tgindex
Breynstorm
@breynstormКнигиузбекский

Zakovat o‘yinlari, savollar paketi va boshqalar haqida. O‘ktam O‘rintoyev(c)

Последний пост
27 июл. 2025 г.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
359
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
880
19 постов
Вовлечённость
245,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Kubok yaxshi o‘tdi. Yangi bilimdonlar, quvnoq odamlar bilan tanishdim. Ishtirokimdan ham to‘g‘risi qoniqish hosil qildim. G‘oliblikka da‘vogarlar 30 ball yig‘ishdi, menda 29 bo‘ldi. G‘olib bilan ham bir jamoda o‘ynagan ekanman🙂 O‘tgan gal unchalik yaxshi qatnasholmagandim, bu gal deyarli barcha turlarda maksimal olish mumkin bo‘lgan savollar olindi. Yana bir ikkita bor variant o‘tib ketdi. Qatnashuvchilar ham o‘zlari istagan bilimdonlar bilan o‘ynab, ma'lum bir tajriba olishdi, deb o‘ylayman. Bu kabi o‘yinlar hali yana bo‘ladi, degan umiddaman. @breynstorm

  • Ertaga “Do‘stlik kubogi” da qatnashishga niyat bor. Hozirgi havaskor bilimdonlarga ham oson bo‘lib qoldi, shu kabi turnirlarda mashhur bilimdonlar bilan o‘ynashi, tajriba almashishi mumkin) O‘zim ham jon deb oddiy ishtirokchi bo‘lib qatnashardim. Lekin, o‘ylab qarasam topdagi juda ko‘p mashhur bilimdonlar bilan o‘ynagan ekanman, eng kamida turli mashg‘ulotlarda. Buyam bir yutuq. Tajribalilar esa jamoaga yangi bilimdonlarni saralab olishi mumkin, kim bilsin “Benom” ga ham yangi nomlarni olib kelarmiz) @breynstorm

  • 📝 M. Savchenkov chgk da hozirda qanday noto‘g‘ri javoblar(avval qabul qismida bo‘lmagan) qabul qilinayotganligiga misol keltirgan. Bular: 1. Javobdagi realiyaning boshqa nomi Masalan, mexanik uzatmalar qutisi o‘rnida qo‘l uzatmalar qutisi qabul bo‘lgan. https://gotquestions.online/question/418719 2. Savoldagi barcha shartlarga mos keluvchi lekin savol qabul qismida keltirilmagan javob. https://gotquestions.online/question/418706 3. Savolning muhim shartlariga mos keluvchi, unchalik ahamaiyatsiz shartlariga mos kelmaydigan javob ya'ni mantiqiy dual. Mas, soch kesuvchi apparat o‘rniga britva qabul bo‘lgan. Garchi Korchak britvani aytmagan bo‘lsa ham. https://gotquestions.online/question/418702 4. Nisbatan tor qamrovli javob. Daraxt urug‘i o‘rniga dub daraxti urug‘i qabul bo‘lgan. https://gotquestions.online/question/418741 5. Keng qamrovli javob. “Finneganni xotirlash” javobi o‘rniga Joys asari qabul bo‘lgan. https://gotquestions.online/question/418755 6. Tariflovchi javob. “Bussol” va “Astrolyabiya” o‘rniga Laperuza kemalari qabul bo‘lgan. https://gotquestions.online/question/418708 7. Savol shartlariga to‘g‘ri kelmasada muallif tomonidan qabul qilinadigan javoblar. Yugoslaviya o‘rniga Serbiya javobi olingan(garchi 1963 yilda Serbiya davlati bo‘lmagan bo‘lsa ham) https://gotquestions.online/question/418716 🏆 Yuqoridagi barcha qabullar(misollar) 2025-yilgi Rossiya Chempionatida yuz bergan. Muallif yuqoridagi 1-2-holatlar istalgan turnirda qabul bo‘lishi kerakligini 3-4-5-6-holatlarni esa turnir oldidan tashkilotchi, savol mualliflari, o‘yin hayati va apellyatsiya hayati bilan kelishilib aniq qoida sifatida kiritish yo kiritmaslik lozimligini taklif qilgan. Shunda hamma bir xil izchillikda javob variantlarini qabul qiladi va turli qarama qarshiliklar yuz bermaydi. 7-holat esa umuman bo‘lmasligi kerak, deydi. Umuman olganda, yaxshi taklif shu. @breynstorm

  • 27-savolda AH faktni inkor qilib, lototron variantini mazmunan to‘g‘ri keladi, deya qaror qabul qilgan.

