Borimzshudir
Статистика- Последний пост
- 12 сент. 2025 г.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Umrimni o’tkinchi saboga berdim, Eng so’nggi chaqamni gadoga berdim, Bu telba ruhimni Xudoga berdim… Sabo olib bordi, gadoga berdi, Gado yig’lab bordi, Xudoga berdi. Xudo meni senga xatoga berdi, Sen meni kimlarga berding, Azizim? ©Zebo Mirzo
Sog'lom tana, xotirjam aql, sevgiga to'la uy. Bu narsalar sotib olinmaydi- ularga erishiladi. ©️Naval Ravikant
Tarix takrorlanib turadi, degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin. Buning ilk belgilari hozirdan ko‘rinyapti: kitob o‘qiydiganlar kamayib bormoqda. ©O'tkir Hoshimov
"Siz sahroning o'rtasida qoldirgan odamlardan sizni gulzorlarga chorlashini kutmang". 📚 O'zingga xush kelding
Assalomu alaykum qadirli obunachilarim anchadan buyon sizlarga post tashlolmayapman sababi kelajak uchun bir rejam uchun harakatdaman keyinroq bu haqida batafsil tuxtalib utaman hozrcha postlarmda uzulishlar bup turadi☺️
"Erli va bolali boʻlish - bu hamma ayollarning umumiy ishi, shuhrat qozonish va yuksak ijtimoiy mavqega erishish esa yuzdan, hatto mingdan bir ayolgagina nasib qiladi." ©Agata Kristi "Quyosh ostidagi yovuzlik
🤓🤓
#nazm "Kitob oʻqiyotgan qiz" Gʻussali oʻylarga berib boshingni, Qoʻyningda kitob-u, oʻyingda sevgi. Tunlar quritadi koʻzdan yoshingni, Qizchalar baxtiyor ahir sen tenggi. Kitobni yopasan, xayollaringda, Davomlar boyagi badiiy hayot. Masalan, bu pari oʻxshaydi senga, Unda bor, masalan, senda yoʻq qanot. Bu yigit kimnidir eslatar balki, Uning izhorlari qandaydir tanish. Kitobdagi yoʻllar shunday tugarki, Boshlanar hayotdan uni qizgʻanish. Sen gohi Julyetta boʻlib olasan, Ammo, Romeong yoʻq, boʻlishga qurbon. Kitobni varaqlab oʻyga tolasan, Tabassum qilishga topolmay imkon. Soʻng oʻzga olamga burib yoʻlingni, Izmingni bermaysan bu shirin xobga. Baxt yoʻq dunyosiga siltab qoʻlingni, Sen koʻchib oʻtasan oʻsha kitobga. ©Xurshid Abdurashid
https://www.instagram.com/reel/DIMOnDUiNB2/?igsh=dWd3ZTl3aXJva2Z3
Арслон овлаган кийигини ейишни бошлар экан, қорнида боласи борлигини сезиб қолди. Ўлган кийикнинг боласини онасининг қорнидан тортиб чиқарди. Бола ўлиб бўлган, энди кеч эди. Арслон ўлик болани онасининг жонсиз танаси ёнига қўйиб, оғир қадамлар билан бир четга узанди. Бу ҳолатни тасвирга олган сураткаш, арслоннинг узоқ вақт ҳаракатсиз ётганидан шубҳаланди. Бутун жасоратини жамлаб унга яқинлашди. Арслон ўлик эди. Арслоннинг ўлими сабабига қизиққан сураткаш, жасадни ветеринарга олиб борди. Ветеринар арслоннинг қорнини ёриб, унинг юрак ёрилишидан ўлганини аниқлади. "Шерюрак"дейилишининг битта маъноси шу бўлса керак. Арслон ўзи сабабидан бир айбсизга етган зарарни ҳазм қила олмади. Ҳайвон деб билганларимиз, баъзи одамлардан кўра марҳаматлироқ.
