburiy davo choralari qo‘llanadi. Shu bilan birga, ixtiyoriy jarrohlik kastratsiyasi qilinadi. 🇺🇦Ukraina Ukrainada bunday jinoyat uchun 7 yildan 15 yilgacha (amnistiyasiz) qamoq jazosi beriladi. Pedofillarning ochiq reyestri yuritiladi va majburiy kimyoviy kastratsiya qilinadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlar ustidan umrbod ma’muriy nazorat o‘rnatilgan. 🇵🇱Polsha Polshada ham pedofillarning ochiq reyestri bor. Ular muntazam kuzatuvda bo‘ladi. Ularning ro‘yxati rasmlari bilan ichki ishlar organlari, maktablar, bog‘chalar, oromgohlar – umuman bolalar bilan ishlaydigan har bir tashkilotda mavjud. Bu yurtda ham shunday jinoyatni sodir etganlar kastratsiya va 15 yildan 20 yilgacha qamoqqa mahkum qilinadi. 📍Shuningdek, Xitoy, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi, Eron, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonida bolalarni zo‘rlaganlik uchun o‘lim jazosi bor. Telegram | Facebook | X | Instagram
⁉️Konteynerga koʻchib oʻtish mahalladagi muammolarga yechim boʻladimi? Namangan viloyati Norin tumani hokimi Jo‘rabek Nurmatov prezident tanqididan so‘ng Sho‘rariq mahallasi hududiga o‘rnatilgan konteyner uyga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 🔴Maqsad — muammolarni joyida bartaraf etish “Norin tumani hokimi shu mahalla hududiga o‘rnatilgan konteyner uyga ko‘chib o‘tdi va bu bilan islohotlarni tezlatish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish, mahallani obod maskanga aylantirish imkoniyati yaratildi”, — deyiladi xabarda. 👀Bunaqasini oldin ham koʻrganmiz Hokimlarning konteynerga ko‘chishi Oʻzbekiston tarixi uchun ilk holat emas, albatta. 2021-yil 19-fevral kuni prezident kutilmaganda Namangan shahri Bunyodkor mahallasiga borgan, u yerdagi og‘ir sharoitni ko‘rgach, mansabdorlarga tanbeh bergandi. Shundan keyin Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazoqov Bunyodkor mahallasida muammolar o‘z yechimini topguniga qadar shu mahallaga o‘rnatilgan konteyner uyda yashashini ma’lum qilgandi. Prezident uning qarorini ma’qullab, boshqa viloyatlar hokim va prokurorlariga ham o‘rnak qilib ko‘rsatib, hech bo‘lmaganda bir oyga mahallalarga yashash uchun ko‘chib o‘tishni taklif qilgan edi. ⏺Anʼana boshqa hududlarga ham tarqaldi Keyinroq bu tashabbus boshqa hududlarga ham tarqaldi. Xususan: — Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Olot tumanidagi Davlatboy mahallasida g‘ildiraklar ustidagi vagonda shtab tashkil etdi. — Buxoro viloyatida 4-sektor rahbari, soliq boshqarmasi boshlig‘i ham Kogon tumanidagi ko‘chma shtabga ko‘chib o‘tgani xabar qilingandi. — Chirchiq shahar IIB boshlig‘i polkovnik Dilshod Muhammadjonov prezidentdan dakki eshitgach, mahallalardan biriga uning yashab ishlashi uchun konteyner uy o‘rnatildi. 📌Biroq ushbu mas’ullar konteynerlarda chindan ham yashadimi, qancha vaqt yashadi, aniq emas. Bu joylardagi muammolarga qanchalik yechim boʻlgani ham noma’lum. Telegram | Facebook | X | Instagram
#dolzarb 🤚SI konditsioner oʻrnata olmaydi Bundan 10 yillar avval bir sinfdan ko‘pi bilan 4-5 oʻquvchi oliy taʼlimga kirgan. Bugun esa xuddi shu ko‘rsatkichning aksi – 4-5 oʻquvchigina oliy taʼlimga kira olmasligi mumkin. Ha, soʻnggi yillarda oliy taʼlim qamrovi sezilarli darajada oshdi. Buning hech yomon joyi yoʻq, oʻqigan, diplomli yoshlarning koʻpayishi faqat naf keltiradi. Ammo faqatgina “diplomli”, “oʻqigan” degan maqomga erishish uchun oʻzi qiziqmagan, mehnat bozorida kerakli boʻlmagan sohalarni tanlab, oliy maʼlumotli ishsiz boʻlib qolayotgan yoshlar ham kam emas. Ularni na diplomi qutqara olyapti, na qoʻlida biror kasb-hunari bor. Biroq Oʻzbekistonda yoshlar orasida hunar oʻrganishga ishtiyoq hali-hanuz past. Ular ta’lim va kasb tanlashda ko‘p yillardan