  • 📋 Mualliflar kubogidan dastlabki taassurotlar yaxshi, qiziq topilmali savollar ham ko‘p bo‘ldi. Mualliflarga omad. Ammo, ko‘pincha o‘z savollarimga ham beriladigan bitta e'tiroz bor. Bu ham bo‘lsa savol matnlarining uzunligi. Unchalik kerak bo‘lmagan ma'lumotlar qo‘shilgan, yarmiga qisqartirish mumkin bo‘lgan savollar bor edi. Mayli, bu tajriba bilan ham keladigan narsa, muhimi afsuslanadigan o‘yinlar bo‘lmadi. @breynstorm

  • ❔Natijalar kech chiqayotganiga navbatchiliklardagi jamoa muhokamalarni qo‘yish ahamiyati ham yo‘qolgandek. Boshqa tomondan balki bu yo‘qdan ko‘ra foydali bo‘lar boshqalarga. Ko‘ramiz, kerakmi o‘zi muhokama? Lekin, apellyatsiyalar haqida yozadigan narsalar bisyor. Ko‘pi, boshqa chatlarda ham yozildi, aytildi. Umuman olganda, Land’s end haqidagi savol apellyatsiyasi qabul bo‘lmagach, endi forma ahamiyati yanada oshib ketdi. Shu javobni O‘H olmasa ham AH olib yuborsa kerak deb o‘ylagandim. Savol formasi javobni cheklovchi emas, javob topishga yordam beruvchi vosita sofatida qaralishi kerak. Ya'ni formada ikki so‘z, bir xil harfdan boshlanuvchi, tushirib qoldirilgan harflar deb javobni topishga yordam beriladi. Agar shu shaklga tushmasada lekin javobni aniq ifoda qilsa, bunday javob qabul bo‘lishi kerak, nazarimda. Bu yerda ham yozilgandi. Lekin, jamoada ham foramani ushlovchi kamida bitta odam bo‘lishi kerak. Ikki-uch kishi eslab qolsa-ku ayni muddao, chunki o‘sha bir kishi ham konsentratsiyani orada yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Mayli bu prinsiplar qachongacha ishlaydi, ko‘raveramiz. @breynstorm

  • видео или голосовое, без подписи

  • Har mavsumda bir yaxshi bilimdondan ayrilish bizga odat ham bo‘lib qoldi-ku. Bu gal ikki bilimdon jamoani tark etmoqda. Saidakrom aka ham, Mirjalol ham jamoaning chempionligiga katta hissa qo‘shishgan. Ularga albatta keyingi jamoalarda omad tilab, tashakkurlar bildirib qolaman. Biz esa yangi marralar sari yana otlanamiz. Keyingi mavsumda ham maksimal yuqori natija uchun harakat qilamiz. Sodiq Schoolning galaktikos tarkibi bilan esa bu oson bo‘lmasligi aniq) To‘g‘risi, SSga juda kuchli individual ijrochilar yig‘ildi. Saidakrom aka va Sardor Abdusodiqov bilan birga o‘ynab shunga amin bo‘lganman-ki, ular har o‘yinda jamoa o‘zi o‘ylab topishi qiyin bo‘lgan kamida 3-4 ta savolni muddatidan oldin ham olishi mumkin. Qolganlar ham shunday kuchli eruditlar, faqat shu individual imkoniyatlar bir jamoaga moslashsa bo‘ldi, bu mashinani to‘xtatib bo‘lmasa kerak. Yanayam qolganini mavsum o‘yinlari ko‘rsatadi, kuchli va stabil jamoalar klubda yetarlicha. Barchaga keyingi mavsum o‘yinlarida omad🙂 @breynstorm