без подписи
Esingdami, ko'p gapirardim, Esingdami, eshitarding jim. Senga yaxshi ko'rinay derdim, Lekin yaxshi ko'ringan u kim? Sochlarimga oq oralabdi, Oralarmi qalbingga titroq, Qismat meni ko'p qoraladi, Ayt, qo'llaring o'shandaymi – oq? ©️Salim
#Saboqlar Shu bugungi kunda har bir qishloqda bittadan kutubxona ochib, kitoblar bilan to‘ldirib qo‘yganda ham o‘qiydigan odam ko‘p bo‘lishiga ishonmayman. Masalan, Yozuvchilar uyushmasi vakillari hududlarga borganda uyushma hisobidan chiqarilgan yuzlab kitoblarini tekinga tarqatib keladi. Bunday jarayonlar kitobni qadrsizlantiradi, deb o‘ylayman. Bepul, izlanib topilmagan narsa qo‘yilgan joyida chang bosib turaveradi. O‘qiydigan odam kitobga o‘zi keladi, kitobning uning oldiga bormaydi. Lekin kitobni ham izlaganda topiladigan holatga keltirish kerak, kitob do‘konlarini ko‘paytirish va kitoblarni arzonlashtirish zarur. Hozir bizda kitob sanoati juda rivojlangan, juda chiroyli, bezakli va qimmatbaho kitoblar chop etilyapti. Afsuski, o‘zbek ovqatning qimmatligiga, kiyimning qimmatligiga chidashi mumkin, lekin kitobning qimmatligiga chidamaydi. Noshirlar shuni ham hisobga olishi kerak, nazarimda. Son-sanoqsiz jamoat kutubxonalari, har bitta aholi punktida odamlar izlanib uzoqqa bormaydigan jamiyat kutubxonalari bo‘lish kerak. Ziyoliman, o‘zicha ijodkorman, o‘zicha olimman, degan odamlarning uyida esa shaxsiy kutubxonalari bo‘lishi lozim.
Inson atom bombasini yaratdi, lekin hech bir sichqon qopqon yaratmaydi. ©Albert Eynshteyn
#Yaxshidan_buyukka To‘xtatish kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxati qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatidan ko‘ra muhimroqdir. - Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan
#Suhbatlardan - Alloh bizni kechirganini qayerdan bilamiz? - O‘sha gunohdan tiyilganimizda, qayta takrorlamaganimizda...! 🌞🌞🌞🌞
Parvo qilma, bo'lmaganni bo'ldiramiz Paymonasi to'lmaganni to'ldiramiz. Bir zamonlar otar edik, osar edik Endi esa majlis qilib o'ldiramiz. ©️Abdulla Oripov
Afzallik istasang, hech kimdan afzallik da’vo qilma, mum va malham bo‘lu jarohat bo‘lma! Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma! ©️Jaloliddin Rumiy
#Ilinganim 📽 Britaniyalik aktrisa Oysha Rozalining islomga kirish hikoyasi. ✅ O‘zingizni isloh qilishingizga, hayotingizga, iymoningizga bir nazar solishingiz uchun sabab bo‘lguvchi video! 🤲 𝑹𝒐𝒃𝒃𝒊𝒎 𝒃𝒊𝒛𝒍𝒂𝒓𝒏𝒊 𝒇𝒂𝒒𝒂𝒕 𝒏𝒐𝒎𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊𝒈𝒊𝒏𝒂 𝒆𝒎𝒂𝒔, 𝒐‘𝒛𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝑴𝑼𝑺𝑼𝑳𝑴𝑶𝑵 𝒃𝒐‘𝒍𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒏𝒂𝒔𝒊𝒃 𝒒𝒊𝒍𝒔𝒊𝒏! @Baxt_nurlari 🌔
"Sevimli bo‘lmagin, sevgiga aylan!" - Jaloliddin Rumiy 📚 @e_kutubxona