beri bir stereotip ta’sirida yashab kelmoqda: “faqat universitetni bitirgan odam hurmatli bo‘ladi, kasb-hunar egallagan kishi esa ikkinchi darajali hisoblanadi”. Jamiyatda “o‘qimagan”, “o‘qimishli” degan bo‘linish mavjud bo‘lib, ko‘pincha “o‘qigan” degan nomning o‘zi katta ijtimoiy maqom sifatida qabul qilinadi. Ko‘plab ota-onalar farzandini universitetga kiritishga harakat qiladi. “Diplomli bo‘lsa, hurmat topadi, kelajagi kafolatlanadi” degan tushuncha keng tarqalgan. Hatto ayrim hollarda, qizi yoki o‘g‘li tikuvchilik, pazandalik, duradgorlik yoki boshqa hunarga qiziqishini aytsa, ota-onalar qarshilik qiladi. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/konditsioner Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
🏠Uch xonali uy sotib olish uchun qozogʻistonliklar 7, qirgʻizlar 13, oʻzbekistonliklar esa 16 yil ishlashi kerak Toshkent markazida yaxshi ta’mirlangan uch xonali xonadonlarning o‘rtacha narxi – 97 ming dollar. Dunyodagi xuddi shunday eng arzon kvartira Kubada – 23 ming va eng qimmati esa Singapurda – 1,37 mln dollar. Bu Moliyaviy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi Finder portali ma’lumotlarida keltirilgan. 📌Oʻrtacha narx — 208 ming dollar Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda shahar markazida joylashgan 59 kvadrat metrli, 2 yotoqxona va 1 zalga ega 3 xonali apartamentning narxi 123 ta davlat o‘rganilganda o‘rtacha 208,5 ming dollar bo‘lgan. 🔝TOP 5: Eng arzon va eng qimmat uylar qaysi davlatlarda? 123 ta davlatga aloqador ma’lumotlar asosida tuzilgan reytingda Kuba, Venesuela, Pokiston, Liviya va Bangladesh bu kabi apartament narxlari bo‘yicha eng arzon beshlikda bo‘lsa, Singapur, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Lyuksemburg va Tayvan eng qimmat uylar sotiladigan beshlikka kiritilgan. O‘zbekiston esa bu ro‘yxatning 84-o‘rnida. 📈Reytingdagi ayrim davlatlarda o‘rtacha narxlar Rossiya – 193,5 ming dollar; Turkiya – 125,4 ming dollar; Gruziya – 96,8 ming dollar; O‘zbekiston – 96,8 ming dollar; Qirg‘iziston – 84,5 ming dollar; Qozog‘iston – 76,3 ming dollar; Tojikiston – 54,5 ming dollar. 💵Ish haqi miqdorichi? Uy narxlari keltirilgan davlatlarda aholining o‘rtacha oylik ish haqi taxminan quyidagicha: Rossiya – 1250 dollar; Qozog‘iston – 830 dollar; Gruziya – 803 dollar; Turkiya – 575 dollar; Qirg‘iziston – 522 dollar; O‘zbekiston – 482 dollar; Tojikiston – 288 dollar. 🔴Aholi necha yilda uyli boʻlishi mumkin? Bu raqamlardan kelib chiqib, ushbu davlatlardagi o‘rtacha daromadli aholi maoshini boshqa hech narsaga sarflanmay, faqat uy uchun yig‘gan taqdirda: Qozog‘istonliklar – 7 yil-u 8 oyda; Gruziyaliklar –10 yilda; Rossiyaliklar – 12 yil 11 oyda; Qirg‘izistonliklar – 13 yil-u 6 oyda; Tojikistonliklar – 15 yil-u 9 oyda; O‘zbekistonliklar 16 yil-u 9 oyda; Turkiyaliklar – 18 yil-u 2 oyda o‘z uylariga ega bo‘lishlari mumkin ekan. Telegram | Facebook | X | Instagram
⁉️Markaziy Osiyo prezidentlarining bolalari qanday lavozimlarda ishlaydi? (1-qism) Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining farzandlari va ularning hukumat ishida qanchalik ishtirok etishi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak. Dastlab Tojikiston prezidenti va uning oilasi haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz. 📌Jami 9 nafar farzand Tojikistonni 1992-yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Imomali Rahmon serfarzand oila rahbari va uning 9 nafar farzandi bor. Ulardan 7 nafari qiz (Feruza, Ozoda, Taxmina, Parvina, Ruhshona, Zarina, Farzona) va 2 nafari o‘g‘il (Rustam, Somon). 