  • 📝 Bahor-Prof liga 10-tur Yengil kavaleriya navbatchiligi So‘nggi va muhim o‘yin oldidan biroz bosim bor edi. Shunga qaramay turlar davomida nisbatan xotirjam o‘ynay oldik. Birinchi savolda M. Ulug‘bek, Farg‘oniy kabi variantlar ham bor edi. Arena joylashgan joydan kelib chiqib yakunda Beruniyni tanladik. Hermes haqidagi savolni endigina o‘yinga kelib qo‘shilgan Saidakrom aka topdilar. Dupletda esa birinchi savolga variant tanlash qiyin bo‘ldi. Britaniyaga bog‘lab palata, diskussiya kabilardan parlamentni tanladik ohirida. Fayzergateda esa Firdavs o‘zini ko‘rsatdi. Huddi shunday o‘lik quyon haqodagi savoldayam boshidayoq javobni topa oldi. Gyugoda esa Gavroshni Saidakrom aka boshidayoq aytdi va boshqa tuzukroq variant chiqmadi, shuni berdik. To‘y haqidagi savol qiziq ekan, afsuski oilagacha ham borib, to‘y varianti kelmadi. Qaldirg‘och haqidagi savolda esa dastlab pat degan variant bo‘ldi, kn har xil qushlarni ham o‘yladik, shunda qaldirg‘och varianti kelib qoldi va ikkinchi qismga ham mos tushdi. Beovulfda esa oddiyroq o‘ynashga harakat qildik va dastlabki variant Qobil, Xobilni berdik. Kattaqo‘rg‘onda esa Saidakrom aka shunga o‘xshash qandaydir toponim bo‘lishi kerak degandi, buni o‘zidan yaxshiroq boshqa toponim kelmadi. Veneraning ikki yuzi haqidagi dupletda esa xristianlikka bog‘lab Iso va Iblisni berdik, vaholanki Havo va Lilit varianti ham bor edi. Shunday qilib, yana bir marta chempion bo‘lishga muvaffaq bo‘ldik. To‘g‘risi, mavsum davomida ancha ochkolarda qolib ketganimizda 1-o‘rinni ololmasak kerak deb o‘ylardim. Stabil o‘yin desak ham 6 ta turda unchalik yuqori emas 4-5 o‘rinlarda bo‘lgan ekanmiz. 2 marta esa turda yuqori o‘rinni egallabmiz. Yakunda esa chempionlik, barcha jamoadagilarga tashakkurlarim! @breynstorm

  • 📝 Bahor-Prof liga 9-tur Magnum navbatchiligi Bu navbatchilikning jamoamiz ishtirokidagi jonli tahlili hali “Tahlil” da ham namoyish qilinadi. Lekin unda kesiladigan joylar ko‘p bo‘lsa kerak, shunga ba'zi jihatlarni doimgidek yoritib ketsam. Qul haqidagi savolda dastlab bu variant kelganda Abbos darhol Qur’onda shunday kelishini “ayting” degan ma'nosi borligini aytdi. Boshqa tuzukroq variant chiqmadi va shuni berdik. Matonatda esa Saidakrom aka amputantlarda Baynalmilal klubi bo‘lganini aytdilar. O‘zi umuman Matonat klubi esga ham kelmadi va shu javobni berdik. Eng qizig‘i Matonat va Baynalmilal qaysidir ma'noda bir klub bo‘lgan ekan, bu bo‘yicha apellyatsiya ham berilgan. Ammo, bu savol xatolik sababli yechilibdi, klublar o‘rtasida JCh bo‘lmagan ekan. Titanik haqidagi savolda ham voqeani topdik, ammo qaysi sanani berishni o‘yladik. Titanik bilan bitta sana bo‘lishi kerak deb o‘yladik va 14-15-aprelda voqea bo‘lgani uchun 14-aprel deb berdik. Bu savolga lekin 14-15-aprel javoblari apellyatsiyada ham olinmabdi. O‘zi bu savolda undan keyingi qaysidir aniq kunni topish qiyin edi. Yoki yilni, yoki ta'sir qilgan voqea sanasi so‘ralgani ma'qul edi. Duplet savolida Bog‘bonni oldik, ammo keyingi qismni bog‘lay olmadik. Balki detektivlarda ko‘p qo‘llaniladigan “Bog‘bon qotil” jumlasiga bog‘liqdir deb shuni berdik. Lekin chuqurroq o‘ylasa topsa bo‘lardi nazarimda. 1-2-turlar to‘g‘risi omadsiz keldi, muhim o‘yin edi va biroz tushkunlikka ham tushib qoldik. Ammo, 3-turda vaziyatni o‘nglay oldik. Birinchi muxabbatimda esa bir necha variantlar bo‘ldi. Tanlash qiyin paytda, Saidakrom aka tashabbusi bilan shuni yozgandik, to‘g‘ri chiqdi. Pivoni ayronga almashtirishda yakundagi variantni aynan qanday yozishni bahslashdik. Chunki savolda bu ishni qildik deyilgani birinchi qismga tushmay qolgandi. Yakunda “ayronni pivoga almashtirish” deb berdik va qabul bo‘ldi. Ammo, Saidakrom aka ohirgi jumla baribir xato bo‘ldi degandilar, savol ham afsuski yechilibdi. Tujjorda esa daqiqa o‘rtalarida Mirjaloldan shu variant chiqib qoldi va tijorat sohasiga mos tushdi. Ko‘zguda esa 3 xil javob qabul deyilganiga suvning 3 xil shakliga ishoradir deb o‘ylagandik. Shakl ham tomchiga o‘xshab ketdi va suv deb bergandik. Lekin mir'otdan ko‘zguga borsa bo‘larkan. 2 ta savol yechilsa ham yakunda 3-o‘rinda qoldik. So‘nggi tur esa juda qizg‘in o‘tsa kerak, intriga eng cho‘qqisiga chiqdi, yuqori o‘rinlarga. @breynstorm

  • 📝 Ba’zida o‘yin hay’ati yoki AH tomonidan to‘g‘ri javob sifatida qabul qilingan, zachetga qo‘shilgan ba'zi qarorlar g‘alati ko‘rinadi. Quyidagi maqolada esa yirik rus chgk turnirlardagi shunday qabullar haqida gap borgan. Umuman bugungi kunda to‘g‘ri javobga mos bo‘lmagan, savol formasiga to‘g‘ri kelmaydigan va muallif podskazkalariga mos kelmaydigan javoblar ham to‘g‘ri javob sifatida qabul qilinishiga misollar ko‘p. Eng qizig‘i shu 3 ta kategoriyaga birdek mos kelmaydigan javoblar ham qabul bo‘lgan holatlar mavjud. Deylik, bitta misol Ivan Vasilevich filmidagi “baqlajon ikrasi” javobiga ikra nomi aniq esda qolmasligi hisobga olinib, zachetga “kabachkali ikra” javobi ham qo‘shilgan. @breynstorm

  • 📝 Bahor-Prof liga 6-tur Renessans navbatchiligi Ko‘p savollarda boshidanoq javoblarni topa oldik. Kotta bolla haqidagi savolda Jentraga bog‘liqligini sezdik, Mirjalol jentrifikatsiya borligini aytib qoldi. Viktoriya guli haqidagi savolda esa Rafleziya-Arnoldiga chalg‘idik. Vaholanki, savolda o‘zi kashfiyotchi aytilgandi ham, shunisiga e'tibor bermabmiz. Mamont haqidagi savolda esa turli hayvonlarga o‘xshatolmay turgandik, ohirrog‘ida Saidakrom aka aytib qoldi. Miltonda esa Abbos “jannatdagi do‘zaxmi, ilgari yaxshi keyin yomon bo‘lib ketgan” joylar deganida “'Yo‘qotilgan jannat” asari esga tushib qoldi. Dok 1 maks haqidagi savolda esa voqeani tushundik, dok maks deb bog‘lolmay turgandik. Nemo almashtirishdan Doriga yetib bordik. Sovuq urushda esa afsuski bu sovuq urushligini aytib hududlarga qarab issiq urush deb berib yubordik. Lang savolida esa Lang qirolligi deb o‘ylab berib yubormoqchi ham bo‘lgandik, ohirrog‘ida Abbos “Lanka ediku” deb eslab qoldi. Qora rusda ham Saidakrom aka shunaqa kokteyl bor dedila, lekin savolga uncha moslay olmadik. Ohirida “Black mirrror” ga bog‘lab qora rom bervorishimizga sal qoldi. Yaxshiyamki, saqlab qoldik. Tuyada esa javob varaqani ushlab turganimizda to‘g‘ri javob keldi. Mashhurning mashhurida esa afsuski o‘zim shoshilib xato qildim. Almashtirish ikki so‘zli deb o‘ylab Mashhur Muhammadni o‘zini yozudik. Savol matniga ham qo‘yib ko‘rmabmiz. Shu bilan mavsumda ketma-ket 3-marta 3-o‘rinni olayotgan ekanmiz) @breynstorm