🔴Ozoda Rahmon Feruza, Taxmina va Parvina haqida internetda deyarli maʼlumotlar yoʻq. Ikkinchi qiz Ozoda Rahmon esa mamlakatning siyosiy hayotida ancha faol. — Birinchi ish joyi Respublikaning AQSHdagi elchixonasi. — 2007-yilda Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. — 2014-yilda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. — 2016-yildan esa Prezidentning ijro apparatini boshqarib kelmoqda. Shu yili Dushanbedan Tojikiston senatori etib saylandi. — 2017-yilda davlat adliya maslahatchisi unvonini oldi. 🔴Ruhshona Imomali — 2021-yilning dekabr oyida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligiga elchi etib tayinlangan edi. — Ungacha mamlakat Tashqi ishlar vazirligida xalqaro tashkilotlar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 🔴Zarina Rahmon U 2017-yilda respublikaning eng yirik banklaridan biri hisoblangan “Oriyonbank”da rahbar o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bankni Zarinaning tog‘asi — Hasan Asadullozoda boshqaradi. 🔴Farzona Imomali Tojikiston Prezidentining kenja qizi — 2021-yildan 2025-yilgacha Sog‘liqni saqlash vazirligining islohotlar, birlamchi tibbiy yordam va xalqaro aloqalar boshqarmasi mutaxassisi lavozimida ishlagan. — 2025-yilning 13-avgustidan oʻsha boshqarma boshligʻi etib tayinlangan. 🔴Rustam Imomali 38 yoshni to‘ldirayotgan Rustam Imomali Tojikiston rahbari sifatida tayyorlanayotgani aytiladi. —Tojikistondagi korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va davlatning moliyaviy nazorat agentligini boshqaradi. — Qurolli kuchlarda xizmat qilmaganiga qaramay, general-mayor unvoniga ega. — 2006-yilda Tojikistonning Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik tashkilotiga yetakchi mutaxassis etib tayinlangan. — 2009-yilda Yoshlar ittifoqi rahbari o‘rinbosari, Sovet davridagi komsomol tashkilotining Tojikiston davomchisi bo‘lgan tashkilotning rahbariga aylandi. — 2017-yil yanvarida Dushanbe meri etib tayinlangan. 🔴Somon Imomali Kenja o‘g‘il ilk marta lavozimga 21 yoshida, 2019-yilda tayinlangan. U “Talko Kabel” alyuminiy kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari. Telegram | Facebook | X | Instagram
без подписи
Yaxshiyam shu kanalcham bor. Juda vijdonim qiynalib ketganda shu yerga yozib qoʻyaman)
⁉️Oʻzbekiston vazirlari necha yoshda? Bugun davlat boshqaruvida kimlar ishlayotgani ko‘pchilikni qiziqtiradi. Vazirlarning qarashlari, islohotlarga munosabati, albatta, ularning yoshi bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki har bir avlod o‘z dunyoqarashi, tajribasi va uslubi bilan boshqaruvga kirib keladi. Xoʻsh, Oʻzbekistonning vazirlari necha yoshda? 🔴Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov — 1963-yil tugʻilgan, 62 yosh. 🔴Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov — 1964 yilda tugʻilgan, 61 yosh. 🔴Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev — 1964-yilda tugʻilgan, 61 yosh. 🔴Sport vaziri Adham Ikromov — 1968-yilda tugʻilgan, 56 yosh. 🔴Adliya vaziri Akbar Toshqulov — 1971-yilda tugʻilgan, 54 yosh. 🔴Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E’zozxon Karimova — 1973-yilda tugʻilgan, 52 yosh. 🔴Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov — 1974-yilda tugʻilgan, 51 yosh. 🔴Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov — 1974-yilda tugʻilgan, 51 yosh. 🔴Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov — 1975-yilda tugʻilgan, 50 yosh. 🔴Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxoʻjayev — 1975 yilda tugʻilgan, 50 yosh. 🔴Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov — 1977-yilda tugʻilgan, 48 yosh. 🔴Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov — 1978-yilda tugʻilgan, 47 yosh. 🔴Transport vaziri Ilhom Mahkamov — 1979-yilda tugʻilgan, 46 yosh. 🔴Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov — 1979-yilda tugʻilgan, 46 yosh. 🔴Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Hidoyatov — 1980 yilda tugʻilgan, 45 yosh. 