  • 📝 Bahor-Prof liga 5-tur Sodiq School navbatchiligi Birinchi savolda Azovni tilga olib ham ovoga yeta olmadik. Aniqrog‘i, varaqchani berganimizda keyin javob kelib qoldi. Biroz ruhiyat tushganday bo‘ldiyu, lekin shundan keyin bironta savolni o‘tkizmay 11 ta topdik. IT qisqartmasiga boshida instagram tarixi kabi variant kelgandi keyin umumiy shu ijtimoiy tarmoq javobi kelib qoldi. Nimyollerda esa iqtibosni esladik ammo muallifni topa olmay turganimizda Firdavs aniq aytib qoldi. Jon taslim qilishda ham yilidan Jon o‘lgan, halok bo‘lgan deb savol matniga moslay olmay turganimizda yana Firdavs jonimizga oro kirdi. Tantal savoli esa tanlovda qiynagan savollardan bo‘ldi. Deyarli bir vaqtda Saidakrom aka Tantalni men va Mirjalol Danayani, Firdavs Sizifni aytib qoldi. Go‘yo hammasi tushadigandek edi. Lekin idish ekani, to‘lmasligidan kelib chiqib Danayani bergandik. Apellyatsiyada ham Danaya, Sizif variantlari 2 ta AH tomonidan rad qilindi. Umuman bu mavsum AH prinsipial qarorlar chiqarayotganidan buni kutsa bo‘lardi. Bonobo Kanzida esa bonoboga yetib bordik, ismni moslay olmadik. Ammo, jumla almashtirish ekanini bilardik va bonobo maymunlari deb yozib berdik, chunki almashtirish javobni cheklamasdi. Tabiiyki bu javob AH da qabul qilindi. 3-turgacha yetakchi edik, ammo shu turda negadir juda yomon o‘ynadik. Boshida bir qancha savollarni topsakda Aktobefest, Mamont kabi topsa bo‘ladigan savollarni o‘tkazib yubordik. Vaholanki, bu savollarda kalit so‘zlar yetarlicha edi, bunga e'tibor bermay faktlarga chuqurlashib chalg‘ib kettik. Yakunda esa 4-o‘ringa(apeldan keyin 3-o‘rin) tushib ketdik. Lekin shunday turlar ham yaxshigina dars bo‘lishi kerak, shunday bo‘lar ham. @breynstorm

  • Sodiq School jamoasiga sifatli va yaxshigina mehnat sarflangan paketga rahmat, desak bo‘ladi. Shu mavsumda to‘g‘risi eng yoqqan paketlardan bo‘ldi. Fakt jihatdan ham, mantiqan kalit so‘zlar bilan ham topiladigan savollar bisyor edi. Ortiqcha mujmallik ham yo‘q, formalar ham aniq qo‘yilgan. Bir nechta kichik xatoliklar bo‘lishi mumkin, lekin umumiy paket yaxshi edi nazarimda. Shunday paketlar ko‘paysin. Lekin o‘sha kuni yaxshi boshlab 3-turda juda yomon o‘ynadik. Ha, mayli bu haqida keyinroq.. @breynstorm

  • 📝 Bahor-Prof liga 4-tur Esepro navbatchiligi Xijriy taqvim haqidagi savolga boshqalar qatori ramazon deb boshidayoq yozgandik. Bu javobga ishonib ham qolgandik, yaxshi apellyatsiyada olinibdi. Mac in Tash haqidagi savolda esa turli tinish belgilardan boshlab, harflargacha o‘yladik. Aslida oson savolni o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi chalg‘ib, ammo bo‘shliqni topa oldik. Madras yo‘lbarsi yershonimni tushundik ammo qaysi sportchiligini bila olmadik. Bokschi, kriketchilardan o‘yladik. Faqat, Saidakrom aka formada yershonim o‘zi so‘ralgan deb o‘ylagan ekan, bo‘lmasa avobni topgan bo‘larmidilar. Defileda esa boshidayoq shu javob bo‘la turib ohirida chalg‘ib ketdik. Temur aka “performans — yangi narsani namoyish qilish” ekanini aytganidan keyin shuni berib yuborib adashdik. 8.1/2 da esa dastlab prezidentlarni o‘yladik, kn Xning reytingi Xdan past degan jumlani o‘ylab X raqamligini tushundik va imdb ga bog‘lab 8.1/2 ga borish qiyin bo‘lmadi. Yashillar haqidagi savolda esa ohirida ekoaktivistlar xayolga kelib qoldi va shu javobni berdik. Ln ekologlar javobi ham ketib qolishi mumkin edi, ammo ular 60-70 yillarda paydo bo‘lmagan deya ekoaktivistlarda qoldik. Lekin bu javoblar baribir apellyatsiyada olinmabdi. Mishlen uch yulduzida esa forma 3 so‘zda so‘ralishi biroz o‘ylantirdi. Mishlen ro‘yxati oshxonasi kabi majburiy moslangan bir necha javoblar keldi. Ohiri 2 taga tushirilgan deyilganiga urg‘u berib, to‘g‘ri javobni ajratib oldik. Ko‘plab shunga yaqin javoblar apellda ham o‘tmabdi. Jango haqidagi savolda esa turli tarixiy shaxlarga bog‘lab yaxshiroq javob chiqara olmadik. Deyarli daqiqa ohirida Mirjalol Jango va Otto Shults deya baqirib aytib qoldi. Jangoni berib yubordik, Shults ham qabul ekan. Matias Rust haqidagi savolda esa dastlab Saidakrom aka asar va formadan kelib chiqib “ustidan uchib o‘tgan” deb yozib qo‘ygandi. Yaxshiyam-ki, Firdavs unchalik mos tushmayotganini sezib, asarning o‘zbekchadagi nomiga moslab “uyasi uzra parvoz” ga o‘zgartirdi. O. Matjon haqidagi savolda esa Nargiz qo‘shig‘iga chalg‘ib kettik. Temur aka “o‘sha paytda Sh. Rashidov shoirlarni qo‘llagan” dedi-yu, ammo qo‘shiqda borligidan baribir Nargizni berib yubordik. Homayda esa mutlaqo tasodif bilan bergan javobimiz mos kelib qoldi. Ba'zida omad ham kulib boqarkan) Apellardan keyin 3-o‘rinni olibmiz. @breynstorm

  • 📝 Chgk redaktori K. Ilyin fikricha yaxshi chgk(sportcha zakovat) savoli quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1. Qiziqarli fakt yoki mualliflik g‘oyasi. Bu sub’yektiv, lekin testerlarga zerikarli tuyulgan savoldan yaxshisi voz kechgan ma’qul. 2. Savol ishonchli faktlar va manbalarga asoslangan bo‘lishi kerak. Agar savol soxta ilmiy nazariya, marginal taxmin, hazil yoki savol muallifining fanfiki asosida yozilgan bo‘lsa, bu haqda ogohlantirish kerak. 3. Savolga javob topilishi uchun mantiqiy qadamlar qo‘yish kerak. Shuningdek bunda biroz bilim ham talab etilishi mumkin. 4. Savol tushunarli tilda yozilishi kerak. 5. Mantiqiy duallar bo‘lmasligi kerak. To‘g‘ri javob darhol sezilishi kerak. Savoldagi kerakli so‘zlarni payqash va javoblar orasidan tanlash qobiliyati o‘yinchilarga tajriba orqali keladi. O‘z navbatida, muharrir bir necha marta test o‘tkazib, testerlar tomonidan o‘ylab topilgan dualliklarni savolda cheklashi kerak. 6. Agar savol ikki faktdan iborat bo‘lsa, unda: a) ular mazmun bo‘yicha teng ahamiyatli bo‘lishi kerak: javob ikkala qism bo‘yicha ham o‘ylab topilishi kerak yoki b) qo‘shimcha faktning roli variantni tekshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 7. Savol formasi ahamiyati minimumgacha qisqartirilishi kerak. Javob forma bo‘yicha tekshirilishi lozim, undan kelib chiqmasligi kerak. 8. Agar savolda tushirib qoldirilgan, almashtirilgan yoki qo‘shilgan harflar bo‘lgan so‘z bo‘lsa, unda a) bu haqiqiy mavjud so‘z bo‘lishi kerak; b) yangi so‘z kontekstga mos kelishi kerak. O‘yinchilar qaysi so‘z bilan ishlash kerakligini bilib olishlari uchun. Bunday turdagi savollarning mutlaq ko‘pchiligi mantiq izlashga emas, balki ko‘pchilik o‘yinchilar qiziqarli deb hisoblamaydigan so‘z o‘yini(harfbozlikka) olib keladi. 9. Agar savolda javobni topishga yaqqol yordam beruvchi kalit so‘z, gap(костыль) ega bo‘lsa va uni chiqarib tashlab savolga javob berib bo‘lmasa unda bu yomon savol. 10. Eskirib ketgan mantiqiy yo‘nalishlar, taqqoslashlar va assosiatsiyalardan(ChGK bingo) foydalaniladigan savollarni faqat xavaskorlar uchun turnirlarga qo‘yish mumkin. Tajribali jamoalar uchun bunday savollarni o‘ynash qiziqarli emas. 11. Agar savolga javob berish uchun kamyob bilim talab etilsa, mantiqiy qism oddiy bo‘lmasligi kerak. Kamchilik odam chgk qismi bir chaqalik, svoyak fakti esa bir so‘mlik bo‘lgan savollarni yaxshi ko‘radi. 〽️Davom ettirish mumkin.. @breynstorm