🔴Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov — 1981-yilda tugʻilgan, 44 yosh. 🔴Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri Laziz Qudratov — 1981-yilda tugʻilgan, 44 yosh. 🔴Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov — 1982 yilda tugʻilgan, 43 yosh. 🔴Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islomov — 1984-yilda tugʻilgan, 41 yosh. 🔴Sogʻliqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov va Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedovning tugʻilgan yili ochiq maʼlumotlarda topilmadi. Telegram | Facebook | X | Instagram
#dolzarb_mavzu ‼️Yoshlarda identitet inqirozi: Zamonga ergashib, oʻzlikni unutyapmizmi? U har kuni doʻstlari bilan inglizcha so‘zlashadi, TikTok’da koreyscha uslubdagi liboslarda raqs tushadi, turk taomlari jon-u dili. Ammo bayramlarda milliy libos kiyish unga erish tuyiladi, xalqona ohangdagi qo‘shiqdan uyaladi. “Eskilik” va “zamonaviylik” o‘rtasida hayron. U – bugungi yosh... G‘arbcha hayot tarzi va o‘zbekona qadriyatlar orasida sarson, o‘zini axtarayotgan, tomonini topa olmayotgan avlodni bir narsa doim oʻylantiradi: “Agar men zamonaviy bo‘lsam, millatga xiyonat qilayotgan bo‘lamanmi?” yoki “Milliyligimni saqlab, zamonaviy jamiyatda o‘z o‘rnimni topa olamanmi?” Milliylik va zamonaviylik o‘rtasida muvozanat topish bugungi avlod uchun oddiy tanlov emas, balki doimiy ichki tortishuvdir. Ular kim bo‘lishni istaydi? Zamonaviy dunyoga mos, lekin milliy ildizlardan uzilmagan shaxsmi? Yoki global standartlarga to‘liq moslashgan, biroq o‘zligini yo‘qotgan insonmi? Psixolog va madaniyatshunoslar bu holatni “identitet konflikt” deb ataydi. Bu inson o‘zini turli madaniyatlar, qadriyatlar va jamiyat talablari o‘rtasida oʻzligi yo‘qolayotgandek his qiladigan jarayon. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/identitet-inqirozi Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
⁉️Oʻzbekistonning viloyat hokimlari necha yoshda? ⏺ Oʻzbekiston koʻpincha “yoshlar mamlakati” sifatida tilga olinadi. Chunki aholining salmoqli qismi yoshlardan iborat va ular uchun turli imkoniyatlar yaratilayotgani taʼkidlanadi. 🇺🇿 Bugun yoshlardan nafaqat taʼlim, sport yoki innovatsiyalar sohasida, balki siyosiy qarorlar qabul qilinadigan yuqori pogʻonalarda ham faol boʻlishi kerakligini talab etyapmiz. Ammo savol tugʻiladi: davlat boshqaruvida yoshlar qay darajada ishtirok eta oladi? Masalan, hokimlar tarkibida yosh avlod vakillari salmogʻi qancha? Keling, koʻrib chiqamiz. #️⃣Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev — 1968-yilda tugʻilgan, 57 yosh. 4️⃣ Jizzax viloyati hokimi Ulugʻbek Mustafoyev — 1968-yilda tugʻilgan, 57 yosh. 0️⃣Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov — 1969-yilda tugʻilgan, 56 yosh. 1️⃣Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov — 1969-yilda tugʻilgan, 56 yosh. 2️⃣ Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov — 1969-yilda tugʻilgan, 56 yosh. 9️⃣ Samarqand viloyati vokimi Adiz Boboyev — 1972-yilda tugʻilgan, 53 yosh. 6️⃣Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov — 1972-yilda tugʻilgan, 53 yosh. 7️⃣ Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov — 1976-yilda tugʻilgan, 49 yosh. 5️⃣ Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov — 1976-yilda tugʻilgan, 49 yosh. 3️⃣ Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov — 1976-yilda tugʻilgan, 49 yosh. 🔠 Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov — 1979-yilda tugʻilgan, 46 yosh. 🔤 Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov — 1981-yilda tugʻilgan, 44 yosh. 🔢Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov — 1983 yilda tugʻilgan, 42 yosh. Telegram | Facebook | X | Instagram