  • 📝 Bahor-Prof liga 2-tur Nostalgy navbatchiligi Bayron savolida u yozsiz yilda boshqa adiblar bilan bir joyga yig‘ilib asarlar yozgani ma'lum edi. Tarqatmadagi quyosh haqidagi jumlalar ham bunga ishora qilardi. Shu ekanligini aytdim, yilini Firdavs ham tasdiqladi. Frank-frakda esa pul birliklarini sanab baribir yetib bora olmadik. Balki erkaklar kiyimlarini ham ko‘proq o‘ylash kerak edi. Xasida esa ko‘plar kabi kaloriyaga chalg‘idik. Konfederatsiya bayrog‘i esa ohirgi soniyalargacha ikkilanishda turdi. Boshidayoq Mirjalol ayni shu variantni aytgandi, lekin qolganlarda AQSh bayrog‘i varianti bor edi. Ayniqsa bugungi kunlardagi voqeaga shu tushadiganday edi. “Shamollarda qolgan hislarim” esa irqchilikka tortishi aniq edi. Ohirigacha ikkilanish bilan yakunda AKSh(Amerika konfederativ shtatlari) bayrog‘ini berdik va to‘g‘ri chiqdi. Tyornerda esa afsuski to‘g‘ri variant kech keldi. Soqol olmaslikni o‘ylagandik, 12-ga bog‘lay olmadik. Javobni ushlab turganida Abbosga tirnoq olmaslik kelib qoldi, ammo kech edi. Makkinlida savol matnidan Denali yana qaytib Makkinliga o‘zgarganini bilib oldik va shu javobni berdik. Nortoyda esa ko‘proq yil yordam berdi savolni topishga. Aynan nima ish qilganini topolmadik, balki itlar bilan ov deb o‘ylagandik, “Chinor ostidagi duel” da ham itlar ovozini yozib olib qo‘yiladigan sahna bor edi. Yili ham tushardi va bosh qahramonni yozib berdik. Zilzila haqidagi savol matni esa chalg‘ituvchi bo‘lib qolibdi. Zilziladan foydalanib jumlasi unchalik matnga mos emasday, ko‘proq nimadir asbob yo usul bilan jinoyat qiluvchilarni tushundik. Bo‘lmasa Mirkomilboy Andijon zilzilasida ko‘p xayr-ehson qilgani mashhur fakt edi. Yuqorida asosan muhokama bilan topilgan savollarni yozdim. Navbatchilik o‘zi ko‘pgina qiyin savollar bilan o‘tdi. Bir necha shunday savollar daqiqa boshidayoq Saidakrom aka, Mirjalol va Firdavslar tomonidan topildi. Ba'zi o‘rinlarda esa aksincha osonroq savollarni o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay qoniqarli natija bo‘ldi, nazarimda. @breynstorm

  • Shu g‘oya bo‘yicha biroz boshqacharoq fikr bor edi. Ya'ni shunday tizimni hududlardagi yaxshi savol mualliflarni jalb qilgan holda hududlardagi o‘yinlarda sinxron qo‘llab ko‘rish. O‘sha post ostida ham o‘zi hududlardagi ko‘p mualliflar sanaldi. Bunda koordinatorlar orqali har bir hududdan 3-4 nafar, ba'zilaridan 5-6 nafar yaxshi mualliflar jalb qilinadi. Shunda umumiy 30 dan ortiq mualliflar yig‘iladi. Savollarni hududlarda o‘ynovchi bilimdonlar tuzganligi uchun ham qiyinlik darajasi va mavzularni ham o‘zlariga moslab tuzishlari mumkin bo‘ladi. Toshkent shahridan esa yana 10 nafar yaxshi muallif saralab olinsa ular faqat tuzilgan savollarni test va redaktura qilish bilan shug‘ullanishadi. Shunda savollar sifati yaxshilanib, g‘alizliklar oldi ham olinardi. Shu tizim o‘zini oqlasa keyinchalik umumiy barcha prof ligalarda shu tizimni yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi. @breynstorm

  • 📝 Bahor-Prof liga 1-tur Metaverse navbatchiligi ❔Shugar Rey Robinson haqidagi savol aniqrog‘i undagi qabul biroz baxsli bo‘ldi. Ya'ni Shugar Rey ismli ikki bokschi borligi sababli shu ismni o‘zi qabul bo‘lmadi. Shu savolda o‘zi kasallikdan kelib chiqib bokschilarni o‘ylab Shugar Reyga borgandik. Familiyasi Robinson bo‘lishi kerak deb buniyam qo‘shmoqchi bo‘lgandik keyin noto‘g‘ri aniqlashtirish bo‘lmasin deb yozmadik. Chunki o‘zi savolda kim deb so‘ralgandi. Lekin bu javobni O‘H ham AH ham olmadi. Nazarimda, navbatchilar agar shunday bir-necha bokschilar borligini bilishganida formada aniq ism-familiyani so‘rashlari kerak edi. Chunki agar formada ism-familiya so‘ralganda taxmin bo‘lsa ham Robinsonni yozib berardik. Balki, shu kabi Shugar Reyni yozganlar ham urunib ko‘rishgan bo‘lardi. Agar buni bilishmagan bo‘lsa unda kim deb berilgan savolga Shugar Rey olinishi kerak edi. ❔Fomalgaut haqidagi 29-savolni profda 2 ta jamoa topgan. Shu savol o‘qilganda Xorazmdagi joy nomlarini o‘ylay boshladik. Xud so‘ziga yaqinroq faqat Jayxun versiyasi aylanaverdi. Ohirrog‘ida Fomalgaut bo‘lsachi degan variant keldi. Lekin, bitta oldingi savoldagi fakt yana qaytib tushishi mumkinligi biroz g‘alati ko‘rindi. Baribir savoldagi ta'riflarga mos kelganiga shu javobni berdik. Nazarimda shu savolda bitta oldingi savolga meta qilinganligi ko‘p jamoalarni chalg‘itdi. Odatda o‘zi bir-necha savollardan keyin qaytib meta tushardi. Kim bilsin balki endi shu turdagi metalar ham klubda ko‘payishni boshlar. 📊 Bahorgi mavsumni ham o‘tgan mavsum kabi 1-o‘rinda boshladik. Ishqilib oxiri o‘xshamasin deb niyat qilib turibmiz, qani ko‘raylikchi) @breynstorm

  • Marafon savollari umuman olganda yaxshi bo‘ldi. Navbatchilar qo‘l uchida harakat qilishmabdi. G‘oliblar ham munosib deb o‘ylayman. Qoyil tabriklayman. Alternativ reyting(bir xil o‘rindagilar 10, keyin 9, keyin 8 balldan bir xil olish) da esa vaziyat boshqacha bo‘larkan va intriga juda kuchli. Yuqori 1-4-o‘rindagi jamoalar orasidagi yakuniy farq 1 ochko. Bugungi reytingda esa bu 16 ochkoga teng bo‘lib Magnum 4-o‘rinni oldi. Alternativda esa ular kamida 2-o‘rin bo‘lishgan. Lekin bu jadvaldan farqli agar bu reyting yuritilganda ko‘p jamoalar ohirigacha motivatsiyani saqlab qolgan va jadval boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin edi. Balki keyingi turnirlarda bundan foydalanilar. @breynstorm